Telegram Web Link
Test administratorlariga TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan test administratorlari uchun “TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish” mavzusida trening tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

1995-yildan beri oʻtkazib kelinayotgan TIMSS tadqiqotlari 2019-yilga qadar qogʻoz va raqamli shakllarda tashkil etib kelingan boʻlsa, 2023-yildan toʻliq raqamli formatda oʻtkaziladi.

Bugun, 12-aprel kuni trening davom ettirilib, ishtirokchilar bilan TIMSS 2023 asosiy sinov test jarayonini oʻtkazish boʻyicha maxsus dasturlardan foydalanish borasidagi amaliy mashgʻulotlar bajarildi.

Batafsil: http://bit.ly/3mrZ4bU

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TIMSS

TIMSS 2019 tadqiqotida foydalanilgan “Muammolarni hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlari” dan erishilgan natijalar

O‘zbekiston ilk marotaba oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 ishtirok etadi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan ushbu tadqiqot haqida soha xodimlariga kengroq tushuncha berish maqsadida xalqaro tashkilotlar tomonidan tayyorlangan videolar o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda e‘lon qilinmoqda.

Ushbu video o‘quvchilarning interfaol topshiriqlar bilan ishlash orqali yuqori darajadagi matematik va tabiiy fanlardan ko‘nikmalari ega bo‘lishi hamda raqamli baholashda qanday harakat qilishlari haqida ma’lumot berish orqali o‘quvchilarning TIMSS 2019 muammolarini hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlaridagi yutuqlari va ishtiroki haqidagi tushunchalarni kengaytiradi.

TIMSS o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlarini baholash bo‘yicha dunyodagi eng uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan baholash dasturi hisoblanadi. TIMSS 2019 tadqiqoti TIMSS tadqiqotlarining yеttinchi davriyligi boʻlib, tadqiqot dunyo boʻylab 64 ta mamlakat va 8 ta benchmarking tizimida oʻtkazildi.

TIMSS 2019 tadqiqotida eTIMSSda ishtirok etuvchi mamlakatlardagi tanlab olingan o‘quvchilar TIMSS tadqiqotining an’anaviy qog‘oz versiyasidan tadqiqotning yangi kompyuter versiyasiga o‘tishning asosiy elementi bo‘lgan muammolarni hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlariga (PSI) javob berish orqali tadqiqotda ishtirok etdilar.

PSI topshiriqlari – dinamik va interaktiv kompyuter topshiriqlari bo‘lib, o‘quvchilarni matematika va tabiiy fanlardan muammolarini hal qilish uchun yuqori darajadagi muammolarni hal qilish ko‘nikmalari va tadqiqotchilik ko‘nikmalaridan foydalanishga undaydi.

🌐 Youtube(HD)da ko'rish: https://youtu.be/IVKa-zEn6Xs

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish boʻyicha test administratorlari tayyorlandi

Joriy yilning 11-12-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan test administratorlari uchun “TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish” mavzusida trening tashkil etildi.

🌐 Youtube(HD)da ko'rish: https://youtu.be/ITFEwxoPm0U

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari boshlandi

Oʻzbekiston maktablari ilk marotaba matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)da ishtirok etmoqda. 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktab ishtirok etadi.

Bugun, 17-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tanlab olingan maktablarda ushbu tadqiqotning asosiy sinov jarayonlari boshlandi. Aprel-may oylarida respublikamizning boshqa hududlaridan tanlab olingan maktablarda ham navbat bilan oʻtkaziladi.

Sinov jarayonlari Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan oʻrnatilgan tartiblar asosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tashkil etiladi. Shuningdek, test va soʻrovnoma materiallari Milliy markaz tomonidan moslashtirilgan holda tarjima qilinib, materiallarning asl mazmuni va sifati saqlanganligi pudratchi tashkilot tomonidan xalqaro sifat nazoratidan (xalqaro verifikatsiya) oʻtkazilgan.

Batafsil: https://bit.ly/3oej2HL

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Aziz yurtdoshlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi jamoasi barchangizni ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu qutlugʻ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlidagi samarali mehnatlaringiz hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi munosib hissangiz barakasini koʻrib yuring!

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Sirdaryo viloyatidagi 8 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda

Joriy yilning aprel va may oylarida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)ning asosiy sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Shu jumladan, Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 8 ta maktabda 17-20-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tadqiqotning asosiy sinovlari o‘tkazildi. Tadqiqotda 4- va 8-sinf oʻquvchilari kompyuter yordamida ochiq strukturalangan, javobi tanlanadigan hamda muammolarni hal qilish so’ralgan test topshiriqlarini bajarishdi. Tadqiqot doirasida shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etdilar.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2024/09/28 22:25:25
Back to Top
HTML Embed Code: