Telegram Web Link
DIQQAT
Siz yoki sizning kasbdoshlaringiz siz ishlayotgan tashkilotda referendumni o'tkazish uchun yoki qatnashish uchun tungi navbatchilik va boshqa ko'rinishdagi ishlarga majburlanmoqdami?
Barcha kanallar va guruxlarga yuboring. Anonim ovoz berish.
Anonymous Poll
18%
Ha majburlashyabdi
74%
Yo'q majburlash bo'lmayabdi
8%
Javob berishga qiynalaman
MAY OYIDAN BOSHLAB PEDAGOG XODIMLAR QANCHA OYLIK OLADI?

2023-yilning 1-may oyidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

❗️May oyidan oshirilgan oyliklar boʻyicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

👉 Mutaxassis – 2 755 655 soʻm
👉 Oliy toifa– 3 798 940 soʻm
👉 Birinchi toifa – 3 437 739 soʻm
👉 Ikkinchi toifa – 3 085 098 soʻm (
👉 Oʻrta maxsus ma’lumotli – 2 575 883 soʻm

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
❗️Endilikda ish haqini har bir kechiktirib berilgan kuni uchun ish beruvchi tomonidan pulli kompensatsiya toʻlanadi

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining 333-moddasiga koʻra, ish beruvchi ish haqi toʻlash kechiktirilgani uchun xodim oldida moddiy javobgar boʻlishi belgilandi.

▪️Unga koʻra, ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning oʻsha vaqtda amalda boʻlgan asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar(pulli kompensatsiya)bilan birga toʻlashi shart!

Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan pulli kompensatsiyaning miqdori Markaziy bank asosiy stavkasining oʻn foizi miqdorida belgilanadi. Uning miqdorida jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin.

❗️Ish haqi toʻlanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelganda, ish haqi ushbu kunlar arafasida toʻlanadi.

◽️ Maʼlumot uchun, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023-yilning 30-aprelidan kuchga kiradi

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Qo'shma qaror.pdf
4.8 MB
⚡️Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari 3.3 mln soʻm miqdorida ragʻbatlantiriladi

Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatini Yoshlar agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilangan boʻlib, mazkur yoʻnalishda eng yaxshi naʼmunali direktor oʻrinbosarlarini har chorakda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan BHMning 10 barobar miqdorida mukofot beriladi!

Asos: MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda imzolangan yuqoridagi fayldagi qoʻshma qarori.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Direktor oʻrinbosarlari maktab direktori hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan imzolangan qoʻshma qarorga koʻra maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktori hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi.

Shuningdek, tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatgan har tomonlama munosib direktor oʻrinbosarlari davlat mukofotlariga ham tavsiya etib boriladi.

Eslatib oʻtamiz, tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etgan respublika boʻyicha 200 nafargacha maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari har chorakda 3 mln 300 ming soʻm miqdorda Yoshlar ishlari agentligining maxsus jamgʻarmasi hisobidan ragʻbatlantirib boriladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi

Joriy yil umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻtkaziladigan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga koʻra:

👉 umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida tashkil etiladi;

👉 tadbirga maktabdagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

👉 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni koʻrish taʼminlanadi;

Shuningdek, tadbir davomida:

👉 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi;

👉 2022-2023-oʻquv yili davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;

👉 faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.

2022-2023-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taʼqiqlanadi:

👉 “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

👉 umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etish, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni oʻtkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Таълим масканларида яна ҳижоб мавзуси...

Олтиариқ тумани, 10-умумтаълим мактабидан билдирги ёзишибди.

Сиз ҳижоб мавзусига қандай қарайсиз?

Каналга уланиш👇👇👇

Telegram | Instagram | YouTube
Maktablarning egasi bormi?

Oltiariq tumani 10-maktabdagi xolatga munosabat.

Umuman olganda maktablarga xoxlagan odamning kelib tekshiruv qilishi bu maktablar darvozasiz karvonsaroy bo'lib qolganligini, maktabga tekshirish deganda hech yo'q tekin tushlik yoki tekin choyxona ko'zga ko'rinadi.
Maqsad nima o'zi agar shunchaki yelkani tepasidagi boshni ishlatib qaralsa ro'mol aslida bir parcha mato xalos. Shu mato yoshlarning ta'lim olishiga qanchalik ta'sir o'tkazadi. Agar boshingiz ishlasa albatta buni tushunasiz.
Xo'sh qayoqdagi bir mahalla faoli maktabga kelib voyaga yetmagan qizlarga sen vatan xoinisan deyishi qaysi mantiqqa to'g'ri keladi. Na qonunga na o'zbekchilik na axloqqa to'g'ri kelmaydi. Direktor janoblari siz nima qilib o'tiribsiz maktabda. Kim kelsa quchoq ochib kutib olavermasdan keskinroq va qatiyatliroq bo'lmaysizmi.
Prezidentni o'zi ro'molga ruxsat deb turganida qolganlar kim bo'libdiki buni rad etsa. Yoki sizlar prezident siyosatiga qarshimisizlar? Shunda kim xoin ekanini qaytadan ko'rib chiqarmiz?
Endi ta'lim vazirligi qayoqqa qarayabdi? Maktablarga huquqiy ongi bor, dunyoqarashi kengroq shahslarni raxbar qilinglar. Yoki bu imkonsizmi?
Shu qizlarni sinf raxbari yoki maktabdagi ustozlar sizlar nima qildinglar? Qarsak chalib turdinglarmi?

Maktablarni egasi bormi o'zi ?
2023-2024 таянч ўқув режаси .pdf
675.9 KB
⚡️Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining "Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 125-sonli buyrugʻi.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja BUYRUGʻI va unga ILOVALAR bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️​​Pedagoglarning mehnat ta’tili masalasi Respublika uch tomonlama komissiya tomonidan koʻrib chiqildi

Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha Respublika uch tomonlama komissiyasiga kelishish uchun kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tizimi xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tillari muddatlari” koʻrib chiqildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar hamda takliflarni inobatga olgan holda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilingan.

Ayrim manbalarning aytishicha, Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi pedagoglarning ta’tilini 56 kalendar kun etib belgilash boʻyicha qaror qabul qilgan.

Amaldagi tartibga koʻra, endi pedagoglarning mehnat ta’tiliga oid Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinishi kerak. Oʻylaymizki, mazkur qaror tez kunlarda imzolanadi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Oʻtgan kunlar» romanini kim yozgan edi?

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling


👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xadeb serial ko'ravermasdan mana shunaqa fantastikayam ko'rib turinglar.
Ketgan trafikka achinmaysiz.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
ВМ_263_Педагог_ходимларнинг_меҳнат_таътили.pdf
356.3 KB
⚡️Oʻqituvchilarning yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili 56 kalendar kuni etib belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlarini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (263-son, 26.06.2023) qabul qilindi.Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili 56 kalendar kuni etib belgilandi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
#депутатлар_педагог_ҳам_одам

Нега Янги Ўзбекистонда педагогларни ёмон кўришади?

Аввалроқ, «Педагог ходимнинг мақоми тўғрисида»ги қонун лойиҳаси Қонунчилик палатасидаги “Миллий тикланиш” ва “Адолат” партиялари фракциясида муҳокама қилиниб, мақуллангани ҳақида ёзгандик.

Не кўз билан кўрайликки, ҚУЙИДАГИ ИМТИЁЗЛАР қонун лойиҳасидан ЧИҚАРИБ ТАШЛАНГАН:

педагогларга 5 йил эртароқ пенсияга чиқиш ҳуқуқини бериш
;

уларнинг уй-жой ва автомобил сотиб олишга сарфлаган даромадларини солиқдан озод қилиш;

йилда бир марта соғлигини тиклаши учун базавий маошига тенг миқдорда моддий ёрдам бериш;

педагог ходимга 56 иш кунидан иборат йиллик ҳақ тўланадиган узайтирилган таътил бериш;

олий маълумотга эга бўлмаган, аммо таълим ташкилотларида камида 5 йил иш стажига эга педагог ходимларни ОТМларга педагогика йўналиши бўйича имтиёзли асосда ўқишга қабул қилиш;

педагог ходимнинг базавий лавозим маошининг энг кам миқдорини белгилаш ва кўп йиллик хизмати учун устама тўлаш тизимини жорий этиш

ҲОЗИРДА ҚОНУН ЛОЙИҲАСИГА КИРИТИЛГАН ИМТИЁЗЛАР ҚУЙИДАГИЛАР ЭКАН:

Ўқитувчи шаъни, қадр-қимматини ҳимоя қилиш масаласида ва мансабдор шахсларнинг хатти-ҳаракатлари устидан судга мурожаат қилганида, давлат божини тўлашдан озод этилади.

Педагог ходимни лавозим мажбурияти ва касбий фаолияти билан боғлиқ бўлмаган ишларга, йиғилишлар ва бошқа тадбирларга жалб қилиш тақиқланади. Лекин бу қоида Президентнинг 2018 йил 14 августдаги ПҚ-3907-сонли қарорининг 16-бандида бор. Бу қоида ихтиро қилинганига 5 йил бўлди.

Илк бор касбий фаолият бошлаётган шахсга бир ўқув йили даврига ўқитувчи-мураббийликни амалга оширувчи педагог ходим бириктирилади.

Давлат таълим ташкилотларида фаолият юритаётган педагог ходимлар давлат соғлиқни сақлаш муассасаларида мажбурий тиббий кўрикдан бепул ўтади. Бироқ тиббий кўрик бепуллиги 2016 йил қабул қилинган "Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғрисида"ги Қонуннинг 24-моддасида ўз аксини топган. Бу қоида ихтиро қилинганига 7 йил бўлди.

Педагог ходим касбий фаолияти давомида юқумли касалликларга қарши бепул профилактик эмланади.

Демак, депутатларимиз пегогларга фақатгина давлат божидан озод қилиш (у ҳам ҳамма ҳолатда эмас), янги кадрга мураббий бириктириш, юқумли касалликка қарши бепул эмланишни раво кўришибди.

БУТУН БОШЛИ ҚОНУНДА БОР ЙЎҒИ 3 ТАГИНА ИМТИЁЗ.

Эхх, гапирсам гап кўп. Аммо бўғзимга нимадир тиқилар бот-бот.

➡️ @yurist_Shamsiddinov

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
👍Ажойиб имконият!!!
👉Ҳақиқий ОАК журналига тез ва арзон мақола нашр қилинг.
📥Кўпчилик тадқиқотчилар талаб ва истакларини инобатга олган ҳолда ОАК рўйхатига кирувчи (Тарих фанлари бўйича) журналнинг навбатдаги сони учун тезда қабул жараёни бошланганлигини маълум қиламиз!
🎯Қанчалик муаллифлар жамоаси тез шакллантирилса шунча тезликда мақолалар чоп этилади!
📥Қабул муддати: 15 июль
📤Нашр муддати: август ойи давомида
👉Мурожаат учун @akbaridiyev

👉Канал: https://www.tg-me.com/xorijiy_nashr
⚡️Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga ham Milliy Sertifikatlar uchun ustamalar to‘lanishi rejalashtirilmoqda

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoning 9-bandi (g-kichik bandi):da
📍Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-avgustga qadar:

📍milliy baholash tizimi muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar ro‘yxatini;

📍taʼlim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar ro‘yxatini;

📍xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxatini hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini tasdiqlashi va o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash belgilab qo‘yilgan:

📌 Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi tayyorlanmoqda.

📍Mazkur qaror loyihasida Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga Ona tili va adabiyot (O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan 60 va undan yuqori ball to‘plab olingan Milliy Sertifikat uchun 20% ustamalar belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2023-2024-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Милтиқ бўлса, отиб ташланг» — Сурхондарёда ишдан бўшатилган мактаб директори вилоят ҳокими ўтказган йиғилишда жанжал кўтарди

Таҳририятга вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов ўтказган мажлислардан бирида ишдан бўшатилган мактаб директори жанжал кўтаргани акс этган видео келиб тушди. «Сенлар мактабда хоҳлаган ишингни қилдиларинг, ҳеч ким индамади-ку, менга чора кўриладими?» - деган у ҳоким билан тортишувда.

Обуна бўлинг 👉 @uzaxborot24
Hokim maktab direktorini “hayday” oladimi?

Ushbu masalada avvalo mehnat qonunchiligi bo‘yicha viloyat hokimida maktab direktorini bo‘shatib yuborishga vakolat bormi, degan savol berishimiz kerak.

Yangi Mehnat kodeksining 170-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Bunday norma oldingi Mehnat kodeksidayam bor edi.

Viloyat hokimi hibsga olishga topshiriq berishini qo‘ying, maktab direktorini ishdan ham ololmaydi. Chunki u ish beruvchi emas. Huquqiy davlat ekanmiz, qonun doirasida bir tahlil qilaylik.

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi ish beruvchilik nuqtai-nazaridan maktab direktorini himoya qilishi kerak.

©Bahodir Ahmedov

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Ҳоким бува судяга директорни қамаш буйруғини берди, судя қамади. Вазир опа озод қилишни буюрди, судя озод қилди.

Хизмат қилганимизда "дембел"идан бирор топшириқ олган "дух" йўлда яна бир "дембел"ини кўриб қолса, урди Худо эди. Бирининг айтганини қилиб, бириникини қилммса ҳам "газ" олади, бирининг айтганини қилмай, бириникини қилса ҳам "газ" олади.

Бугунги суд тизимининг ҳам шу "дух"дан фарқи йўқ. "Дух" бўлганда ҳам ҳар қандай "западло"ни қиладиган "дух"...

Илтимос, Ўзбекистонда ҳам қонун ишлаши, бу ерда ҳам давлатчилик борлиги ҳақида ақалли битта мисол келтиринглар!

@adolat_kuychisi
2024/09/28 01:29:25
Back to Top
HTML Embed Code: