Telegram Web Link
📖 O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan Axborotnomaning 4-soni nashrdan chiqdi.

📚 Ushbu test topshiriqlari to‘plami Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazining davriy nashri bo‘lib, Axborotnomaning 4-soni hisoblanadi.

✒️ Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

✒️ Unda o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini baholashga doir topshiriqlar namunalari, ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar va ularning javoblari keltirilgan.

✒️ Axborotnomadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining aniq va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, 4-8-sinf o‘quvchilari foydalanishlari mumkin.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
"Янги Ўзбекистонни барпо этиш масъулияти: Бу йўлда олий таълим муассасалари драйвер вазифасини бажаради"

"Янги Ўзбекистон" газетасининг шу йил 14 июнь сонида
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғи Улуғбек Ташкенбаевнинг "Янги Ўзбекистонни барпо этиш масъулияти: Бу йўлда олий таълим муассасалари драйвер вазифасини бажаради" номли мақоласи чоп этилди.

Унда ЮНEСКОнинг III Жаҳон олий таълим анжуманида эришилган натижалар, рақобатбардош ва инновацион иқтисодиётни яратиш учун ёшларда зарур кўникмаларни шакллантириш, таълим соҳасида мобилликни ошириш, масофавий таълим, диплом ва малакани тан олиш тизимига янгича ёндашув ҳамда ОТМларнинг халқаро рақобатбардошлигини таъминлаш бўйича устувор вазифаларга тўхталиб ўтилган.

👉 Мақолани газета орқали ўқиш: https://anyflip.com/asfsv/umku/

👉 Сайт орқали ўқиш: https://yuz.uz/news/yangi-ozbekistonni-barpo-etish-masuliyati

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://www.tg-me.com/uztdi
📸 KODLASH (BAHOLASH) BOʻYICHA TRENING JARAYONLARI.

Ta'ilm inspeksiyasi huzuridagi ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida PISA 2022 asosiy sinovidagi o'quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish (baholash) bo'yicha treninglar davom etmoqda.

📌 Eslatib o'tamiz kodlash (baholash) bo'yicha treninglar joriy yilning 17-iyunigacha davom etadi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Sirdaryoda COVID-19 ning ta’limga ta’siri haqidagi REDS xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi mavzularida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 15-iyun kuni Taʼlim inspeksiyasi va uning huzuridagi Milliy markaz hamda Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda Milliy markaz tomonidan Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) va UNESCO hamkorlikda “COVID-19” pandemiyasining taʼlim jarayoniga taʼsirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) tadqiqoti natijalari yuzasidan Milliy markaz direktori Abduvali Ismailov taqdimot qildi.

Shuningdek, Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Hamrayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaror ijrosini taʼminlash hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha ma'ruza qilindi.

http://www.tg-me.com/milliymarkaz
Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida ham COVID-19 ning ta’limga ta’siri haqidagi REDS xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi mavzularida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 16-17-iyun kuni Taʼlim inspeksiyasi va uning huzuridagi Milliy markaz hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda Milliy markaz tomonidan Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) va UNESCO hamkorlikda “COVID-19” pandemiyasining taʼlim jarayoniga taʼsirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) tadqiqoti natijalari yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaror ijrosini taʼminlash va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha Milliy markaz direktori Abduvali Ismailov hamda Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Hamrayevlar tomonidan ma'ruza va taqdimotlar qilindi.

👉
http://www.tg-me.com/milliymarkaz
2024/09/30 22:13:26
Back to Top
HTML Embed Code: