Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Huquqi buzilayotgan maktab psixologlari


Ma'lumki, umumiy o`rta ta'lim maktablarida psixolog degan lavozim bor. Yaqinda hamkasblarimiz bilan o`zimizning tumanda ushbu lavozimda mehnat qilayotgan xodimlarning ish vaqti me'yoriga ish beruvchi tomonidan qay darajada amal qilnayotganligini o`rganib ko`rdik. Afsuski, o`rganishlarimiz natijasi biz uchun quvonarli bo`lib chiqmadi; psixologlarning huquqi buzilayotgan ekan.

Batafsil 👉

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Fuqaroning yashash xonadonida xizmat ko’rsatildi.

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi Prezident farmoniga asosan fuqarolarning muammolari uyma-uy yurgan holda o’rganilib,huquqiy tushuntirishlar berib kelinmoqda.

Jumladan, Namangan shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Namangan shahar Nurafshon MFY, Ibrat kòchasi yashovchu fuqaro K.Xadjayevning " Nikoh tòĝrisida ma'lumotnoma olish va Kadastr pasportini shakllantirish" tògrisidagi murojaati yuzasidan fuqaroning yashash manziliga borgan holda sayyor xizmat kòrsatildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Chortoq tumani adliya bo’limi tomonidan Prezidentimizning farmoni ijrosi doirasida tumaning “Laskidon” mahallasida uyma-uy o’rganishlar davom ettirilmoqda.


Tadbirda, adliya bo’limi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi hamda DXM xodimlari ishtirok etib, fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Yangiqo’rg’on tumanida sayyor qabul tashkil etildi.


Yangiqo’rg’on tumani Madaniyat saroyida binosida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda aholini yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.

Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i D.Ahmedov ishtirok etib, fuqarolarning obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mehnat ta’tili puli berilmaganlinidan norozi bo’lib qilgan murojaati, subsidiya hamda tug’ilganlik guvohnomasini olish masalasida murojaatlari tinglandi.
Qabulda, 16 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 2 ta murojaat ish yurituviga olindi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#2024_йил_1_июлдан

🔍Қонунчиликка кўра, 2026 йил 1 июлгача ҳуқуқий эксперимент тариқасида Тошкент шаҳрида қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ бўлмаган айрим давлат хизматларини кўрсатиш бўйича маъмурий ҳужжатларни судгача кўриб чиқишнинг янги тартиби жорий этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
#Биласизми

❗️ Безорилик, совуқ қурол ёки кишининг соғлиғи учун амалда шикаст етказиши мумкин бўлган нарсаларни (қурол сифатида) намойиш қилиб, уларни қўллаш билан қўрқитиб ёхуд қўллаб содир этилган бўлса 300 соатдан 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёки 1 йилдан 3 йилгача озодликни чеклаш ёхуд 3 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
2024/06/28 09:53:03
Back to Top
HTML Embed Code: