Telegram Web Link
Irlandiyada Hayit namozlari kichikroq masjidlarda 2 ba'zida 3 marta o'qiladi. Bugun esa birinchi marta Dublindagi eng katta masjid va Islom Madaniyat Markazida ham Hayit namozi ikki marta o'qilibdi (8:00 va 10:00 da). 7000 dan ortiq odam kelishi kutilgan ekan. Irlandiyada Islom hamjamiyati kattalashib borayotganidan dalolat.

Masjida atrofidagi xizmat qilib turgan Irland politsiyasini ko'rib alohida rahmat aytgim keldi. RTE News bo'lsa Hayit namoziga kelgan odamlardan kichik intervyular olishyotgandi. Eshitib ko'rishingiz mumkin.

🔊 https://www.rte.ie/radio/radio1/clips/22382315/

#irishlife

P.S: Meni topishga harakat qilib ko'ring. Hali bu kabi intervyularda biroz tekisroq gapirishni o'rganishim kerak ekan )

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sening ba'zi fikrlaring Islomdan kelib chiqqan...
16/20

O'tgan yili o'qishda o'qib yurgan paytimda bir xitoylik gruppadoshim bor edi. Aynan o'tgan yili Ramazonda ro'za tushlik payti ro'za ekanimni bilib qolgan. Ro'za o'zi nimaligini tushuntirib berganman. "Men ovqatlana olmasam turolmayman" degandi. "Boshida ko'nikib olguncha biroz qiyin bo'ladi xolos" deb javob bergandim

Xarakteridan o'zi odamlar bilan suhbatlashishni juda yaxshi ko'rardi. Shu sabab ko'p gaplashib qolardik (men esa o'sha paytda negadir juda kam odam bilan gaplashardim, hozir ham). Islomga qiziqib ko'plab savollar berardi yoki ba'zida mavzu o'zi shu tomonga ketardi. Men ham bilganimcha tushuntirishga harakat qilardim.

Menda uni dav'at qilish yoki o'zimni ko'rsatish niyati bo'lmagan. U bilish uchun so'rardi. Men bilganimni u ham bilishi uchun aytib berardim.

Bir kuni gapdan-gap chiqib gender tengligi haqida gap ochilib qoldi. Men unga absolyut tenglikka ishonmasligimni, hammaning bu dunyoda o'z vazifasi borligini aytdim. Bu borada tenglikka emas, adolatga ishonishimni tushuntirdim. Shunda suhbat shunaqaroq davom etdi:

(U): Sening ayol va erkak haqidagi fikrlaring Islomga asoslangan deb o'ylayman
(Men): Yo'q, unday emas
(U): Qo'ysangchi meni aldama. Bunga ishonchim komil
(Men biroz to'xtab): Yo'q, tushunmading. Mening nafaqat ayol va erkak haqidagi fikrlarim, umuman barcha fikrlarim oxiri Islomga olib boradi (undan kelib chiqqan)...


Bu gapni aytish uchun nechadir soniya ketgan. Lekin o'sha lahza ichida rostdan ham hayotimdagi oxirgi 3-4 yilidagi qarashlar butunlay dinimiz atrofida shakllangan yoki qayta qurilganini tushunib yetdim. Va eng muhimi bu yillar hayotimning eng yaxshi, samarali va mazmunli yillari bo'lib kelmoqda.

Aynan 2019-20-yillarda bu haqida juda ko'p o'yladim. O'zimga savollar berdim. Savollarga javob qidirdim. Islomning, Qur'onning, qilayotgan amallarimizning mazmuni, tag mohiyatini bilish maqsadim bo'ldi.

Bunda eng katta yutug'im ingliz tilini o'rganganim deb bilaman. Umuman "Ingliz tilini o'rganishdan eng katta topgan foydang nima bo'ldi?" deb so'rashsa, o'qish, grantlar, chetdagi hayot, safarlarni o'ylab ham o'tirmay bir chetga surib "Islomni tushunishda yordam bergani" deb aytaman (bunda ustoz Nouman Ali Khan va uning BayyinahTV loyihasiga alohida rahmat).

Aynan ana shu tushunib yetgan narsalarim qolgan barcha natijalarga sabab bo'ldi. Ularni esa alohida postda 2-qism sifatida yozar ekanman.

Davomi bor...

#justthoughts #Islam

@Musayev_blogi
Islom haqida tushunib yetganlarim
17/20

Eslatma! Quyidagilar mening Islom haqidagi shaxsiy bilimlarim bo'lib, unga qo'shilmaslingiz, tuzatishingiz yoki qo'shimcha qilishingiz mumkin. Bu narsa albatta Islom asl haqiqatiga hech qanday ta'sir qilmaydi.

➡️ Alloh oliy va yagona ega, biz esa uning qulimiz. Musulmon bo'lish mana shu narsani so'zsiz qabul qilishdan boshlanadi. Undan uzoqlashish esa inkor qilishdan. Isboti sifatida Qur'on boshi va har kuni o'qiladigan Fotiha surasi ma'nosiga qarang

➡️ Allohga qullikni tan olish — bu inson erishishi mumkin bo'lgan ozodlikning eng oliy darajasi. "Hech kimga qul emasman" deb hisoblash nafsga qul ekanlikdan kelib chiqadi. Allohga qullikni inkor qiluvchilar esa, o'zi Xudo bo'lishga intiluvchilar

➡️ "Dindor bo'lib olim bo'lish mumkin emas" yoki "Din fikrlashga emas, so'zsiz itoatga buyuradi" degan gaplar har qanday boshqa din uchun to'g'ri bo'lishi mumkin, lekin oliy kitobida mingga yaqin fikrlashga buyurgan Islom uchun emas

➡️ Aksincha Islomda o'qish, o'rganish, izlanish — farz. Eng birinchi bo'lib buyurilgan farz. Tanqidiy fikrlash, ishonchida ko'ngil xotirjam bo'lishi uchun savol so'rash esa Ibrohim alayhissalomdan meros

➡️ Islomda bilim diniy yoki dunyoviy qilib ajratilmaydi. Buni Payg'ambarimizga (sallallohu alayhi vasallam) avvaliga uch marta "O'qi" deb buyurilgan paytda nimani o'qish haqida aytilmaganidan ham bilish mumkin. To'g'ri o'rganilgan har qanday bilim yakunda Allohga yaqinlashtiradi.

➡️ Hasanxon Yahyo ustoz aytganidek, Qur'on Alloh tomonidan nozil qilingan, dunyo esa to'shab qo'yilgan bilim. Jamiki bilim Allohniki. Biz hech narsani o'zimiz yaratmaymiz, faqatgina kashf qilamiz va foydalanishni o'rganamiz

➡️ Ibodat qilish, buyurilgan amallarga rioya qilish va qaytarilgandan uzoq bo'lish bu faqat inson o'zi uchun foydali. Faqat oxirat uchun emas, shu dunyo uchun foydali. Oxiratda olinadigani esa Alloh tomonidan beriladigan mukofot

➡️ Musulmon odam faqatgina musulmon bo'lgani uchun jannatga kiraman deb ishonishi xato. Juda katta xato. Bu kabi fikrlash musulmonni Qur'onda eng ko'p tanqid qilingan yahudiy ahlidan farqsiz qo'yadi

➡️ Qur'onda qaysidir xalq yoki odamlar tanqid qilingani, Alloh ulardan ranjigani boshqa odamlarga ulardan nafratlanish huquqini bermaydi. Kimnidir jannat yoki do'zaxga kirishini hal qilish esa faqat Allohga xos, bandaga bunday huquq berilmagan

➡️ Islomga ko'ra oxiratda Alloh jazolaydi deb emas "mukofotlaydi yoki adolat o'rnatadi" deb qaraladi. Jannat — bu Alloh bilan birga bo'lish. U Allohning mukofoti. Do'zax esa shunchaki uning aksi. U odamning o'z tanlovi

➡️ Taqdir bu shunchaki bitta yo'l emas. Alloh bir inson uchun faqat bitta "variant" ishlab chiqqan degan tushuncha men uchun uning buyukligini kamaytirishdek tuyiladi. Taqdir — bu millionlab, milliardlab yo'llar kombinatsiyasi. Har bir onda inson ulardan birini tanlashi mumkin. Alloh esa mana shu yo'llarning barchasini tuzib chiqqan. U ularning har biri qayerga olib borishini biladi

➡️ Va ularning ichida biri inson uchun eng yaxshisi. Shayton bizni u yo'lga qaytib bo'lmaydigan darajada uzoqlashtirishga intiladi. Imon esa unga maksimum yaqin yurishga. Odam doimiy mana shu narsa orasida tanlov qiladi. Ba'zi sinovlar insonga jazodek tuyilishi, aslida esa shu yo'lga olib boruvchi vosita bo'lishi mumkin

➡️ Islom zamon o'tib eskirib qolmaydi. U har bir zamonda to'g'ri bo'lib qolaveradi. Lekin eng muhim joyi u odam nafsiga qarab egilib-bukilmaydi. Uning ilohiyligi ham mana shunda

➡️ Qur'on bo'yicha Odam ato va Momo havoga taqiqlangan daraxt mevasini yeyish man qilinmagan. Unga umuman yaqinlashmaslik buyurilgan. Islom ham xuddi shu kabi shunchaki gunoh amallarni taqiqlamaydi, ularga umuman yaqinlashmaslikni buyuradi

➡️ Qur'on to'liq ma'nosini arab tilidan boshqa hech qaysi til to'liq ochib berolmaydi. Shuning uchun ham u boshqa tillarda faqat tafsir qilinadi, (to'liq) tarjima emas

➡️ Biz musulmonlar shunchaki pastda qolib ketishga haqqimiz yo'q. Alloh bizga jannat darajalari misolida eng oliy darajalarga harakat qilishga buyurgan. Unga munosib bo'lishimiz kerak

#Islam

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo'shnimiz Qozog'istonda o'qish hozirgi paytda biz uchun, ayniqsa uydan juda uzoqda bo'la olmaydiganlarga juda yaxshi variant. Grantmi, kontraktmi farqi yo'q.

Matematika va Informatika, umuman STEM fanlari bizdan ancha oldinda. Oliy ta'lim reytingi ham balandroq. Google, Microsoft, Oracle, Yandex va shu kabi 50 ga yaqin BigTech offislari bor.

O'zimizning universitetlarda o'qiyotganlar ham amaliyot uchun harakat qilib ko'rsa bo'ladi shu joylarga.

O'zimizdagi bozorlar ochilib, raqobat kuchayib, sifat oshgunicha bor imkoniyatdan maksimum foydalaning.

#grants #studentlife

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram storylarga qarasam hamma o'z kanalidan post ulashibdi. Men ham kanal ochsammikun deb o'ylab qoldim 🤔



Nimadir g'alati eshitilyapti tepadagi gapda...

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Qiziqib vaqt ajratgan hammaga rahmat. Nomzodlar orasida judayam bilimli va harakatchan yoshlar bu darajada ko'p ekani ham xursand qildi, ham ancha qiynadi.

Lekin afsuski vaqtimiz judayam cheklangani sababli har tomonlama eng mos kelgan nomzodlar bilan aloqaga chiqdik. Qolgan nomzodlar esa kuchli bo'lmagani uchun emas, aynan mana shu ish uchun to'liq mos kelmasligi sababli tanlanmadi.

Hozir loyiha har tomonlama o'sish jarayonida, nomzodingiz aynan bu holatda to'g'ri kelmagan bo'lsa ham boshqa o'rinlar uchun aloqaga chiqishimiz mumkin. Va albatta bu kabi imkoniyat hali ko'p bo'ladi. Jamoaga tezroq qo'shilish istagida bo'lganlarga esa yuqoridagi postni yana bir o'qib chiqishni tavsiya qilaman )

Har bir nomzod uchun alohida fikr yozib chiqishga imkonim bo'lmadi. Lekin kimdir qiziqsa izohlarda yozib qoldirsin. O'zi bilan alohida aloqaga chiqib ba'zi takliflarni berishim mumkin.

Jamoa va loyihalar uchun aytgan iliq gaplaringiz uchun alohida rahmat!

===========================

Mohlarbegim Muxtarovna kim bo'lsa ham nomzodlarni topshirishga taklif qilgani uchun alohida rahmat.

Lekin biror bir loyihaga asosan o'zingiz qiziqqaningiz va munosib nomzod bo'lganingiz uchun topshirishni tavsiya qilgan bo'lardim. "Nima uchun bizning jamoaga qo'shilmoqchisiz?" degan savolga "Moxlarbegin Muxtorovna maslahat berganlari uchun" degan javobni ko'rish sizning arizangizga yordam bermasligi aniq.

#effort_team

@Musayev_blogi
Irlandiyada avtobuslarni ovlovchi arvoh bor. Tez-tez avtobuslarni olib qochib ketadi.

Hozir ham 6 daqiqada keladi deb ko'rsatayotgan avtobus 1 daqiqa qolganda izsiz g'oyib bo'ldi. Keyingisi endi 16 daqiqada keladi. Bunisini arvohdan saqlasin deb duo qilib turibmiz...

P.S: Qanday yo'qolib qolgan bo'lsa, 10 daqiqada shunday paydo bo'lib qoldi. 16 daqiqa kutmaganimizga xursandmiz

#irish_life

@Musayev_blogi
IELTS va ingliz tiliga oid kanallar anaqa qovun urug'idek ko'payib ketgani hech kimga sir emas. Lekin ular orasida sifatli va aniq bir reja bilan kontent yuritadigani barmoq bilan sanoqli desam menimcha adashmayman.

Ammo shular ichida ham kichik, hali katta auditoriyaga ega bo'lmagan, lekin tartib bilan faoliyat olib borayotganlari ham uchrab turadi. Shulardan biri @bekhruzteaches kanali.

Kanal egasi — Behruz o'zi DAAD stipendianti va o'quv markazi boshqaruvchisi bo'lgani sababli ishidagi sifat ham yaqqol sezilib turibdi. Faqat hamma joyda bo'lgani kabi bizda ham bu kabi sifatli ishlar qolib yengil kontentli kanallar o'sib ketaveradi.

Siz o'zingizni ular qatoridamasman deb hisoblasangiz va albatta IELTSga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsangiz yuqoridagi kanalga bir ko'z tashlab qo'ying. Tavsyu

👉 @bekhruzteaches

#tavsyu #IELTS

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg'onada uchrashuv

Bugun (26.04 - Juma) soat 14:00 da TATU Farg'ona filali akademik litseyi (sariq litsey) faollar zalida kasb tanlash, grantlar va vaqtni boshqarish kabi mavzularda oflayn uchrashuv qilyapmiz.

Xabar topgan, vaqti bo'lgan va albatta qiziqqanlarni taklif qilib qolaman.

Uchrashuvda qatnashish uchun quyidagi qisqa formani to'ldirib yuborishingiz kerak faqat.
👉 https://forms.gle/sr6Vv6LyCpSfCXeB7

Ko'rishguncha 🙂

#meetings

P.S: O'zbekistonga 2-3 kun oldin kelgandim. O'z ishlarim bilan band ekanim sabab buni ovoza qilishdan foyda yo'q deb o'yladim

@Musayev_blogi
Forwarded from FarDU akademik litseyi (Elyor Karimov)
Qudratxo'ja Musayev akademik litseyimizning 2013-2016 o'quv yillardagi bitiruvchisi.

— TATU Toshkent filiali Dasturiy Muhandislik yo'nalishi bitiruvchisi (2016-20 yillar)
— Yaponiya va Xitoyda bo'lgan to'liq moliyalashtiruvchi almashinuv dasturlari ishtirokchisi (2019)
— IELTS 7.5 (2019) va IELTS 8 (2021) sohibi
— Magistratura uchun Germaniyaning DAAD va Irlandiya Hukumati grantlari sohibi
— Amerikaning Fulbright, UGRAD va Britaniyaning Chevening kabi grantlari yarim finalchisi
— Irlandiyadagi UCC (top 300) universiteti magistranti
— Hozirda Mastercardning Dublin ofisida dasturchi.

27-aprel 11:00 da akademik litseyning faollar zalida Qudratxo‘ja bilan.
Forwarded from Kun.uz | Online
10 mingdan ortiq oʻzbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi

Oʻzbekistonlik 10 mingdan ortiq tibbiyot sohasi vakillarini chet tillariga oʻqitish orqali Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarga ishga qabul qilish hamda 3 ming dollar miqdorida oylik maosh toʻlash boʻyicha kelishuvga erishildi.

👉 @kunonline
Talabalar uchun "ultimate guide"lar to'plami

O'tgan yillarda talaba bo'lgan uka-singillarimiz uchun bir, ikki va uchinchi kurslarni qanday o'tkazish va ba'zi boshqa tavsiyalar yozilgan postlar yozgandim. Bugun shularni hammasini bitta postga jamlab qo'ymoqchiman.

Birinchi kurslar uchun

O'qishni qanday boshlash bo'yicha birinchi kurslar uchun eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide

Birinchi semestrni "5" ga yopishning oson formulasi

ℹ️ Birinchi kursdagi to'g'ri ishlarim va xatolarim

🖼 Eng yaxshi qo'llanma vizual ko'rinishi

Ikkinchi kurslar uchun

Ikkinchi kursni qanday o'tkazish bo'yicha eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide

Uchinchi kurslar uchun

👑 Uchinchi kursni qanday o'tkazish bo'yicha eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide

To'rtinchi kurslar uchun

🎓 To'rtinchi kursni qanday o'tkazish bo'yicha eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide (coming soon)

Boshqa foydali postlar

🏬 Kasb tanlash bo'yicha eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide

😔 O'qishga kira olmagandan keyin nima qilmaslik kerak

💤 Abiturientlar uchun uyqu rejimi

🗒 Test ishlashda natijangizni ko'tarish usuli

Agar talaba bo'lsangiz, yuqoridagi postlarni albatta o'qib chiqing va foydali deb bilsangiz do'stlaringizga ham yuboring!

To'rtinchi kurs uchun yuqoridagi kabi universal qo'llanma yozish biroz qiyin bo'lgan. Blog obunachilari 2,500 taga yetganda yana astoydil urinib ko'raman.

#studentlife #collection

P.S: Yana qaysidir mavzuda postlar ko'rishni istasangiz izohlarda yozib qoldiring!

Shaxsiy Blog | Linkedin | Professional blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 03:41:31
Back to Top
HTML Embed Code: