Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PISA natijalari tahlili va hisobotlarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganilmoqda

Maʼlumki, Oʻzbekiston 2022-yilda ilk marotaba PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etdi. Navbatdagi vazifa ushbu xalqaro tadqiqot natijalarini tahlil qilish, hisobotlarini shakllantirish va xalqaro tashkilot tomonidan belgilangan qatʼiy talablarni yuqori sifatda bajarish hisoblanadi.

Bugungi kunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi bu yoʻnalishdagi ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Joriy yilning 28-mart kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) PISA Yetakchi tahlilchi dasturining (Lead Analyst Programme) navbatdagi vebinari boʻlib oʻtdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tahlil guruh rahbari Myako Ikeda boshchiligidagi ekspertlar tomonidan videokonferensiya formatida oʻtkazilgan tadbirda Ruminiya, Moʻgʻuliston kabi davlatlar qatorida Oʻzbekiston vakillari sifatida Milliy markaz xodimlari ham ishtirok etdi.

Vebinar davomida ishtirokchilarga PISA baholash asoslari, maʼlumotlarni yigʻish tartiblari va ularni mazmunli tahlil qilish uchun zarur boʻlgan tahliliy texnikalar haqida chuqur tushuncha berildi.

Maʼlumot uchun, PISA Yetakchi tahlilchi dasturi taʼlim sohasidagi tadqiqotchilarga PISA maʼlumotlarini tahlil qilish va sharhlash uchun zarur boʻlgan analitik va texnik koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradigan kasbiy rivojlanish dasturidir.

Vebinar davomida mutaxassislarimiz xalqaro tahlilchilardan mavzu boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.

Batafsil: http://bit.ly/3Zje2hS

Подробно: http://bit.ly/3zmalxb

Detail: https://bit.ly/3G0F0nx

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4-sinf matematika (TIMSS).pdf
3.2 MB
4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

O‘zbekiston maktablari ilk marotaba TIMSS tadqiqotlarida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida turli ma'lumotlar e’lon qilib boriladi.

📚 Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.

✒️ Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
8-sinf matematika (TIMSS).pdf
2.1 MB
8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

O‘zbekiston maktablari ilk marotaba ishtirok etadigan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida test namunalarni e’lon qilishda davom etamiz.

📚 Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.

✒️ Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

👉 4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4-sinf tabiiy fanlar (TIMSS).pdf
2.8 MB
4-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan TIMSS test topshiriqlari namunalari

O‘zbekiston maktablari ilk marotaba ishtirok etadigan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida test namunalarni e’lon qilishda davom etamiz.

📚 Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.

✒️ Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

👉 4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

👉 8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
#Xorijiy_hamkorlik

XORIJIY HAMKORLAR BILAN 2026-YILGACHA TA’LIM SOHASINI ISLOH QILISH BO’YICHA YO‘L XARITASI IMZOLANDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE), UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkorlar ishtirokida 2023-2026-yillarda ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade hamda xalqaro va mahalliy hamkorlar ishtirok etishdi.

✔️ Mazkur Yo‘l xaritasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda birgalikda ish olib borish ko’zda tutilmoqda:

🔹o’qituvchilar malakasini oshirish,
🔹o’quvchilar bilimini adolatli baholash tizimini joriy etish,
🔹maktablarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash,
🔹zamonaviy darsliklar ishlab chiqish va joriy etish,
🔹ta’limda boshqaruv tizimini takomillashtirish.

❗️Davra suhbati davomida vazirlik va xalqaro hamda mahalliy hamkorlar o’rtasida Yo’l xaritasini imzolandi.

Endilikda mazkur Yo‘l xaritasi 54 ta hamkor tashkilotni birlashtirib, ta’lim sektoridagi islohotlarni amalga oshirish uchun aniq dasturni ta’minlaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
8-sinf tabiiy fanlar (TIMSS).pdf
2.8 MB
8-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan TIMSS test topshiriqlari namunalari

O‘zbekiston maktablari ilk marotaba ishtirok etadigan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida test namunalarni e’lon qilishda davom etamiz.

📚 Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.

✒️ Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

👉 4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

👉 8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

👉 4-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan TIMSS test topshiriqlari namunalari

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 Navbatdagi onlayn vebinar!

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni,TIMSS — xalqaro tadqiqoti doirasida oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholash” mavzusiga bagʻishlangan vebinarga taklif etamiz!

👩🏻‍💻 Amaliy mashg'ulot: TIMSS — xalqaro tadqiqoti topshiriq namunalari asosida

🗓 O'tkazish kuni: 2023-yil, 8-aprel

O'tkazish vaqti: 11:00

☝️Tashkilotchi:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi

👉Ishtirokchilar: TIMSS 2023 dasturida ishtirok etadigan maktablar, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlariga qiziquvchilarni ham taklif etib qolamiz!

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3KF5BJx

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan “TIMSS — xalqaro tadqiqoti doirasida oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholash” mavzusiga bagʻishlab o‘tkazilgan vebinarning to‘liq videosini Youtube tarmog‘i orqali tomosha qilishingiz mumkin:

🌐https://youtu.be/Ydox9m9JEV4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TIMSS

TIMSS tadqiqoti ahamiyati va mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan vebinar oʻtkazildi

2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida mamlakatimiz ilk marotaba ishtirok etishi rejalashtirilgan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi haqida targʻibot-tashviqot, seminar va treninglar tashkil etish, maktab direktorlari va oʻqituvchilarning salohiyatini rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida joriy yilning 8-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan “TIMSS — xalqaro tadqiqoti doirasida oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholash” mavzusiga bagʻishlangan vebinar tashkil etildi.

Batafsil: http://bit.ly/3KJu1BN

🌐 Vebinar videosi: https://youtu.be/Ydox9m9JEV4

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 12:32:55
Back to Top
HTML Embed Code: