Telegram Web Link
“Jarrohlik amaliyoti” “Issiq ish”.pdf
1.2 MB
👩🏻‍💻 2022-yil 9-mart kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz, Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi hamda Farg'ona viloyati XTXQTMO hududiy markazi bilan hamkorlikda tabiiy-ilmiy savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan onlayn vebinarning taqdimoti e'tiboringizga havola etilmoqda👇

📂 Amaliy mashg'ulot: “Jarrohlik amaliyoti”, “Issiq ish”

✒️ Milliy markaz bilan bog'lanish:
@milliymarkaz_aloqabot

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
🖥 PISA 2022 xalqaro tadqiqotining asosiy sinoviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlab vebinar tashkil etildi

❇️ Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazi tomonidan 2022-yil 9-mart kuni “PISA 2022 asosiy sinov jarayonlarini tashkil etishda maktab koordinatorlarining roli” mavzusida onlayn vebinar bo’lib o‘tdi.

🤝 Ushbu vebinarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi xodimlari bilan birgalikda, tasarrufida PISA 2022 asosiy tadqiqotida ishtirok etish uchun tanlangan ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Prezident ta’lim muassasalari agentligi vakillari, Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarma va bo’limlarining mas’ul xodimlari, tanlangan ta’lim muassasalarining direktorlari, koordinatorlari, AKT bo’yicha mas’ul xodimlaridan iborat 450 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi.

🏫 Vebinar davomida PISA 2022 tadqiqotining asosiy sinovi uchun tanlab olingan ta’lim muassasalari bilan maktab koordinatorining vazifalari, sinov uchun mo‘ljallangan nazorat shakllarini to‘ldirish, maktab koordinatori uchun qo‘llanmasi bilan tanishib chiqish va tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rishdagi tashkiliy masalalar muhokama qilindi

🇺🇿 Shuni ta’kidlash joizki, ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son qarori, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) o‘rtasida imzolangan 2018 yil 11 dekabrdagi “O‘quvchilarni baholash xalqaro PISA 2022 tadqiqotida ishtirok etish to‘g‘risida”gi shartnoma hamda 2021 yil 3 martdagi “Qo‘shimcha kelishuv”ga muvofiq tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, tadqiqotni O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim muassasalarining muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash vazifalari Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi zimmasiga yuklatilgan.

📹 vebinar haqida: https://bit.ly/3KC0Y0i

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
Ҳурматли халқ таълими тизими ходимлари, устозлар!

Эслатиб ўтамиз, бугун 11 март куни Hilton меҳмонхонасининг анжуманлар залида Халқ таълими вазирлиги ташаббуси билан А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ва UNICEF халқаро ташкилоти ҳамкорлигидаХалқаро баҳолаш ва таълим сифатини тадқиқ этишнинг долзарб муаммоларимавзусида халқаро илмий-амалий конференция ўтказилади.

📆Санаси: 2022 йил 11 март (12 март куни онлайн шаклда)

🕰Вақти: 10:00 -15:00

🖥 ZOOM орқали иштирок этиш:👇
1-кун:
https://us02web.zoom.us/j/86533809728?pwd=UEloZ2R6R2JtWWdZZElRZFY4eWFjZz09

2-кун:
https://unicef.zoom.us/j/97629662509?from=addon

Институтнинг YouTube ижтимоий тармоғидаги расмий канали орқали жонли кузатиб бориш: 👇

https://www.youtube.com/watch?v=mnIvCS90jW4

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website| YouTube |Instagram
Бугун 11 март куни Hilton меҳмонхонасининг анжуманлар залида Халқ таълими вазирлиги ташаббуси билан А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ва UNICEF халқаро ташкилоти ҳамкорлигида “Халқаро баҳолаш ва таълим сифатини тадқиқ этишнинг долзарб муаммолари” мавзусида ташкил этилган халқаро илмий-амалий конференциянинг ялпи мажлиси ўз ишини бошлади.

Айни дамда конференцияни институтнинг YouTube ижтимоий тармоғидаги расмий канали орқали жонли кузатишингиз мумкин.👇

https://www.youtube.com/watch?v=mnIvCS90jW4
TIMSS 2023 tajriba-sinov jarayonida test administratorlari uchun trening boshlandi❗️

📝Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz tomonidan tashkil etilgan treningda, tadqiqotning tashkiliy masalalari, xususan test administratorlarining vazifalari, tanlangan maktablar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tadqiqot materiallarining xavfsizligi, test sessiyalarini nazorat qilish qoidalari, tadqiqotning maxsus dasturiy vositalarini to'g'ri ishga tushirish va baholash testi hamda so'rovnoma ma'lumotlarini yuklash mavzulari o'rin olgan.

☝️Trening nazariy hamda amaliy tarzda o'tkazilishi belgilangan bo'lib, bunday yondashuv tadqiqot oldidan test administratorlarining tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
TIMSS 2023 tajriba-sinov jarayonida ishtirok etadigan test administratorlari uchun trening mashg'ulotidan videolavha

Milliy markaz mutaxassislari TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi hamda IEA xalqaro tashkiloti tomonidan o'tkazilgan treninglarda ishtirok etish orqali zaruriy bilim va tajriba orttirgan edi.

Xalqaro dastur talablari asosida Milliy markazda 2022-yil 12-mart kuni bo'lib o'tgan trening natijasida 50 dan ortiq mutaxassislar maxsus tayyorgarlikdan o'tkazildi.

Endilikda ushbu mutaxassislar yordamida hududlarda tajriba-sinov jarayonlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🎥Videolavhani ko'rish uchun havola:
https://bit.ly/3w3KwBG

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🌐2022 йилнинг 11 март куни Халқ таълими вазирлиги Абдулла Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти, Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси ҳузуридаги Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази, ЮНИСЕФ халқаро жамғармаси ҳамкорлигида “Халқаро баҳолаш ва таълим сифатини тадқиқ этишнинг долзарб муаммолари” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференцияда Миллий марказ директори А.Исмаилов маъруза қилди.

Унда Ўзбекистоннинг халқаро тадқиқотларда иштирок этишдан кўзланган мақсад, ушбу йўлдаги саъй-ҳаракатлар, салоҳиятни ривожлантириш, мактаблар ва ўқувчиларнинг халқаро тадқиқотда иштирокини таъминлаш бўйича олиб борилган ишлар хусусида маълумотлар берилиб, атрофлича фикр юритилди.

Шунингдек, халқаро тадқиқотларда иштирок этиш тажрибаларидан фойдаланган ҳолда Миллий баҳолаш тизимини жорий этиш йўлидаги эришилган ютуқлар ҳақида тўхталиб ўтилди.

🎥Маърузанинг тўлиқ видеосини
https://bit.ly/3CTfqhP хавола орқали кўришингиз мумкин.

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, TIMSS 2023 tadqiqotining tajriba sinoviga bag‘ishlangan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

Vebinar dasturi:

🧮
TIMSS tadqiqotida matematika qamrov doirasi va test topshiriqlaridan namunalar;

🌿 TIMSS tadqiqotida tabiiy fanlar qamrov doirasi va test topshiriqlaridan namunalar;

⁉️ TIMSS tadqiqotida so‘rovnomalarning tuzilishi va ulardan namunalar
;

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 15-mart

O'tkazish vaqti: 10:00

☝️Tashkilotchi: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz

👉Ishtirokchilar: Tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab direktorlari, fan o‘qituvchilari va tayanch maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo'yicha trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3tapDmy

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
📢Hurmatli ustozlar!

TIMSS 2023 tadqiqotining tajriba sinoviga bag‘ishlangan navbatdagi onlayn vebinar boshlanishiga oz vaqt qolmoqda!


Vebinarda beriladigan qimmatli ma'lumotlarni o'tkazib yubormang❗️

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin
- https://bit.ly/3tapDmy

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Xalqaro_tadqiqotlar

[O‘Z]
TIMSS xalqaro baholash dasturining tajriba-sinov jarayonlari boshlandi

Batafsil:
https://tdi.uz/uz/news/1122368

——————————
[РУ]
Начались экспериментальные процессы международной программы оценки TIMSS

Подробно:
https://tdi.uz/ru/news/1122368

👉 @uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Xalqaro_tadqiqotlar

“Taʼlimdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi axborot xati

Maqolalar 2022-yil 5-aprelgacha qabul qilinadi

Batafsil: https://tdi.uz/uz/ads/1145

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
ONLAYN VEBINAR‼️

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, o'qish savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

👉Taqdimotlar:👇

👩🏻💻 "Kreativ ta’lim va noоdatiy fikrlash"

👩🏻💻 "Suvni tejash"

👩🏻💻 “Adabiy ta’limda hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan foydalanish”

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 29-mart

Boshlanish vaqti: 10:00

👉Ishtirokchilar: O’qish savodxonligi bo’yicha trener va o’qituvchilari, maktab ma’muriyati, fan metodistlar hamda ta’lim sifatini monitoring qilish bo’yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassis xodimlar, ushbu yo’nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin
- https://bit.ly/3IOQJnM

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
💥Direktor va o‘qituvchilar ovozi: TALIS-2024 xalqaro tadqiqotining pilot jarayoni bo‘lib o‘tdi‼️

⚡️O‘qituvchilar – bilimga asoslangan iqtisodiyotning kaliti bo‘lib, yaxshi ta’lim har bir bolaning kelgusi muvaffaqiyati uchun muhim asos bo‘ladi.

👉TALIS tadqiqoti o‘qituvchilar o‘zgarishlarga ochiq ekanligi, o‘rganish va o‘z faoliyati davomida rivojlanib borishga intilishi haqida mustahkam dalillarni taqdim etadi.

Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazida 2022-yil 25-mart kuni TALIS 2024 xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida kichik pilot jarayoni o’tkazildi. Unda Milliy markaz jamoasi, maktab direktori va o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

👉TALIS 2024 tadqiqoti uch bosqichda tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda:

🔰Birinchi joriy pilot bosqichida oz sonli ishtirokchilar bilan so‘rovnomalar mazmunini ko‘rib chiqish va takomillashtirish, xalqaro darajada joriy etishga mo‘ljallangan so‘rovnomalarning mazmunini turli davlatlar sharoitida respondentlarga tushunarli ekanligini tekshirish hamda kengaytirilgan tajriba-sinovi uchun so‘rovnoma materiallarini takomillashtirish maqsadlariga qaratildi.

🔰2023-yildagi Ikkinchi bosqichda kengaytirilgan tajriba-sinovi hamda 2024-yildagi uchinchi bosqichda esa asosiy tadqiqotni o‘tkazish nazarda tutiladi.

🎥Bu haqida
https://bit.ly/36ARlQO havola orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📍
Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🔰Pilot jarayonida maktab direktori va o’qituvchilardan iborat tashkil etilgan kichik fokus-guruhlari berilgan so‘rovnoma materiallarini ko‘rib chiqib, savollar mazmunining O‘zbekiston sharoitida qo'llanilishi, madaniy jihatlari, murakkablik darajasi, mavzularning dolzarbligi, atamalarning aniqligi va tarjimadagi muammolar kabi omillar yuzasidan fikr-mulohazalari muhokama qilinib, xulosalarga ega bo‘lindi.

Pilot jarayoni natijalari asosida shakllantirilgan xulosalar, fikrlar va takliflar, keyingi bosqichdagi kengaytirilgan tajriba-sinovi uchun tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.

📍
Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 ONLAYN VEBINAR

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, matematik savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

👉Taqdimotlar:👇

👩‍💻“Sonlar va amallar: butun sonlar, oddiy va o‘nli kasrlar, proporsiyalar, nisbatlar va foizlar”

👩‍💻 "Mulohazalar va ularning tatbiqlari"

👨‍💻 "Geometriya va o'lchashlar: burchak, to'g'ri chiziqlarning parallelligi, ikki va uch o'lchovli shakllar"

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 04-aprel

Boshlanish vaqti: 10:00

👉Ishtirokchilar: matematik savodxonligi bo’yicha trener va o’qituvchilari, maktab ma’muriyati, aniq fan metodistlari hamda ta’lim sifatini monitoring qilish bo’yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassis xodimlar, ushbu yo’nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3NDYocm

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish

👉 https://www.tg-me.com/milliymarkaz 👈
❗️Ҳурматли халқ таълими тизими ходимлари, устозлар!

Халқ таълими вазирлиги ташаббуси билан А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ва UNICEF халқаро ташкилоти ҳамкорлигида 11-12 март кунлари Hilton меҳмонхонасининг анжуманлар залида “Халқаро баҳолаш ва таълим сифатини тадқиқ этишнинг долзарб муаммолари” мавзусида ўтказилган халқаро илмий-амалий конференция материаллари тўплами 👥 иштирокчилар талабига биноан алоҳида ҳаволаларда ҳам қайта тақдим этилмоқда.

🔗Тўпламларни қуйидаги ҳаволалар орқали юклаб олишингиз мумкин:

Биринчи тўплам👇
https://avloniy.uz/uz/resource-center/curricula/71

Иккинчи тўплам
👇
https://avloniy.uz/uz/resource-center/curricula/70

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website | YouTube |Instagram
2024/09/30 12:33:54
Back to Top
HTML Embed Code: