Telegram Web Link
Математика ва табиий фанлар бўйича тенденцияларни халқаро баҳолаш (TIMSS) дастури миллий координаторларининг 4-учрашуви (TIMSS 2023 4th NRC meeting) 2022 йил 28 февралдан 3 мартгача бўлиб ўтмоқда❗️

🌐Учрашувда, IEA, TIMSS ва PIRLS халқаро тадқиқот маркази (АҚШ), RTI International, Canada Statistics халқаро ташкилотлари, дунёнинг 60 дан ортиқ мамлакатларининг 160 нафардан ортиқ вакиллари қаторида Ўзбекистондан миллий лойиҳа координатори А.Исмаилов ҳамда 6 нафар миллий марказ мутахассислари иштирок этди.

📝Тадбирда тажриба-синов жараёнларини ташкил этиш, математика ва табиий фан йўналишлари бўйича топшириқлар, сўровномалар, маълумотларни тўплаш, синфларни танлаб олиш, очиқ структураланган саволларнинг жавобларини баҳолаш каби мавзуларда маълумотларга эга бўлинди ҳамда зарурий масалалар бўйича саволларга жавоблар олинди.

Халқаро учрашувда олинган маълумотлар тажриба-синов жараёнларини дунё мамлакатлари қаторида Ўзбекистонда ташкил этишда муҳим омил бўлади.

🎥TIMSS дастури миллий координаторларининг 4-учрашувига
бағишланган қисқа дайжест: https://bit.ly/347OYUt

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Миллий марказда фаолият юритаётган хотин-қизлар жамоаси байрам муносабати билан Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси рахбарияти томонидан табрикланди.

Юксак эътибор ва эътироф учун миннатдорчилик билдирилади!

Миллий марказнинг расмий каналларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
mehridaryo onajonlarimizni va opa-singillarimizni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va omad, oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Sizlarga bahoriy tabassum, quyosh xarorati-yu olam-olam quvonchga to‘la hissiyotlarni yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdosh bo‘lib qolamiz!

Lablaringizdan samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuyg‘ulari, qalbingizdan ezgulik hissi, nur va sevinch, go'zallik, mehr va muxabbat aslo arimasin!

Barchangizga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

Bayramingiz bilan aziz ayollar!

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 Navbatdagi onlayn vebinar!

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, Tabiiy-ilmiy savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

👨🏻‍💻 Nazariy qism:
"Androtsey va ginetsey tuzilishining urug'lanishga xos moslanishlari"

👩🏻‍💻 Amaliy mashg'ulot: “Jarrohlik amaliyoti”, “Issiq ish”

👨🏻‍💻
Mustaqil ish: “Meteoroitlar va kraterlar”, “Labni yaltiratuvchi vosita”

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 9-mart

O'tkazish vaqti: 10:30

☝️Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz, Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi hamda Farg'ona viloyati XTXQTMO hududiy markazi

👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning tabiiy fanlar bo'yicha trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3hTked4

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish-
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
Tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha navbatdagi onlayn vebinar boshlanmoqda!

Ushbu onlayn vebinarda beriladigan qimmatli ma'lumotlarga Milliy markazning Youtubedagi sahifasi orqali ham ega bo'lishingiz mumkin❗️

♻️ YouTube sahifasi orqali jonli ko'rish
- https://youtu.be/3PFUGtpcx2U

♻️
ZOOM dasturi orqali ulanish - https://bit.ly/3hTked4

☝️ Eslatib o'tamiz, vebinar xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha boshlangan turkum seminarlarning davomi hisoblanadi.

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish

https://www.tg-me.com/milliymarkaz
Androtsey_va_ginetsey_tuzilishining_urug'lanishga_xos_moslanishlari.pdf
1.7 MB
👨🏻‍💻 2022-yil 9-mart kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz, Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi hamda Farg'ona viloyati XTXQTMO hududiy markazi bilan hamkorlikda tabiiy-ilmiy savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan onlayn vebinarning taqdimoti e'tiboringizga havola etilmoqda👇

📂 "Androtsey va ginetsey tuzilishining urug'lanishga xos moslanishlari"

✒️ Milliy markaz bilan bog'lanish:
@milliymarkaz_aloqabot

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
“Jarrohlik amaliyoti” “Issiq ish”.pdf
1.2 MB
👩🏻‍💻 2022-yil 9-mart kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz, Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi hamda Farg'ona viloyati XTXQTMO hududiy markazi bilan hamkorlikda tabiiy-ilmiy savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan onlayn vebinarning taqdimoti e'tiboringizga havola etilmoqda👇

📂 Amaliy mashg'ulot: “Jarrohlik amaliyoti”, “Issiq ish”

✒️ Milliy markaz bilan bog'lanish:
@milliymarkaz_aloqabot

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
🖥 PISA 2022 xalqaro tadqiqotining asosiy sinoviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlab vebinar tashkil etildi

❇️ Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazi tomonidan 2022-yil 9-mart kuni “PISA 2022 asosiy sinov jarayonlarini tashkil etishda maktab koordinatorlarining roli” mavzusida onlayn vebinar bo’lib o‘tdi.

🤝 Ushbu vebinarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi xodimlari bilan birgalikda, tasarrufida PISA 2022 asosiy tadqiqotida ishtirok etish uchun tanlangan ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Prezident ta’lim muassasalari agentligi vakillari, Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarma va bo’limlarining mas’ul xodimlari, tanlangan ta’lim muassasalarining direktorlari, koordinatorlari, AKT bo’yicha mas’ul xodimlaridan iborat 450 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi.

🏫 Vebinar davomida PISA 2022 tadqiqotining asosiy sinovi uchun tanlab olingan ta’lim muassasalari bilan maktab koordinatorining vazifalari, sinov uchun mo‘ljallangan nazorat shakllarini to‘ldirish, maktab koordinatori uchun qo‘llanmasi bilan tanishib chiqish va tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rishdagi tashkiliy masalalar muhokama qilindi

🇺🇿 Shuni ta’kidlash joizki, ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son qarori, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) o‘rtasida imzolangan 2018 yil 11 dekabrdagi “O‘quvchilarni baholash xalqaro PISA 2022 tadqiqotida ishtirok etish to‘g‘risida”gi shartnoma hamda 2021 yil 3 martdagi “Qo‘shimcha kelishuv”ga muvofiq tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, tadqiqotni O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim muassasalarining muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash vazifalari Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi zimmasiga yuklatilgan.

📹 vebinar haqida: https://bit.ly/3KC0Y0i

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
Ҳурматли халқ таълими тизими ходимлари, устозлар!

Эслатиб ўтамиз, бугун 11 март куни Hilton меҳмонхонасининг анжуманлар залида Халқ таълими вазирлиги ташаббуси билан А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ва UNICEF халқаро ташкилоти ҳамкорлигидаХалқаро баҳолаш ва таълим сифатини тадқиқ этишнинг долзарб муаммоларимавзусида халқаро илмий-амалий конференция ўтказилади.

📆Санаси: 2022 йил 11 март (12 март куни онлайн шаклда)

🕰Вақти: 10:00 -15:00

🖥 ZOOM орқали иштирок этиш:👇
1-кун:
https://us02web.zoom.us/j/86533809728?pwd=UEloZ2R6R2JtWWdZZElRZFY4eWFjZz09

2-кун:
https://unicef.zoom.us/j/97629662509?from=addon

Институтнинг YouTube ижтимоий тармоғидаги расмий канали орқали жонли кузатиб бориш: 👇

https://www.youtube.com/watch?v=mnIvCS90jW4

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website| YouTube |Instagram
Бугун 11 март куни Hilton меҳмонхонасининг анжуманлар залида Халқ таълими вазирлиги ташаббуси билан А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти ва UNICEF халқаро ташкилоти ҳамкорлигида “Халқаро баҳолаш ва таълим сифатини тадқиқ этишнинг долзарб муаммолари” мавзусида ташкил этилган халқаро илмий-амалий конференциянинг ялпи мажлиси ўз ишини бошлади.

Айни дамда конференцияни институтнинг YouTube ижтимоий тармоғидаги расмий канали орқали жонли кузатишингиз мумкин.👇

https://www.youtube.com/watch?v=mnIvCS90jW4
TIMSS 2023 tajriba-sinov jarayonida test administratorlari uchun trening boshlandi❗️

📝Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz tomonidan tashkil etilgan treningda, tadqiqotning tashkiliy masalalari, xususan test administratorlarining vazifalari, tanlangan maktablar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tadqiqot materiallarining xavfsizligi, test sessiyalarini nazorat qilish qoidalari, tadqiqotning maxsus dasturiy vositalarini to'g'ri ishga tushirish va baholash testi hamda so'rovnoma ma'lumotlarini yuklash mavzulari o'rin olgan.

☝️Trening nazariy hamda amaliy tarzda o'tkazilishi belgilangan bo'lib, bunday yondashuv tadqiqot oldidan test administratorlarining tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
TIMSS 2023 tajriba-sinov jarayonida ishtirok etadigan test administratorlari uchun trening mashg'ulotidan videolavha

Milliy markaz mutaxassislari TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi hamda IEA xalqaro tashkiloti tomonidan o'tkazilgan treninglarda ishtirok etish orqali zaruriy bilim va tajriba orttirgan edi.

Xalqaro dastur talablari asosida Milliy markazda 2022-yil 12-mart kuni bo'lib o'tgan trening natijasida 50 dan ortiq mutaxassislar maxsus tayyorgarlikdan o'tkazildi.

Endilikda ushbu mutaxassislar yordamida hududlarda tajriba-sinov jarayonlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🎥Videolavhani ko'rish uchun havola:
https://bit.ly/3w3KwBG

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🌐2022 йилнинг 11 март куни Халқ таълими вазирлиги Абдулла Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти, Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси ҳузуридаги Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази, ЮНИСЕФ халқаро жамғармаси ҳамкорлигида “Халқаро баҳолаш ва таълим сифатини тадқиқ этишнинг долзарб муаммолари” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференцияда Миллий марказ директори А.Исмаилов маъруза қилди.

Унда Ўзбекистоннинг халқаро тадқиқотларда иштирок этишдан кўзланган мақсад, ушбу йўлдаги саъй-ҳаракатлар, салоҳиятни ривожлантириш, мактаблар ва ўқувчиларнинг халқаро тадқиқотда иштирокини таъминлаш бўйича олиб борилган ишлар хусусида маълумотлар берилиб, атрофлича фикр юритилди.

Шунингдек, халқаро тадқиқотларда иштирок этиш тажрибаларидан фойдаланган ҳолда Миллий баҳолаш тизимини жорий этиш йўлидаги эришилган ютуқлар ҳақида тўхталиб ўтилди.

🎥Маърузанинг тўлиқ видеосини
https://bit.ly/3CTfqhP хавола орқали кўришингиз мумкин.

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, TIMSS 2023 tadqiqotining tajriba sinoviga bag‘ishlangan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

Vebinar dasturi:

🧮
TIMSS tadqiqotida matematika qamrov doirasi va test topshiriqlaridan namunalar;

🌿 TIMSS tadqiqotida tabiiy fanlar qamrov doirasi va test topshiriqlaridan namunalar;

⁉️ TIMSS tadqiqotida so‘rovnomalarning tuzilishi va ulardan namunalar
;

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 15-mart

O'tkazish vaqti: 10:00

☝️Tashkilotchi: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz

👉Ishtirokchilar: Tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab direktorlari, fan o‘qituvchilari va tayanch maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo'yicha trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3tapDmy

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
📢Hurmatli ustozlar!

TIMSS 2023 tadqiqotining tajriba sinoviga bag‘ishlangan navbatdagi onlayn vebinar boshlanishiga oz vaqt qolmoqda!


Vebinarda beriladigan qimmatli ma'lumotlarni o'tkazib yubormang❗️

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin
- https://bit.ly/3tapDmy

📍Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://www.tg-me.com/milliymarkaz
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Xalqaro_tadqiqotlar

[O‘Z]
TIMSS xalqaro baholash dasturining tajriba-sinov jarayonlari boshlandi

Batafsil:
https://tdi.uz/uz/news/1122368

——————————
[РУ]
Начались экспериментальные процессы международной программы оценки TIMSS

Подробно:
https://tdi.uz/ru/news/1122368

👉 @uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Xalqaro_tadqiqotlar

“Taʼlimdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi axborot xati

Maqolalar 2022-yil 5-aprelgacha qabul qilinadi

Batafsil: https://tdi.uz/uz/ads/1145

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
ONLAYN VEBINAR‼️

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, o'qish savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

👉Taqdimotlar:👇

👩🏻💻 "Kreativ ta’lim va noоdatiy fikrlash"

👩🏻💻 "Suvni tejash"

👩🏻💻 “Adabiy ta’limda hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan foydalanish”

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 29-mart

Boshlanish vaqti: 10:00

👉Ishtirokchilar: O’qish savodxonligi bo’yicha trener va o’qituvchilari, maktab ma’muriyati, fan metodistlar hamda ta’lim sifatini monitoring qilish bo’yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassis xodimlar, ushbu yo’nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin
- https://bit.ly/3IOQJnM

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2024/10/01 22:37:45
Back to Top
HTML Embed Code: