Telegram Web Link
Irlandiyada Yangi Yil qanday nishonlanadi?

Hozir "Yangi yilni nishonlash kerakmi yo'qmi?" degan savolning bozori chaqqon mavsum bo'lgani uchun men ham shu mavzuga to'xtalib o'tmoqchiman )

Irlandiya, menimcha umuman Yevropada (balki barcha g'arb mamlakatlari) dekabr so'nggida biz biladigan yangi yil — 31-dekabrdan 1-yanvarga o'tar kechasidan ko'ra muhimroq va kengoq nishonlanadigan bayram bor — Rojdestvo. U bilan ketma-ket esa St. Stephen's Day ham nishonlanadi.

Ikkalasi ham tabiiyki kelib chiqishiga ko'ra diniy bayram. Lekin hozirda u odamlar uchun shunchaki bayram va dam olish kuni bo'lib qolgan. 25-dekabr kuni bu yerda hech qayer ishlamaydi, absolyutno hamma joy yopiq bo'ladi. Shahar markazi bilan u darajada qiziqmadim, lekin mamlakat bo'ylab 90-95% do'kon, xizmatlar bu kunda dam oladi (hattoki 1-yanvarda ishlasa ham).

Hozirda yangi yil mavsumi eng asosan bizneslar uchun turli xil marketing kompaniyalari, chegirmalar va shu kabi narsalar orqali yaxshigina daromad qilib olish uchun imkoniyat deyish mumkin (bizda ham shunday menimcha).

O'tgan yili 1-yanvarga o'tar kechasi Corkda, yotoqxonada (bir o'zim) edim. Salyutlar otilgan, odamlar bayram qilgani sezilgan. Lekin kinolarda ko'rsatilgan yoki hattoki bizdagi shaharlarda bo'ladigan darajada ham shovqin, hayqiriq va salyutlar guvohi bo'lmadim. Bu yil shahardan chekkada ekanimni hisobga olsak bundan ham tinchroq bo'lsa kerak.

Bu qisqacha Irlandiyada yangi yil qanday nishonlanishi haqida edi )

#irishlife

@Musayev_Blogi
Iqtisod yo'nalishidagi Erasmus Mundus dasturlari

Bilaman hozir o'qish, grant, hujjat tayyorlash kabi narsalar haqida o'ylagingiz yo'q. Lekin dedlaynlar kutib turmaydi. Shu sababli eng talabgir bo'lgan sohalardan biri — Iqtisod uchun Erasmus Mundus dasturlari va ularning dedlaynlarini keltirib o'tmoqchiman.

1. Economics of Globalisation and European Integration (EGEI)
🇮🇹 Bosh kordinator — Italiya, Universita Degli Studi Di Bari Aldo Moro
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Belgiya, Chili, Xitoy, Estoniya, Fransiya, Ispaniya
🗓 Dedalyn — 15-fevral
🔗 https://www.master-egei.eu/

2. Economic policies for the global transition
🇫🇷 Bosh kordinator — Fransiya, Universite De Technologie De Compiegne
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Avstriya, Germaniya, Italiya, Janubiy Afrika
🗓 Dedalyn — 22-yanvar
🔗 https://www.epog.eu/

3. European Master in Law and Economics
🇳🇱 Bosh kordinator — Nederlandiya, Erasmus Universiteit Rotterdam
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Belgiya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Isroil, Italiya, Polsha, Ispaniya
🗓 Dedalyn — 15-yanvar
🔗 https://emle.org/

4. Climate Change and Diversity: Sustainable Territorial Development
🇮🇹 Bosh kordinator — Italiya, Universita Degli Studi Di Padova
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Belgiya, Fransiya, Portugaliya, Janubiy Afrika, Burkina Faso, Ekvador
🗓 Dedalyn — 15-fevral
🔗 https://ccd-stede.eu/

Bundan tashqari quyidagi link orqali boshqa Iqtisodga yaqin dasturlar bilan tanishishingiz mumkin.
🔗 Erasmus Mundus Economic Sciences

❗️ Yuqoridagi barcha dasturlarda ham 2024-yil uchun Erasmus granti mavjud bo'lmasligi mumkin. Rasmiy saytidan kirib tekshirishni unutmang!

Erasmus Mundus grantiga qiziquvchilar uchun esa mentorlik kursimiz borligini eslatib o'tamiz
🎓 Erasmus Mundus mentorlik kursi

Murojaat uchun
@grantgo_mentor

Erasmus hamjamiyati
💬 @Erasmus_Community

#mentorship #erasmus

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil uchun reja tuzmang!

Bugun, menimcha, deyarli hamma o'tirib yangi yildagi rejalari, 2024-yilda nima qilmoqchi, nimaga erishmoqchiligi haqida o'ylab ko'rsa kerak. Kimdir bularni batafsil yozib chiqadi, kimdir shunchaki o'ylab qo'yadi. Maslahatim, butun yil uchun reja tuzmang.

Agar siz 16-25 yosh oralig'ida bo'lsangiz, sizning rejalaringiz shu darajada tez o'zgaradiki yil boshida tuzgan rejangiz yil o'rtasidayoq aktualligini yo'qotib qo'yishi mumkin.
Bunga ba'zan tashqi omillar sabab bo'lsa, ba'zida shunchaki dunyoqarashingiz va maqsadlaringiz o'zgarishi sabab bo'ladi.

O'zimni kuzatib shuni bildimki, odatda bizning rejalarimiz o'rtacha har 3 oyda yangilanib turar ekan. O'zingiz o'ylab ko'ring, sizning 2020-yil yanvarda tuzgan rejalaringiz mart oxiri bilan qay darajada mos keldi 😁.
Hattoki 2020-yilga o'xshab o'ta noodatiy bo'lmagan yilda ham rejalaringiz o'zgarib ketishi odatiy hol.

Shu sababli kelayotgan 3 oy uchun reja tuzing. Buning nima yaxshi tomonlari bor:

1. Bir yil bu katta muddat uni to'liq oldindan ko'ra olish qiyin. 3 oy esa undan ancha osonroq.

2. Bir o'tirishda 1 yil uchun 20-30 ta reja tuzish ozgina zerikarli. Sal dangasaroq bo'lsangiz, buni boshlamasdan tugatib qo'yishingiz mumkin.

3. 3 oy ichida rejalaringiz o'ta katta o'zgarishga uchramaydi. Lekin qisman bo'lsada natija qilish uchun yetarli muddat. Natijalardan xulosa qilgan holda keyingi 3 oydagi rejalaringizni osonroq tuzasiz.

4. 1 yil katta muddat bo'lgani uchun sizda "bemalolxo'ja" instinkti paydo bo'lib qoladi. Natijada birdan, hech narsa qilmaganingizni faqat bir yil o'tib tushunishingiz mumkin. Bu paytda esa katta muddat yo'qotib qo'yasiz

5. Natijalarni katta qismini amalga oshira olmay qolish sizga ruhan yomon ta'sir qiladi va keyingi yil uchun umuman reja tuzmay qo'yishingiz ham mumkin. 3 oylik rejalaringiz amalga oshmay qolsa ham, siz o'zingizda tezroq "qayta uyg'onish" rejimini yoqish imkoningiz bo'ladi.

Shunday ekan, bugun o'tirib bir yilda qay darajada dunyoni o'zgartirib tashlashingiz rejasini emas, 3 oyda nima natijalarga erishib, yo'lingizning qaysi qismigacha yetib olishingiz haqida yaxshilab o'ylab ko'ring.

Rejalaringizni doim yozib yurishga harakat qiling! Yangi yilni o'zingiz uchun omadli qiling!

#timemanagement #musayev_blogi

31.12.2020 arxividan

Shaxsiy Blog
| Linkedin | Professional blog
Bir yil oldingi o'zimga maktub
1-qism

Salom, bu men yoki rosa bir yildan keyingi sen. "Qalaysan? Ishlaring qanday ketyapti?" deb so'rardim, lekin bularning hammasini bilaman.

Bilaman hozir 31-dekabr 2022-yil, yarim tun va 2023-yil kirib kelishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Sen esa yolg'iz o'zing xonang ichida derazadan tashqariga qarab yangi yilni qarshi olyapsan. Sen haqingda chinakamiga qayg'uradigan yagona inson — Onang esa ertalab 5 gacha uxlamay sen bilan Yangi Yilni kutib olyapti, telefonda.

Balki yozadiganlarim biroz kayfiyatingni ko'tarar degan umidda kelayotgan yilda nimalarga erishishing haqida aytib bermoqchiman. Astoydil o'tirib ol, aytishga arzirli gap ko'p.

Yaqindagina Apple kompaniyasi suhbatida bo'lganding, lekin oxirgi bosqichda o'xshamagandi. O'sha payt xafa bo'lgan bo'lsang ham, yaxshirog'i kutayotganiga ishonganding. Tez orada rostdan shunday bo'lib chiqadi.

Yanvardan boshlab 20 dan ortiq kompaniyalarga hujjat topshirasan, ko'pidan javob kelmaydi. Javob kelgan bittasining esa birinchi sinovidan ham o'tolmaysan. Shunda kutilmaganda Mart oyi boshida umidingni uzgan Mastercarddan javob keladi. Bir davomida 3 bosqichli sinovdan o'tib, kompaniyadan taklif olasan. Texnik topshiriq natijasi haqida bo'lajak menejering juda ijobiy fikrlar aytadi. Eng zo'r tomoni taklifni Onang tug'ilgan kuni qabul qilasan va bu ularga ajoyib sovg'a bo'ladi.

O'qishingda ikkinchi semestr birinchisidan ko'ra osonroq o'tadi. Kelayotgan yilda ChatGPT va AI birdan ommalashib ketadi va ular o'qishingda ham katta yordam beradi, vaqtingni tejaydi. Lekin ish taklifing borligi va shu kabi yordamchilar sabab biroz mas'uliyat hissi pasayadi va 2-semestrni 1-sichalik yaxshi natijalar bilan yopolmaysan (juda yomon ham bo'lmaydi).

Aprel-May oylarida O'zbekistondagi ishingda juda bosim kuchayadi. Asosiy e'tiboring shu yerda bo'ladi va May oxirlarida "Smartbazar" loyihang "Smartbank"ning birinchi va eng asosiy loyihasi sifatida ishga tushadi. Senga hattoki Loyiha Menejerligini (Product Owner) taklif qilishadi. Ammo buni qabul qilmaysan. Menimcha sababini o'zing tushunding.

May oyiga kelib Dublinga ko'chishga qaror qilasan. Irlandiya madaniyatini tushunish uchun doim orzu qilgan narsang — mezbon oila bilan turish variantlarini ko'rasan va ajoyib oila topasan ham. May oyi o'rtalarida stipendiyang taqdirlash marosimiga borish bahonasida ularni ham ko'rib kelasan. Qaytayotganda esa umuman boshqa shaharga ketib qolasan, yarim tunda. Havotir olma, hammasi yaxshi bo'ladi. Bahonada Irlandiyani aylanib chiqasan va bu esda qolarli voqea bo'ladi.

Shu orada Yevropaga sayohat qilishni reja qilasan, viza ham olasan. Lekin uni bekor qilasan. Sababini esa pastroqda aytaman.

Iyun oyida esa Dublinga ko'chasan. Diplom ishingni shu yerda yakunlaysan. Diplom ishi yozishda ham jamoadoshlaring katta yordam beradi. O'zing o'ylagandek ideal narsa chiqmaydi, lekin ko'p narsa o'rganasan, ayniqsa Conversational AI haqida. "Bu o'zi nima?" deb qiziqyapsanmi? Tez orada bilib olasan. Iyul oxirida esa diplom ishingni muvaffaqiyatli himoya qilib o'qishingni rasman yakunlaysan.

Esingdami 1 yilcha oldin Twitterda "Opamni Turkiyaga olib boraman" deb yozganding. Ishing Sentabrdan boshlangani uchun Avgustda uyga borasan. Qaytish payti esa Opang va Onangni Istanbulga taklif qilib, o'sha yerda 3 kun birga sayohat qilasizlar va va'dang ustidan chiqasan. Onang ham bundan juda xursand bo'ladi. Yevropaga bir o'zing sayohat qilishdan yaxshiroq shunday emasmi?!

Sentabrdan esa Mastercardda ishingni boshlaysan. U yerda hammasi yaxshi bo'ladi. Jamoing, menejering va boshqalar ham har doim qo'llab quvvatlashga tayyor. O'rganish juda ko'p imkoniyat va vaqting ham bo'ladi. O'zing istagan muhit, ish va ko'plab imkoniyatlar.

Ha yana anchadan beri orqaga surib kelgan "Uplift" kursini ham tugatasan. Aksiyalar bozori haqida aniq tushuncha paydo bo'ladi. Yil oxiriga kelib doimiy tarzda oyliging bir qismini uzoq muddatli investitsiya tomon yo'naltirishni odat qilasan.

Davomi bor...

#letter_to_myself

@musayev_blogi
Bir yil oldingi o'zimga maktub
2-qism

Yil boshida esingdami qay darajada ozib ketganding? Yil o'rtalariga kelib shu narsani to'g'irlash uchun astoydil harakat qilishni ham boshlaganding. 2023-yil oxiriga kelib harakatlaring o'z mevasini beradi. Doimiy ravishda jismoniy holating ustida ishlashni odat qilasan. Deyarli har kuni ishdan keyin zalga borasan va yil davomida 10 kg atrofida vazn ham to'playsan. Hali ideal vazn uchun yana shuncha bor, lekin asosiysi endi ozg'in bola emassan.

Bu narsa senga boshqa tomondan ham juda katta yordam beradi. Shug'ullanish davomida audiokitoblar, podkastlar eshitishni odat qilib borasan sekin-asta. Shuning natijasida yil davomida 2 ta kitob, Nouman Ali Khan 2 ta videokursi, Uplift darslari va "Uzbekonomics" podcastlarini to'liq tugatib chiqasan. Ikki jarayonni birlashtirish shu darajada foydali bo'ladiki, shug'ullanyotib yangi narsa o'rganyapsanmi yoki yangi narsa o'rganayotib shug'ullanyapsanmi bilmay ham qolasan.

Ha aytgancha bu yil o'zing eng havas qilgan, hayotingda burilish yasay olgan odam bilan jonli ko'rishasan. O'ylab ko'rchi kim bilan? Adashmading — Nouman Ali Khan bilan, Sentabrda Dublinda. Ajoyiba?! Lekin odam ko'p bo'lgani uchun u bilan birga rasmga tusha olmaysan. Mayli yana alohida ko'rishganimizda tushamiz, Xudo xohlasa.

Loyihalaringga keladigan bo'lsak bu yerda ham yaxshi yangiliklar bor. Yil davomida 10ga yaqin mentorlik kurslari tashkil qilasan, ularda 100 dan ortiq odam o'qiydi. Qo'shimcha yordam guruhlari ham tashkil qilasan va u yerda umumiy 3000 dan ortiq odam yig'iladi. Bundan tashqari 10 dan ortiq ovozli chatlar tashkil qilasan. Yangi mentorlar taklif qilasan va ular bilan ham bir nechta kurslar tashkil qilishga erishasan. Eng muhimi va nihoyat loyihalaring uchun mos biznes model shakllanib borishni boshlaydi.

Yil yakuniga kelib O'zbekistondagi ishingni tugatishga qaror qilasan. Bu esa senga yanayam ko'proq vaqtingni o'z loyihalaring uchun ajratish imkonini beradi. Oxirgi 2 oyda jamoadagi ish tartibini to'liq qaytadan tuzib chiqasan. Endi nafaqat o'z oldingga balki loyihalarda ham aniq o'lchovli maqsadlar qo'yib, 3 oylik reja tuzib ishlashni boshlaysan. Natijada oxirgi 2 oydagi o'sish 10 oylik bilan deyarli bir xil bo'ladi.

Time Managementga kelsak, bu yil haqiqiy pik bo'ldi deyish mumkin. ToDoistdagi 2020-21-yilda qo'ygan hamma shaxsiy rekordlaringni yangilashga muvaffaq bo'lasan: yangi 65 kunlik streak, 23 haftalik streak va eng asosiysi Enlightened bosqichiga chiqish.

Ko'rib turganingdek yangi yil sen uchun judayam omadli va barakali keladi deyish mumkin. Hattoki juda ko'p joylarda ancha dangaslik qilsang ham. Lekin afsuski yil ko'ringanidek tekis ham o'tmaydi.

Ular haqida xatim keyingi qismida aytib beraman...

#letter_to_myself

@musayev_blogi
Bir yil oldingi o'zimga maktub
3-qism

Aytganimdek yil sen uchun ko'ringanidek tekis o'tmaydi. Bilaman hozir hayotingda g'alati tushkunlik bor. Afsuski, kelayotgan yilning ham juda katta qismini qandaydir darajada stress, depressiya va o'zing ham tushunmaydigan noaniqliklar bilan o'tkazasan. Bunga ba'zida atrofingdagi odamlar, ba'zida voqealar va eng asosiysi o'zingning xatolaring sabab bo'ladi.

Yil davomida odamlar haqida eng katta o'rganadigan narsang — hech kimga ortiqcha ishonmaslik kerakligi bo'ladi. Chunki aynan seni tanigan, bilgan odamlar ichidan guruhdagi ishlaring bilan odamlarga yordam bermayotganing, balki o'zingdan "Xudo" yasayotganing bilan ayblaydiganlar chiqadi. Sen bilan uzoq vaqt yonma-yon, bir loyihada ishlagan odam seni ko'pchilik oldida "Aslida hech narsani bilmaydigan, o'zidan miflar orqali nimadirlar yasab olgan odamsan" deb haqorat qiladi.

Bu narsalar qanchalik yoqimsiz bo'lsa ham senga o'zingni va jaxlingni boshqarishni oz bo'lsa ham o'rganishga yordam beradi. Hayotingda bu kabi odamlardan shunchaki uzoqda bo'lish kerakligini o'rganasan. Sening maqsadlaring, sening kimliging ularning gaplari bilan o'lchanmasligini tushunasan.

Lekin aslida o'zimiz ham ko'p xatolar qilganimizni tan olishimiz kerak. Yangi yilda ana shunday aslida umuman qilmasliging kerak bo'lgan xatolardan biridan to'liq uzoqlashasan. Bu qaysidir ma'noda katta yutuq bo'ladi deyish mumkin. Ammo yana boshqa xatolar qilasan, ko'plab xatolar.

Ana shunday xatolaringdan eng asosiysi hayotingdan chiqarib tashlagan odamingning "O'zgardim" degan gaplariga ishonib qayta joy berganing bo'lib chiqadi. Qaysidir onda unga ortiqcha ishonib yuborganingdan juda qattiq afsuslanasan. Oxirida u orqangdan aytgan gaplaridan xabar topishing esa hammasidan o'tib tushadi. Lekin bu paytga kelib o'zingga bergan chinakamiga o'zgarish va'dang sabab hech narsa demasdan uni butunlayga unutishga qaror qilasan.

Yil davomida eng asosiy qiynaydigan narsa esa ba'zi odamlar seni odam emas, robot kabi ko'rishlari, "aslida" qanday ekaningni bilishlarini bevosita va bilvosita qayta-qayta da'vo qilishlari bo'ladi. Seni o'z hatti-harakatlari va so'zlari bilan o'zlari sezib-sezmay shu darajada yerga urishadiki, shu paytgacha qilgan hamma mehnating umuman befoydadek tuyuladi. O'zingda ham o'zingga nisbatan ikkilanishlar paydo bo'ladi. O'zingni yomon ko'rib ketasan.

Bir tomondan bular senga katta dars bo'ladi. Ana shunday stress, tinim bermaydigan turli o'ylar ichida nafaqat yashashni balki o'z samaradorligingni saqlab qolishni o'rganasan. O'zingni qo'lga olishga, jaxl qilmaslikka va hayotingda davom etishga odatlanasan.

Boshqa tomondan esa bular yil oxiriga kelib o'zing bilan chinakamiga yuzlashishingga, o'zing bilgan kamchiliklaringni to'g'irlab chinakamiga o'zgarishga qaror qilishingga ham turtki bo'ladi. Qaroringni qabul qilgan paytingdayoq bir onga hammasi izga tushadi, lekin keyin qilgan xatolaringni to'g'irlash bu darajada oson bo'lmasligi ayon bo'ladi.

Muhimi bu voqealar natijasida yaratuvchingga yaqinroq bo'lishga, faqat ibodat qilish bilan cheklanmasdan u bilan suhbatlashishni, xatolaringni tan olishni, o'zingni yolg'iz his qilganda ham u yoningda ekanini o'rgana boshlaysan.

"Yakunda nima bo'ladi? Hammasi yaxshi tugaydimi?" deb qiziqayotgan bo'lsang, afsuski buni men ham bilmayman. Hozircha savol javobini o'zim ham qidiryapman.


Ha aytgancha, yutuqlaring haqida aytayotganda eng asosiy narsa esimdan chiqibdi. Onang sening magistrlik mantrada tushgan rasmingni mana 3 oydirki profiliga qo'yib olgan.

Bu rasmni har safar ko'rganingda, sening arzimagan jarohatingdan, atrofingdagi notinchliklardan sen haqingda sendan ham ko'proq qayg'urishini ko'rib turib hayotingda har doim bo'lganidek bu yil ham seni Onajoning mehri qutqarib qolganini anglaysan.

Bo'lib o'tadigan ko'ngilsizliklarni oldini olib bo'lmaydi. Asosiysi Allohdan boshqa faqat Onang va Oilang seni aslida qanday ekaningni bilishi mumkinligini, faqat ular haqiqiy e'tibor va mehringga munosib insonlar ekanini unutma!

#letter_to_myself

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Axborot texnologiyalari (IT) yo'nalishidagi Erasmus Mundus dasturlari

1. Communications Engineering and Data Science
🇫🇮 Bosh kordinator — Finlandiya, AALTO KORKEAKOULUSAATIO SR
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Ispaniya
🗓 Dedlayn — 19-yanvar
🔗 https://www.unite-codas-master.eu/

2. Erasmus Mundus Joint Master In Artificial Intelligence
🇪🇸 Bosh kordinator — Ispaniya, UNIVERSIDAD POMPEU FABRA
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Italiya, Niderlandiya, Sloveniya, Ispaniya
🗓 Dedlayn — 8-yanvar
🔗 https://emai-master.eu/

3. Master's programme in Security and Cloud Computing
🇫🇮 Bosh kordinator — Finlandiya, AALTO KORKEAKOULUSAATIO SR
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Norvegiya, Shvetsiya
🗓 Dedlayn — 4-yanvar
🔗 https://secclo.eu/

4. Master of Applied Cybersecurity
🇹🇷 Bosh kordinator — Turkiya, KADIR HAS UNIVERSITESI
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Germaniya, Shimoliy Makedoniya, Turkiya
🗓 Dedlayn — 15-yanvar
🔗 http://cybermacs.eu/

5. Erasmus Mundus Joint Master in Cybersecurity
🇫🇷 Bosh kordinator — Fransiya, UNIVERSITE DE BRETAGNE SUD
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Belgiya, Fransiya, Lyuksemburg
🗓 Dedlayn — 4-fevral
🔗 https://cyberus.univ-ubs.fr/en/index.html

6. European Master in Sustainable Systems Engineering
🇫🇷 Bosh kordinator — Fransiya, UNIVERSITE DE TECHNOLOGIE DE COMPIEGNE
🌐 Ishtirokchi davlatlar — Albamiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya
🗓 Dedlayn — 15-fevral
🔗 https://www.emsse.eu/

Bundan tashqari quyidagi link orqali boshqa Iqtisodga yaqin dasturlar bilan tanishishingiz mumkin.
🔗 Erasmus Mundus Information Technology (IT)

❗️ Yuqoridagi barcha dasturlarda ham 2024-yil uchun Erasmus granti mavjud bo'lmasligi mumkin. Rasmiy saytidan kirib tekshirishni unutmang!

Erasmus Mundus grantiga qiziquvchilar uchun esa mentorlik kursimiz borligini eslatib o'tamiz
🎓 Erasmus Mundus mentorlik kursi

Murojaat uchun
➡️ @grantgo_mentor

Erasmus hamjamiyati
💬 @Erasmus_Community

#mentorship #erasmus

Telegram | Instagram | YouTube
Kecha bir joyda Yevropaning bir grantiga 3 haftalik intensiv kurs $125-175 oralig'ida olib borilayotganini ko'rib qoldim.

Mirshakar aytgan ichimdagi odamcha "Kimdir soqqa qilyapti! Kurslaring narxini oshirishing kerak" deyapti )

Albatta bu hazil. Lekin mentorlik kurslari ularga berilayotgan rasmiy chegirmadan tashqari ham hozir nisbatan arzonga baholangan. Buni "ilk bosqichlarda sinab ko'rishdan cho'chimaydiganlar maxsus chegirmasi" deyish mumkin.

Hozirda "Magistratura bosqichi uchun universal mentorlik kursi"ga aktiv qabul ketmoqda (10-yanvargacha chegirma ham bor)

🔗 Batafsil ma'lumot

#mentorship #justthoughts

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Durov akaga aytib qo'yinglar begona odam bitta xabar yuborib javob bermagunimcha ikkinchi xabarini yubora olmaydigan, faqat birinchisini edit qilishi mumkin bo'lgan funksiyani qo'shsa premiumni 2 baravarga ham olishga roziman.

Agar birinchi xabar o'ziga ham talab qo'yish mumkin bo'lsa, masalan minimum 300 ta simvol, yanayam qimmatroqqa roziman.

Iltimos, tanimagan odamingizga 8 taga bo'lib lekin shunda ham nima uchun yozayotganingizni aniq aytmasdan xabar yozib, unga javob berishini kutib yoki ta'na qilib o'tirmang!

Farosat - rostdan ham krutoy soft skill

#justthoughts

@musayev_blogi
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
18-25 yoshli jiyanlarimga

O’tgan kuni instagramda avvalgi storieslarni o’chirayotib 2018-yili begran tavsiyalarimni ko’rib qoldim. U payt SMM ni o’rganish qanchalik muhim ekanligi va kelajagi bor ekanligi haqida yozgan ekanman.

18-25 yoshli jiyanlarimga 2024 boshida aytadigan ayrim tavsiyalarim. Ular ingliz tili biladi, aks holda nolinchi o’rinda turgan bo’lar edi.

1. Yozishni mashq qil. Yozish uchun qandaydir hayotiy tajriba bo’lishi shart emas. Shunchaki mashq qil va o’rgan. Senga ta’sir qiladigan postlar nega ta’sirchan ekanligi haqida fikr qil. O’z-o’zinga savol ber va o’shalardek yozishga harakat qil. Mayli boshida yozish usulini ko’chir. Nima qilsang-qil, yoz. Hech bo’lmaganda kuniga 5 daqiqa yoz. Yaqin kelajakda ta’sirchan yozadiganlarda imkoniyatlar keng bo’ladi.

2. LinkedIn qanday ishlashini o’rgan. Hozir sen uni nima ekanligidan ham xabaring yo’qdir balki. Undan ertaga yaxshigina foydalanishing mumkin.

3. Web-dizaynni, ayniqsa no-code web-dizaynni, wordpressni o’rgan. Domain, hosting sotib ol va mashq qil. Woocommerce kabi internet magazinlar ochish imkonini beradigan xizmatlarni o’rgan. Hozir butun dunyo online bozorga o’tgan. O’zbekiston ham yaqinda o’tadi. Uni boshqaruvchilarga ehtiyoj katta bo’ladi.

4. Agar sen media sohasiga qiziqsang, qisqa formatli contentdan voz kech va uzoq content (1,2,3 soat) yaratish haqida o’yla. Bunday content eng sodda ko’rinishi bu podcast. Murakkabroq ko’rinishi bu hujjatli filmlar, uzoq muddatli sayohat vloglari. Bir sohani chuqur o’rgatuvchi kanallar. U uchun katta ijodiy jamoa kerak emas. Yakka inson sifatida ham ko’p narsalar qilish mumkin.

5. O’zbek auditoriyasida umumiylik davri tugab, xususiylik davri boshlanmoqda. Bitta yoki ikkita sohada bilimlarni kuchaytir. Turli sohalarda bilong’ich bo’lgandan ko’ra, bitta soha bo’yicha zo’ri bo’lish yaxshiroq. Boshqa umumiy sohalarda biliming yo’q ekanligini ochiq aytishdan qo’rqma. Har sohada ekspert bo’lgan odam, hech qaysi sohada ekspert emas. Odamlar yolg’onni tez ilg’ashni yaqinda o’rganib olishadi. Hozircha BS-meter unchalik yaxshi rivojlangani yo’q.

6. Atrofdagilar nima qilayotgan bo’lsa shuni ko’chirishdan qoch. Eng yaxshi marketing bu boshqalar qilmayotgan marketingligini yodda tut. Hamma bir tomonga qarab yursa sen ham o’sha tomonga qarab yurishing shart emas. Butunlay teskari tomonga yurishga jur’at topa ol. Tonirovka qilingan qora jentra yoki yangi iphone olishdan ko’ra, eski oyoq kiyimda bo’lsada Parijga sayohat muhimroq. Kambag’allikdagi sayohatdan olingan saboqlar muhim. Boy sayohatchining sayohati hayotiy saboqlarga boy emas.

7. Kelajakka investitsiya haqida o’yla. Agar bugun kimnidir boy qilishga kuniga 8 soat mehnat sarflashni to’g’ri deb topgan bo’lsang, o’zing uchun 2 soat sarflashni ham to’g’ri deb top. Shaxsiy moliya haqida o’rgan. Bu muhim.

8. Moral kompasga ega bo’l. Bu muhim! Ertaga qarshingdan katta imkoniyatlar chiqadi. Ular ko’pidan voz kechishing kerak. To’g’ri moral kompas voz kechish jarayonini oson qiladi. Hamkorlikda aqlli, harakatchan va qadriyatli insonlarni tanlash muhim. Qadriyatlar joyida bo’lmasa aqlli va harakatchan inson bilan firib orasida masofa katta bo’lmaydi.

9. Statistikani o’rgan. Shunda yuqorida sanab o’tilgan xislatlarga ega insonlar sening mijozingga aylanadi. Buni nega muhim ekanligini hozir tushunmasliging mumkin. Shunday bo’lsada o’rganishga harakat qilib ko’r. Statistika nega muhim ekanligini 2 ta gap bilan tushuntirish qiyin.

10. Hayotda balans haqida o’yla. Oila, karyera, badan+ruh, investitsiya, shaxsiy rivojlanish kabilar orasida balans muhim. Karyera+investitsiya ortidan quvib oilani, tana va ruhni yoddan chiqarish katta afsuslarga sabab bo’ladi.

Bek Olimjon
07.01.24
Norvegiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GrantGO Mentorlik
Magistratura grantlari uchun universal mentorlik kursi

Ushbu mentorlik kursimiz shu vaqtgacha tashkil qilingan DAAD, Chevening, Fulbright va boshqa ko'plab mentorlik kurslari bilimlari yig'indisi bo'lib, unda sizlarga magistratura bosqichi uchun hukumat va universitet grantlariga qanday hujjat tayyorlash va g'olib bo'lish haqida ma'lumotlar berib o'tiladi.

Kimlar uchun
➡️ Magistratur bosqichini chet elda grant asosida o'qimoqchilar
➡️ Universitetlarga hujjat topshirish haqida umumiy ma'lumotlarga ega bo'lmoqchilar
➡️ Grant dasturlari uchun oldindan tayyorgarlik ko'rib bormoqchi bo'lganlar

Kurs davomida
➡️ Grantlar haqida umumiy ma'lumotlar, ularning asosiy talab va tanlov shartlari
➡️ Maqsad va rejalarni aniqlash hamda shaxsiy brend ustida ishlash
➡️ Universitet va yo'nalish tanlash bo'yicha batafsil qo'llanma
➡️ CV, transkripts va boshqa kerakli hujjatlarni tayyorlash
➡️ Tavsiyanomalar yozish
➡️ Magistrlik dasturlari, grantlari uchun motivatsion xat yozish
➡️ Universitetlarga hujjat topshirish va universitet stipendiyalari
➡️ Intervyu bosqichiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha bilimlar beriladi

Individual yordam / konsultatsiya
ℹ️ Kursdan tashqari soatbay siz bilan invididual ishlanadigan konsultatsiya ham olishingiz mumkin

Narxlar
➡️ Mentorlik kursi — 549,000 so'm
➡️ Individual yordam — 119,000 so'm/soat (kurs ishtirokchilari uchun)

Chegirma va moliyaviy yordam
➡️ Kurs narxidan 50,000 so'm chegirma — 10.01.2024 gacha to'lov qilinganda
➡️ Istalgan boshqa kurs qatnashuvchilari uchun doimiy 25% chegirma

🔥 Kurs to'lovini 2 qismga bo'lib to'lash mumkin!

Murojaat uchun
➡️ @grantgo_mentor

Magistr nomzodlari hamjamiyati
💬 @Masters_Applicants_Community

#mentorship #magistratura

Telegram | YouTube | Mentorlik | Hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Magistratura grantlari uchun universal mentorlik kursi Ushbu mentorlik kursimiz shu vaqtgacha tashkil qilingan DAAD, Chevening, Fulbright va boshqa ko'plab mentorlik kurslari bilimlari yig'indisi bo'lib, unda sizlarga magistratura bosqichi uchun hukumat va…
Erasmus Mundus bahonasida anchadan beri qilmoqchi bo'lgan ishim — magistratura bosqichi uchun universal kursni ishlab chiqyapman. Hozirgacha 2 ta bo'lim to'liq tugab 3-bo'lim darslari ustida ishlayapman (10 tacha bo'lim rejada bor). Hafta oxirida birinchi onlayn darsimizni ham o'tamiz.

Grantlar haqida umumiy tasavvur hosil qilish, tayyorgarlik ko'rib borish, universitet va yo'nalish tanlash, eng muhim hujjatlarni qanday tayyorlash va suhbatlarga tayyorlanish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatish maqsad qilingan.

Ayniqsa 3-kurslardan boshlab o'rganib borish qattiq tavsiya qilinadi!

Lekin aynan qaysidir grantga hujjat topshirish boshidan oxirgacha o'rgatilmaydi. Shu sababli xususiy holatlari ko'p bo'lgan grantlar — Chevening, Irlandiya Hukumati granti, Turkiya Burslari kabi grantlarning o'zining mentorlik kursida qatnashishni tavsiya qilaman.

Bugun chegirma oxirgi kuni ekanligini eslatib qo'ymoqchi edim shunchaki. Shunchaki... ))

#mentorship #masters #grants

P.S: Hozirda Turkiya Burslari granti uchun ham mentorlik kursi qabulini boshladik

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilikda yangi yillik rejalari ichida "moliyaviy mustaqillikka erishish" degan joyini ko'rdim.

Moliyaviy mustaqillik o'zi nima? Kim buni qanday tushunadi? Sizda ham bu yilgi rejalar ichida moliyaviy mustaqillik bormi?

Izohlarda yozib qoldirsangiz. Keyingi postda o'z fikrimni aytib o'tmoqchiman.

#discussion #financialfreedom

@musayev_blogi
2024/10/01 22:13:46
Back to Top
HTML Embed Code: