Telegram Web Link
Uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

📗O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Chust tuman adliya bo'limi, yuridik markaz va “Madad” NNT xodimlari tomonidan tumandagi “Bog‘ormos” MFY da jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini o‘rganish yuzasidan 30 dan ortiq xonadonlarda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

🔎Uyma-uy yurish tadbirida fuqarolardan turli sohalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
🎤Aksariyat murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, DXM xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

🔰 “Namangan haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida gazetaning maxsus muhbiri N.Dehqonovning “Yoshlik-quvvat, yoshlik-qudrat degani” nomli maqolasi hamda Yangi Namangan tumani FHDY bo’limi 1-toifali inspektori X.Djo’rayevaning “Ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvini oldini olish” nomli maqolasi chop etildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Uchqo’rg’onda Farmon ijrosi yuzasidan
4 mingdan ortiq xonadonning muammosi o’rganildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan aholini muammolarini aniqlash va joyida bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 24-may kuni imzolagan “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani “Bo‘ston” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi. Xodimlar tomonidan biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga kirib yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilindi. Shuningdek, Bo‘ston mahallasida tuman adliya bo‘limi tomonidan “Sayyor qabul” o‘tkazildi. Unda, fuqarolarning huquqiy muammolari tinglandi.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan davr mobaynida Prezident Farmon ijrosi yuzasidan 40 ta mahalladagi 4003 ta xonadonda uyma-uy yurgan holda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar o‘rganildi, shuningdek 16 marotaba sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolardan kelib tushgan savollar yuzasidan 200 dan ortiq huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, o‘rganish talab etgan 60 ta murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olindi. Ushbu murojaatlarning 28 tasi uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, 24 tasi yuridik faktni belgilash, 9 tasi subsidiyaga oid murojaatlarni tashkil etadi. Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 25 ta da’vo arizalari kiritilib qanoatlantirishga erishildi.

Jumladan, tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan qabul davomida Bo‘ston mahallasida yashovchi Baxtiyor Nishanov murojaat qildi. Uni ta’kidlashicha, fuqaro 1994- yildan buyon Bo‘ston mahallasi, Sarbon ko‘chasi, 8-uyda istiqomat qiladi lekin, hozirga qadar fuqaroligi yo‘qligini bildirdi. Mazkur murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

Huquqiy targ‘ibot kuni tadbiri davomida tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy qabuli.


🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

"Adolat qo'rg'oni" ko'satuvida Yangi Namangan tumani adliya bo'limi faoliyati haqida so'z boradi.


🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Bu_qiziq

Masʻuliyati cheklangan jamiyat va xususiy korxona farqi nimada?

📊Yuqoridagi infografika ushbu savolga javob beradi👆

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish qanday amalga oshiriladi?

❗️Hukumat qaroriga asosan, pedagoglar attestatsiyadan oʻtish uchun har yili 1-yanvardan 1-martgacha va 1-avgustdan 1-oktabrgacha bevosita DXM, YIDXP yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

📁 Bunda ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) attestatsiyadan oʻtish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

▫️pedagogning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekistonda tan olish haqidagi guvohnoma);
▫️qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
▫️ pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
ERI kaliti bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

❗️ Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

💰Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🌐My.gov.uz yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | "Yoshlar-huquqiy sayli": turli tadbirlar bir manzilda

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/02 00:44:00
Back to Top
HTML Embed Code: