Telegram Web Link
#Yoshlar_ijodi

Tushlarimda yashayotgan qiz!


Sening vasling menga bir orzu
Yaratgandan seni so‘rgayman.
Qolib bo‘lmas tunlarda mangu
Tushlarimda seni ko‘rgayman.

Nay ohangi o‘z kuyiga mast,
To‘kiladi o‘rik gullari.
Tushlarimga kirib basma bas,
Yo‘qlamasding nega ilgari?!

Yuguraman ortingdan kezib,
Izlaringda qolaman lohas.
Zulmat ichra ko‘zlarim tinib
Sharpang menga bo‘ladi abas.

Bosib borar o‘ylarni armon
Bir shiddati misoli dengiz.
Ro‘yobimga aylanmas hamon
Tushlarimda yashayotgan qiz!


✍️ Rustam Malikov

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
#Sandiqdan_sadaf

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Sandiqdan_sadaf xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
👤 Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni berish kafedralarida foydalanuvchilar tomonidan 2024-yil yanvar oyida eng ko‘p buyurtma berilgan adabiyotlar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Jadidlar

Turma — yugur, tinma — tirish, bukilma — yuksal,
Hurkma — kirish, qo‘rqma — yopish, yo‘rilma — qo‘zg‘al.

✍️ Abdurauf Fitrat

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
#Yoshlar_ijodi

DO‘STIM


Do‘stim, sizning qalbingiz osmon ekan, bilmabmiz.
Ko‘nglingizga yo‘l topmoq oson ekan, bilmabmiz.
Bu kamoldan, quvonchdan yuzinggizda rang desam,
Kaftinggizni o‘rtagan armon ekan, bilmabmiz.

Bu taqdirning tuhfasi, umidlarga qo‘l berdi,
Orzularim ijobat, menga yorug‘ yo‘l berdi,
Ilohi Robbim o‘zi ishq yaratib men uchun
Sizdan hech uzib bo‘lmas bir muqaddas dil berdi.

Yolvoraman o‘yinggiz o‘zga o‘yga ko‘chmasin,
Bag‘rim qonli bo‘lsin-u, sizdan quvonch kechmasin.
Nigohimga tun qo‘nib, mayli qolay g‘aflatda
Qaytib sizni hech qachon g‘am balosi quchmasin.

Yo‘linggizga yo‘l solib, bir kun yetib borurman.
Meni unutganlarni men yod etib borurman,
Qarshingizda turarman, qo‘limda baxt sharobi
“Iching!” deya har qachon sizga tutib borurman.

Do‘stim, sizning qalbingiz, osmon ekan, bilmabmiz.

✍️ Shohruh Imamov

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/25 21:14:49
Back to Top
HTML Embed Code: