Telegram Web Link
🖥 2022-yilning 6-7-dekabr kunlari Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Toshkent viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorligida onlayn vebinar tashkil etildi.

Mazkur vebinarda o‘quvchilarning o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan mavzularda taqdimotlar qilindi. O‘tkazilgan topshiriqlar zamirida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining ehtiyojlari, o‘quvchilarning yosh xususiyati topshiriqlarning o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati e’tiborga olindi.

O‘tkazilgan vebinar o‘qish hamda Tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘shnalishida faoliyat olib borayotgan trener-o‘qituvchilari uchun metodik yordamchi sifatida xizmat qiladi.

Batafsil: https://bit.ly/3Fzj57c

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 Navbatdagi onlayn vebinar!

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarning 6-mashg'ulotiga taklif etamiz!

👩🏻‍💻 Amaliy mashg'ulot:
“Kobra”, “TIMSS topshiriqlari (geometrik shakllar va o'lchashlar)", TIMSS topshiriqlari" (Yer haqidagi fan)
.

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 10-dekabr

O'tkazish vaqti: 11:00

☝️Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi

👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning boshlang'ich ta'lim bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

♻️Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tinishingiz mumkinhttps://bit.ly/3EXIfLm

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
#Seminar #PISA #PIRLS #TIMSS

🖥 Joriy yilning 9-dekabr kuni Ta’lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorligida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda Buxoro davlat pedagogika instituti direktori va professor-o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Mazkur vebinarda “O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish holati va istiqboldagi rejalar”, “Timss dasturi o`quvchilarning tabiiy fanlar bo`yicha savodxonligini rivojlantirish omilidir”, “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzulari bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🗓Hurmatli ustozlar! Sizlarni matematika yo'nalishi bo'yicha bo'lib o'tadigan seminar-treningga taklif etamiz!

❇️
Mazkur seminar-trening “TIIMSS xalqaro tadqiqotida matematika yo'nalishi bo'yicha topshiriqlardan namunalar” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda matematika fani bo'yicha o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va uni rivojlantirishning zamonaviy usullariga qaratilgan.

🔂 O'tkazish shakli: offlayn va onlayn

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 12-dekabr

O'tkazish vaqti: 10:00

👨‍🏫 O'tkazish joyi: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy
markaz binosi, 2-qavat, seminar-treninglar xonasida

Onlayn vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin
- https://bit.ly/3uDfA9A

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
ЭСЛАТМА!

Хабарингиз бор, Таълим инспекцияси ҳузуридаги Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази томонидан PIRLS, TIMSS, PISA ва TALIS халқаро тадқиқотларига оид йўналишлар бўйича семинар, тренинг, вебинар ва амалий машғулотлар онлайн ва анъанавий шаклда ташкил этиб келинмоқда.

Ушбу тадбирлар XXI аср ўқувчиларидан талаб этиладиган кўникмалар, яъни ўқувчиларнинг ўқиш, математик, табиий-илмий саводхонлиги ҳамда креатив фикрлаш кўникмаларини баҳолаш ва ривожлантириш мавзуларида ўқитувчиларнинг касбий ҳамда шахсий ривожланишига методик ёрдам беришга қаратилган.

Тадбирларда халқаро илғор ва миллий тажрибалардан намуналар келтирилиши, мавзулар юзасидан савол-жавоб, муҳокамалар, таклиф ва тавсиялар бериб борилиши билан аҳамиятли бўлиб, улар умумтаълим, профессионал, олий таълим, малака ошириш ва касбий ривожлантириш ҳамда илмий тадқиқот муассасаларининг раҳбарлари, педагоглари, тадқиқотчилар ва соҳага қизиқувчилар учун очиқ ҳисобланади.

Эслатиб ўтиш жоизки, мазкур тадбирларда иштирок этиш мажбурий ҳарактерга эга бўлмасдан, унда иштирокчилар асосий ишидан бўш вақтида, ўзига қулай жой ва шаклда ихтиёрий иштирок этиш имкониятини яратиб бериш назарда тутилган.

Шунингдек, иштирокчиларнинг катта контингенти бўлган умумтаълим муассасаларининг таклифларидан келиб чиққан ҳолда ўқув тадбирларини иштирокчиларга қулай вақтларда ташкил этишга эътибор қаратилади.

Келгусида ҳам Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази томонидан халқаро баҳолаш дастурларининг фан йўналишлари бўйича ташкил этиладиган семинар, тренинг, вебинар ҳамда амалий машғулотларда иштирок этиб, халқаро тадқиқотлар бўйича ўзларининг билим ва кўникмаларини ривожлантириб боришлари ҳамда биз билан амалий ҳамкорлик қилишлари мумкинлигини маълум қиламиз.

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
#Seminartrening #Matematiksavodxonlik #Tabiiyilmiy #PISA #PIRLS #TIMSS

🖥 Joriy yilning 9-dekabr kuni Ta’lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorligida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda Buxoro davlat pedagogika instituti direktori va professor-o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar

Tadbir tafsilotlari bilan “Buxoro MTRK” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

📺 Youtube da ko'rish:
https://youtu.be/5ELvV6Nsg7g

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
TIMSS xalqaro tadqiqotining matematika yo‘nalishi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 12-dekabr kuni Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad matematika fani o‘qituvchilarining TIMSS xalqaro tadqiqoti haqidagi tasavvurlarini boyitish, jumladan, jozibador, interaktiv senariylarga asoslangan, oʻquvchilardan muammolarning yechimini topish yoki maqsadga erishish uchun bir nechta bosqichlardan o‘tish talab etiladigan PSI (Problem Solving and Inquiry Tasks) muammolarni hal qilishga doir topshiriqlardan namunalar hamda o‘quvchilarning amaliy, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ushbu tadqiqotning muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Batafsil: https://bit.ly/3VSY5hz

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 Hurmatli ustozlar! Sizlarni tabiiy fanlar bo'yicha bo'lib o'tadigan seminar-treningga taklif etamiz!

❇️
Mazkur seminar-trening “TIMSS va PISA tadqiqotlarining tabiiy fanlarga oid topshiriqlari o'rtasidagi asosiy farqlar” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun TIMSS hamda PISA tadqiqoti topshiriqlari tuzilishi va tadqiq doirasini to'laroq tushunishlarida metodik yordam berish maqsadida tashkil etiladi.

🔂 O'tkazish shakli: offlayn va onlayn

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 14-dekabr

O'tkazish vaqti: 14:30

👨‍🏫 O'tkazish joyi: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy
markaz binosi, 2-qavat, seminar-treninglar xonasida

👉 Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin! - https://bit.ly/3uNvf6a

‼️Eslatma: ushbu tadbir majburiy xarakterga ega bo'lmasdan, unda ixtiyoriy, asosiy ishdan bo'sh vaqtda ishtirok etish mumkinligi nazarda tutilgan.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Xabar berganimizdek, Joriy yilning 12-dekabr kuni Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etilgan edi.

🎞 Ushbu tadbirning video roligi hamda taqdimotlarning video yozuvlari 2 ta qismda e'tiboringizga havola etilmoqda.

📺
Milliy markazning Youtube sahifasida ko'rish:👇

🎬 1-qism
“TIMSS xalqaro tadqiqotida matematika fanidan PSI (Problem Solving and Inquiry Tasks) muammolarni hal qilishga doir topshiriqlardan namunalar”

🎬 2-qism “TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘quvchilarning matematika fanidan topshiriqlardan namunalarni ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish”

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 Joriy yilning 10-dekabr kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi seminar-trening hamda mahorat darslari tashkil etildi.

Ushbu seminarda Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo'limi fan metodistlari, boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbir tafsilotlari bilan “Xorazm MTRK” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

📺 Youtube da ko'rish:
https://youtu.be/YWzSjMZJtuk

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
70 фоизгача камайган қоғозбозлик – мактабдаги шароитдан ўқитувчиларнинг кўнгли тўляптими?

Устозларнинг кўпи мактаб таълимида охирги йилларда бўлган энг катта ўзгариш сифатида ўқувчиларни баҳолаш жараёни онлайн платформага ўтгани ва шу сабаб қоғоз журнал, кундаликлардан воз кечилгани бўлганини айтишмоқда. Қолаверса, сўнгги 5-6 йилда мажбурий меҳнат барҳам топгани ўқитувчиларнинг ўз устида ишлашига кўпроқ вақт қолдиряпти деган фикрда.

👉 https://kun.uz/17712601

Kun.uz расмий канали
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабида жорий қилинган касбга ўқитиш тизими билан танишди

Президент ознакомился с системой профессионального обучения, внедренной в общеобразовательной школе №55 Андижанского района

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2024/09/29 08:18:34
Back to Top
HTML Embed Code: