Telegram Web Link
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ ISLOM TARAQQIYOT BANKI MAKTABLARNI QURISH VA TA’MIRLASHGA MABLAG’ AJRATISHI REJALASHTIRILMOQDA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta'lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.

❗️Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag’ ajratilishiga kelishib olindi.

Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag’ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

📌Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.

Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.
#TALIS
TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yihcha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda. Asosiy tadqiqot so'rovnomalarini sifatli yaratish uchun muhim bo'lgan tajriba-sinov jarayonida 30 ta maktablar ishtirok etayotgan bo'lib, ushbu maktablar va ishtirokchi o`qituvchilar IEA tomonidan tasodifiylik tamoili asosida tanlab olingan.

Ma'lumot o'rnida:
▪️TALIS
(Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.
▪️Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etish.
▪️TALIS Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan joriy etilgan bo'lib, Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA), Avstraliya ta'lim tadqiqotlari kengashi (ACER), Kanada statistika markazi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
▪️TALIS davriy ravishda 2008, 2013 va 2018 yillarda o'tkazilgan bo'lib, 2024 yilda bo'lib o'tadigan to'rtinchi siklida O'zbekiston ilk marotaba ishtirok etadi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Shavkat Mirziyoyev: Har bir islohotda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi

Yaqinda Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida yangi maktab qurib bitkazildi. 2021-yilda tashkil topgan mahalla bo‘lgani bois bu yerda maktab yo‘q edi. 500 dan ortiq o‘g‘il-qiz 10 kilometr masofadagi maktabga qatnardi. Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida mazkur maktabda ham bo'ldilar.

Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan ortiq sinfxonalar, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari mavjud. Ochiq va yopiq sport maydonchalari, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘laklari tashkil etilgan.

Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab ta’limidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Yangi maktabda ham bunga sharoit yaratilgan. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar tikuvchilik, zargarlik, pazandachilik, sartaroshlik, elektrsozlik, kompyuter va mobil telefonlarga xizmat ko‘rsatish, robototexnika bo‘yicha kasb sirlarini o‘rganadi.

Davlatimiz rahbari qashqadaryolik o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bunday tadqiqotlar ta'lim tizimini yanada rivojlantiradi.."

⚡️Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan xalqaro TALIS tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilmoqda.

🏫 Jarayonlarda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan respublikamizdagi 30 ta maktabning rahbarlari va 600 nafarga yaqin o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

🎥 Tajriba-sinov uchun tanlab olingan maktablardan biri Shayxontohur tumani 102-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining ayrim o‘qituvchilari mazkur tadqiqot haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Batafsil: https://tsbm.uz/oz/news/talis-tadqiqotining-tajriba-sinov-jarayonlari-otkazilmoqda

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Baholashda ishonchlilik bo‘lmasa validlik ham bo‘lmaydi: baholash bo‘yicha xalqaro trening saboqlari

Ayni kunlarda Chexiyaning Praga shahrida TIMSS 2023 Milliy loyiha koordinatorlarining 6-uchrashuvi va baholash bo‘yicha xalqaro trening bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan xalqaro darajadagi nufuzli tadbirda IEA tashkiloti (Niderlandiya va Germaniya), TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi (AQSH), Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi (ACER), RTI International (AQSH) tashkilotlari va dunyoning 55 dan ortiq mamlakat vakillari qatorida O‘zbekiston vakillari sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Batafsil:
https://tsbm.uz/oz/news/baholashda-ishonchlilik-bolmasa-validlik-ham-bolmaydi-baholash-boyicha-xalqaro-trening-saboqlari

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2024/09/30 12:32:44
Back to Top
HTML Embed Code: