Telegram Web Link
Umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli bayon qaroriga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi

SAVOL: Men maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlayman. Qishki taʼtil kunlarining uzaytirilishi mening oylik ish haqimga taʼsir qilmaydimi?


Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlab boriladi.


Manba: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati


📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Uzaytirilgan qishki ta’til kunlari maktablarda o‘quvchilar ishtirokida to‘garaklar tashkil etilmaydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta’til davrida umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun to‘garaklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilmaganligini ma’lum qiladi.

Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

Hukumatining tegishli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishqi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intelektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda teleko‘rsatuvlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Shu o‘rinda vazirlik hududiy bo‘linmalari hamda vazirlik tarkibidagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan qishgi ta’til kunlari o‘quvchilar ishtirokida turli to‘garaklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari so‘raladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling


👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
​​⚡️Shu yildan maktabda olingan yakuniy baholar kirish imtihonlarida hisobga olinadi

Ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Unga ko'ra:

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta'lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta'limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta'limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi ballga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 6–11-sinflardagi yoki 6–9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

👉 86-100% uchun – 5 baho;
👉 71-85% – 4 baho;
👉 56-70% – 3 baho va 56% gacha – 2 baho.

Eslatib o'tamiz, mazkur qaror loyihasi Davlat test markazi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar ishlab chiqilgan edi.

(c) Maktab

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
#yangiliklar

Umumta'lim maktab o‘quvchilarining o‘quv yuklamalari kamaytirildi

Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil etilishiga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son SanQvaN)ga ilovaga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchada haftalik o‘quv yuklamasining maksimal darajasiga bo‘lgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi:

➡️ 1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.

➡️ 2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi);

➡️ 5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

➡️ 10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

➡️ Bir yil davomida o‘quv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
❗️Barcha ta’lim boʻgʻinlarida oʻqish 18-yanvardan

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori uzaytirilgan ta’til bekor boʻlgani va 11-yanvardan odatdagidek darslar davom etishi haqidagi feyk xabarlar tarqalmoqda.

Fuqarolardan bunday asossiz yolgʻon xabarlarga ishonmasligini va xabarlarni faqatgina rasmiy va ishonchli tarmoqlardan olishlari soʻraymiz.

❗️Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirilgan.

Oʻqish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
#rasman

Andijon va Xorazm viloyatidagi ta'lim muassasalarida ertadan o'qish boshlanadi!

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
❗️RASMAN: 2023 yil 11 yanvardan boshlab universitetlar, texnikum, kollej va akademik liseylarda bosqichma-bosqich dars mashg'ulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM hamda professional ta'lim muassasalari va akademik liseylarda o'quv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etilibdi.

Ta'lim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-o'quvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini ta'minlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladi.

O'quv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tug'ilganda o'quv grafigiga o'zgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli o'qishga kelolmagan talabalarga tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️O'zbekistonda hududlar kesimida maktab qachondan boshlanadi?

• Toshkent – ​​18-yanvar;
• Samarqand – 18-yanvar;
• Buxoro – 11-yanvar;
• Farg'ona – 16-yanvar;
• Andijon – 11-yanvar;

• Navoiy – 18-yanvar;
• Namangan – 18-yanvar;
• Xorazm – 11-yanvar;
• Qashqadaryo – 18-yanvar;
• Surxondaryo – 18-yanvar;
• Sirdaryo – 18-yanvar;
• Jizzax – 18-yanvar;
Qoraqalpog'iston – 12-yanvar.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Maktablar hammasi tekshirildi. Otopleniyalar issiq. O'qishni boshlashga bizni tuman tayyor degan rasm.
Suratda Shovot tumani hokimi

P. S.: otopleniyaning past qismiga e'tibor bermaysizlar. Wi fi orqali ulangan.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Ta’til muddatlari 18-yanvargacha uzaytirilgan hududlar 6 taga yetdi

Toshkent shahri, Buxoro, Fargʻona, Sirdaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida qattiq sovuq munosabati bilan maktab oʻquvchilari uchun 18-yanvarga qadar qoʻshimcha dam olish kunlari e’lon qilindi.

Shunday qilib, Mazkur hudud maktablarida III chorak darslari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️5 МИЛЛИОН СЎМЛИК УСТАМА КИМЛАРГА БEРИЛАДИ?

Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2-август кунги 425-сонли қарорига кўра умумий ўрта таълим муассасаларида фаолият юритаётган, ўқувчилари олий таълим муассасаларига ёки Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларга кириш имтиҳонларида энг юқори натижа кўрсатган педагог кадрлар Халқ таълими жамғармаси ҳисобидан устама олишга давогарлик қилиши мумкин. Ушбу ходимларга ҳар ойлик устама ҳамда бир марталик пул мукофотларини тўланиши керак

👉 Батафсил маълумот 👇
❗️Maktablarda qishki ta’til yana uzaytirilmoqda

Oʻquv mashgʻulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Darslar 18-yanvar, chorshanbadan boshlanishini e’lon qilgan hududlar:

👉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi
👉 Andijon viloyati
👉 Namangan viloyati
👉 Xorazm viloyati
👉 Sirdaryo viloyati
👉 Fargʻona viloyati
👉 Buxoro viloyati
👉 Toshkent shahri
👉 Toshkent viloyati
👉 Surxondaryo viloyati
👉 Qashqadaryo viloyati

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Sovuqni tanangizda xis qiling.

❗️Qishki taʼtil 30 yanvargacha boʻlishini yozishmoqda

Turli manbalarda taʼlim muassasalarida taʼtil 30 yanvargacha uzaytilgani haqida yozishmoqda.

Jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qishki taʼtil muddatini 30 yanvarga qadar uzaytirilgani aytilmoqda.

Haqiqatdan ham uylarimizni isita olmayotgan bir paytda maktablardagi temperaturani xis qilib ko'rsa bo'ladi. Aslida o‘quv xonalarida havo harorati 16º C dan past bo‘lmasligi kerak. Maktab boshlansa juda ko'plab ota-onalarning e'tirozlari kelib chiqadi, sinf xonalarining sovuqligidan har kuni ko'plab o'quvchilar shamollaydi, davomat masalasi judayam past bo'lishi aniq. Hozirgi vaziyatda ba'zi qishloq joylarida qorning ko'pligidan maktabga boradigan yo'l yo'q. Katta yo'llar muzlama holda demak o'quvchilarning maktabga borib kelishida ham muammolar mavjud. Yuqoridagilarni hisobga olib viloyat xalq ta'limi boshqarmalari va viloyat hokimliklari avvalgidek shoshilib qaror chiqarmasdan (konditsioner yonida) ta'tilni uzaytirish ma'salasini atroflicha o'rganib keyin bir qarorga kelishsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Hafta o'rtasida havoning isishi xaqida ham xabarlar bor ob-havo o'zgaradigan bo'lsa, barchasi iziga tushib ketadi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Forwarded from Kreativ Pedagog
⚡️ Hamkasbingiz "Kreativ Pedagog" kursida 70 ta metod o'rganib, sizdan o'zib ketmoqda!

🌐 Zamonaviy ta'limda faqat kreativ metodni bilgan o'qituvchilargina "yashab qolishi" mumkin. Kreativ metodlar darsingizni ommalashtirish va sevimli ustoz bo'lishingizga yordam beradi

🧡Tayyor faningizga moslangan 70 ta kreativ metod;
🧡 Ochiq dars o'tib ommalashtirish imkoniyati:
🧡 O'quvchilarni darsga qiziqtirishga oid samarali metodlar

😀 "Sayohat", "Avtofokus", "3D", "Sinf qutisi", "Shovqinni cheklash" va boshqa jami 70 xil metodlar sizni kutmoqda

😊 Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi desangiz, marhamat Kurs mundarijasi: 👉 https://telegra.ph/Kreativ-Pedagog-kursidan-nimani-organaman-11-14

🎚️ Kurs sizga videodars shaklida yopiq kanalda taqdim etiladi. Muhimi, istalgan vaqtingiz kursni o'rganib natijaga erisha olasiz

"Kreativ Pedagog 70 ta metod" kursi shu darajada arzonki, 1 ta metod sizga 1400 so'mdan tushadi

Kreativ Pedagog bo'lish va o'z faningizga moslangan 70 ta metodga ega bo'lish uchun
👉 @Krepeduz_admin'ga quyidagilarni yozib yuboring:

1. Ism-familiyangizni;
2. Viloyatingiz;
3. Dars o'tadigan faningiz

😀 @Krepeduz_admin

Hozirdan kreativ o'qituvchi bo'lishni boshlang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️18-yanvardan boshlab Respublikadagi barcha maktab oʻquvchilari oʻqishni offlayn dars rejimida davom ettiradi

Ta’tilning 30-yanvargacha uzaytirilishi faqat ayrim oliy oʻquv yurtlari talabalariga tegishli. Agar maktab oʻquvchilarining ta’til muddati uzaytirilsa, birinchi boʻlib kanalimizda e’lon qilamiz.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Rasman! Buxoro viloyatida o'qish 23-yanvardan boshlanadi!

Buxoro viloyatidagi
mavjud umumta'lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o'rta maxsus ta'lim hamda barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida qishki ta'til 22 yanvarga qadar uzaytirildi.

O'quv mashg'ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Eslatib o'tamiz avvalroq, viloyatdagi ta'lim tashkilotlarida darslar 18 yanvardan boshlanishi e'lon qilingan edi.

Manba: Buxoro viloyati hokimligi

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
2024/11/16 13:21:54
Back to Top
HTML Embed Code: