Telegram Web Link
Bu yerda

➡️ Chetda o'qish yangi pandemiyaga aylanayotgani
➡️ IELTS 8 ballim va 90% GPA bo'lgan qizil diplomim grant yutish tugul ba'zi universitetlarga (Top 100-500) kira olishda ham yetarli bo'lmagani
➡️ IELTS 5.5 balli bilan nafaqat o'zi orzu qilgan Britaniya universitetiga kirgan balki undan ma'lum miqdorda stipendiya yutgan kurs o'quvchisi haqidagi hikoya

bo'lishi mumkin edi. Lekin hammasini yozishni boshladimu, davom ettirishga ishtiyoq yetishmadi 😕

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
DAAD mentorlik kursi 3.0 🔥 Uzoq kutilgan onlar yetib keldi! DAAD grantlari uchun mentorlik kursi 3-mavsumini ochiq deb e'lon qilaman :) 🗒 Kurs rejasi va strukturasi o'tgan yilgidan ko'p o'zgarmagan 🏆 Natijalar haqida esa ushbu postdan batafsil ma'lumot…
🗓 Chegirma tugashiga 5 kun qoldi

DAAD mentorlik kursi uchun 15-iyulgacha to'liq to'lov qilganda chegirma narxlar amal qiladi deb e'lon qilgan edik. Kursda qatnashishga kuchli xohishi borlar uchun chegirmani 15-avgustgacha uzaytirib bermoqchimiz. Faqat 15-iyulgacha birinchi qism to'lovni qilganlar uchun.

🧑‍🎓 "Essential" paketi ilk onlayn darsi kecha bo'lib o'tdi, ammo keyingi hafta ham yangi qo'shilganlar uchun alohida tanishuv darsi tashkil qilmoqchimiz.

Chegirma va ilk darslar uchun ulgurib qoling!

#DAAD #mentorship #Germaniya

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

Murojaat uchun
📞 @grantgo_mentor

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Allaev Uz
Нима учун дарахтнинг мияси йўқ? Бу саволга ирланд нейробиологи Шейн Омара чунки у ҳаракатланмайди деб жавоб беради. Денгизда умуртқасиз асцидия деган кичик жонзот бор. У жой излаб бир тошга бориб ёпишади ва бутун умр ўша ерда қолади. У тошга ёпишиши билан қиладиган биринчи иши ўз миясини еб тугатади. Шунингдек, туғилганда ҳаракатсиз полип шаклида бўладиган, вақт ўтиб ҳаракатланадиган медузалар бор. Бу медузаларда ҳаракатни бошлагандан сўнг мия шаклланади. Бундан хулоса шунақа: Агар сиз ҳаракат қилмасангиз, сизга миянинг кераги йўқ.

Мия табиатан ҳаракатланиш яъни қидириш, мўлжал олиш, масофани ўлчаш, хавфсизликни ўйлаш, йўлни эслаб қолиш учун яратилган органдир.

Шейн Омаранинг «Юрувчи одам» китобини ўқиб чиқдим. Китоб асосан пиёда юришнинг инсон миясига, айниқса ижодкорлик ва фикрлашга фойдасига бағишланган бўлсада, бошқа бир ажойиб хулоса олдим. Инсон фаол бўлиши, доим ҳаракатда бўлиши керак. Шунда мия ҳаракатдан ўзи учун керакли озиқ олади.

Фаолликда ва масъулиятни ўзига олиб ҳаракатчанлик кўрсатишда гап кўп. Шу ҳақида яқиндагина Жон Г. Миллернинг «CОC! Савол ортидаги савол» китобини ҳам таржима қилдиргандик. Хуллас, ҳар қанақа ҳолатда ҳам комфорт зонасидан чиқиб ақлан ҳам жисмонан ҳам ҳаракатланиш, психология тили билан айтганда “проактив бўлиш» мия фаолияти ва ҳаёт сифати учун жуда муҳим.

Ҳаракатдан тўхтаманг. Бизга мия ҳаракатсизлик учун берилмаган.


@allaevuzb
Musayev blogi
Нима учун дарахтнинг мияси йўқ? Бу саволга ирланд нейробиологи Шейн Омара чунки у ҳаракатланмайди деб жавоб беради. Денгизда умуртқасиз асцидия деган кичик жонзот бор. У жой излаб бир тошга бориб ёпишади ва бутун умр ўша ерда қолади. У тошга ёпишиши билан…
Bu yerdagi "harakat" so'zini faqat fizik ma'noda qabul qilmaslik kerak

— Hayotda hech narsaga intilmaydigan
— Harakat qilmaydigan
— O'z ustida ishlamaydigan
— Boshqalardan "Qilishvoring", "Topishvoring", "Topshirishvoring", "O'qishvoring" deb so'rab o'zi hech narsa qilmay o'tiraveradigan
— TikTok, YouTube Shorts, Reelslardan bosh ko'tarmaydigan
— Yoki "divanniy analitik" bo'lib olib boshqalarni muhokama qilib o'tiradigan odamlarda ham borib-borib miyasi sekin ularni tark etib qolishi hech gap emas

Ishlamagandan keyin nima kerak bo'yinga ortiqcha yuk bo'lib?

So use it 🧠

#just_thoughts #self_note

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To'y kortejlari ahmoqliklari, o'pkasi yo'q "Shumaxerlar" yangilik emas. Lekin ko'z oldingda butun boshli moshina ichida odamlari bilan ag'darilib ketsa, "Vay yomon bo'ldiku" deb yo'lda davom etishni ko'rib, miyalarim tormozlashib qoldi.

Inson qadri bizda faqat televizorlarda bordek tuyulib ketadi shunaqa paytlarda 😐

@Musayev_blogi
Forwarded from Sojida Karimova
Ba'zida "menga nima zarur shunaqa kurs qilib, mazza qilib uxlasamchi" deyman. Menga moddiy tomondan kurslar unchalik foyda keltirmaydi. Asistentlar borligi uchun ham pulni ko'p qismi ketadi. Nima qilaman shunaqa qilib o'zimni qiynab deyman.

Keyin hammasini aslida nima uchun boshlaganimni o'ylayman. Inyazda o'qisak ham hamma IELTS kursga qatnardi. 4 yil qatnab IELTS olmaganlar ham bo'ldi. Aslida universitet paytida IELTSdan ham kattaroq narsalarga erishsa bo'lardi. Shu maayyyda narsaga o'ralashib umrni ketishiga achindim.

IELTS hayot mamot emas. U uchun yillab pul va umr sarf qilinishi kerakmas. Hech qanday kurssiz ham o'zingizni nazorat qila olsangiz mustaqil ham shug'ullana olasiz aslida.

Men odam o'zi mustaqil qila olishini tushuntiradigan kurs qilganman. U o'quvchi 2 yildan keyin yana meni kursimda o'qimasin, u mustaqil ham o'zini nazorat qilib o'qiy olsin. Qisqa vaqtda doimiylik va intizom bilan inson qila olmaydigan ish yo'q.

Keyin shunaqa positive fikrlar ko'p olaman va kurslarimni davom ettiraveraman😁

Siz o'zingizni nazorat qila olasizmi? Nazorat qila olmasligingizga sabab nima deb o'ylaysiz? Nimalar sizni chalg'itadi.
Musayev blogi
Ba'zida "menga nima zarur shunaqa kurs qilib, mazza qilib uxlasamchi" deyman. Menga moddiy tomondan kurslar unchalik foyda keltirmaydi. Asistentlar borligi uchun ham pulni ko'p qismi ketadi. Nima qilaman shunaqa qilib o'zimni qiynab deyman. Keyin hammasini…
Bu reklama emas. IELTS haqidagi fikrlarimni blogda ko'p marta yozganman.

O'zi IELTS ortidan bo'ladimi, nomdor stipendiyalarmi, IT yoki chet el grantlarimi, umuman istalgan narsa ortidan ko'r-ko'rona yugurishni yoqlamayman. Bu narsani reklama qilib, qop-qop va'dalar berayotgan kurs va xizmatlarni ham.

Sojidaxon qilayotgan ish esa o'zi aytganidek "More than IELTS" ekaniga ishonaman.

P.S: 2 daqiqa oldin bir yigitga "IELTS kanallari bilan reklama alishmayman" deb yozgandim. Bu postni ko'rib hayron bo'lsa kerak )

@Musayev_blogi
Ba'zi odamlar borki, ulardan Shayton ham dars olgisi keladi

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekonomics
Diyora Keldiyoravaning onasi, otasi, oilasi va albatta murabbiylarini tabriklayman! Bu g’alaba avvalambor ularniki. Vatanimiz nomini, bayrog’ini dunyoning eng katta maydonida eng kuchli sportchilarni, shu jumladan butun stadion qo’llagan mezbon sportchini ham mag’lub etib g’alaba qozondi.

Bu nafaqat O’zbekiston tarixidagi yozgi olimpiyadalardagi birinchi ayol olgan oltin medal, balki avvalambor Diyora ismli o’zbek qizi yutgan medal. Diyoraning g’alabasi barcha o’zbekistonlik qizlarga katta namuna bo’la oladi. Lekin, eng muhimi erkaklarga ham namuna bo’la oladi. Qizlarimizning kelajagi, kuchi, ilmi va idrokiga ishonish, imkoniyat berish kerakligi haqida bir eslatma bo’ldi. Jamiyatimizda aynan shunday role modellar ko’payotganidan hursandman. Ha aytgancha, Diyora asosan erkaklar qatnashadi deb o’ylanadigan sport turi bo’lgan dzyudoda olimpiada oltin medalini olgan tarixdagi birinchi o’zbekistonlik sportchi bo’ldi.

Bundan tashqari, davlatga ham bir eslatma bo’ldi, menimcha. Dzyudochilarga aslida ko’p narsa kerak emas. Katta moddiy yordam, katta hashamatli stadionlar ham shart emas, bitta tatami bilan murabbiy kifoya. Aksincha, ortiqcha chalg’imay, zalni eshigini ichkaridan yopib diqqat va intizom bilan mashg’ulot qiladigan, tayyorlanadigan sport turi.

@uzbekonomics
Kontent o'g'rilari

Ba'zi odamlar bor ular ochiqchasiga o'g'rilik qilishdan va boshqalar mehnatini o'zlashtirishdan bir gramm ham uyalmaydi.

Ana shunaqa odamlardan biri yuqoridagi Doktorantlar Official kanali avtori — @Sherali_Toshniyozov

Bu "janob" GrantGO jamoasi soatlab mehnat qilgan ishni shunchaki o'z kanaliga ko'chirib olib, tagiga o'z kanali linkini qo'yib olishdan uyalmagani yetmagandek, bunday qilmaslik haqidagi so'rovimni avvaliga butunlay bee'tibor qoldirdi. Keyin esa osongina bloklab chatni o'chirib yubordi.

Hurmatsiz Sherali Toshniyozov, agar hoziroq kanalingizdagi barcha o'g'irlangan kontentni o'chirib va orqasidan bu borada uzr so'rab yozmas ekansiz siz bilan qonuniy gaplashaman. Yana bir marta aniq qilib aytaman — bu ishingiz o'g'rilik va siz haqiqiy o'g'risiz!

To'g'risi bu narsa birinchi marta bo'layotgan holat emas va bunaqa parazitlardan zerikdim. Endi ular bilan boshqachasiga gaplashamiz.

Blog obunachilaridan yuqoridagi akkauntga "Tuzalib keting" deb yozib qo'yishni va kanaliga Report tugmasini bosib o'sha xabarlarni Copyright tarzda belgilashlarini iltimos qilgan bo'lardim.

P.S: "Manba haqida aytilganku" degan bahona o'tmaydi. Bu kabi manba berishdan GrantGO loyihasiga bir tiyinli foyda yo'q. Aksincha kontent o'g'irlanishidan jamoa mehnati oyoq osti bo'lgani qoladi xolos

@Musayev_blogi
2024/09/29 11:30:29
Back to Top
HTML Embed Code: