​​⚫️ Qora dona (SEDANA) – ming dardga shifo !

🇸🇦 Arabcha matnlarda «al-habba as-savdaa» nomi ila zikr qilingan narsani biz so‘zma-so‘z «qora dona» shaklida tarjima qildik, chunki ushbu «qora dona» nima ekani haqida ulamolarimiz ko‘p tortishganlar.

Ko‘pchilik uning «shunbiz» nomli qora rangli dona ekanini ta’kidlagan. Aslida u qoramtir yashil bo‘lar ekan-u, lekin ko‘pchilik «qora» sifatini aytishga odatlangan ekan. U «qora zira», «hind zirasi» deb ham atalar ekan. Bizda «sedana» ham deyiladi.

Qadimgi hadis sharhi kitoblarida va tib kitoblarida bu narsani qanday qilib ishlatilsa, qaysi dardga davo bo‘lishi haqida sahifa-sahifa ma’lumotlar yozilgan. Bizning maqsadimiz boshqa bo‘lgani uchun bu vasflarni chetlab o‘tamiz.

📚 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qora dona o‘limdan boshqa har bir dardga davodir», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan. Termiziyning lafzi quyidagicha: «Sizlar mana bu qora donani lozim tutinglar. Chunki unda somdan* boshqa barcha dardga shifo bor. *Som – o‘limdir».

📚 «Ibn Abu Atiyq roziyallohu anhu bir bemorning oldiga kirdi va: «Sizlar mana bu qora donachani lozim tutinglar. Undan besh yoki olti dona olib, maydalab tuyinglar. So‘ngra zaytun yog‘i bilan qo‘shib, uning burniga – mana bu tarafga, mana bu tarafga tomizinglar. Oishaning menga aytishicha, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Mana bu qora donada somdan boshqa barcha dardga shifo bor» deganlarini eshitgan ekan», dedi. «Som nima?» degan edim, «O‘lim», dedi». Buxoriy rivoyat qilgan.

Ushbu hadisi shariflarda «qora dona» ning o‘limdan boshqa barcha dardlarga davo ekani qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Bu ma’noni qanday tushunmoq kerak?

Ulamolarimiz bu savolga atroflicha javob berganlar. Ularning hamma javoblarida ham ushbu hadisi shariflar ma’nosini sirtdan ko‘ringandek tushunmaslik kerakligi ta’kidlangan.

Xattobiy: «Bu yerda umumiy gapirib, xususiyni iroda qilish qoidasi ishlatilgan. Bu yerda «hamma dardlar» deyishdan rutubat va balg‘amdan kelib chiqadigan xastaliklar iroda qilingan», degan ekanlar.

Abu Bakr ibn Arabiy esa: «Tabiblar nazdida «qora dona»dan ko‘ra asal barcha dardga davo bo‘lishga yaqinroq. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi xastalikka yo‘liqqan kishilar asal ichsalar, ozor topadilar. Alloh taolo «Asalda odamlar uchun shifo bor», degan bo‘lsa ham, uning aksariyat hollardagi shifo bo‘lishi ma’nosida tushunilgandan keyin «qora dona»ni ham shunga yaqin ma’noda tushunish lozim», degan.

Boshqalar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam davoni xastaning holiga qarab turib vasf qilar edilar. U zotning «qora dona» haqida aytgan gaplari ma’lum kishilarga tegishli bo‘lgan», deganlar.

📌 Ushbu fikrlarni jamlab, hammasi ham to‘g‘ri fikr ekanini tasdiqlasak, yaxshi ish qilgan bo‘lamiz. Yana qo‘shimcha ravishda ta’kidlamog‘imiz lozimki, haqiqatda, «qora dona» o‘sha vaqtda, o‘sha muhitda mavjud bo‘lgan ko‘plab xastaliklarga davo bo‘lganini tabiblar tasdiqlaganlar.

Hozirgi zamonda esa «Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar hay’ati» harakati bilan o‘tkazilgan ilmiy bahslar ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «qora dona» haqida aytgan hadisi shariflari tibbiy moʻjiza ekanini tasdiqladi. Bu haqida alohida kitob ham chop etildi.

* Sizlarga yana qo'shimcha ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.

1️⃣ Abdulloh domla-Sedana haqida
2️⃣ Sedananing foydali xususiyatlari

Ⓜ️ “Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar” kitobidan

@miracles_of_quran
​​🟢 Nabaviy tabobat va zamonaviy tibbiyot !

☑️ Ma’lumki, tibbiyotda shaxsiy gigiyena deb ataluvchi tushuncha mavjud. Shaxsiy gigiyena har bir kishining o‘ziga va yoshiga bog‘liq bo‘lib, aqliy va jismoniy mehnatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, vaqtida ovqatlanish, uxlash, mehnat va dam olishni to‘g‘ri uyushtirishdan iborat.

☑️ Bunda badan, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak, turar-joy, taom tayyorlash gigiyenasi, ya’ni pokizalikka katta e’tibor berish lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida esa “poklik iymondandir”, “pok bo‘linglar, chunki poklik Islomdir”, ya’ni poklik insonni iymonga chaqiradi va iymon o‘z egasi bilan jannatda birga bo‘ladi, deb marhamat qilganlar.

☑️ Shaxsiy gigiyenaning birinchi talablaridan biri, badanni toza tutishdir. Ma’lum bo‘lishicha, yog‘ bezlari bir haftada teri ostiga 100-300 gramm yog‘, teri bezlari esa 3,5-7 litrgacha ter ishlab chiqarar ekan. Shuning uchun kishi kamida haftada bir marta hammomda yuvinishi lozim. Aks holda badanning mikroorganizmlarga qarshi kurashish va himoyalanish funksiyasi susayib, turli yiringli yara-chaqalar paydo bo‘ladi.

☑️ Har juma kuni g‘usl qilish sunnatdir. Kuniga besh mahal tahorat qilish va juma kuni g‘usl qilish, farz va sunnat amallarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, shaxsiy gigiyena ozodalik shartlari bilan bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Shaxsiy gigiyena aqliy va jismoniy mehnatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish “erta tur va erta yot” degan hadis bilan to‘g‘ri keladi. Yaxshi dam olgan kishi, yaxshi ishlaydi va yaxshi fikrlaydi.

☑️ Agar kishi kun tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilsa, hamma ishga ulgura oladi. “Hamma ishlaringizni tongda qilinglar, chunki tongda uxlash rizqni qirqadi”, degan ma’nodagi hadis bor. Bomdod namozidan keyin qilingan ish barakotli bo‘ladi.

🇩🇪 Germaniyalik olimlarining aytishicha, kishining aqliy va jismoniy mehnati asosan ertalab 4 soat davomida eng unumli bo‘lishi qayd qilingan. Shuning uchun Germaniyada hamma o‘quv tizimida – maktab va oliy o‘quv yurtlarida darslar barvaqt boshlanib, ertalab 10:00 da tugar ekan.

☑️ Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Oisha roziyallohu anho yugurish bo‘yicha musobaqa qilishganida Oisha onamiz o‘zib ketganlar. Keyinroq yana musobaqalashganlarida Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh alayhissalom o‘zib ketganlar. Sababi, Oisha onamiz birmuncha to‘lishib qolgan edilar.

☑️ Shuningdek, yugurish bo‘yicha yosh bolalar musobaqasini uyushtirganlari haqida ham rivoyatlar bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Farzandlaringizni kamondan o‘q otishga, suzishga, chavandozlikka o‘rgatinglar”, deya marhamat qilganlar. Kuchli mo‘min Allohga mahbub bo‘lsa, bunday fazilatga ega bo‘lish har bir mo‘min uchun zarur.

☑️ Ovqatni vaqtida va me’yorida yeyish borasida dinimizda kerakli ko‘rsatmalar kelgan. Poklik asosiga qurilgan shariati islomiyada ovqatdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish va og‘izni chayish sunnat hisoblanadi. Biz qo‘limiz bilan ko‘p narsalarni ushlaymiz, shunda xar xil mikroblar qo‘limizga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qo‘lni yuvib ovqatlanish maqsadga muvofiq.

☑️ Nima uchun qo‘llarni ovqatlanib bo‘lganimizdan keyin ham yuvamiz? Rasuli akram: “Ovqatdan so‘ng qo‘l yuvmasdan va og‘iz chaymasdan uxlab qolsangiz, kasallikdan ehtiyot bo‘ling”, deya ogohlantirganlar.

📌 Tibbiyotda esa, chala artilib yuvilmagan qo‘lning teri qavatidagi yog‘lar har xil bakteriyalar uchun ozuqa manbai bo‘lishi aytilgan. Qo‘l yuvilgandan so‘ng artmaslik sunnatdir. Bu sunnatni Yapon olimlari tekshirib ko‘rishganda, yuvilgan va artilmay quritilgan qo‘l pok bo‘lishi, yuvilib sterillangan, salfetkaga artilgan qo‘lda esa mikroblar uchrashi ma’lum bo‘ldi.

🌐 www.islom.uz


@miracles_of_quran
​​⚡️ Olimlar insonning tuproqdan yaratilganini isbotlashdi !

🔍 Inson tanasi, uning barcha qismlari hozirgi kunga qadar ham oxirigacha o‘rganilmagan ajoyib, mukammal loyiha. Inson tanasining tuzilishini eng zamonaviy texnologik asboblar yordamida o‘rganayotgan olimlar aql bovar qilmaydigan kashfiyotlarga duch kelmoqdalar. Inson tanasidagi to‘qimalarning tuzilishi shular jumlasidandir.

▫️ Inson organizmidagi to‘qimalarda 26 xil kimyoviy element mavjud. Ulardan oltitasi esa boshqalariga nisbatan juda ko‘p miqdorda uchraydi. Bular – uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor va oltingugurt moddalaridir. Inson tanasidagi to‘qimalarning 95 foizini ana shu olti element tashkil qiladi. Bu esa juda muhim bir haqiqatni – insonning loydan yaratilganligini tasdiqlaydi.

▫️ Inson tanasidagi to‘qimalarni tashkil qiluvchi barcha asosiy, noorganik kimyoviy elementlar tuproq tarkibida erkin holatda yoki birikmalar ko‘rinishida uchraydi.

▫️Olimlarning yangi tadqiqotlariga ko‘ra, xuddi Qur’oni Karim, Injil va, hatto yunonlarning afsonalarida aytilganidek, yerdagi hayot loydan paydo bo‘lgan ekan. Olimlar ilgari surgan nazariyaga ko‘ra, tuproqdagi minerallarning uyg‘un birikmasidan iborat bo‘lgan loy hujayra va kimyoviy moddalarning ko‘payishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Milliard yillar davom etgan bu jarayon davomida kimyoviy moddalar bir-biri bilan reaksiyaga kirishib, oqsil va DNK hosil qiladi. Oxir-oqibat esa ulardan tirik hujayralar paydo bo‘ladi.

🇺🇸 Nyu-York shtatidagi Kornel Universiteti nanofanlar fakulteti biomuhandislari «Yerdagi hayotning manbai loy bo‘lgan bo‘lishi mumkin», deb hisoblashmoqda. Bu nazariya ming yillardan beri turli e’tiqod va aqiydalarda mavjud bo‘lib kelgan bo‘lsa ham, hali ilmiy jihatdan asoslangan emas edi.

▫️ Ko‘pchilik samoviy dinlarda Xudo insonni loydan yaratib, so‘ng unga jon ato qilgani aytiladi. Hatto genezis ham «inson tuproqdan yaratiladi hamda vafot etganidan so‘ng qayta tuproqqa aylanadi», deya bayon qiladi.

▫️ Olimlar bu so‘zni ko‘hna ibroniy tilidan «loy» yoki «yer» deb tarjima qiladilar. Dengiz suvida loy gidrogel shakliga keladi. U bir qator komponentlardan – tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘lib, ulardan biri sinch vazifasini o‘taydi. Uning ichidagi bo‘shliqlar (g‘ovaklar) quyi molekulyar qorishma bilan to‘ldirilgan.

🇺🇸 Kornell Universiteti professori Den Loning (Dan Luo) aytishicha: «Geologik tarixning boshlanishida loy gidrogeli biomolekulalarni ushlab qolish va molekulyar reaksiya funksiyalarining paydo bo‘lishiga qulay sharoit yaratib bergan. Bu bo‘shliqlarda to‘plangan kimyoviy moddalar milliard-milliard yillar davomida murakkab reaksiyalarga kirishib, oqibatda oqsil moddasi hamda DNKni va pirovardida tirik hujayraning hayotiy faoliyat yuritishi uchun zaruriy shart-sharoitni vujudga keltirgan bo‘lishi mumkin».

▫️ Ushu xulosalar bir guruh tadqiqotchilarning ilmiy tajribalariga asoslangan bo‘lib, ushbu tajribalar davomida sintetik gidrogel, DNK, aminokislotalar, fermentlar va sun’iy oqsil ishlab chiqarishdan foydalanilgan.

▫️ Umuman olganda, dunyoviy olimlarning haqqa yetishlariga ancha bor. Ularning tadqiqotlarida hali ham evolyusiya nazariyasining izlari bor bo‘lsa-da, to‘g‘ri tarafga qarab ketayotgan bo‘lsalar ajab emas.

▫️ Nima bo‘lganda ham, fan erkin holatdagi loy ham, inson organizmining to‘qimalari ham aynan bir xil elementlardan tashkil topganligini aniqladi. Zamonaviy fan tomonidan aniqlangan bu dalillar o‘n to‘rt asr avval Kalomullohda nozil qilingan oyatlarning haq ekanligini yana bir karra tasdiqladi.

📌 Alloh taolo birinchi odamzodni – hazrati Odam Ato alayhissalomni loydan yasagan: unga shakl berib, jon ato etgan. Bu moʻjiza Qur’oni karimda bayon qilingan.

Ⓜ️ “Qur’on va Sunnatdagi ilmiy mo'jizalar” kitobidan.


@miracles_of_quran
​​☪️ Islom tibbiyotda ilk penisilinni kashf etgan !

❗️ Bu maqolamizdagi ma'lumotlar ba’zi o‘quvchilarimizga ilk o‘qishda oddiygina bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin ular o‘tgan 1400 yilga hayoliy sayohat qilsalar, aqllarini lol qoldiradigan bir hodisa bilan uchrashganliklarini anglab yetadilar. Chunki keyingi yillardagi kashfiyotlar tibbiyotni o‘zgartirsa hamki bu tavsiyalarning hech birini o‘zgartirolmadi va ularni tavsiya etgan zot qarshisida beixtiyor bo‘yin egmoqda.

• Hijratdan avval, Madinada bezgak kasalligi mavjud edi. Bu kasallikdan yuzlarcha kishi o‘lar yoki qattiq iztirob chekardi. Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida, shahar atrofidagi botqoqlikni ko‘rib, bu kasallikning suvli va iflos yerdan kelishini aytgan edilar. Shundan so‘ng shu yerdagi odamlarga shaxsan o‘zlari boshchilik qilib 30 ming xurmo daraxti ko‘chatini ektirgan edilar.

Penisilin: Hijriy 160 yilda vafot etgan va 500 ga yaqin asar muallifi Tavasli Musa Ibni Abu Hayyanning "Al Xolis" kitobida ko‘z kasalliklari va tomoq anginalari uchun Rasulullohning shu tavsiyasi yozilgan:

📜 "Zamburug‘larni oling, namli qorong‘u yerda uch kun saqlang, ularning usti mog‘orlab qoladi. Temir bir six olib qizdiring. Soviganidan keyin uch marta bu mog‘orga surting. Mog‘orni ko‘zga surma surgandek surting va tomoqqa bosib o‘rang".

• Chorak asr avval bu davolash usulini xurofot deb atagan ahmoqlar bor edi. Lekin Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam tavsiya etgan ushbu "dori" bugungi kunda shu asrning bir moʻjizasi sifatida qabul qilinmoqda. Ha, payg‘ambarlar Payg‘ambari asrimizning penisilin moʻjizasini 1400 yil avval ko‘rsatgan va so‘ngsiz bir ilm sohibining Rasuli bo‘lganini yana bir bor isbot qilgan.

• Ko‘zi og‘riganlarga doimo asal, xurmo yeyishni tavsiya etardilar. Bundan tashqari, zamburug‘ suvini ishlatishni tavsiya etgandilarki, buni penisilin ekanligini yuqorida aytib o‘tdik.

Isitmalaganda: sovuq suv bilan vujudni namlatardilar. Bu usulni hozirda ham tavsiya etish mumkin.
Zaharlanganda: Darhol oshqozonni bo‘shatish uchun qayt qildirar edilar va yelkaning uch joyidan qon oldirardilar:

• Sarvari olamning "Agar insonlar oz suv ichsalar vujudlardagi sihat va ishtahani bir maromda davom ettira oladilar", – degan hadisi shariflari katta axamiyatga ega.

Sil: Ozg‘in, yo‘talgan va balg‘am chiqarganlarni, Madinadan tashqariga chiqarar va toqqa – cho‘ponlarning yoniga qo‘yib kelardilar. Shu bilan birga ularga ko‘p sut ichishlarini tavsiya etardilar. Ochiq havoda davo ko‘rgan bu kasallar, ma’lum bir muddatdan so‘ng Madinaga sog‘lom holda qaytardi.

🦠 Mikrob va laboratoriya butunlay noma’lum bo‘lgan u qorong‘i johiliyat davrida Rasuli Akramning (sallallohu alayhi vasallam) bu kasallikka qo‘ygan tashxis (diagnoz), davolash usullari juda ham diqqatni o‘ziga tortadi va bugungi kunda sil kasalligiga chalinganlarni davolash uchun keng qo‘llanayotgan "SENATORYUM" asoslarga egadir. Taunli va sil kasalliklariga chalinganlarning darhol xalqdan ajratib olinishini tavsiya etardilar.

• Ha, zamonaviy tib ilmi qo‘llayotgan "KARANTIN" usuli ilk marotaba hazrati Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tomonidan tavsiya etilgan va o‘sha vaqtlarda ham bu yo‘l bilan minglab insonlarning hayoti qutqarib qolingan.

• Pirovardida, Rasulullohning tibbiyot sohasidagi bilimi, kashfiyot va tavsiyalari, uning yuksak ilohiy dahosini va haq Payg‘ambar bo‘lganini yana bir bor ko‘rsatib turibdi.

• Qur’onning hech bir hukmi zamonaviy ilmga teskari kelmagani kabi, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bu boradagi hech bir tavsiyalari ham zamonaviy tib ilmiga zid kelmayapti.

📌 Ha, asrlar o‘zgaradi, faqat bunday haqiqatlar o‘zgarmaydi. Har bir yangi kashf, har bir rivojlanish bu – haqiqatlarning buyukligi va u Zotning sallallohu alayhi vasallam buyukligi oldida bo‘yin egadi.

🌐 www.islom.uz


@miracles_of_quran
​​🔍 Misvok va uning foydalari xususiyatlari haqida bilasizmi ?!

📚 Zayd ibn Xolid roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar ummatimga mashaqqat bo‘lishini o‘ylamaganimda, albatta, ularni har namozdan oldin misvok qilishga amr etar edim”.Imom Buxoriy (887 rivoyati)

🔹 Yuz yillar davomida Osiyoning o‘rta sharq mintaqalari aholisi tishlarini Arak daraxtining kichik shoxlari yoki tomirlari yordamida tozalashgan.

🇪🇬 Misrda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, misvoklarning ishlatilishi nafaqat tish karashlaridan tozalaydi, balki ularning qoldiqlari (misvokning) ikki kundan so‘ng ham bakteriyalardan tozalab turarkan. Misvok tortilgan og‘izni bir chayilsa, bir turdagi bakteriyalar soni 75 foizga kamayar ekan.

🔹 Bundan tashqari, misvok tarkibida milklardan qon oqishi va ularning yallig‘lanishini kamaytiradigan tanin mavjud. Misvokdan foydalanuvchilar ular tishlarning dog‘larini ketkazuvchi eng yaxshi vosita ekanligini hamda ularni tish tozalagichlar bilan ishlatilsa, tishlar yanada oq va yarqiroq bo‘lishini ta’kidlashadi.

💬 Agar siz misvokdan foydalansangiz, bu juda osondir, deydi stomatolog Erik Shapira. Uni yumshatish uchun boshida misvokni sekinlik bilan chaynang. So‘ng tishlaringizdagi karashlarni tozalashga kirishing. Daraxtda karashlarni kamaytiradigan yog‘lar mavjud. Misvokni plastik holatiga keltirish uchun 5 dan 10 daqiqa, so‘ng har bir tish atrofi va ulardan karashlarni ketkazish uchun yana 3-5 daqiqa kerak bo‘ladi.

🌍 Ko‘pgina Afrika mamlakatlarida aholi og‘iz bo‘shlig‘idagi karashlarni ketkazish uchun “chaynash uchun misvok” lardan foydalanishadi. Sharqiy Afrikada Salvador persikasi, Nigeriyada esa Fagara shimperilari va h.k.lar ishlatiladi.

🔹 Qizig‘i shundaki, misvoklarni ishlatadigan Afrikaliklarda kariyeslar odatdagidan ancha kam bo‘ladi, ushbu tabiiy vositalarning ta’siri tish tozalagichlardan hech ham qolishmaydi.

🇺🇸 Illinoys Universiteti olimlari 7 yillik izlanishlardan so‘ng misvoklardan kariyeslarning paydo bo‘lishi va bakteriyalarning ko‘payishiga qarshilik qiladigan oltita kimyoviy vosita borligini aniqlashgan. Bundan tashqari, bu daraxtlarning bir qanchasi tarkibida kariyesga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan ftor moddasi mavjud ekan.

💬 “Biz izlanishlarda davom etamiz, – deydi Illinoys Universiteti professori Kristin. Bir qator kompaniyalar bizning ishimiz bilan qiziqib qoldilar va ular o‘zlarining mahsulotlarida ushbu “tabiiy” komponentlardan foydalanmoqchilar”.

🔹 Misvok og‘izdan keladigan yoqimsiz hid va tishlar orasida qolib ketgan taom yomon bo‘lib qolmay, balki sog‘liq uchun ham zarardir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak tishlarini doimo, ayniqsa har bir namoz oldidan misvok bilan tozalaganlar.

💊 Pharba Basel LTD (dori ishlab chiqarish) shirkati misvok ustida tajriba o‘tkazdi. Natijaga ko‘ra, o‘simlik tarkibida milklarni kasallanishiga, tishlarni yemirilishiga sabab bo‘ladigan zararli bakteriya va mikroblarni o‘ldiradigan moddalar topildi.

🇸🇦🇺🇸 Saudiya Arabistonidagi King Saud Universiteti va AQSHdagi Indiana Universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tajribalar ham aynan shuni ko‘rsatdi.

💉 Zamonaviy tib ilmi xulosalariga ko‘ra, misvokning quyidagi foydalari bugunga kelib aniqlandi:

✔️ Tarkibida ftor moddasi bo‘lgan misvok tishlarning yemirilishi (kariyes)ning oldini oladi.
✔️ Misvokda xlor moddasi bo‘lgani uchun tishlardagi turli rang, kir-dog‘larni ketkazadi.
✔️ Uning tarkibidagi silikat moddasi tishlarni yaxshigina oqartiradi.
✔️ Misvokdagi fosfor moddasi tishni chirituvchi bakteriyalardan himoyalaydi.
✔️ Trimetilamin va darmondorilar milklarni yorilishdan asraydi, jarohatlarni tuzatadi va tishlar sog‘lomligini ta’minlaydi.

Sizlar uchun yana qo'shimcha ma'lumotlarni ham keltirib o'tamiz.

1️⃣ Misvok ishlatish.
2️⃣
Tibbiy va diniy foydalari.
3️⃣
Misvok haqida.

🌐 www.islom.uz


@miracles_of_quran
​​⚡️ Yana bir hadis ilmiy tajribada o‘z isbotini topdi.!

❇️ Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambar ekanlarini u zotning ba’zi hadisi shariflarining moʻjizalaridan ham bilib olsak bo‘ladi. Quyida o‘rganiladigan hadisi sharif ana shular jumlasidandir.

📚 Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qay bir qavmda fohishabozlik paydo bo‘lib, uni oshkora qiladigan bo‘lsalar, albatta ularning ichida o‘tgan ota-bobolarida bo‘lmagan o‘lat va (boshqa) kasalliklar paydo bo‘ladi». Ibn Moja, Ibn Hibbon, Hokim, Tabaroniy, Bayhaqiy va Bazzorlar rivoyat qilishgan.

💡 Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mazkur hadisi shariflarining ilmiy moʻjizasi u nutq qilinganidan bir ming to‘rt yuz yildan ziyod vaqt o‘tgach aniqlandi.

🇨🇦 Buni aniqlashda Kanadalik mashhur olim Van Brouset faollik ko‘rsatdi. Bu olimni tanib olish uchun professor Keys Mur janoblarining u kishi haqida aytgan quyidagi gaplariga e’tibor beraylik:

💬 «Har doim haqiqatni izlovchi hur fikrli olimlar bo‘ladi. Kanadalik mashhur olim Van Brouset ana shunday olimlardan biridir. U mashhur mualliflardan bo‘lib, ayollar kasalliklari bo‘yicha bir qancha kitoblarni nashr qilgan. Mazkur kitoblarda Qur’oni karim va Sunnatda kelgan ba’zi oyat va hadislardagi haqiqatlarni ham yozgan. Bir qancha ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan...»

❇️ Professor Van Brouset biz o‘rganayotgan muhaddislarimiz Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan fohishabozlikning zararlari to‘g‘risidagi hadisni ham ilmiy tajribalar asosida o‘rgangan. U kishi bu haqda quyidagilarni yozadi:

✍🏻 «Hozirda keng miqyosda e’tirof qilingan ilmiy haqiqatlardan biri shuki, ayol kishi bachadonining old qismida ro‘y beradigan zararli o‘zgarishlar uning umriga, jinsiy aloqalari soniga va necha marta bola tuqqaniga bog‘liqdir. Yuqumli kasalliklar ilmi bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalardan aralash jinsiy aloqalar saraton kasalligiga sabab bo‘lishi ayon bo‘ldi.

Albatta, noshar’iy va noto‘g‘ri jinsiy aloqalarning xatarlari to‘g‘risida bir ming to‘rt yuz yil oldin aytilgan ushbu hadis OITS kasalligiga ishoradir. O‘ylaymanki, men bu fikrimda haqman. Fohishabozlik, xiyonat, bachabozlik va shunga o‘xshash boshqa jinsiy aloqalar tufayli paydo bo‘lgan OITS va boshqa yangi kasalliklarga hozirgi zamonda davo topa olmay turibmiz...

❇️ Menga sharh qilib berilganiga qaraganda, Muhammad sollallohu alayhi vasallam juda ham oddiy kishi bo‘lgan, o‘qimagan, yozmagan. Hozir biz u kishi o‘qish va yozishni o‘rganmagan holda bundan bir ming to‘rt yuz yil ilgari kishini dashhatga soladigan tarzdagi ilmga asoslangan chuqur va nozik gaplarni aytganini o‘rganmoqdamiz.

Shaxsan men ushbu narsa tasodif bo‘lishiga ishona olmayman. Bu yerda juda ko‘p daqiq narsalar bor. Men ham doktor Keysga o‘xshab, bu ilohiy ilhom yoki boshqacha qilib aytganda, vahiy u kishini ushbu bayonotlarga boshlaganini tasdiqlashimda hech qanday qiyinchilik topmayman.

© Van Brouset

Ⓜ️ “Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar” kitobidan

*Qo'shimcha ma'lumotlar !

1️⃣ OITS eng ko'p tarqalgan hududlar.
2️⃣ OITS #fakt


@miracles_of_quran
Hurmatli obunachilar !

Kanalimizni qaysi hududdan kuzatib bormoqdasiz ? Ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak...!
Anonymous Poll
32%
Andijon | Farg'ona | Namangan
12%
Qashqadaryo | Surxondaryo
8%
Qoraqalpog'iston | Xorazm
28%
Toshkent | Samarqand
9%
Navoiy | Buxoro
7%
Jizzax | Sirdaryo
5%
Boshqa davlatdan...
​​Burun – betakror moʻjiza

✔️Burun ajoyib tarzda yaratilgan a’zo bo‘lib, ichida ustma-ust joylashgan muguz plastinkalar bor. Havo o‘sha plastinkalar orasidan uzoq masofani bosib o‘tadi. Nega ?

🌡 Ma’lumki, insonning tana harorati 37 C° daraja bo‘lib, qish kunlarida harorati 0 C° bo‘lgan havodan nafas oladi. Ushbu sovuq havo burun ichidagi plastinkalardan aylanib o‘tib, o‘pkaga iliq havo tarzida yetib boradi.

👨🏻‍⚕️Insonning salomatligida burundagi ushbu muguz plastinkalarning katta o‘rni mavjud. Chunki ularda mushaklarga birikkan qon tomirlari bor. Bu mushaklar kengaysa, undagi qonning miqdori ortadi. Insonning burni sovuq kunlarda qizil rangda ko‘rinadi.

✔️ Bu rang qayerdan keldi. Bu o‘sha burunning ichidagi qon tomirlari kengayganidan dalolat. Iliq qon bu tomirlarga kelgach, plastinkalarni ilitadi. Plastinkalar iligach, ularning orasidan o‘tayotgan sovuq havo ham iliydi. Agar inson og‘zi orqali nafas olsa, juda ko‘p kasalliklarga chalinadi. Burundan nafas olganda esa, sovuq havo ilishi natijasida kasalliklardan qutuladi.

📌 Shuningdek, mazkur plastinkalar shilimshiq va yopishqoq modda bilan qoplangan. Bu modda burunga havo orqali kiradigan chang va boshqa zararli mikroblarni tutib qoladi. Gohida inson changli havoda nafas olganda, burnidagi shilimliq moddaga o‘sha changlar yopishadi. Burnini yuvganda o‘sha changlarni qoramtir rangda ko‘radi. Bu yerdagi ulkan hikmatni qarang!

— Agar chang havoda nafas olganimizda, ba’zi chang zarrachalari yopishqoq moddadan qutulib qoldi. Endi ularni nima tutib qoladi? Endi ularni burun ichidagi tuklar to‘sib qoladi. Plastinkalar ham shilimshiq modda bilan, ham tuk bilan qoplangan.

— Shunday qilib burun orqali o‘tayotgan sovuq havo iliydi. Changlar yopishqoq moddaga yopishib qoladi. Ulardan o‘tgani tuklarga ilinadi. Xullas, zararli modda ichkariga, o‘pkaga o‘tmasligi uchun burun mukammal a’zo qilib yartilgan.

— Sog‘lom aqlli inson bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘lgan deb o‘ylamaydi! Bu yerda ulkan hikmat, buyuk rahmat borligini butun vujudi bilan his qiladi. Inson shu burni bilan turli iforlarni hidlaydi. Unda nechta hid biluvchi asab tolalari bor ? 20 millionta !

✔️ Har bir hid biluvchi asab tolasining uchi yettita popuk bilan tugaydi. Bu popuklar ham shilimshiq moddalar bilan o‘ralgan. Popuklar va shilimshiq modda tashqaridan kirgan hid bilan reaksiyaga kirishadi va popuklar geometrik shaklga kiradi. Bu geometrik shakl o‘sha hidning belgisi hisoblanadi. Keyin ushbu shakl miyaga yuboriladi va miyadagi hid bilish bo‘limiga qayd etiladi. Keyinchalik siz iste’mol qilayotgan taomingizga yalpiz solinganini yoki falon modda qo‘shilganini sezib qolasiz. Qanday sezasiz?

✔️ Gap shundaki, yalpiz hidi burningizdagi hid bilish reseptorlarida muayyan shaklni hosil qiladi. Keyin o‘sha shakl miyadagi hidlar markaziga yuboriladi. Olimlarning aytishicha, miyadagi hid bilish markazida 10000 ta punktlar bor ekan. Hidning belgisi bo‘lgan shakl shu punktlarga birma-bir ko‘rsatib chiqilar ekan. Keyin miya o‘sha markazda qayd etilgan hidlar orasidan yalpiz hidini topadi. Ana shunda siz ovqatingizga qo‘shilgan narsaning yalpiz ekanini sezasiz.

☝️ Ha, azizlar, insondagi har bir a’zo ana shunday betakror va ajoyib qilib yaratilgan. Inson uchun eng yaqin narsalar uning tana a’zolaridir. Ular haqida tafakkur qilish, tuzilishini, ishlash jarayonini o‘rganish Alloh taolo haqida ma’rifat hosil qilishning eng qisqa yo‘lidir. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

📖 «Va yerda aniq ishonuvchilar uchun oyat(belgi)lar bor. Va o‘zlaringizda ham bor. Ko‘rmayapsizlarmi?!» (Zariyat surasi, 20–21-oyatlar).

©️Muhammad Rotib Nabulsiy

#fakt


@miracles_of_quran
​​💧Suvning ideal yopishqoqligi !

💦 Suyuqlik nima ekanini tasavvur qilishga uringanimizda xayolimizda oqayotgan modda obrazi paydo bo‘ladi. Biroq suyuqliklar yopishqoqligi darajasiga ko‘ra juda farq qiladi.

Qatron, gliserin, zaytun moyi yoki sulfat kislotada yopishqoqlik darajasi mutlaqo har xil. Suv bilan solishtirganda farq ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Suvning oquvchanligi qatronnikiga qaraganda 10 milliard marta, gliserinnikidan 1000 marta, zaytun moyinikidan 100 marta va sulfat kislotanikidan 25 marta ko‘p. Lekin suvning ushbu xususiyati biz uchun biron-bir ahamiyatga egami?

• Agar hayot uchun zarur bo‘lgan mazkur suyuqlikning yopishqoqligi sal ko‘proq yoki sal kamroq bo‘lganida, dunyo boshqacha bo‘lar edi.

🦠 Mikrobiologiya fani bo‘yicha professor Maykl Denton (Michael John Denton) ushbu savolga quyidagicha javob beradi:

💬 «Suvning yopishqoqligi kamroq bo‘lganida, uning hayot ehtiyojlariga mos kelishi o‘zining har qanday ma’nosini yo‘qotgan bo‘lar edi. Agar suv suyuq vodorod singari yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lganida, suyuqlikning organizm hujayralarida harakatlanishi ular uchun halokatli bo‘lar edi. Boshqa tarafdan, agar suvning yopishqoqligi hozirgidan past bo‘lganida, hujayralar osongina buzilgan bo‘lar va suv ularning hayot faoliyatini saqlab turishga qodir bo‘lmas edi. O‘zining nozik molekulyar qurilishiga ega bo‘lgan hujayra yashay olmas edi. Hayot shakllarining yanada rivojlanishi to‘xtab qolgan bo‘lar edi».

• Suv yopishqoqligining pastligi nafaqat hujayra ichidagi harakat uchun, balki organizmda suyuqlikning butun sirkulyasiya tizimi uchun ham juda muhim omildir. Tanamizning ko‘p sonli hujayralariga zarur kislorod va energiya o‘ziga xos kanallar orqali yetkazib beriladi. Boshqa kanallar hayot faoliyatining mahsulotlarini organizmdan chiqarishga xizmat qiladi.

— Bu kanallar suyuqlik sirkulyasiyasi tizimining tomir va arteriyalari.
— Yurak kanallar ishini ta’minlab turuvchi motor.
— Kanallar bo‘ylab oquvchi suyuqlik bu asosan suvdan tashkil topgan qon.

🩸Keling, tomir, arteriya va kapillyarlarga diqqat bilan razm solib chiqaylik. Ularning maqsadi kislorod, ozuqa, gormon va tanamizning har bir hujayrasi uchun zarur bo‘lgan barcha narsani tashishdir. Inson tanasida bir chiziqqa tortilsa, umumiy uzunligi 950 kilometrni tashkil etuvchi 5 milliard kapillyarlar mavjud.

• Ayrim sut emizuvchilar muskul to‘qimalarining faqat 1 santimetrida 3000 tagacha kapillyarlar bor. Qon bunday tor kanallardan ularni to‘smasdan va harakatni sekinlashtirmasdan o‘ta olishi uchun u aynan suvdagi kabi oquvchanlikning yuqori darajasiga ega bo‘lishi kerak.

👨🏻‍⚕️ Maykl Denton: «Agar suvning yopishqoqligi salgina ko‘proq bo‘lganida, qon-tomir tizimi mutlaqo befoyda bo‘lib qolar edi», deganida shuni nazarda tutgan. Professor Maykl Denton yana shunday deydi:

💬 «Kapillyarlar tizimi ular bo‘ylab haydalayotgan suyuqlik past yopishqoqlikka ega bo‘lgandagina ishlaydi. Agar suvning yopishqoqligi bir necha baravar ko‘p bo‘lganida, kapillyar tarmoq orqali qonni hayday olish uchun ulkan kuch talab qilinardi».

• Buning oqibatida sirkulyasiyaning deyarli har qanday tizimi ishga layoqatsiz bo‘lar edi. Agar suvning yopishqoqligi ozgina ko‘proq, eng kichkina ishchi kapillyarlar diametri 3 emas, 10 mikron bo‘lganida, kapillyarlar organizmga zarur kislorod va glyukozani yetkazib berish uchun muskul to‘qimasining butun keng bo‘shlig‘ini egallashiga to‘g‘ri kelar edi.

• O‘z-o‘zidan ravshanki, bu holda hayotning mikroskopik shakllarining mavjud tuzilmasi umuman bo‘lishi mumkin emas yoki anchagina cheklangan bo‘lar edi. Shunday ekan, hayotning asosi sifatida suv yopishqoqligi darajasining tanlanishi mutlaqo maqbul».

📌 Boshqacha qilib aytganda, suvning yopishqoqligi ham, uning boshqa barcha xususiyatlari ham hayot uchun eng ideal ko‘rsatkichlarda, atayin yaratilgan. Suyuqlik yopishqoqligining milliardlab xil ko‘rsatkichlari mavjud, lekin ulardan faqat bittasi hayotimiz paydo bo‘lishi uchun aynan zarur bo‘lgan holda yaratilgan. U ham bo‘lsa suvdir!

Ⓜ️ “Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar” kitobidan


@miracles_of_quran
​​💫 “Ziyo” va “Nur” orasidagi farq !

• Qur’oni Karim nozil bo‘lgan paytda odamlar Oyning nuri bilan Quyoshning nurini ajrata olmas edilar. Yorug‘lik va issiqlikni Quyosh taratishini, Oy esa Quyoshning ziyosini aks ettiradigan sovuq jism ekanligini anglamasdilar.

• Qur'oni karim Oyni “nur” deb, Quyoshni “ziyo” deb vasf qildi. Darhaqiqat, bugungi zamonaviy ilmning aytishicha, Quyosh lovullab turgan "yadro pechkasi" bo‘lib, uning ichida birikish reaksiyalari sodir bo‘lib, vodorod moddasi geliyga aylanadi, buning natijasida har soniyada fazoga hayratlanarli darajada ko‘p miqdorda energiya tarqatar, Yerga esa bu energiyaning ozgina miqdori yetib kelar, ushbu yetib kelgan oz miqdordagi energiya Yerdagi hayotning davom etishi uchun yetarli hisoblanar ekan.

• Ushbu Quyosh energiyasi Oyga ham yetib boradi. Ana shu paytda Oy Yerda nurli bo‘lib ko‘rinadi. Nur – haroratsiz yorug‘lik bo‘lib, bizga Oy sirtidan yetib keladi. Aslida esa o‘sha nur Oyning o‘ziniki bo‘lmay, balki, Quyoshdan kelgan energiyaning Oy orqali Yerga aks etishidir. Bunda Oy faqat ko‘zgu vazifasini o‘tab beradi.

📌 Qur’oni karim bundan o‘n to‘rt asr oldin bu haqida ochiq-oydin gapirgan:

📖 “U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini o‘lchovli qilgan zotdir. Alloh o‘shani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladi”. (Inson hayoti davomida doimiy his etib turadigan mavjudotlardan biri quyosh, yana bittasi oydir. Lekin inson ularning mavjudiyatiga o‘rganib qolganidan ko‘p ham e’tibor bermaydi) (Yunus surasi, 5-oyat).

• Insoniyat ilm va texnologiya orqali yaqin yillar ichida o‘rgangan haqiqatlarning bundan o‘n to‘rt asr oldin, bu haqiqatlar haqida o‘ylash bashariyatning xayoliga kelmagan bir paytda Qur’onda baralla aytilishi – Qur’on Allohning Kalomi, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning oxirgi Rasuli ekanliklariga dalolat qiladi !

©️ Nozimjon Hoshimjon


@miracles_of_quran
​​ Aksirish ham bir ne’matdir !

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo aksirishni yaxshi ko‘radi, esnashni esa yomon ko‘radi. Qachonki, biror shaxs aksirsa va “Alhamdulillah” desa, uni eshitgan musulmon zimmasida, unga “Yarhamukalloh” deyishi haq (shart) bo‘ladi. Esnash esa shayton tarafidan bo‘ladi. Qachonki, biror kimsaga esnash kelsa, imkon boricha uni qaytarsin. Negaki, inson qachon esnasa, shayton kuladi, ya’ni xursand bo‘ladi. Shuning uchunki, esnash yalqovlik va g‘aflat belgisidir. Shayton esa bu kabi ishlarni yaxshi ko‘radi” (Imom Buxoriy rivoyati 5870).

🇮🇳 Hind olimlaridan Professor Nasrulloh Xon aytadilar: “Bir Britaniyalik Doktor musulmonlarning Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamning: “Biror musulmon aksirsa va “Alhamdulillah” desa, uning yonida o‘tirgan musulmon “Yarhamukalloh” desin, aksirgan esa yana javobda, «Yahdikumulloh» desin degan xadisi shariflarini o‘qib, o‘ylab qoldi: «Bir oddiygina ish uchun shuncha duo o‘qishning sababi nima?»

🔎 U tadqiqot olib bordi va shu narsa ma’lum bo‘ldiki, shuncha duo o‘qish ortiqcha, behuda ish emas, balki, Alloh taologa shukrdir. Chunki, tadqiqotdan shu narsa yuzaga keldiki, ba’zan inson miyasining qon tomirida havo turib qoladi. Alloh taolo uni chiqarib yuborish uchun bir bosimni joriy qilgan.

🔬Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aksirish burun teshigi hamda nafas muskullarining tebranishli harakati bilan havoni bir onda og‘iz va burundan chiqarish hodisasi.

📋 Aksirish bilan vujudimizda:

☑️ Oddiy nafas olish bilan chiqmagan o‘lik havo chiqib ketadi.
☑️ Yurak millisoniyalar ichida to‘xtab, yana ishga tushadi.
☑️ Vujuddagi ba’zi zararli toksinlar tashqariga chiqib ketadi.
☑️ Miya va yurak tomirlari kengayadi.
☑️ Ko‘zyoshi kanallari ochiladi.

📌 Shunday qilib, aksirish bosimi orqali, o‘sha havo burun yo‘lidan tashqariga chiqib ketadi. Agar havo chiqmay, turib qolsa, inson falaj (shol) bo‘lib qolish xavfi bo‘ladi. Shuning uchun aksirgan inson «Alhamdulillah» deyishi, Alloh taologa bu ne’mat uchun shukr qilishi kerakdir.

Ⓜ️ “Bugungi saboq” kitobidan.
© Abdulqayyum Komil tarjimasi

🗂 Qo'shimcha ma'lumotlar.

1️⃣ Nimaga aksirish paytida ko'zimizni yumamiz?
2️⃣ Aksirganda hamd aytish !
3️⃣ Aksirgandagi havo tezligi
4️⃣ Video lavha


@miracles_of_quran
​​❗️Esnash Shaytondan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh aksa urishni xush ko‘radi, esnoqni esa xush ko‘rmaydi. Aksa urib, Allohga hamd aytsa («Alhamdulillah» desa), tashmit aytish («Yarhamukalloh» deyish) uni eshitgan har bir musulmonning zimmasiga haqdir. Esnoq esa faqat shaytondandir. Kishi qo‘lidan kelganicha uni qaytarsin. Qachon «Hooh», desa, shayton uning ustidan kuladi».Buxoriy rivoyat qilgan.

• Esnash kishining jismi va ruhi og‘irlashgani, xiralashgani alomatidir. U hech qachon yaxshilik alomati bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun musulmon kishi iloji boricha o‘zidan esnoqni qaytarishi kerak bo‘ladi.

• Esnashni hamma xalqlar ham yaxshi narsa deb bilmaydilar. Esnash eng kamida dangasalikning alomatidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam esa uni «shaytondandir», demoqdalar. Shuning uchun esnoqni doimo, ayniqsa namozda qaytarishimiz kerak. Bo‘lar-bo‘lmasga esnayverib, shaytonning kulgisiga qolmasligimiz lozim.

• Mashhur alloma Ibn Hajar rahmatullohi alayhi o‘zining Sahihi Buxoriyga yozgan «Fathul Boriy fiy sharhi Sahihi Buxoriy» nomli kitobida biz o‘rganayotgan hadisi sharifning sharhida Xattobiy rahmatullohi alayhidan quyidagilarni keltiradi:

• «Ikkisidagi (aksa urish va esnashdagi) yaxshi va yomon ko‘rishning ma’nosi ularning sababiga qaytadi. Aksa urish badanning yengilligi, burun teshiklarining ochiqligi va haddan tashqari to‘yib yemaganlik alomatidir. U esnashning teskarisidir. Chunki esnash badan illatga to‘lgani va uning og‘irlashgani alomatidir. Esnash aralash-quralash qilib ko‘p yeyishdan kelib chiqadi. Aksa urish kishini ibodatga g‘ayratli qiladi. Esnash esa uning aksidir».

• Hozirgi davrdagi tibbiyot mutaxassislari esnash bosh miyaning kislorodga, jismning g‘izoga hojati borligining alomatidir, deydilar. Nafas olish a’zolari bosh miya va jismga kislorod yetkazib berishda kamchilikka yo‘l qo‘ysa, esnash boshlanadi. Bu holat ko‘proq uyqusirash, o‘zidan ketish va o‘limdan oldin bo‘ladi.

Esnash og‘iz orqali chuqur nafas olishning bir turidir. Aslida og‘iz chuqur nafas olishning tabiiy yo‘li emas. Chunki u burunga o‘xshab, nafas orqali olingan havoni tozalash jihoziga ega emas. Shuning uchun esnash paytida og‘iz katta ochilganda va chuqur nafas olish ila havo ichga tortilganda havoga qo‘shilib turli g‘ubor va mikroblar odamning ichiga kiradi.

Shuning uchun ham Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam iloji boricha esnashni qaytarishga va og‘izni o‘ng qo‘lning kafti yoki chap qo‘lning orti bilan to‘sishga irshod qilganlar.

• Aksa urish esa esnashning aksidir. U to‘satdan keladi va kuchli bo‘ladi. Uning sababidan havo o‘pkadan burun va og‘iz orqali kuch bilan chiqadi. U o‘zi bilan birga yo‘lida turgan havo, mikrob va boshqa narsalarni ham olib chiqadi. Shuning uchun ham aksa Rohmandan bo‘lishi tabiiydir, chunki unda jism uchun foyda bordir. Esnash esa shaytondandir, chunki unda jismga zarar bordir.

📌 Shuning uchun ham aksa urgan odamga Alloh taologa hamd aytish, esnagan odamga esa shaytondan panoh tilash lozim bo‘ladi.

Ⓜ️ “Qur'on va Sunnatdagi ilmiy mo'jizalar” kitobidan


@miracles_of_quran
​​🔎 Balchiq haqidagi haqiqatlar !

Balchiq deganda hammamizning ko‘z o‘ngimizga chivin bosgan, yuqumli kasalliklar uyasi bo‘lmish botqoqliklar keladi. «Balchiqdan eng go‘zal sopol ashyolar qilinadi», deguvchilar ham bor.

Holbuki, balchiq bo‘lmaganda, na elektronika ilmi dunyoga kelardi, na qit’alararo va sun’iy yo‘ldoshlararo aloqa bo‘lardi. Hatto XX asrning ulkan kashfiyoti bo‘lmish kompyuter ham ishlab chiqarilmagan bo‘lardi. Elektronik unsurlarning (diod, tranzistor, rezistor va hokazo) asosi bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar balchiqdan boshqa narsa emasdir. O‘zaro simaloqalarda yangi yo‘l ochgan «super o‘tkazgichlar» ham balchiqning bir mevasidir.

☑️ Balchiq yaxshi bir katalizatordir. Neftni qayta ishlashda tezlashtiruvchi vazifasini bajaradi. Zaharni so‘rib oladi. Zaharli moddalarning zahrini yutib, ularni zararsizlantiradi. Yana bir muhim xususiyati – u kuchli bir radiaktiv so‘ruvchidir. Radiaktiv unsurlarning nurlarini so‘rib, atrof-muhitga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararini kesadi.

Balchiqda hayot bor !

💬 Doktor Leyl M.Koyne shunday deydi: «Sokin va turg‘un bo‘lib ko‘ringan balchiq aslida ichi harakatga to‘la, sirli bir dunyodir. Balchiqning bir bo‘lagiga bolg‘a bilan urdim. Laboratoriyada bir oy davomida ultraviol quvvat vujudga keltirganini kashf qildim. Balchiqning yuksak bir quvvat manbai ekanini ko‘rib, hayratga tushdim».

Balchiq kristall unsurlardan tashkil topgan. Kristall molekulalari lavha yoxud yaproq shaklida tizmalar hosil qilgan. Ularda ion tizmasi kuzatiladi. «Kimyoviy reaksiyani boshlovchi» degan nom berilgan bu ionlar balchiqning har bir jinsida o‘ziga xos dasturga ko‘ra harakat qiladi. Bu vazifasi bilan balchiq ho‘jayralardagi unsurlarni esga soladi. Chunki unsurlar ham xujayralarda kuchaytiruvchi vazifasini bajaradilar.

• Balchiq o‘zini yangilaydimi ? Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, tashqi ta’sirdan balchiqning ion tizmalari buzilsa, sal vaqt o‘tib, kristall lavhalar yana qaytadan ion tizmalarini tiklar ekan.

💬 Jeym Gleykning fikricha: «Balchiqning kristall lavhalari ustidagi ion tizmalarining harakati shaxmat taxtasidagi toshlarning mantiqli bir harakati kabidir».

💬 Leyl M.Koyn esa quyidagilarni ta’kidlaydi: «Balchiqning kristall tuzilishi sobit emas. Molekula tizmasi sobit bo‘lgan kristallar oppoq qog‘oz singaridir. Atrofdan ta’sirlanish faqat ion zanjirlarining harakatiga, ya’ni elektrik oqimiga bog‘liq bir holatdir. Hayotning eng oddiy faoliyati ham atrofdan quvvat olish va undan foydalanishdan iborat. Keyingi bosqich esa o‘zini yangilashdir. Bu har ikki faoliyatning balchiqda borligi hayotning balchiqdan boshlangani haqidagi nazariyani yanada kuchaytiradi».

💬 Doktor X. Xartman nazarda tutgan «Hayotga hayot bag‘ishlovchi» u narsa – oyat va hadislar bildirgan ruhdir. Ruh harakatining mohiyatini esa inson zoti tushunolmaydi.

Alloh taolo Isro surasida shunday marhamat qiladi:

📖 «Va sendan ruh haqida so‘rarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt» (85-oyat).

Ruh, uning mohiyati va unga tegishli boshqa narsalar Allohning ishi, bandaning ishi emas. Banda qanchalik maqtanmasin, ilmi ozdir: «Sizga juda oz ilm berilgandir».

Bandaning o‘zidagi ana shu oz ilm bilan gerdayishi ham olamni buzadi. Aslida esa o‘z idroki yetadigan, o‘ziga foyda keltiradigan narsalarni bildirgan Alloh taologa shukr etib, qolganini U Zotga havola qilishi kerak edi. Insonning hamma narsasi cheklangandir. Jumladan, aqli, idroki ham mahduddir. U aqli, idroki doirasidagi ishlar ila shug‘ullanib, undan tashqaridagi narsalar xususida behuda bosh qotirmasligi kerak. Bular qatoriga ruh masalasi ham kiradi.

Hozirgacha insonning ruh haqida biror narsa bilish uchun qilgan barcha harakatlari behuda ketdi. Ruh haqida hech narsa bila olmadi. Inson ruh haqida bilgan birdan-bir narsa Alloh yuborgan vahiy, xolos.

Ⓜ️ “Qur'on va Sunnatdagi ilmiy mo'jizalar” kitobidan


@miracles_of_quran
​​🕋 Zamzamning har bir kristali KA’BA shakliga o‘xshashi ma’lum bo‘ldi !

💧Zamzam suvi kristallarining shakli sizni ham hayratga soladi. Zamzam suvi cherkovlarda chalinadigan "qo‘ng‘iroq" ovozidan qorayadi, azon aytilganda yoki Qur’oni karim o‘qilganda esa tiniqlashadi. Cho‘lning o‘rtasida to‘rt ming yildirki, buzilmay, ifloslanmay, ichida begona o‘tlar o‘smasdan oqayotgan bu muqaddas suv har yili umra va hajga kelgan millionlab musulmonni to‘ydirmoqda. Jannatdan oqib kelgan deb e’tiqod qilinadigan Zamzam suvi haqida 🇹🇷 TRT telekanali hujjatli film tayyorladi.

🎞 Ushbu filmni suratga olish mobaynida Zamzam va uning kristallari haqida tadqiqot o‘tkazgan g‘ayrimusulmon olimlar bu buloqning sirlaridan voqif bo‘ldilar.

🇩🇪 Germaniyalik doktor Knut Pfayffer (Dr. Knut Pfeiffer) ana shunday olimlardan biridir. Reyn daryosi suvidan ichgan kishining kuch-quvvati kamayganini hujjatlar bilan tasdiqlagan doktor Pfayffer Zamzam suvini tadqiq etish natijasida bu suvdan ichgan kishining rohatlanishini isbotladi.

💧Zamzam suvining bir piyolasi bir chelak suvni tozalaydi. Tadqiqotlarini chuqurlashtirgan nemis doktori o‘zini ham qattiq ajablantirgan bir holni kashf etdi. Pfayffer buni shunday izohlaydi: «Zamzam suvi har qanday sharoitda asl holatini o‘zgartirmaydi, ammo boshqa narsalarni o‘zgartiradi». Nemis olimi quyidagilarni ta’kidlaydi: «Juda ajoyib tajriba qildim. Bir tomchi Zamzam suviga yuz tomchi oddiy suvdan aralashtirdim. Qarasam, bu suv butunlay Zamzam suviga aylanibdi. Keyin bir tomchi Zamzam suviga ming tomchi oddiy suvdan aralashtirdim. Bunda ham oddiy suvning hammasi Zamzam suviga aylanganini ko‘rdim.

🔊 Ovozlar Zamzam suvini o‘zgartiradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, Zamzamning ilk otilib chiqqan yerdagi issiqligi 37° C darajadir.

Qaysi niyat bilan ichilsa, o‘sha dardga shifo bo‘ladigan va 66 nomga ega bo‘lgan Zamzam suvi ovozlarga ko‘ra o‘zgarib turadi. Buni Yapon olimi Doktor Masura Emoto isbotlagan.

💎 Zamzam suvi kristallarini ilk marta mikroskopda tadqiq etgan Doktor Emoto Zamzam suviga turli ovozlarning ta’sirini o‘rgangan. Zamzam suvining molekulyar (kristall) tartibining farqli ovozlarda o‘zgarib turishini o‘rgangan Yapon olimi bu suv rangining cherkovlarda chalinadigan qo‘ng‘iroq ovozidan qorayishini, azon va Qur’oni karim o‘qilganda esa tiniqlashishini tasdiqladi.

🔬 Tadqiqotlarda suvning har bir kristali Ka’ba shakliga o‘xshashi ham ma’lum bo‘ldi. Zamzam suvi haqida yozgan kitobi Yaponiyada eng ko‘p sotilgan kitoblar orasidan o‘rin olgan Doktor Emotoning fikricha, Zamzam suvi fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari jihatidan dunyodagi butun suvlardan farqlidir.

💬 Doktor Emotoning aytishicha, Zamzam suvi o‘zining atrofidagi butun jarayonlarni hofizasiga oladi. Uning tarkibi boshqa suvlardan juda ham farqlidir. Bu uning dunyodagi boshqa moddalardan ustunligiga dalolat qiladi. «Musulmonlar xasta odamni davolashda nega Qur’oni karimni o‘qib, suvga dam urishlarini endi yaxshiroq tushunmoqdaman», deydi olim.

🌐 Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining xulosasi.

Bu xulosaga ko‘ra, Zamzam suvi ichishga yaroqli va sog‘liq uchun foydali suvdir. Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, dunyodagi mikroorganizm va bakteriyalar bo‘lmagan yagona suv Zamzam suvidir. Ovro‘padagi laboratoriya tadqiqotlari esa yuqumli kasalliklarga qarshi ta’sirchan bo‘lgan Zamzam suvida uglevodorod va oltingugurt moddalarining boshqa suvlardagiga nisbatan kamroq miqdorda ekanligini va bu suvning to‘ydirish xususiyati juda katta ekanligini ko‘rsatgan.

Ⓜ️ “Qur'on va Sunnatdagi ilmiy mo'jizalar” kitobidan

1️⃣ Zam-zam suvi haqida batafsil ma'lumotlar

@miracles_of_quran
#Tezkor

⚡️🇹🇷 Turk matbuoti !

"Quddus, bizni kut. Qasam ichamiz, biz hali qaytamiz"

Ⓜ️ Manba
​​ Chaqaloqning tanglayini ko'tarishning ilmiy dalillarga asoslangan foydasi.!

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning go‘zal bir sunnatlari g‘arb olimlarining ilmiy tadqiqotlarida o‘z tasdig‘ini topdi. Bu haqda Islam-Today sayti xabar berdi.

📘 Fanda "tahnik", ya’ni chaqaloqning tanglayini ko‘tarish sunnatining foyda ekani ma’lum bo‘ldi. Musulmonlarda keng tarqalgan tahnik sunnati chaqaloqning og‘ziga biroz chaynalgan xurmo yoki boshqa mevani solib, tanglayiga surtish bilan ado etiladi.

📚 Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘tarib kelishsa, u zot bolaning haqqiga duo qilib, xurmo chaynab, uning tanglayini ko‘tarib qo‘yardilar. 1/237

Ma’lumki, mo‘min-musulmonlar Islomdagi har bir hukm va ko‘rsatmani Alloh taoloning amri, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari deb, ixlos bilan, savob umidida ado etadilar. Bundan boshqa hech qanday moddiy yoki boshqa manfaat kutmaydilar. Zero, Qur’onga va Sunnatga amal qilishning ajru savobi butun olamdagi har qanday manfaatdan ulug‘ va ustundir.

☝🏻 Ammo Parvardigorimizning cheksiz rahmati tufayli shariatimizning har bir ko‘rsatmasi zamirida olam-olam manfaatlar – axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy va boshqa ko‘plab foydalar yotadi.

— Zamonaviy ilm-fan rivojlanib borgan sari, shar’iy hukmlarning bu jihatlari tobora ko‘proq kashf qilinmoqda. Ana shunday sunnatlardan biri bu — tahnikdir. Bu sunnat amalini tibbiy foydalarini aniqlash sharafi bir guruh g‘arb olimlariga nasib etdi.

🇬🇧 Buyuk Britaniyaning VVS korporasiya tomonidan efirga uzatilgan bir ko‘rsatuvda ekspertlar «chaqaloqning og‘ziga, lunjining ichkarisiga surilgan shakar eritmasi muddatidan erta tug‘ilib qolgan bolaning miyasini shikastlanishdan asraydi» degan fikrni ta’kidlab chiqishdi.

— Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, chala tug‘ilgan har o‘nta chaqaloqning birida gipoglikemiya, ya’ni qonda qand moddasi miqdorining juda kamligi kuzatilar ekan. Agar bu holat o‘nglanmasa, chaqaloqning miyasiga shikast yetar ekan.

🇳🇿 Yangi Zelandiyalik shifokorlar yuqoridagi kabi lunjiga shakar eritmasi surilgan 242 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqning qonini tekshirib ko‘rib, ko‘zlariga ishonmay qolishdi. Natija misli ko‘rilmagan darajada edi!
Klinik tadqiqotlarning natijalari The Lancet nashrida chop etildi.

💬 Tadqiqot guruhining rahbari, Oklend Universiteti professori Jeyn Xarding xonimning aytishicha, dekstroza (d-glyukoza) eritmasi bilan bajariladigan bu muolaja atigi 1 funt turadi va chaqaloqning tomiriga glyukoza yuborishdan ko‘ra anchagina oson va xavfsiz amalga oshiriladi. «Chala tug‘ilgan chaqaloqlarni tinimsiz ovqatlantirib turish gipoglikemiya xavfini to‘liq bartaraf qila olmaydi, shuning uchun ko‘pincha glyukoza tomir orqali yuboriladi», deydi u. Bundan tashqari, dekstroza eritmasi gipoglikemiyaga chalingan chaqaloqlarga kuchli ovqatlanishdan ham ko‘ra yaxshiroq samara beradi.

🇬🇧 London Universiteti qoshidagi kollejning Ayollar salomatligi instituti xodimi Neyl Marlouning fikricha, mutlaqo arzonga tushadigan, samarasi tajribalarda o‘z isbotini topgan dekstroza eritmasi bilan davolash usuli shifokorlar tomonidan majburiy ravishda qo‘llanilishi lozim.

Ilmiy o‘rganishlar shuni ta’kidlaganki, tanglay ko‘tarishning quyidagi manfaatlari ham bor:

▫️ Og‘iz mushaklarini baquvvat qiladi;
▫️ Tilning tanglay, ikki jag‘ ila faol harakatiga sabab bo‘ladi;
▫️ Go‘dakni ko‘krakni og‘izga olishga tayyorlaydi;
▫️ Go‘dak sutni ichiga kuchli tarzda tortishiga yordamlashadi;
▫️ Hazm sistemasiga qon aylanish faolligini ta’minlaydi;
▫️ Yutish va emish a’zolarini tabiiy harakatga keltiradi;
▫️ Tanglay ko‘tarish asnosida go‘dak halqumining yuqori shifti presslanishining og‘izga tabiiy shakl berish hamda go‘dak gapirishni boshlayotganda harflarni o‘z o‘rnidan chiqarishi, to‘g‘ri talaffuz qilishga katta ijobiy ta’sir qiladi!

🌐 www.islom.uz


@miracles_of_quran
​​♋️ Saraton kasalligi Allohning irodasidan boshqa narsa emas !

🇺🇸 AQSH olimlari saratonning aksar ko‘rinishlari chekishga o‘xshash odatlar tufayli emas, balki turli tasodiflar orqali kishida paydo bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Amerikalik fiziologlar tomonidan aynan shu masala yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, nega odam organizmidagi ayrim hujayralar saratonga qarshi himoyalanmagan bo‘ladi, degan savolni tug‘dirdi.

📰 «Science» jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha, saratonga chalinish holatlarining uchdan ikki qismi tasodifiy mutatsiya natijasida yuz berarkan.

🇬🇧 Buyuk Britaniya fondi hisoblangan «Cancer Research UK» shuni ma’lum qildiki, nosog‘lom turmush tarzi saraton xavfini oshiruvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanar ekan.

🇺🇸 AQSHda 6,9 % aholi saratonning yengil ko‘rinishi bilan, 0,6 % miya saratoni bilan hamda 0,00072 % aholi esa ovoz yo‘llari saratoni bilan og‘rigan.

🚭 Chekish va o‘zida zaharli moddalarni mujassamlashtirgan tamaki tutuni o‘pka saratonini keltirib chiqargani ko‘p kuzatilgan. Bu vaziyatda miyaga qaraganda hazm qilish organlari turli zaharli moddalarga ko‘proq duch kelar ekan. Lekin shunday bo‘lsada, ichakdagi saraton shishlariga nisbatan miyadagi shishlar uch baravar ko‘p uchraydi.

🏥 Jon Xopkins nomidagi Universitetning tibbiyot fakulteti va Bloomberg jamiyat salomatligi instituti olimlari bu muammo aslida turli hujayralar almashinuviga bog‘liq ekanligini aniqlashdi. Xavfli jarayon inson organizmida yemirilgan va yaroqsiz holga kelgan hujayralar doimiy almashinib turadi. Mana shu almashinuv jarayoni sodir bo‘layotgan davrda saratonli mutatsiyaga uchrash xavfi kuchayadi.

🦠 Hujayralarning katta tezlikda rivojlanishi terining holatiga bog‘liq. Masalan, ichak terisinining hujayralari miyanikiga qaraganda bir necha barobar tez tiklanadi.

👨🏻‍🔬 Bir guruh fiziolog olimlar 31 xil terini hamda insonning hayot davomida saraton shishlariga moyilligini o‘rganib chiqishdi. Tadqiqot natijasida, shunday xulosaga kelishdiki saraton xavfining uchdan ikki qismi hujayralar almashinuvi davriga to‘g‘ri kelar ekan. Hech qanday tashqi muhitga emas. Shuningdek, miyadagi va oshqozon osti bezidagi shishlar bir necha xil bo‘lar ekan.

💬 Olib borilgan izlanish mualliflaridan biri onkologiya professori Kristian Tomasettining fikricha, "Yaxshi profilaktika ishlarini olib borish bilan saratonning oldini olish mumkin ekan."«Agar saraton shishlarining uchdan ikki qismi hujayralarning bo‘linishi va almashinuvi natijasida hosil bo‘lishini hisobga oladigan bo‘lsak, mutaxassislarga tekshirtirib, kasallikning oldini olsa bo‘ladi, deb hisoblayman», - deydi u.

❗️Demak, saraton kasalligining uchdan ikki qismi yuqorida aytib o‘tilgan jarayon natijasida yuzaga keladigan bo‘lsa, qolgan bir qismi barchaga ma’lum sabablar tufayli paydo bo‘ladi:
— Ultrabinafsha nurlari natijasida hosil bo‘ladigan melanoma - teri saratoni;
— Chekish sababli yuzaga keladigan - o‘pka saratoni;
— Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli va bir qancha genetik omillar ta’sirida ovqat hazm qilish organlarida paydo bo‘ladigan yo‘g‘on ichak saratoni bunga misol bo‘la oladi.

♋️ «Cancer Research UK» xayriya jamg‘armasi o‘tkazgan mustaqil tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki 40 % saraton kasalligi tashqi muhitning ta’siri asosida paydo bo‘ladi.

💬 Fondning ijtimoiy aloqalar vakili doktor Emma Smitning ta’kidlashicha, noto‘g‘ri ovqatlanish jarayonidagi semizlik, chekish va spirtli ichimliklar ichish insonda saratonning turli ko‘rinishlarini paydo bo‘lishiga olib keladi.

©️ Sarvar Anvar o‘g‘li tarjimasi

Qo'shimcha ma'lumotlar:

1️⃣ - Saraton hujayralarining bo'linishi.
2️⃣ - Saraton hujayralarining hosil bo'lishi.
3️⃣ - Saraton kasalligini davolashning yangi usuli.
4️⃣ - Saraton bilan sinovga olgan Allohga hamd bo'lsin !


@miracles_of_quran
​​☝🏻Buyuk Musavvirning yaratgani !

⬇️ Quyidagi rasm inson hujayrasining hozirgacha olingan eng so‘nggi tasviri.

Rasmda bitta hujayraning ichki tuzilishi aks etgan. Xuddi ichida turli dizayndagi "korxona" "xiyobon" "rang-barang daraxtlari" bor shaharga o‘xshaydi.

Bizning hujayralar hech qachon shakllanishdan to‘xtamaydi. Hujayralar tananing qurilish bloklaridir. Har soniyada inson tanasi 25 million yangi hujayra ishlab chiqaradi. Taqqoslash uchun, tanamiz har 13 soniyada Amerika Qo‘shma Shtatlar aholisi sonidan ko‘proq hujayra ishlab chiqaradi.

Voyaga yetgan inson tanasida taxminan 40 trilliondan ortiq hujayra bor.

🔬 Mikroskopsiz ko‘rib bo‘lmaydigan darajadagi hujayraning ichiga bizga ma’lum va noma’lum narsalarni joylab, har biriga vazifasini yuklagan Alloh taolo buyuk, pok zotdir!

📖 Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: «Ularga ham ufqlardagi, ham o‘zlaridagi oyat(belgi)larimizni yaqinda ko‘rsatamiz. Toki, ularga uning haqligi ravshan bo‘lsin. Robbing har bir narsaga shohid ekani kifoya qilmasmi?!» (Fussilat surasi, 53-oyat).

Alloh taolo bu oyatda bizni o‘rab turgan borliqda va tanamizda O'zining borligiga va birligiga dalolat qiladigan dalillar, ishoralarni kelajakda namoyon qilishini bayon etyapti. Ushbu dalillar, ishoralarni o‘rgangan va ular haqida tafakkur qilganlarga Qur'oni Karimning ilohiyligi va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambarliklari oydinlashadi.

🦠 Hujayraning asosi bo‘lgan sitoplazmaning 80 foizi, ko‘plab organizmlar 50-90 foiz suvdan tarkib topgani ma’lum bo‘ldi. Tanamizning taxminan 70 foizi, miyamiz, ko‘zimizning asosiy qismi suvdan iborat.

📖 Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: «Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo‘lganini, bas, ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon keltirmaydilarmi?» (Anbiyo surasi, 30-oyat).

💧Suvdan yaratilgan barcha jonzotlar, o‘simliklar yashashi uchun suvga ehtiyoj sezishini barchamiz bilamiz. Demak, yaratilishimiz ham suvdan, yashashimiz uchun ham suvga ehtiyojimiz bor.

Alloh taolo barchamizni O‘zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin!

🌐 www.islom.uz | 🌐 www.quran.ksu.edu.sa
(Internet ma'lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi.)


@miracles_of_quran
​​⚡️Zanjabilning shifobaxsh xususiyatlari !

Shifobaxsh xususiyatlarga boy zanjabil haqida Alloh taolo Qur’oni Karimda jannat egalariga berilgan xushxabarlarda: «Va ular u(yer)da aralashmasi zanjabiyl bo‘lgan qadahdan sug‘orilurlar», (Inson surasi, 17-oyat) deya marhamat qiladi.

🌏 Ko‘p yillik hisoblangan bu o‘simlik asosan tropik va subtropik o‘lkalarda keng tarqalgan. Vatani Janubiy Osiyo bo‘lib, hozir u Xitoy va Hindiston, Indoneziya va Avstraliya, Gʻarbiy Afrika, shuningdek, Yamayka va Barbados orollaridagi tropik va subtropik hududlarda o‘stiriladi.

📌 Zanjabil ilmiy tilda «Zīngiber officināle» deb atalib, sanskritchada «shoxli ildiz» degan ma’noni anglatadi va universal dori vositasi sifatida keng qo‘llanadi. U ortiqcha vazndan tez va oson xalos bo‘lishda samarali natija berishi bilan birga shamollash va boshqa kasalliklarning oldini olishda ham juda foydali.

Qadim zamonlardan beri insonlar bu shifobaxsh o‘simlikdan turli xastaliklarni davolashda qo‘llab kelishadi. Ayniqsa, u yuqori haroratni tushirib, ishtahani ochadi, insonga tetiklik baxsh etadi. Tarkibida biriktiruvchi moddalar va gingerol mavjudligi unga o‘ziga xos yoqimli hid berib turadi. Uning qator foydali xossalarga egaligi ham shundan kelib chiqadi. Shuning uchun ham arablar uni taomlarga qo‘shib iste’mol qilishni xush ko‘rishgan.

Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida ko‘plab xastaliklarda qo‘llanadigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qo‘shish lozim, deb yozgan.

— Jigarni tozalab, zaharli moddalarni chiqarib yuboradi.
Jigarni yiliga bir-ikki marta tozalab turish zarur. Bu hayotiy muhim a’zo qonni filtrlab, qon-tomir tizimidagi zararli va zaharli moddalarni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Zanjabilli choy ichilganida uning tarkibidagi zanjabil va dolchin birikmasi jigarni tozalaydi. Natijada jigarning ishlashi me’yorlashib, vazifasini faol bajarishga o‘tadi.

— O‘t pufagini sog‘lomlashtiradi.
O‘t pufagida tosh paydo bo‘lgan kishilar zanjabilli choydan muntazam ichib yursalar, ham jigarlarini himoyalashadi, ham o‘t pufagini ravon ishlashini ta’minlashadi.

— Tanani qizdiradi.
Qaynoq zanjabilli choy ichilganida tana qiziydi va sovuqdan himoyalanadi. Shuning uchun ham uni sovuq va rutubatli havoda iste’mol qilish, ayniqsa, yoqimli. Qizdirish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun zanjabil tanadan ortiqcha kaloriyaga ega keraksiz quvvatni haydaydi, me’yoriy haroratni saqlashga yordam beradi.

— Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.
Ovqat hazm qilishda muammosi bor kishilar oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilash maqsadida bu choydan ichishlari mumkin. U ichki a’zolardagi shamollashlarni oladi, qorin dam bo‘lishidan hamda yeldan xalos etadi.

— Immun tizimini mustahkamlaydi.
Zanjabil, ayniqsa, kaliy, fosfor va S vitaminiga boy. Ma’lumki, bu moddalar immunitetni mustahkamlashda, gripp va shamollashning oldini olishda viruslariga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega. Bu choyni tayyorlash juda oson, buning uchun 1 bo‘lak zanjabil ildizi (2 sm atrofida), 1 bo‘lak dolchin, yarimta limon va 1 stakan suv (250 ml) kifoya. Bularning hammasini choynakka solib, ustidan qaynoq suv quyiladi va dam yeyishi uchun o‘rab qo‘yiladi.

Kimlarga tavsiya etilmaydi.?

Zanjabil va dolchin oshqozonni ko‘plab kasalliklardan himoya qilsa-da, ovqat hazm qilish tizimida muammosi bor kishilarga tavsiya etilmaydi, chunki zanjabilning ham, dolchinning ham tarkibida kuchli qo‘zg‘atuvchi moddalar mavjud.

Shuningdek, homilador ayollar, yosh bolalar va kuchli antikoagulyant dorilar qatoriga kiruvchi aspirin, varfarin, tiklopidin yoki geparin kabi dorilar ichib yuruvchi kishilar ham uni iste’mol qilmaganlari ma’qul. Choyni iste’mol qilganidan keyin o‘zida nojo‘ya ta’sirini sezgan kishilar davolovchi shifokor bilan maslahatlashishlari maqsadga muvofiq.

☝🏻Har narsaning yaxshi va yomon taraflari bo‘lgani kabi bu o‘simlik turini ortiqcha iste’mol qilish ham tomoq va oshqozon osti bezining yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

©️ Nozima Umarali qizi «Hilol» jurnalining 2(23) sonidan.


@miracles_of_quran
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/04/08 19:32:05
Back to Top
HTML Embed Code: