Telegram Web Link
👉 "MUAMMOLAR VA YECHIMLAR"

📗O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan shahar adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan shahardagi "Boburshox" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.

❇️ Tadbir davomida fuqarolarning bir necha turdagi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

✔️ Shuningdek, uyma-uy yurish tamoyili asosida odamlarning murojaatlari o‘rganildi.

✔️ Shu bilan birga "mahalla yettiligi" bilan uchrashuvda hududdagi mavjud masalalar tahlil etildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

To‘raqo‘rg‘on tumanida “Huquqiy axborot kuni” o’tkazildi.


To‘raqo‘rg‘on tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi Zarbdor va Mozorqo‘xna mahallalarida "Huquqiy axborot kuni" targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Jumladan 17 nafar fuqaroning uyma uy yurgan holda huquqiy muammolari o‘rganildi. Mozorko'xna MFY binosida o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida 9 nafar fuqaroga kadastr hujjatlari tayyorlash tartibi, ipoteka subsidiyasi bo‘yicha uy-joy olish yuzasidan, ish haqi masalasida, aliment bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.

Shunigdek, Zarbdor hamda Mozorko‘xna mahallasida yashovchi 30 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Joylarda “Adliya kuni” tadbirlari o’tkazilmoqda.


Xabaringiz bor, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi Prezident farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ'ibot kuni” sifatida belgilangan. Shunga ko'ra, joylarda “Sayyor qabul” va fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o’tkazilmoqda.

Jumladan, Chortoq tumani adliya bo’limi tomonidan Prezidentimizning farmoni ijrosi doirasida tumaning “Laskidon” mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" o‘tkazildi.

Tadbirda, adliya bo’limi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi hamda DXM xodimlari ishtirok etib, fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi hamda tadbirkor bilan suhbat o‘tkazildi

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Биласизми

❗️Қонунчиликка кўра, умумий ўрта таълим ташкилотлари ўқитувчиларининг йиллик узайтирилган меҳнат таътили давомийлиги 56 календарь кун этиб белгиланган.

📁Педагог ходимлар учун йиллик узайтирилган меҳнат таътили давомийлиги меъёрлари.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
2024/10/01 16:39:46
Back to Top
HTML Embed Code: