Telegram Web Link
💥TIMSS xalqaro baholash dasturining tajriba-sinov jarayonlari o'tkazildi❗️

⚡️Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda 2022-yil 16-mart 1-aprel kunlari TIMSS (Matematika va tabiiy fanlar boʻyicha tendensiyalarni xalqaro baholash) dasturining tajriba-sinov jarayonlari oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida, TIMSS – bu, taʼlim tizimidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan amalga oshiriladigan, taʼlim tizimlarida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha erishgan yutuqlarini baholashga yoʻnaltirilgan dastur sanaladi. Qolaversa, mazkur platforma oʻqitish hamda taʼlim olishni yaxshilashga koʻmaklashish uchun milliy taʼlim tizimidagi farqlarni oʻlchash hamda tavsiflashga asoslangan.

Oʻzbekiston ilk marotaba ishtirok etayotgan mazkur xalqaro tadqiqot dunyoning 60 ga yaqin davlatida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tadqiqotda qatnashish orqali taʼlim sifati, oʻquvchilarning maktabda olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini baholashga erishiladi. Shu bilan birga, mamlakatdagi joriy etilgan oʻquv dasturlari va oʻqitish usullari, oʻquvchilarning bilimi va savodxonligini xorijiy mamlakatdagi tengdoshlari bilan solishtirish orqali, strategik va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyati ortadi.

Ushbu tadqiqotning tajriba-sinov jarayonida ishtirok etgan jami 29 ta maktab xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olinib, barcha hududlardan kamida ikkitadan maktab, shuningdek, har bir maktabda ikkitadan sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

TIMSS dasturi oʻquvchilarga taʼlim olish imkoniyati va oʻquvchilar yaratilgan shart-sharoitlardan qanday foydalanishi toʻgʻrisidagi omillarni oʻrganadi.

Tadqiqot har bir mamlakat oʻquv dasturida belgilab qoʻyilganidek oʻquvchilarning matematika va tabiiy fanlardan taʼlim olishi kerakligi, undagi jarayonni osonlashtirish uchun tizimini qanday tashkil etish zarurligi, aslida sinfxonalarda nima oʻqitilayotgani va oʻquvchilar nimani oʻrgangani haqida maʼlumotlarni tahlil qiladi.

Dasturning baholash ramkalari ikkita oʻlchov asosida amalga oshiriladi. Bular – baholanadigan mavzuni koʻrsatadigan mazmun sohasi va oʻquvchilar fikrlash jarayonini belgilaydigan kognitiv soha.

Matematika mazmun sohalari:

– 4-sinf: sonlar, oʻlchashlar va geometriya, maʼlumotlar bilan ishlash;

– 8-sinf: sonlar, algebra, geometriya, maʼlumotlar bilan ishlash, statistika va ehtimollik.

Tabiiy fanlarning mazmun sohalari:

– 4-sinf: hayot haqidagi fan, fizika, Yer haqidagi fan;

– 8-sinf: biologiya, kimyo, fizika, Yer haqidagi fan.

Matematika va tabiiy fanlarning kognitiv sohalari:

– 4- va 8-sinflar: bilish, qoʻllash va mulohaza yuritishni oʻz ichiga oladi.

🎥Batafsil:
https://bit.ly/3LU6YSp

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🔉Диққат‼️Диққат‼️

“Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни”
мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференциянинг 2 куни 12 апрель куни соат 09.30-12.30 гача Тошкент шаҳри, Нурхон кўчаси, 21 уй. Таълим инспекцияси ҳузуридаги Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази биносида шўъбаларга бўлинган ҳолда ташкил этилади

🔹1-шўъба

👉1-йўналиш. Инсон капиталини ривожлантириш;

👉2-йўналиш. Таълим сифатини оширишда халқаро тадқиқотларнинг аҳамияти (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS);

♻️1-шўъбага уланиш ҳаволаси:
https://bit.ly/3Jphr6U

🔸2-шўъба

👉3-йўналиш. Ўқувчиларнинг амалий кўникмалари, креативлигини баҳолаш ва ривожлантириш (PISA мисолида);

👉4- йўналиш. Таълим сифатини баҳолаш тизимини такомиллаштиришда халқаро тажриба;

♻️2-шўъбага уланиш ҳаволси:
https://bit.ly/3vb2ZKt

🔹3-шўъба

👉5-йўналиш.
Ўқувчиларнинг ўқиш саводхонлигини баҳолаш ва ривожлантириш (PIRLS, PISA);

👉6-йўналиш. Ўқувчиларнинг математик ва табиий-илмий саводхонлигини баҳолаш ва ривожлантириш (PISA, TIMSS мисолида);

👉7-йўналиш. Мактабларда бошқарув тизими ва муҳитини яхшилаш, ўқитувчилар мақомини ошириш (TALIS мисолида).

♻️3-шўъбага уланиш ҳаволаси:
https://bit.ly/37r3JDa

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
⚡️Ҳурматли ўқитувчи ва педагоглар‼️

💥Таълим инспекцияси ҳузуридаги Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази биносида 12 апрель куни соат 15:30 да “Таълим сифати ва ўқитувчилар мақомини ошириш” бўйича А.Шляйхер иштирокида семинар ташкил этилади.

Семинарда сиз
:
Таълим сифатини таъминлашда халқаро тадқиқотларнинг ўрни;
Ўқитувчиларнинг мақоми ва шунга ўхшаш ўзингизни қизиқтирган саволларга PISA дастури ташаббускори А.Шляйхер томонидан жавоб олишингиз мумкин.

☝️Бундай имкониятни қўлдан бой берманг❗️

👉Семинарга қуйидаги
https://bit.ly/3O2e0GL ҳаволаси орқали уланишингиз мумкин.

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
“Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференциянинг 1 кунидан фотолавҳалар

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
“Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференциянинг 1 кунидан фотолавҳалар

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
💥Ayni paytda "Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning 2-kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida sho'balarga bo'lingan holda davom etmoqda‼️

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2024/10/02 02:28:21
Back to Top
HTML Embed Code: