#MADANIY_HORDIQ
✅O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining "Andishali kelinchak" spektaklida bo'lishdi.
💎Teatr jamoasi tomonidan mahorat bilan ijro qilingan spektakl barchada katta taassurot qoldirdi.
✔️Milliy kutubxona xodimlarining mamlakatimiz teatrlariga tashriflari davom etadi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt

🔊E ' L O N
📚Aziz kitobxonlar, sizlarni 2024-yil 19-yanvar' kuni soat 15:30da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir Jamoliddin Muslimning “Javohir” nomli she'riy to‘plami taqdimotiga taklif etamiz.
✅ Ushbu adabiy kechada shoirning do‘stlari, adabiyotshunos-olimlar, shoir va yozuvchilar, Jamoliddin Muslimning shogirdlari hamda she'riyati ixlosmandlari ishtirok etadilar.
📖 Barchangizni yangi kitob taqdimotida kutamiz!

2024-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Vazirlar Mahkamasi tasarrufidagi qurilish, ta'mirlash va alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega ob'ektlarni kapital ta'mirlash direksiyasining direktori Rustam Shaabduraxmonov tashrif buyurib, kutubxona faoliyati bilan tanishdi.
R.Shaabduraxmonov ayrim foydalanuvchilarni suhbatga tortib, kutubxonaga kelishdan ko‘zlagan maqsadlari, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari xillari va ularning qay darajada talabga javob berishi bilan qiziqdi.
Kutubxona bilan yaqindan tanishgan mehmon o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, mamlakatimizda ilm-fanga qaratilgan e'tiborni inobatga olib, kutubxonalar faoliyati va ular orqali ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, zamonaviy, har tomonlama jahon andozalariga mos ravishda yondoshuv muhimligini tushunish va oldimizga to‘g‘ri maqsad qo‘ygan holda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtirishimiz lozimligini ta'kidladi.

#Kun_tarixi
📆 Bugun, 19-yanvar - Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud topgan kun.
📖 Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida muftiy oilasida dunyoga keldi. U buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biridir.
🗞 1912-1913 yillarda Behbudiy Samarqandda “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnaliga asos soladi. Shuningdek, Behbudiy o‘zbek va fors tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, “Risolai asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”, 1904), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”, 1905), “Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”, 1903).
📓 Behbudiy adib sifatida “Padarkush” dramasini yaratgan. O‘zbek dramaturgiyasiga, umuman, teatriga poydevor qo‘ygan bu asar o‘z davrida Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” dramasi , Mirmuhsin Fikriyning “Befarzand Ochildiboy”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Yangi saodat” kabi qissalarining yaratilishiga turtki bergan. 1977-yilda esa allomaning “Saylanma” asarlari chop etildi.
📌 Buyuk ma’rifatparvar sharafiga 2006-yil Samarqand shahrida yodgorlik o‘rnatilgan.
✔️ 1919-yilda Behbudiy sirli ravishda o‘ldiriladi.
📖 @natlibuz