Telegram Web Link
Avtobus 2-qavatida Dublin bo'ylab sayohat

Sizlarni bir Dublinni aylantiray deb uyga qaytishda avtobus ikkinchi qavati old qatoriga o'tirib olib Dublinni videoga olib ketdim.

Birinchi videodagi joyni shaharning markaziy nuqtasi deyish mumkin. Shaharning qoq markazidagi Liffey daryosi uni ikki qismga bo'lib turadi. Markazdagi binoda esa Irlandiya madaniyati ajralmas qismini ko'rish mumkin.

Keyingi videoda esa shaharning markaziy binosi - Trinity College Dublinni ko'rish mumkin. Aslida universitet boshida shahar chetida qurilgan, lekin keyinchalik shahar uning atrofida kengaygan.

Uchinchi video shahar markazidagi ko'cha. Unda yo'llar unchalik keng emasligi, lekin shunda ham avtobuslar uchun alohida yo'l ajratilganini ko'rish mumkin.

Shahar yo'llari 2 qator bo'lsa ham uning bittasi yoki avtobusga yoki velosipedga ajratiladi. Velosipedchilar ham doim shlem va odatda yorug'lik qaytaradigan kiyim kiyib harakatlanishadi.

Beshinchi videoda shahar chetidan o'tgan dartni ko'rish mumkin. Dart odatda shahar chetini markaz bilan bog'laydi.

Shahardan biroz chiqib yo'l sal kengayishi bilan avtobus uchun alohida, velosipedlar uchun alohida yo'laklar paydo bo'ladi. Va albatta, bir pastda yomg'ir yog'ib qolishi mumkin.

"Bog'larda attraksion bormi?" degan savol javobi yettinchi videoda. Attraksionlar bog' xarajatlarini qoplash uchun emas, kichikkina bolalar maydonchasi ko'rinishida.

Sakkizinchi videoda shahar sharqiy qismidagi Blackrock shaharchasi. Do'konlar va oshxonalar ham haybatli emas, ixchamgina. Yo'l esa faqat bitta qatorli, uyam avtobus va velosipedlar uchun. Avtomobillarga esa ularning yo'lidan foydalanishga ruxsat berilgan.

Keyingi videoda esa shunchaki bahor nafasidan bahramand bo'lishingiz mumkin.

Dublin dengiz bo'yida joylashgani bilan kurort shahar deb bo'lmaydi. Sohillari qumli emas, ko'pincha toshli. Havo doim sovuqligi va sohil bo'yidagi dengiz odatda tinch emasligi ham bu narsaga ta'sir qiladi.

Endi mana bemalol Dublinni aylanib chiqqanman desangiz ham bo'ladi )

#irish_life

@Musayev_blogi
90 daqiqa davomida yaponlarni bu tarzda o'z maydoniga qamab tashlaydigan o'yin ko'rsatish darajasiga chiqish o'zi asl g'alaba
Fulbright granti g'oliblari ishtirokida ovozli chat

O'tgan haftada tashkil qilingan ovozli chatimizda sizlar bilan Fulbright va Humphrey grantlari haqida gaplashgan edik. Bugun esa aynan Fulbright dasturida g'olib bo'lgan bir emas, naqd 3 ta g'olib ishtirokidagi ovozli chatimizni e'lon qilmoqchimiz.

Suhbat ishtirokchilari

Bekzod Panjiyev — Fulbright FSP 2024 g'olibi, Garvard universiteti Davlat Boshqaruvi yo'nalishi magistratura taklif egasi hamda @TheLink_Uz loyihasi asoschisi

Jakhongir Sadiev — Fulbright FSP 2022 g'olibi va hozirda Auburn Universiteti Master of Public Administration yo'nalishi talabasi va Jahon Banki amaliyotchisi

Naziraxon Arslanbekova — Fulbright FSP 2024 g'olibasi. USC, South Carolina University, MPH, Arnold School of Public Health, Jamoat salomatlik maktabida, sog'liqni saqlash tizimini tashkil qilish va boshqarish bo'yicha magistratura grant sohibasi.

Suhbat davomida
G'oliblarning Fulbright dasturiga hujjat topshirishda bosib o'tgan yo'li
Fulbright beradigan (eslanmaydigan) imkoniyatlar
Dasturda g'olib bo'lish uchun eng muhim jihatlar

Suhbat joyi va vaqti
📍 @grantgouz telegram kanali
🗓 05.05.2024 21:00

Dasturlar hamjamiyatlari
💬 Ingliz tilida | O'zbek tilida

#mentorship #magistratura #voicechat #Amerika

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Fulbright granti g'oliblari ishtirokida ovozli chat O'tgan haftada tashkil qilingan ovozli chatimizda sizlar bilan Fulbright va Humphrey grantlari haqida gaplashgan edik. Bugun esa aynan Fulbright dasturida g'olib bo'lgan bir emas, naqd 3 ta g'olib ishtirokidagi…
O'z oramizda yurgan, bu kabi yuqori marralarga erishgan va undan ham balandlariga harakat qilayotgan insonlar bilan suhbatlashish har doim ham uchrayvermaydi.

Fulbrightga topshirasizmi yoki yo'q albatta ertagalik ovozli chatimizdan nimadir foydali narsa olishingiz mumkin.

#grants #fulbright #USA

@Musayev_blogi
Men azaldan Real va Ronaldo muxlisiman. Lekin ba'zi holatlar bo'ladi u yerda futbol muxlisi ekanim hammasidan o'tib ketadi.

2014-yili finalda ham 2022-dagida ham Argentinaga muxlislik qilgandim. Aynan Messi g'olib bo'lishini xohlab.

Bu safargi chempionlar ligasi finalida esa raqibi kim bo'lishidan qat'iy nazar Borussiyaga muxlislik qilaman. Klub afsonasi, 12 yil jamoada qolgan, qanchadan-qancha hozirda boshqa klubda o'ynayotgan yulduzlar bilan to'p surgan va bu mavsum iste'foga chiqishni reja qilgan Marko Roys sabab.

Shundoq ham 14 ta kubogi bor Real meni kechirsa kerak...

#off_topic

P.S: Realni lekin finalgacha to'xtatishsa to'xtatishdi. Finalga yetib olgandan keyin to'xtatib bo'lmaydigan jamoaga aylanadi

@Musayev_blogi
Darvozabonlar ham Chempionlar Ligasida Realga muhlislik qiladi )
Maktab payti, abiturientlikda va undan keyin talabalik ta'til paytlari ham ofitsiant bo'lib ishlardim. O'sha paytlar juda qiyin, lekin o'ylab qarasam hayotimdagi chinakam hal qiluvchi yillar bo'lgan ekan. Bu hayot menga to'g'ri kelmasligini va o'qish bu vaziyatdan chiqish uchun yagona chora ekanini tushunganman.

Bundan tashqari yana bir muhim narsani tushunganman. Akam bilan birga ishlardim. Ish joyimda boshqa do'stlarim bo'lishiga qaramasdan men har doim va so'zsiz suyanishim mumkin bo'lgan yagona odam Akam edi. Qolgan barcha do'stlar va tanishlarning o'z hayoti va muammolari bor, lekin Akam mening har doim eng yaqin odamim bo'lib qolishini tushunganman.

Bugun esa shu narsaga yana bir marta amin bo'ldim. Akam va Opam hali tug'ilmasimdan oldin menga berilgan eng katta tuhfa. Buning uchun ulardan doim minnatdorman.

Oilangizni doim birinchi o'ringa qo'ying :)

#justthoughts

@Musayev_blogi
Blog yuritishni to'xtatishga qaror qildim...

Yana 10 kundan keyin @Musayev_blogi 5 yoshga, Janob Musayev o'zi esa 27 yoshga kiradi. 5 yil oldin blogni hobbi sifatida boshlagan edim vaqti kelib uni 3,000 dan ortiq odam kuzatishini tasavvur qilmagandim.

Orada bo'lgan navbatdagi tanaffus vaqtida esa blogda yozayotgan postlarim, bu yerdagi uslubim, o'zi umuman shaxsiyatim bu orada qanday o'zgargani va endi buyog'iga o'zimni qanday ko'rmoqchi ekanim haqida o'ylab ko'rdim. Bu orada Ibrohimjon ham blogida "o'zini qidirayotgani" haqida yozib qoldi. Yoshimiz farqi tahminan blog yoshi bilan bir xil bo'lishiga qaramasdan menda ham shu kabi fikrlar o'tdi.

Shulardan kelib chiqib ortiq bu kabi davom etish to'g'ri emasligini tushundim va blog yuritishni to'xtatishga qaror qildim... hobbi sifatida

#justthoughts

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from EventGO
“Chet el universitelarga grant yutish va talabalik hayoti" mavzusida onlayn uchrashuv

ℹ️ BIZDA ONLAYN UCHRASHUV☺️ Registon o’quv markazi Qarshi filialidan mutlaqo yangi loyiha “ONLAYN UCHRASHUV” loyihasini kutib oling.

EventGO va GrantGO loyihalar asosiychisi, Hozirda Iranlandiyaning Dublin shahrida Mastercard kompaniyasida dasturchi bo'lib faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Qudratxo'ja Musayev bilan “Chet el universitelarga grant yutish va talabalik hayoti" mavzusida qiziqarli suhbatimiz bo’lib o’tadi.

Uchrashuv davomida quyidagi
Qanday qilib chet universitetlarni tanlash;
Grant uchun application to'ldirish yo'l-yo'riqlari;
Chet eldagi talabalik hayoti;
Nufuzli kompaniyalarning xodimlariga qo'ygan talablari;
IELTSda yuqori ball olish va vaqtni to'g'ri taqsimlash kabi mavzularda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin!

😉 Barchangizni “ONLAYN UCHRASHUV”da kutamiz.❗️ Ushbu postni chet elga borishni maqsad qilgan do’stlaringizga yuborishni unutmang 🚀

Tashkilotchi
🏢 Registon O'quv Markazi

📆 19.05.2024 21:00 (yakshanba)
Onlayn, Telegram, @Registan_Karshi
💰 Bepul
🌐 O'zbek tili

Batafsil
👉 Rasmiy havola

#xorijda_oqish #ielts #grant

@eventgouz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 09:27:44
Back to Top
HTML Embed Code: