Telegram Web Link
Uychi tumanida fuqarolarning muammolari uyma-uy yurgan holda, o‘rganilmoqda...

🔰 Uychi tuman adliya bo‘limi hamda YXKM xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda.

☑️Xususan, joriy yilning 19-iyun kuni tasdiqlangan reja-grafikka asosan tumandagi 4-sektorda joylashgan Gulshan mahallasida uyma-uy yurilib, fuqarolarning muammolari tinglanib ularning yechimlari yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

  Uyma-uy yurishni hisobga olish blankalari to‘ldirilib, Farmon ijrosi ta’minlanmoqda.
#Adliya_xabari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.


Norin tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Norin tuman adliya bo‘limi binosida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda aholini yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.

Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i D.Ahmedov ishtirok etib, fuqarolarning ishga joylashish, uy-joy kadastri, tibbiy yordam kabi ko‘plab masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirish berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 9 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Chortoq tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i M.Xaydarov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berildi, shuningdek "Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʼgʼrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.


🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Yangi Namangan tumanida “Huquqiy axborot kuni” o’tkazildi.

Yangi Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi "Yoshlik" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Shunigdek, 20 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Bundan tashqari, uyma-uy yurish orqali 10 ga yaqin fuqaroning murojaatlari bo`yicha tushuntirishlar berildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_hudud

Uchqo’rg’onda investorlar soni yana bittaga ko’paydi.

Gap shundaki, xitoylik investor tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanida dukkakli mahsulotlari eksport amalga oshiriladi.

Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorlar bilan tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan dukkakli mahsulotlari yig‘ish saralash qadoqlash hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha muzokaralar olib borilib, Uchqo‘rg‘on tumani davlat xizmatlari markazida “GOOTAL” MChJ xorijiy korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Namangan shahar DXM bosh mutaxassisi M.Sadirova tomonidan fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 14:31:59
Back to Top
HTML Embed Code: