Telegram Web Link
Forwarded from EventGO
“Chet el universitelarga grant yutish va talabalik hayoti" mavzusida onlayn uchrashuv

ℹ️ BIZDA ONLAYN UCHRASHUV☺️ Registon o’quv markazi Qarshi filialidan mutlaqo yangi loyiha “ONLAYN UCHRASHUV” loyihasini kutib oling.

EventGO va GrantGO loyihalar asosiychisi, Hozirda Iranlandiyaning Dublin shahrida Mastercard kompaniyasida dasturchi bo'lib faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Qudratxo'ja Musayev bilan “Chet el universitelarga grant yutish va talabalik hayoti" mavzusida qiziqarli suhbatimiz bo’lib o’tadi.

Uchrashuv davomida quyidagi
Qanday qilib chet universitetlarni tanlash;
Grant uchun application to'ldirish yo'l-yo'riqlari;
Chet eldagi talabalik hayoti;
Nufuzli kompaniyalarning xodimlariga qo'ygan talablari;
IELTSda yuqori ball olish va vaqtni to'g'ri taqsimlash kabi mavzularda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin!

😉 Barchangizni “ONLAYN UCHRASHUV”da kutamiz.❗️ Ushbu postni chet elga borishni maqsad qilgan do’stlaringizga yuborishni unutmang 🚀

Tashkilotchi
🏢 Registon O'quv Markazi

📆 19.05.2024 21:00 (yakshanba)
Onlayn, Telegram, @Registan_Karshi
💰 Bepul
🌐 O'zbek tili

Batafsil
👉 Rasmiy havola

#xorijda_oqish #ielts #grant

@eventgouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi pinned «“Chet el universitelarga grant yutish va talabalik hayoti" mavzusida onlayn uchrashuv ℹ️ BIZDA ONLAYN UCHRASHUV☺️ Registon o’quv markazi Qarshi filialidan mutlaqo yangi loyiha “ONLAYN UCHRASHUV” loyihasini kutib oling. EventGO va GrantGO loyihalar asosiychisi…»
Forwarded from Kun.uz | Online
Irlandiya va Ispaniya ham Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Irlandiya bosh vaziri Saymon Harris Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. Uning ortidan Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches ham shunday qarorini ochiqladi.

👉 @kunonline
Musayev blogi
"Leveling UP" is loading 99%... 📈

"Darajani ko'tarish" yuklanmoqda 99%... 📈

#coming_soon

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
🔥 Bugun 27 ga kirishim munosabati bilan kursni SkillUp.uz'da 27 kunga 27% chegirma bilan e'lon qilyapmiz. Bunda siz kursni 999,000 o'rniga 729,000 so'mga olishingiz mumkin, 20-iyungacha.

ℹ️ Kurs narxini 2 ga bo'lib to'lash ham mumkin. Faqat buning uchun @grantgo_mentor ga murojaat qilishingiz kerak. Bunda 23% chegirma amal qiladi.

P.S: Ertaga kurs haqida YouTubeda ovozli chat ham reja qilganmiz:
https://youtube.com/live/4D3HX3FlH7g?feature=share

P.S: Bugun boshqa tomonlama ham "daraja oshishi"da muhim kun. Lekin bu haqida keyinroq )

#mentorship

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ibrohimjon's blog
Minnatdorchilik

Hozir shu haqida o'ylab turib, hammasiga aslida ayam sababchi bo'lganliklarini tushinib yetdim.

11-sinfligimda viloyat olimpiadasidan qaytganimdan so'ng, ayam menga bir insonni kanalini tavsiya qilib, linkini berdi. Bu insonni opasi bilan tanishib qolganini, Irlandiyada dasturchilik sohasida o'qiyotganini aytdi.

O'zim unchalik "wow" deb qiziqib yubormadim boshida, ammo IT, chet elda o'qish, grantlar - o'zim istagan mavzular bo'lgani uchun blogga qo'shilib qo'yavergandim.

Bir necha oy blog postlarini o'qib bordim. Shaxsiy rivojlanish, time management, talabalik hayoti va grantlar asosiy mavzular edi. Yozilgan postlarning sifati va fikrlarning aniqligi e'tiborimni tortdi. O'sha vaqtlari o'zim ham blog yozishni endi boshlagan vaqtlarga to'g'ri kelib, Aziz Rahimovga o'xshatib yozishga urinardim. Matn tarzida blog yuritadigan inson bo'lgani uchun ham xurmatim oshdi.

Undan tashqari, avtorni o'zimizning Farg'onadan ekanligini, Irlandiyada magistraturani 100% grantda o'qishini, dasturchi bo'lib ishlashini va o'zim doimiy kuzatib boradigan @grantgouz asoschilaridan biri ekanligini bilib oldim.

Lichkasini olganimdan keyin, ularga birinchi bo'lib Irlandiya hukumati granti, keyin EYUF bo'yicha maslahatlar so'rab yozgandim. Javoblarimni olgandim, ammo undan tashqari ular menga kariyera tanlash va computer science haqida ham gapirib qoldi. Oldin hech o'ylab ko'rmagan fikrlarim bilan miyamda majlis boshlanib ketgandi, avvalo maqsadlarimni aniq qilib olishimni alohida maslahat berdi.

Aprel oyida ularni podkastga chaqirdim. Bilsanglar oldin "Midnight Talks" degan loyiha qilgandim kanalda. Eng uzoq davom etgan soni ham o'sha bo'lgandi - 3 soat. Bahonada o'zim qiziqtirgan hamma savollarni so'rab olgandim (IT, study abroad, English, time management). Doimgidek podkastlarimdan eng katta foydani o'zim olaman).

O'sha podkastdan so'ng meni blogimni kuzatishni boshlagandilar. Postlarimga doimo feedback berib, tanqidiy fikrlashga o'rgatardilar. O'zing havas qilgan inson seni kuzatishi, ular bilan yaqin bo'lish baribir boshqacha bo'larkan, juda ajoyib hislar o'tgan o'sha vaqtlar.

Aniq eslayman, 2023-yil 4-iyun kuni o'zlariga yozgandim. "Meni shogirtlikka oling" deb. G'alati taklif bo'lgandi-yu, ammo o'sha vaqtlari professional tomondan o'sib, muammolarimdan qutulish uchun yo'llar izlayotgan edim. Ular biroz o'ylab ko'raman dedilarda, ma'lum vaqtdan keyin Udemy.com dagi kurslari uchun menga dostup berib, Javani o'rganishimni aytdi.

Shundan keyin o'zaro networkimiz ancha yaqinlashib bordi. Bir yil davomida ulardan blog yozish, grantlar va dasturlash bo'yicha juda ko'plab narsalarni o'rgandim va hozir ham o'rganib kelmoqdaman. Loyihalar, dasturlarga topshirish va umuman kariyera bo'yicha doimo maslahat almashib turamiz. Ko'p quloq solganim uchun eng ko'p foydani o'zim olaman).

Birinchi bor yuzma-yuz ko'rishganimizdayoq ular menga ish taklifi bilan chiqqandilar (26-avgust 2023-yil). Shahriston metro tarafdagi "Marvarid"da ancha maroqli suhbat qurgandik. Ammo, o'zimni haddan tashqari ko'p narsalar bilan band qilib qo'yishim va biroz dangasaligim tufayli haliyam ular aytgan ishni to'liq tugata olmayapman. Yana ko'chada kim so'rasa @grantgouz'da ishlayman deb qo'yaman).

Yaqinda ham uyga kelib ketganida, Farg'onada ko'rishdik. O'zim boshqa konferensiyada qatnashayotgan bo'lsam ham, iloj qilib ko'rishgani bordim. Ular hozir Irlandiyada Mastercard'da dasturchi bo'lib ishlayaptilar (magistrni o'tgan yili bitirgandi). Startuplar (@grantgouz, @eventgouz) ham stabil tarzda kundan kunga o'sib bormoqda. Chet elda o'qishni maqsad qilganlarga yordam beryaptilar. Yilni boshida Amerikaga (HPAIR) ham borib keldi.

Qat'iyatli va mehnatkash inson, munosib farzand va mehribon uka, ajoyib ustoz. Doimo o'zim o'xshashga intiladigan persona. Sizdek bo'lish bizga ham nasib qilsin.

Tug'ilgan kuningiz bilan janob Qudratxo'ja Musayev. Hammasi uchun rahmat!

@bornleader_community
Yuqoridagi pollda eng samarali usul siz o'ylagan va tanlagandan boshqa bo'lishi mumkinmi?
Anonymous Poll
79%
Ha
21%
Yo'q
Yuqoridagi pollda siz umuman noto'g'ri deb bilgan variant ham to'g'ri bo'lib chiqishi mumkinmi? (Bu oxirgi poll)
Anonymous Poll
72%
Ha 🤔
28%
Yo'q 😕
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩

🎓 GrantGO loyihasi sizlar uchun navbatdagi mentorlik kursi — Saudiya Arabistonida barcha (bakalavr, magistr va PhD) bosqichlarda o'qish imkonini beruvchi Kingdom of Saudi Arabia grant dasturi uchun ushbu grant g'olibi ishtirokida mentorlik kursi taqdim etadi.

Kurs tarkibi
➡️ King Saudi Arabia granti talablari, foydali jihatlari va tanlov kriteriyalari
➡️ Saudiya Arabistonida o'qishning siz bilgan va bilmagan jihatlari
➡️ Yuqoridagi grantda g'olib bo'lish uchun kerakli jihatlar
➡️ Grant uchun kerakli hujjatlarni bosqichma-bosqich tayyorlash
➡️ O'z potensialingizni g'olib bo'luvchi tavsiyanoma va motivatsion xatlar orqali yetkazib berish
➡️ Grant dasturining boshqa bosqichlari bo'yicha tayyorgarlik
➡️ G'oliblikdan keyingi jarayonlar va Saudiyadagi hayot

Kurs mentori — Suhrobbek Xoldorov
🏆 King Saudi Arabia granti (2022) g'olibi
🇸🇦 King Abdulaziz Universiteti (Jidda) talabasi
👨‍🏫 SAT, IELTS va Mnemonika bo'yicha tajribali ustoz

Qo'shimcha ma'lumotlar
🗓 Onlayn darslar 1-iyundan boshlanadi
👥 24-may kuni @grantgouz kanalida ovozli chat tashkil qilinadi

Grant Hamjamiyati

💬 @King_Saudi_Community

Grant bo'yicha ovozli chat
😎 https://www.youtube.com/watch?v=AMcWAKUndGM

Kursga yozilish uchun quyidagi formani to'ldiring
💬 https://forms.gle/aywhy8dQ37shfrLp6

Savol va murojaatlar uchun
@grantgo_mentor

Kurs uchun 10-iyungacha chegirmalar mavjud.

#mentorlik #magistratura #bakalavr #PhD #Saudiya_Arabistoni

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🎓 GrantGO loyihasi sizlar uchun navbatdagi mentorlik kursi — Saudiya Arabistonida barcha (bakalavr, magistr va PhD) bosqichlarda o'qish imkonini beruvchi Kingdom of Saudi Arabia grant dasturi uchun ushbu grant g'olibi ishtirokida…
Turkiya, Qatar va Saudiya Arabistoni haqida gap ketganda juda ko'pchilik u davlatlarda o'qishni xohlashi haqida gapiradi. Lekin amaldagi harakatda esa yetarlicha aktivlik sezmaganman. Balki bu u davlatlar haqida yetarlicha gapirilmagani va ma'lumot yo'qligidadir deb o'yladim.

Shu sababli Saudiya Arabistonida hukumat granti asosida bakalavrda o'qiyotgan Suhrobbek bilan yana bir mentorlik kursi tashkil qilishga qaror qildik. Ko'ramiz bizni "Arabistonda o'qish imkoni bormi?" deb tinch qo'ymaydigan kuzatuvchilar bu safar ham shunday qilisharmikun )

Kursning yana bir alohida jihati unda ochiq hamjamiyatlarda yangi uslubni sinab ko'rayotganim bo'lyapti. Qiziqsangiz albatta kirib ko'ring
💬 @King_Saudi_Community

Kurs bo'yicha murojaatlar uchun
@grantgo_mentor

#mentorship

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#irishlife

Quyosh chiqsa Irlandiya ham tuppa-tuzuk joy bo'lib qoladi )

@Musayev_blogi
Musayev blogi
#savol

Men bolaligimdan qiziqqan kasb nima bo'lgan deb o'ylaysiz? Esimni taniganimdan beri litsey 2-kursgacha "Kelajakda kim bo'lmoqchisan?" degan savolga bir xil javob berardim.

Javobni keyingi postda batafsil yozaman. Tabiiyki, 2-kursda bu hozirgi sohamga o'zgargan. Bilganlar esa aytib qo'yish yo'q )

P.S: To'g'ri javob ko'rsam 👍 reaksiya qoldiraman. Qolgan javoblar xato bo'ladi

Hint: U odatiy, 4 yoshli boladan eshitish tabiiy bo'lmagan kasb

@Musayev_blogi
Musayev blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jahonabegim’s World
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Religious freedom 🇺🇸

Professor asked if anyone is muslim in class and whether they’re fasting. Reason - he just wanted to show us a video with food! I appreciated his sincerity.

For muslim students in the US, campus might be a mixed bag in terms of practicing their cultural and religious beliefs. Thankfully, my experience has been overwhelmingly positive. Professors actively create an inclusive classroom environment where I feel comfortable sharing my perspective.

The respect extends beyond academics. Professors often acknowledge Islamic holidays and express well wishes during significant events like Ramadan. I missed some of my classes because I was feeling fatigue during the first days of fasting.These gestures, though seemingly small, go a long way in making me feel valued as a member of the university community.

I should also mention that not everyone share the same experience as mine. But overall, the US is a safe place to practice your religion and have freedom of beliefs.

@Jahonas_world
2024/06/30 19:23:22
Back to Top
HTML Embed Code: