Kunlarning birida yosh yigitcha ko‘chadagi yo‘lovchilar orasidan o‘zini boshlang‘ich sinflarda o‘qitgan o‘qituvchisini tanib qoldi. U qariyaga yaqinlashib, salom berarkan, undan so‘radi:
— Siz meni tanimayapsiz, shekilli? Men o‘quvchingiz bo‘laman.
— Ha, tanidim. Uchinchi sinfligingda o‘qitganim yodimda. Xo‘sh, hozirda nima ish bilan bandsan?
— Ta‘lim beraman. O‘qituvchiman.
— Bu kasbni tanlashingga nima turtki berdi?
— Nima emas, kim. Siz, ustoz.
— Qanday qilib men seni bu kasbni tanlashingga turtki beribman?
— Siz menga shunday ta’sir o‘tkazgansiz-ki, menda ham yosh bolalarga ta’lim berish ishtiyoqi uyg‘ongan.
— Qiziqtirib qo‘yding-ku, yigitcha, xo’sh, qanday qilib ta’sir o‘tkazgan ekanman?
— Rostdan eslolmaysizmi? Unda, xotirangizga oydinlik kiritishga ruxsat bering.
Bir kuni bir sinfdoshim maktabga, ota-onasi sovg‘a qilgan chiroyli qo‘l soati taqib keldi. U soatni yechib, partasinig g‘aladoniga solib qo‘ydi. Men doim shunaqa chiroyli soatim bo‘lishini orzu qilardim. Shunda men, nafsimga qarshilik qila olmay, uning soatni o‘g‘irlab olishga qaror qildim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay haligi bola sizning yoningizga soatini o‘g‘irlatib qo‘yganidan shikoyat qilib, yig'lab bordi. Shunda siz hammamizga zimdan razm solib chiqdingiz-da:
— Kimda-kim bu bolaga tegishli soatni olgan bo‘lsa, iltimos, qaytarib bersin.
Men juda ham uyalib ketdim, lekin soatdan ham ayrilgim kelmas edi, shuning uchun o‘g‘irligimni tan olmadim. Hech kimdan sado chiqmagach, siz eshik tomon yo‘naldingiz va uni ichkaridan qulfladingiz. Bizdan esa devor bo‘ylab saf tortib turishimizni so‘rab, shunday deya ogohlantirdingiz:
— Hozir men har biringizni cho‘ntaklaringizni tekshirib ko‘raman, sizlardan bir iltimos, hammangiz ko‘zlaringizni yumib turinglar.
Biz sizga so‘zsiz itoat etdik, bu mening hali qisqa hayotimdagi eng uyatli va sharmandali lahzalar edi.
Siz o‘quvchilarni birma-bir tekshirar ekansiz, navbat menga kelganda dir-dir titraganim hamon esimda. Cho‘ntagimdan soatni olar ekansiz, siz to‘xtab qolmadingiz va mendan keyingi bolalarni ham tekshirishda davom etayotganingizni sezib turdim. Eng so‘nggi o‘quvchini tekshirib bo‘lgach, bizlarga qarata xitob qildingiz:
— Hammasi joyida, bolalar, ko‘zlaringizni ochib, joy-joyingizga o‘tirishingiz mumkin.
Soatni egasiga qaytarib berar ekansiz, boshqa bu hodisa yuzasidan lom-mim demadingiz.
O‘sha kuni siz meni sinfdoshlarim oldida sha’nimni va qalbimni qutqarib qolgansiz. Siz meni o‘g‘ri, yolg‘onchi va yaramas bir bola sifatida sazoyi qilmadingiz. Hatto o‘zim bilan ham bu mavzuda alohida gaplashishni o‘zingizga ep ko‘rmadingiz. Oradan ancha yil o‘tib men buning mag‘zini chaqqanman. Siz haqiqiy, oliyjanob ustoz sifatida, hali murg‘ak, dunyoqarashi to‘liq shakllanmagan bir shogirdingiz g‘ururini paymol qilishni xohlamagansiz. Mana shu sabab men ham ta’lim berishga ahd qilganman.
Ularning ikkalasi ham bu voqea taassurotidan bir muddat jim qolishdi. Shunda yosh o‘qituvchi yana savol berdi:
— Bugun meni tanigan ekansiz, o‘sha voqea tufayli yodingizga tushmadimmi?
Keksa o‘qituvchining javobi uni yana bir bor lol qoldirdi:
— Gap shundaki, men ham o‘shanda cho‘ntaklaringizni, ko‘zlarimni yumib olib tekshirgan edim.
Mezana – ilmni odob bilan o'rganamiz!
➡️ Barcha kurslar ro‘yxati
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga o'tkaziladigan kitob suhbati uchun tanlab olingan "Iqror" kitobini o‘qib tugatdingizmi?
Anonymous Poll
26%
Ha, tugatdim.
9%
O‘qiyapman, oxirlab qoldi. Suhbatgacha tugataman.
65%
Hechdan ko‘ra kech, endi boshlayman.
❗️ Mezana ilm markazi faoliyatini to‘xtatdi!
Toshkent shahridagi Mezana ilm markazi faoliyati ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtatildi. Qariyb ikki yillik faoliyati davomida markazimizda minglab o‘quvchilar tahsil olishdi. Ilk o‘quvchilardan tortib bugungacha markazimizda o‘qiyotgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga manfaatli ilm ulasha olgan bo‘lsak, bundan g‘oyat mamnunmiz.
Shuningdek, jamoamizda bo‘lgan va biz bilan yelkama-yelka turgan barcha ustozlar hamda jamoaning boshqa a’zolariga ham tashakkur aytamiz.
Hozirda markazimizda tahsil olayotgan o‘quvchilar orasida kurslar uchun bir necha oylik to‘lovni oldindan amalga oshirganlar bo‘lsa, administratorlarimizga bog‘lanishlarini so‘raymiz. Keyingi oylar uchun to‘lagan pullaringiz qaytarib beriladi. Shu o‘rinda avvalgi oylardan qarzdorligi bor o‘quvchilarimiz ham mavjud qarzdorliklarini yopishlarini so‘rab qolamiz.
Cheksiz hurmat bilan Mezana ilm markazi jamoasi

Ayni paytda Xolid Ertug'rulning "Iqror" kitobi asosidagi suhbatimiz boshlandi. Ilmlar musobaqasi tarzida o'tadigan suhbatimizda kitobxonlar ushbu kitobdan olgan foydali ilmlarini o‘zaro ulashishadi va eng foydali ilmlarni ulashgan qatnashchilarga kitob sovg‘alari yuboriladi.
Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi havolaga bosing.
https://www.tg-me.com/mezanauz?livestream=8b7ed3f87ad9d522ec
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar. Ushbu kanal Istanbuldagi "Mezana" xalqaro ilmlar akademiyasining rasmiy telegram kanaliga o'zgartirildi. Ushbu kanalda "Mezana" xalqaro ilmlar akademiyasiga oid ma'lumotlar, yangiliklar va ilmiy maqolalar berib boriladi.
Hurmat bilan, "Mezana" xalqaro ilmlar akademiyasi ma'muriyati!
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Hurmat bilan, "Mezana" xalqaro ilmlar akademiyasi ma'muriyati!
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Isrof bizni shaytonga birodar qiladi
Hozirgi zamonda 15-16 yoshli o‘smirdan to nafaqa yoshiga yetgan qariyalargacha smartfon ishlatadi. Ular Instagram, Tiktok yoki YouTube kabi platformalarning eng kamida bittasidan foydalanishadi. Albatta, bu tarmoqlardan manfaat olish uchun foydalanadiganlar ham bor. Ammo tan olaylik, ko‘pchiligimiz bir necha soat shunchaki video ko‘ramiz. Ularning aksariyati bir soatdan keyin esimizdan chiqadi, ya’ni bizga manfaatli emas.
Ana shu ketgan vaqtimiz bizga berilgan hisobli umrni isrof qilganimizni anglatadi. Chunki isrof bu faqatgina biror mahsulotni keragidan ko‘p ishlatish emas, inson qiladigan har bir ishda haddan oshish isrofdir. Sufyon Savriy rahmatullohi alayhi: “Alloh taoloning toatidan boshqaga qilgan nafaqang, agar juda oz boʻlsa ham, isrofdir”, deganlar.
Isrof soʻzining lug'aviy ma'nosiga to'xtaladigan bo'lsak, u arab tilida "hisobsiz tarzda ishlatish", “chegaradan chiqish”, “bir narsani qasddan unutish” va "uvol qilish" degan maʼnoni anglatadi. “Falon ishda isrof boʻldi”, degan jumla miqdoridan ortiqcha sarf boʻldi, maʼnosini bildiradi.
Uch kishilik dasturxonga 6 kishilik ovqat suzish, 6 soat uxlash yetarli bo'lganida 9 soatlab uxlash, bir soatda bajarish mumkin bo'lgan ishni ikki kunlab cho'zish — bularning barchasi isrof sanaladi. Alloh taolo Qur'oni karimning Isro surasi 27-oyatida “Albatta, isrofchilar shaytonlarning birodarlari boʻlganlar. Shayton esa Robbiga oʻta noshukr boʻlgandir”, deya marhamat qiladi.
Demak, har qanday ishda isrofgarchilik qilish bizni shaytonning birodariga aylanishimizga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, yeb-ichishda, pul sarflashda, vaqt ketkazishda va hokazo barcha ishimizda ham me'yorni bilishimiz lozim.
Xulosa qilib aytganda, biz suvdagi, oziq-ovqatdagi, tahoratdagi, kiyimdagi isroflar bilan bir qatorda umrni va ilmni isrof qilishdan ham saqlanmog'imiz lozim. Chunki Alloh taolo bandasiga bergan eng qadrli ne'matlardan biri umr, uni zoye o‘tkazish Yaratganga xush kelmaydi.
Ilmni esa o‘rganish bilan birga boshqalarga o‘rgatish, hayotga joriy etish zarur. Faqatgina o‘zi o‘rganish bilan cheklanish ham ilmni isrof qilishga teng.
Shunday ekan, Alloh taolo barchamizni U bergan ne'matlarni qadriga yetuvchilardan, vaqtdan unumli foydalanuvchi, ilm ulashuvchilardan qilsin.

FIQHNING MOHIYAТI VA FAZILAТI
Fiqh ilmi - yaxshilikka yetaklovchi, taqvoga boshlovchi mukammal omildir. U hidoyat yo’liga boshlaydi. Fikh mashaqqatu qiyinchiliklardan najot beruvchi bir qo’rg’ondir.
Bitta parhezkor, taqvoli olim mingta ibodat qiladigan bandadan afzaldir. Yana shuni qayd etish mumkinki, olimning bir o’zi mingta shaytonning dushmanlarini ashaddiyrog’i va dahshatlirog’idir.
-Bir kuni Janob Rasululloh (s.a.v.) masjidga borsalar, masjidning eshigi oldida tashvishli va noumid holdagi Shayton alayhilla’nani ko’rdilar. Rasululloh (s.a.v.) kelishining sababini so’raganlarida, u: -Yo, Rasululloh! Masjidning ichida bir omiy (uquvsiz, ilmsiz) kishi zo’r berib namoz o’qimoqda. Men uni chalg’itishni xohladim, lekin uning yonida «Ilm shahrining darvozasi» hazrat Ali (karramallohu vajhah) uxlab yotibdi. Agar men shu omiyni adashtirsam, u Alini uyg’otib, undan so’rab, bu to’g’rida ilm hosil qiladi. Bu menga ko’proq zarar va yoqimsizdir. Chunki bir zararim o’zimga bir necha barobar qaytadi. Shundan bu yerda noumid bo’lib turibman, deb aytdi. Rasululloh (s.a.v.) shundan so’ng: «Bir olim ming obiddan afzalroqdir!» - dedilar.
Hazrat Imom Shofi’iy (rahmatullohi alayh): - Ilm ikki xildir:
-Birinchi ilm - Fiqh. Bu diniy muomalotlarga rioya qilish uchundir. Bunda avvalo Alloh taoloning haqqi, bandalarning Alloh va bandalardagi haq va majburiyatlari, dunyoviy va uxroviy muomalalarni nizomga solish kabi ilmlar ta’lim beriladi.
-Ikkinchi ilm - Tibdir. U inson jasadi tuzi-lishiga oid ilm bo’lib, unda turli kasallik va tibga aloqador holatlarning illatini tahlil qilib, uni bartaraf
etish usullariii o’rganishdir. Bu ikki ilmdan boshqa ilmlar esa «Bulhatul majlis», yani «Majlisning yetukligi»ga xizmat qiladigan omil hisoblanadi.
Imom A’zam Abu Hanifa (r.h.) fiqhga ta’rif berib shunday deganlar:
Fiqh - kishi nima foydali va nima zararli ekanini bilmog’i va o’rganmog’idir. Ilm unga amal qilishi uchundir. Aslida, ilmga amal qilish, naqdni nasiyaga qoldirishdir. Ya’ni, amalining mukofotini darhol talab qilmaydi, balki uni oxiratga olib qo’yadi.
Manbalar asosida tayyorlandi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maroqli dam — muvaffaqiyatli ilm olish garovi
Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi talabalari hayotidan
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi talabalari hayotidan
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
⏰ Ijtimoiy tarmoqlar zararlari. Vaqt isrofi
Tarmoqlardan noto‘g‘ri foydalanish vaqtning isrof bo‘lishiga, keragidan ortiq foydalanish esa, unga o‘rganib qolishga sabab bo‘ladi. Keyin unday kishilar xuddi tamaki, spirtli ichimlik, nos va giyohvand moddalarga o‘rganib qolgan kimsalarga o‘xshab internetsiz, ijtimoiy tarmoqlarsiz turolmaydigan bo‘lib qoladi.
Vaqt eng katta boylikdir. Pulini yo‘qotgan odam ishlab, mehnat qilib, o‘sha miqdordagi yoki undan ham ko‘proq pulni topishi mumkin. Ammo vaqtini yo‘qotgan, uni zoye qilgan kimsa bu ne’matni qayta topa olmaydi. Dunyoning bor molu davlatini bersa ham ketgan vaqt ortga qaytmaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deb marhamat qilganlar: “Qiyomat kuni banda to to‘rt narsadan so‘ralmagunicha qadami yerdan uzilmaydi: umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmiga qanday amal qilgani, molini qayerdan topib, qayerga sarf qilgani, jasadini qanday ishda qaritgani”.
Shuningdek, tarmoqlarga qattiq berilish oqibatida namoz, Allohni zikr qilish, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish, farzand tarbiyasi, ayoliga go‘zal munosabatda bo‘lish, ota-onaga yaxshilik qilish, ustozlar, bemorlar holidan xabar olish, janozada qatnashish kabi muhim ibodat va vazifalar qolib ketadi.

• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda oʻziga tanlagan ismning goʻzalligiga eʼtibor berish lozim.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda shariat ruxsat bergan narsalarga amal qilib, man qilgan narsalardan chetda boʻlish asosiy qoida boʻlishi zarur.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishdan yaxshilik va taqvoda hamkorlik qilish hamda yomonlik va dushmanlikda hamkorlik qilmaslik shior qilib olinishi zarur.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishdan foydali maqsadni koʻzlash va befoyda ishlardan chetda boʻlish lozim.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda musulmon insonning oʻziga taqvoni, yaxshilikni va goʻzal xulqni lozim tutishi talab etiladi.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda nomahramlar masalasida juda ehtiyot boʻlish kerak.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda ish aynan internet orqali nikohlanishgacha yetib bormasligi kerak.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda yolgʻon ishlatmaslik, soxtakorlik ila uydirma xabarlar, suratlar va videolavhalar tarqatmaslik talab etiladi.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda xuddi koʻz koʻzga tushib turgandek, oʻzini odob va axloq ila tutish lozim.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda notanish kishilarni “siz”lab, ularga alohida hurmat koʻrsatish kerak.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda bahs-munozara har qancha qizisa ham, birovga ozor berishga bormaslik kerak.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda behuda tortishuvlarga yoʻl qoʻymaslik, beodobliklarga qarshi kurashish yaxshi ishdir.
• Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda savdo ishlari olib borilsa, oldin buning tafsilotini yaxshi oʻrganib olish shartdir.
"Ijtimoiy odoblar" kitobidan
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qish mo'minning bahori va g'animatidir!
Qish oylari o'zining salqinligi, kechalari uzoq davom etishi, kunduzlari qisqaligi bilan mo'min-musulmonlar uchun g'animat hisoblanadi. Qishning g'animatlik sababini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday izohlaganlar:
أَمَّا نَهَارُهُ فَقَصِيرٌ، وَأَمَّا لَيْلُهُ فَطَوِيل
“Qishning kunduzlari qisqa, kechalari esa uzundir”.
Taqvodor bandalar qish kunlarini g'animat bilib kelganlar. Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: الشِّتَاءُ غَنِيمَةُ العَابِد – “Qish obidning g'animatidir!” degan.
Allohning Qur'onini yodlayotganlar qish kunlarida, ayniqsa, g'ayrat ko'rsatmoqlari kerak. To'yib uxlab olgandan keyin, tunlari, Allohning rahmati jo'sh uradigan ayni sahar vaqtlari Qur'onlarini takror qilishni g'animat bilishlari lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham qish kunlari bomdod va peshinni ertaroq boshlar va qiroatni uzun qilib sahobalarni Qur'on oyatlaridan bahramand qilar edilar.
Qish tunlari uzun bo'lgani bois kechalari turib, qazo namozlarini o'qishga harakat qilgan ma'qul. Mo'min-musulmonlarning ado qilmasdan o'tkazib yuborilgan qazolari o'qilmasa, ularning o'rnini hech narsa bosa olmaydi. Qazodan va qarzdan o'qib yoki tutib yoxud berib qutilish mumkin, xolos.
Hadisi shariflarda, ayniqsa, qish kunlari insonlarning qalblari yumshashi zikr qilingan:
قلوب ابن آدم تلين في الشتاء، وذلك لأن الله تعالى خلق آدم من طين، والطين يلين في الشتاء
“Odam bolalarining qalblari qishda yumshaydi. Shunday, chunki, Alloh taolo Odamni tuproqdan yaratgan. Tuproq esa qishda yumshaydi”.
Demak, qalblar yumshagan kunlarda mo'minlar bir-birlariga muloyim bo'lishlari, mehr-shafqat ko'rsatishlari, gina-kuduratlarni yo'qotishlari kerak bo'lar ekan. Qish kunlarida qazo va nafl ro'zalarini tutayotganlarga iftorlik berilsa, iftor beruvchining savoblari ko'payishiga sabab bo'ladi. Qish kechalarida qazo va nafl namozlarni o'qiyotgan ixlosli mo'min-musulmonlarga xayr-ehsonlar berib, ularning ko'ngillarini olish ham maqbul amallardandir.
Qish kunlarining kechalari uzun bo'lgani bois uning sovug'i va mashaqqatlari ibodatga ko'ngil qo'ygan mo'minlarga bahor kabi yoqimli bo'ladi:
الشتاء ربيع المؤمن : قصر نهاره فصام ، وطال ليله فقام
“Qish mo'minning bahoridir. Kunduzlari qisqaligi uchun ro'za tutadi, kechalari uzun bo'lgani uchun turib namoz o'qiydi”.
Demak, qish mavsumini biz musulmonlar g'animat bilib, bahor kabi xushnudlik ila ibodat va xayrli amallar bilan o'tkazsak, maqsadga muvofiq bo`ladi, inshaalloh!
Internet materiallari asosida tayyorlandi.

#bilasizmi
🫒 Anjir va zaytunni qo‘shib yeyishning foydalari
Al-Azhar universitetining tibbiy bo‘limi "Shifobaxsh o‘simlik va nabodotlar" fakultetining rahbari Toha Ibrohim bir guruh yapon olimlari "Tiyn" surasining hikmatini o‘rganish maqsadida tajriba o‘tkazganlarini aytadi.
Alloh taolo Qur’oni karimda: "Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam", (Tiyn surasi, 1-oyat) deb nozil qilgan.
Bu ikki meva nomi bilan qasam ichdi. Sura davomida insonni eng go‘zal suratda yaratganini aytdi. Ko‘pchiligimiz aynan anjir va zaytunni qo‘shib iste’mol qilinishining foydalaridan bexabarmiz. Bu ikki mevani alohida iste’mol qilishdan ko‘ra birga qo‘shib yeyishning inson tanasiga foydasi juda ko‘p. Ular birgalikda quyidagi foydalarga ega:
1. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi;
2. Ayollarning farzandli bo‘lish imkonini oshiradi;
3. Inson jismini chiroyli, uzoq yosh holatda turishiga yordam beradi;
4. Qarilik alomatlarini kamaytiradi;
5. Ozuqa sifatida qo‘llashga qulay;
6. Hujayralar o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishiga sabab bo‘ladi;
7. Ish qobiliyatini oshiradi, tanaga quvvat bag‘ishlaydi;
8. Erkaklardagi jinsiy zaiflikka qarshi samarali vosita;
9. Yurakni quvvatlantiradi;
10. Ruhiy xastaliklarga qarshi kurashadi. Inson o‘zini ruhiy nazorat qilishini oson qiladi va hokazolar.
Bundan tashqari yapon olimlari "Tiyn" surasining hikmatini o‘rganish maqsadida tajriba o‘tkazdilar. Aynan anjir va zaytun methalonids deb nomlangan moddaga boy ekanligini kashf qildilar. Bu modda inson organizmida 15 yoshdan 35 yoshgacha faol ajralib chiqadi. 40 yoshdan keyin bu modda sekresiyasi kamayadi. Inson jismini sura davomida kelganidek eng go‘zal suratda yaratilishi bilan bu ikki meva zikr qilinishining o‘zaro qanday bog‘liqligi haqida hech o‘ylaganmisiz?
Yapon olimlari anjirda mavjud bo‘lgan methalonids moddasining ta’siri faqat zaytun bilan aralashgandagina faol bo‘lishini aniqladilar. Eng yaxshi ta’sir darajasi 1 dona anjir, 7 dona zaytun bilan iste’mol qilinganda undagi moddalarning ta’sir darajasi teng bo‘lishini kashf qildilar.
Qizig‘i shundaki, "anjir" so‘zi Qur’onda 1 marta, "zaytun" esa 7 marta zikr qilingan. 6 marta aynan zaytun lafzi bilan, 7-marotaba "Va Turi Siynodan chiqadigan bir daraxt (zaytun)ni (paydo qildikki), u yog‘ va yeguvchilarga nonxurish ila o‘sur" (Mu’minun surasi, 20-oyat) oyatida kelgan.
Bu mevalarni birga iste’mol qilish doim sog‘lom, yosh bo‘lib yurishga sabab bo‘ladi.

Alloh taolo O’zining muqaddas kalomida “Yoki sening xurmo va uzum bog’ing bo’lib, ularning orasidan anhorlarni otiltirib chiqarmaguncha”, deya marhamat qiladi. (Isro surasi, 91-oyat)
Bu oyati karimada mushriklar Rasululloh sollalohu alayhi vasallam keltirgan narsani rad etib turli mo’jizalarni ko’rsatishlarini talab etishgani va aynan mo’jiza sifatida xurmo va uzum bog’ining o’rtasidan anhorlarning otilib chiqarilishini ko’rsalargina iymon keltirishlari mumkinligiga dalolat qilishgani bayon etiladi!
Keling, quyida Qur’oni karimda mo’jizalar qatorida zikr qilingan uzumning ajib xususiyatlarini birgalikda o’rganib chiqamiz.
🍇 Uzum taxminan 8000 yil ilgari birinchi marta O’rta Sharqda yetishtirilgan qadimiy meva bo'lib, o’zining mislsiz foydali xususiyatlari va juda to’yimliligi bilan mashxurdir.
Oq uzum sharbati tanadagi temir miqdorini meyorlashtirib, charchoqning oldini oladi.
Uzum qondagi azot oksidi darajasini oshiradi, bu esa qon quyuqlashishining oldini oladi.
Pishgan uzum sharbati qattiq bosh og’rig’i bilan yuzaga keladigan turli kasalliklarni uy sharoitida davolash uchun samarali vosita hisoblanadi.
Mazali uzumlarning har bir donachasida mavjud bo'lgan ko'p miqdorda temir va shakar qonda gemoglabin miqdorini oshiradi
Bu foydali meva insonda uchraydigan jigar, buyrak va ovqat hazm qilish tizimiga oid turli kasalliklarni davolashda keng qo’llaniladi.
Qur’oni karimda nomlari keltirilgan mevalardan biri bo’lgan uzum inson salomatligida mana shunday muhim ahamiyat kasb etadi!

🐝 ASALARI
"Robbing asalariga: "Togʻlardan, daraxtlardan va koʻtarilgan soʻritoklardan uy tutgin. Soʻngra hamma mevalardan yegin, Bas, Robbing oson qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin", deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat - belgi bordir" (Nahl surasi, 68-69-oyatlar).
Alloh taoloning hayvonotlarga, jumladan, asalariga vahiy qilishi unga ilhom berishi hisoblanadi. Alloh taolo asalarini yaratganda unga bir his-tuygʻu hamda ilhomni qoʻshib bergani uchun, u koʻpgina aqlli insonlar qila olmaydigan aniqlik bilan oʻziga topshirilgan ishni bajaradi. Jumladan, togʻlardan, daraxtlardan va odamlar koʻtarib qoʻygan soʻritok kabi narsarlardan oʻziga uy tutadi.
Alloh asalariga oʻsha mevalarni, ularning gullarini tashish yoʻllarini oson qilib qoʻygan. Odamzot topa olmaydngan joyda boʻlsa-da, asalari bir zumda ularni topib boradi. Hamda oʻsha meva va gullarni yeydi.
Asalarining qornidan chiqadigan asallarning rangi turli boʻlishi bejiz emas.“Unda odamlar uchun shifo bordir.” Ushbu Qurʼoniy haqiqat tib ilmi rivojlangan sari yanada aniqroq oydinlashib bormoqda.
Asalning shifobaxshligi haqida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siyratlaridan ham bilishimiz mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam salqin va shirin ichimliklarni, asal qo’shilgan suv yoki sutni xushlaganlari hadislarda yetib kelgan. Ulamolar ham asal qo’shilgan suv yoki sutning sog’liqqa foydalarini alohida zikr qilishgan.
🍯 ASAL
🔸Asal qandli diabet kasalligini davolashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
🔸Asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi, xotirani kuchaytiradi va diqqatni yaxshilaydi.
🔸Ko’z bilan bog’liq muammolarni davolash vositasi sifatida ishlatiladi.
Yo’talni keltirib chiqaradigan sabablarni barataraf qiladi va o’pkalarni «tozalaydi». U shuningdek astma va bronxit alomatlarini yengillashtiradi.
Stomatit, og’izdan noxush hid kelishi va milk kasalliklari alomatlarini bartaraf qiladi.
🔸Ich ketishiga qarshi qo’llanilganda ham samarali vosita.
🔸Husnbuzarlarga qarshi kurashish uchun ishlatilganda u teri teshikchalarida ko’payadigan va yallig’lanish jarayonlarini keltirib chiqaradigan bakteriyalarni o’ldiradi, shuningdek bakteriyalar uchun oziq-ovqat hisoblangan teridagi ortiqcha yog’ni kamaytiradi.
🔸Asal immunitetni kuchaytirib, organizmni mustahkamlaydi, uni infektsiyalarga qarshi samarali kurashishiga ko’maklashadi.
❗️Asalning foydalari talaygina bo’lishiga qaramasdan, quyidagi toifa kishilarga uni qabul qilish tavsiya etilmaydi:
• 1 yoshgacha bo’lgan chaqaloqlar.
• Asalga allergiyasi bo’lgan kishilar.
Uning zarari ortiqcha iste’mol qilishga bog’liq bo’lishi mumkin.
Bizlarga shifobaxsh bo'lgan ne'matlarni O'z kitobida zikr qilgan Zotga hamd-u sanolar bo'lsin!

Va tilni va ikki labni bermadikmi? (Balad surasi, 9-oyat)
Ikki lab va til ham boshqa a’zolar kabi Alloh taoloning ulkan ne’matidir. Tilning inson hayotidagi ahamiyati hammaga ma’lum. Kim insonga bu ne’matni berishi mumkin? Hech kim! Agar tilga bog'liq biror tomir lat yeb qolsa, butun dunyo birlashib harakat qilsa ham, foyda bera olmay qoladi. Ikki labning xizmatini, ularni Alloh taolo barcha qulayliklarga moslab qo'yganini, agar ular bo'lmasa yoki biroz boshqacha bo'lib qolsa, qanchalik noqulayliklar kelib chiqishini tasavvur qilib ko'rgan odam bu ne’matlar uchun Alloh taologa shukr aytishdan o'zga iloji qolmaydi.
Quyida bu a'zolar haqida olimlar tomonidan aniqlangan qiziqarli faktlar bilan tanishtiramiz.
TIL
Bilamizki, til inson tanasida skelet tomonidan tayanchsiz ishlaydigan yagona mushakdir. U ta’m sezgilarimiz uyidir. Og’iz bo’shlig’imizda taxminan 10 mingta ta’m kurtaklari mavjud bo’lib, ulardan 8 mingtasi tilimizda. U inson tanasidagi eng sezgir mushaklardan biridir. Tilning rangi inson salomatligi haqida ko’p narsalarni aytib berishi mumkin.
LAB
Lablar inson tanasidagi sezgir organlardan biri bo’lib, u terlamaydi, unda ter bezlari mavjud emas. Shu sababli lablar tananing boshqa qismlariga qaraganda tezroq quriydi. Inson qarigan sari lablar yupqalashib boradi. Buning sababi shundaki, inson qarigani sayin tanadagi kollagen ishlab chiqarish kamayadi. Kollagen muhim oqsil bo'lib, uning vazifalaridan biri lablarga shakl berishdir.
Ma'lumki, yuqoridagi ikkala a'zo ham so'zlash uchun eng muhim bo'lgan nutq a'zolaridandir. Shuningdek, til va lablar ham barmoq izlari singari boshqalarnikiga o’xshamaydigan a’zolardir.
Alloh taolo bizga bergan ne'matlarining shukrini ado etishimizda tavfiq bersin!

Fizik qoida va iymoniy rohat
Inson bosh qismidagi miyasining haqiqiy og'irligi 1700 gr chiqadi (sal kam 2 kg). Lekin shunga qaramasdan nega bu og'irlikni sezmaymiz?!
Chunki u orqa miyaning suyuqligiga botib turadi. Fizik qoidada keladiki: Har qanday jism suvga botirilsa, og'irligidan toshib chiqqan suv miqdoricha yengillaydi.
Shunday qilib miyaning vazni 50 gr bo'lib qoladi va biz uning og'irligini sezmaymiz.
Bularning barchasi buyuk Xoliqning o'lchovlaridir.
Bu suyuqlik namozdagi ruku va sajda paytida pastga va yuqoriga harakatlanib bosh miyani massaj qiladi, natijada inson namozda rohatlanadi.

"Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda o‘sadigan narsalardan–sabzavot, tarra, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin", deganingizni eslang. U: "Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni so‘raysizlarmi? Birorta shaharga tushing, so‘raganingizni albatta topasiz", dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning g‘azabiga loyiq bo‘ldilar. Bu, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Nabiylarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu, isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir. (Baqara surasi, 61-oyat)
Qur’oni Karimning Baqara surasida keltirilgan bu oyat Bani Isroil qavmining Muso alayhissalomga Alloh taolodan ularga in’om etilgan boshqa bir ulug’ ne’matlarga shukr va qanoat qilmasdan bir xil taomdan charchaganlari va yerdan ular uchun bir necha xil sabzavotlar — bodring, sarimsoq, mosh va piyoz chiqarib berishini so’rab duo qilishlarini so’rashgani, natijada bunday isyonkorliklari va haddan oshganliklari uchun Alloh taoloning g’azabiga duchor bo’lganliklari ham ochiq bayon qilinadi.
Bu oyati karimada zikr qilingan sabzavotlar qadim-qadimdan to bugungi kunga qadar nafaqat mazali taom sifatida, balki inson salomatligi uchun juda muhim elementlarni o’zida jamlagan sabzavolar qatorida tibbiyotda keng qo’llanib kelinmoqda.
Quyida esa lafzlari Qur’on oyatlarida nozil bo’lgan turfa xil sabzavotlarning foydali xususiyatlari bilan birma-bir tanishib chiqamiz.
🥒 TARRA (BODRING)
- Tadqiqotlar shuni ma’lum qiladiki, shifobaxsh bodring 97% organik suv hamda 3% vitamin va minerallardan tashkil topgan. Bodring tarkibidagi suv xuddi inson tanasidagi suv bilan deyarli bir xil bo'lgani uchun boshqa o’simliklardan farqli ravishda inson salomatligida “jonli suv manbai” hisoblanadi.
- Tarkibida vitamin C va K hamda ko'plab foydali elementlarni o’zida jamlagan bodring tanani zarur bo’lgan ozuqaviy moddalar bilan maksimal darajada ta'minlaydi.
- Bodring tarkibidagi antioksidant moddasi insonda saraton hujayralari paydo bo’lish sabablarini bartaraf etadi.
🧅 PIYOZ
- Xom piyoz tarkibidagi protein, vitamin C, korbogidrat, tabiiy shakar va shu kabi ko’plab foydali elementlar tanadagi qon bosimini me'yorlashtiradi.
- Piyozni turli usullarda doimiy iste’mol qilish organizmda xolestirin miqdorini normallashtirib, ichki yallig’lanishni samarali davolaydi va immunitetni oshiradi.
🧄 SARIMSOQ
- Bir dona sarimsoq donachasida turli foydali vitaminlar mavjud bo’lib, ulardan vitamin C insondagi to’qimalarning o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi. Vitamin B6 esa metobilizmni davolash va immunitet uchun juda muhim hisoblanadi.
- Bizning qizil qon hujayralarimiz vodorod sulfidi gazini (H2S) ishlab chiqarish uchun polisulfidlar deb ataladigan sarimsoq molekulalaridan foydalanadi. Bu, o'z navbatida, qon tomirlarining kengayishiga va qon bosimini nazorat qilishiga yordam beradi.
🌱 MOSH
- Moshda prebiotik fayber mavjud bo’lib, foydali ichak bakteriyalariga juda boydir.
- Moshni doimiy iste’mol qilish yo’g’on ichak saratoni xavfini kamaytiradi.
- Mosh energiya beruvchi temir va B1 vitaminlari manbai bo’lib, u yurak urishini barqaror saqlashga yordam beradi.
🍀 Kundalik hayotimizda doimiy iste’mol qiladigan bu turfa xil sabzavotlar tarkibidagi beqiyos va sanoqsiz shifobaxsh moddalar jamlanmasi Alloh taoloning biz bandalariga ato etgan ne’mat va rahmati alomatidandir. Shunday ekan, Bani Isroil qavmidek ne’matlarga qanoatsizlik qilib Unga isyon qilguvchi emas, balki Uni maqtab ko’p shukr qilguvchi bandalari qatorida bo’lishga bizlarni O’zi muvaffaq qilsin!

📚 Musulmonlar qadimda ilm-fanning qaysi sohalarida yuksak choʻqqilarni zabt etganlarini bilasizmi?
• Muhammad ibn Jobir Sinon al-Battoniy – trigonometriya ilmiga asos solgan;
• Abbos ibn Firnos – osmonda parvoz qiladigan eng birinchi qurilmani ixtiro qilgan;
• Ibn al-Haysam – optik fizika ilmiga asos solgan;
• Ibn Sino – tabobat ilmining buyuk namoyandasi boʻlish bilan birga, geologiya faniga asos solgan;
• Abulqosim az-Zahroviy – Yevropa jarrohlik ilmining asoschisi;
• Al-Idrisiy – yerni ilk marta shar shaklida tavsiflagan olim;
• Ibn Baytor – buyuk biolog olim;
• Ibn Nafis –kichik qon aylanish doirasini kashf etgan olim;
• Ibn Xoldun – iqtisodiyot faniga asos solgan olim;
• Abu Bakr ar-Roziy – qizamiq va suvchechak haqida toʻliq maʼlumot bergan hamda irsiy kasalliklarni tadqiq qilgan olim boʻlib, kasalliklarni oʻrganishda ilk bor hayvonlardan foydalangan.
Shuningdek, Hoji Xalifa oʻzining “Kashfuz-zunun” nomli kitobida jarrohlik, anatomiya, astronomiya, biologiya, farmatsevtika kabi 240 dan ortiq bir-birini takrorlamaydigan ilm sohalarida ijod qilgan musulmon olimlarni hamda ularning bebaho asarlari nomlarini keltirgan.
Mazkur musulmon olimlar yuqoridagi ilmlarning barchasini Qurʼon, hadis, fiqh va faroiz ilmlaridan tashqari oʻrganishgan.
Musulmon olimlar tarixda erishgan bu kabi ulkan ilmiy muvaffaqiyatlar ortida dinimizning ilm olishga qaratilgan benihoya katta eʼtiborini koʻrishimiz mumkin.
“Islomda yoshlar tarbiyasi” kitobidan

Sunnatdagi ko‘rsatmalar va zamonaviy ilm tavsiyalari!
⏰ Erta turish: Nabiy alayhissalomning erta turish odatlari bo‘lgan, tonggi azon vaqtida uyg‘onganlar. Albatta, erta turish kun bo‘yi insonga tetiklik hamda ishchanlik qobiliyatini beradi va aqliy faoliyatni yaxshilaydi. Ba’zilar uchun erta turish qiyin tuyulishi yoki iloji yo‘qdek ko‘rinishi mumkin, lekin bu odatni kichik qadamlar, asta-sekinlik bilan shakllantirish mumkin. Bu esa hayotni sezilarli darajada yaxshilashi isbotlangan.
🥗 Me’yorida ovqatlanish: Me’yorida ovqatlanish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridandir. Yillar davomida bir emas, bir necha tekshiruvlarning natijasi – me’yorida ovqatlanishga odatlanish ko‘plab xastaliklarning oldini olishini tasdiqlagan. Inson to‘yib emas, balki 80% to‘yguniga qadar ovqatlanishi maqsadga muvofiq.
💧Suv iste’mol qilish: Hadisi sharifda suvni katta emas, kichik xo‘plamlar bilan ichishga chorlanadi, aks holda katta xo‘plab ichishdan jigar shikastlanishi mumkin, deyiladi. Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning suv ichishdagi sunnatlaridandir. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar ham shuni ta’kidlaydiki, qisqa vaqt ichida, birdaniga ko‘p miqdorda suv ichish jigarni zararlashga olib keladi.
☘️ Ro‘za: Ilmiy tajribalar shuni ko‘rsatdiki, faqatgina yeguliklarning o‘zi emas, balki uni tanavvul qilish vaqti ham inson organizmiga ta’sir qilar ekan. Ro‘za tutish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning doimiy odatlari bo‘lgan, bu ishni faqatgina Ramazon oyida qilmaganlar. Inson qanchalik kam ovqat yesa, uning organizmi hazm qilishga shunchalik kam kuch sarflaydi.
🍀 Doimiy harakatda bo‘lish (faollik): Islomning 5 arkonlarining 3 tasi jismoniy faollikni talab etadi. Namoz – birinchi navbatdagi jismoniy harakat ko‘rinishidir, hajga borish hamda ro‘za tutish shular jumlasidandir. Payg‘ambarimiz doimiy harakatda bo‘lganlar hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida suzish, chavandozlik, merganlik bilan shug‘ullanganlar.
Albatta, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari salomatlik borasidagi muhim tavsiyalardir.