Telegram Web Link
📖 2022-yil 9-sentabr kuni Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan o'tkazilgan Germaniyaning Bremen Universiteti, Texnika va ta'lim instituti kasb-hunar va mehnat bozori loyihalari koordinatori, Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Matkarimov Akramjon Muxtorovich ishtirokidagi onlayn vebinarning video yozuvi e'tiboringizga havola etilmoqda👇

“O‘quvchilarda tadqiqotchilik va kompleks tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish”

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Forwarded from Milliymarkaz


🇫🇮 Finlyandiya misolida ta’lim tizimining sifati uning o‘qituvchilari sifatidan yuqori bo‘lishi mumkin emasligini tasdiqlaydi.

👨🏼‍⚖️📖 Finlyandiya ta'lim tizimida yuqori natijalarga erishish bo‘yicha eng barqaror davlatlardan biri hisoblanadi. Bu mukammal ta'limning sinonimiga aylandi. 💁🏻‍♂️ Darhaqiqat, ko'plab davlatlar o'z maktablari uchun qabul qilishi mumkin bo'lgan ilg’or tajribalarni, qonunchilik bazasi va eng yuqori amaliyotlarni o'rganish uchun Finlyandiyaga o'z mutaxassislarini yuboradilar.

📒Ushbu mamlakatda o'quvchilar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan Osiyo mamlakatlariga qaraganda o‘qishga kamroq vaqt ajratadilar, uy vazifasini kamroq bajaradilar hamda maktabdagi tekshiruvlar bekor qilingan.

📘 Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, boshqa ko'plab muvaffaqiyatli tizimlar singari, Finlyandiya tizimi kam ta'minlangan o'quvchilar yuqori natijalarga erishishlari mumkinligi va har qanday maktab, qayerda joylashganidan qat'iy nazar, yuqori sifatli ta'limni ta'minlashi kerakligiga asoslanadi.

📙Finlyandiya pedagog kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratadi. Finlyandiya o'qituvchilikni jamiyatda nufuzi yuqori bo’lganligi va pedagogika yo’nalishidagi Oliy ta’lim muassasalarida juda yuqori raqobat bilan ajralib turadigan kasbga aylantirdi (har bir o'rin uchun 10 nafar). O'qituvchilik muhim, hurmatli kasb sifatida qabul qilinadi, o'qituvchilarga ishonch va mustaqillik beriladi.

📗Va, albatta, Finlyandiya ta'lim tizimining yana bir o'ziga xos xususiyati mukammallik tamoyilidir. Bu yerda barcha o’quvchilarga bepul issiq ovqat, tibbiy xizmat, jumladan, stomatolog va psixolog xizmati ko‘rsatiladi. Maxsus ta'limga muhtoj bolalarga g'amxo'rlik qilish esa har qanday maktab vazifasining ajralmas qismidir.

#Finlandiya, #Talim, #Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Sifat, #Bilim, #OECD, #natijalar, #kreativfikrlash

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 Navbatdagi onlayn vebinar!

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D), dotsent, Yaponiyaning Nagoya universiteti (Ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishi) doktoranti Ismailov Xusanboy Muhammadqosim o‘g‘li ishtirokidagi onlayn vebinarga taklif etamiz.

👉Taqdimot mavzusi:👇

"Ta’lim tizimini Lesson study texnologiyasi orqali rivojlantirish"

🗓
O'tkazish kuni:
2022-yil, 19-sentabr

Boshlanish vaqti: 14:30

Tashkilotchilar: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi

👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoringi bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3qJlq7q

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Hurmatli ustozlar!

"Ta’lim tizimini Lesson study texnologiyasi orqali rivojlantirish" mavzusidagi onlayn vebinar boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi.

Ushbu onlayn vebinarda beriladigan qimmatli ma'lumotlarni o'tkazib yubormang❗️

♻️ YouTube sahifasi orqali jonli ko'rish
- http://www.youtube.com/watch?v=0fQ-fgAmPb0

♻️ ZOOM dasturi orqali ko'rish https://bit.ly/3qJlq7q

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
Forwarded from Ta'lim nazorati
Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz IEA xalqaro tashkiloti aʼzoligiga taklif etildi

Batafsil:
https://tdi.uz/uz/news/4627

———————————

В члены Международной организации IEA приглашен Национальный центр при Инспекции по образованию

Подробно:
https://tdi.uz/ru/news/4627

———————————

The National Center under the Inspectorate for Education is invited to membership in the International Organization IEA

More:
https://tdi.uz/en/news/4627

👉 @uztdi
Таълим инпекцияси ҳузуридаги Миллий марказ IEA халқаро ташкилоти аъзолигига таклиф этилди.

🤝 Бунда, IEA томонидан бошқариладиган PIRLS ва REDS тадқиқотларининг бир даврийлигини муваффақиятли ташкил этилганлиги ва жорий этишдаги тажрибалар инобатга олинди.

Батафсил:
👇

Янги Ўзбекистон
Народное слово

#OAV biz haqimizda #PISA #PIRLS #TIMSS #TALIS

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Ta'lim_tizimini_LESSON_STUDY_texnologiyasi_orqali_rivojlantirish.pdf
415.8 KB
📖 2022-yil 19-sentabr kuni Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tomonidan o'tkazilgan Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D), dotsent, Yaponiyaning Nagoya universiteti (Ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishi) doktoranti Ismailov Xusanboy Muhammadqosim o‘g‘li ishtirokidagi onlayn vebinarning taqdimoti e'tiboringizga havola etilmoqda👇

👉Taqdimot mavzusi:👇

"Ta’lim tizimini Lesson study texnologiyasi orqali rivojlantirish"

✒️ Milliy markaz bilan bog'lanish:
​​🗞 O'z maqolangizni chop ettirish uchun ajoyib imkoniyat!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti “Xalq taʼlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Jurnalning navbatdagi sonida sizning ham maqolangiz joy olishi mumkin.

📂 Maqolaga qo‘yiladigan texnik talablar:

➡️ Maqolaning hajmi 5 sahifadan kam bo‘lmagan va 8 sahifadan oshmagan holda taqdim etilishi tavsiya etiladi;

➡️ Maqolaning asosida matnning kamida 60-70 % muallifning shaxsiy izlanishlari natijasiga asoslanishi lozim (topshirilgan maqolalar antiplagiat uchun tekshiriladi);

➡️ Maqolaning matni, formula va jadvallarni *Microsoft Word* dasturidan foydalanib tayyorlash kerak.


➡️ Matn parametrlari: barcha tarafdan 2 sm dan standart hoshiyalar qolishi kerak; shrift Times New Roman, kegel – 12; satrlar orasidagi interval – 1,5 sm.; matnni kengligi bo‘yicha tekislash; abzas 1,25 sm; sahifani tanlash uchun joylashuv – kitob sahifasi. Barcha rasmlar va jadvallar raqamlanishi, nomlanishi hamda manbasi ko‘rsatilishi shart.

📬 Maqolani [email protected] va [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

📮 Tahririyat tomonidan taqrizdan o‘tgan va nashrga tavsiya etilgan maqolalarda keltirilgan dalillar va maʼlumotlar uchun muallif javobgar hisoblanadi. Tahririyat taqrizidan o‘tmagan maqolalar qaytarilishi va unga izoh berish majburiyatini olmaydi.
Jurnalning davriy xarakter kasb etishini eʼtiborga olgan holda qoida tariqasida 2 oy davomida chop etiladi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring👇🏻
telegram | facebook | youtube
💐 Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalo, siz, azizlarni, taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz-murabbiylarning o‘rni juda muhim.

Yangilanayotgan O‘zbekiston islohotlarining muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivoji bilan erishamiz, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barchangizga ushbu sharafli yo‘lda olib borayotgan olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilaymiz.

Hurmat bilan, Milliy markaz jamoasi!

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
⚡️ Айни пайтда Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясида умумтаълим муассасалари миллий рейтингини эълон қилишга бағишланган тадбир ўтказилмоқда.

📌 Унда Таълим инспекцияси бошлиғи Улуғбек Ташкенбаев ва Халқ таълими вазирининг биринчи ўринбосари Усмон Шарифхўжаев, тегишли бошқарма ва бўлим бошлиқлари ҳамда вилоятлар, туман (шаҳарлар) ҳокимларининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари иштирок этмоқда.

Тадбир давомида 2021 йил якунлари бўйича Республикамизнинг 14 та ҳудудидаги 207 та туман (шаҳар)ларда жойлашган 9 954 (ўтган йилда 9 622 та) та мактаб фаолияти ва таълим сифати кўрсаткичларига Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри, шунингдек туман (шаҳар) кесимида баҳо берилади.


🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📺 Youtube
📊 Ҳудудлар рейтинги

Юқори ўринлар:

🔹 Бухоро вилояти
🔹 Навоий вилояти
🔹 Хоразм вилояти

Сўнгги ўринлар:

🔸 Сурхондарё вилояти
🔸 Қашқадарё вилояти
🔸 Тошкент вилояти

🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📺 Youtube
🖥 Navbatdagi onlayn vebinar!

📖 Hurmatli Ustozlar! Sizlarni, Vyetnam davlatida "Yil o'qituvchisi" deb e'tirof etilgan hamda Vyetnam o'quvchilariga noan'anaviy usullarda dars o'tib kelayotgan tajribali mutaxassis Nottingem universiteti Vyetnam filiali magistranti Siddikov Dostonbek Sherozovich ishtirokidagi onlayn vebinarga taklif etamiz.

👉Taqdimot mavzusi:👇

“Dars jarayonida o‘quvchilar bilan samarali ishlash usullari”
(Vyetnam tajribasi)

🗓
O'tkazish kuni:
2022-yil, 5-oktabr

Boshlanish vaqti: 10:00

Tashkilotchilar: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi

👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoringi bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting! https://bit.ly/3RANJ2R

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |
2024/09/29 22:31:25
Back to Top
HTML Embed Code: