Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident o‘qituvchilarning oyligini 1000 dollarga yetkazish haqida:

"Kelamiz shu kunlarga, lekin muallimlar ham o‘z ustida ko‘proq ishlashlari kerak."

Surxondaryo. 13.03.2023.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
“Mahalliy amaldorlar endi o‘qituvchini tekin xizmatkorga aylantirolmaydi” – deputat

Yangi tahrirdagi konstitutsiyaga o‘qituvchilar bilan bog‘liq modda kiritilmoqda. Unda davlat o‘qituvchilarning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilab qo‘yilyapti.

👉 https://kun.uz/uz/47832047

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 18 mart, shanba kuni ham o‘qiydimi?

Ma'lumki, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 18 mart (shanba) III chorakning so‘nggi o‘qish kuni hisoblanadi. Lekin, ayrim hududiy bo‘linma rahbarlari 20 mart hisobidan 18 mart kuni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘qish kuni bo‘lishi haqida ko‘rsatma beribdi.

Bizningcha bu noto‘g‘ri. Negaki, qo‘shimcha bayram kunlari hisobidan 11 mart — shanba kunini 20 mart — dushanba kuniga ko‘chirilishining maktablarga umuman aloqasi yo‘q. Bunday qoidalar odatda haftasiga 5 kunlik ishlaydigan tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Maktab xodimlari esa 6 kunlik ish rejimida ishlaydilar. Shu sababli mazkur qoidani umumta'lim muassasalariga qo‘llab bo‘lmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 18 mart, shanba o‘qish kuni bo‘lmaydi.
Manba: Xalq ta'limi info

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Байрам бошқаларга,  мактабларга эса ортиқча ташвиш(ми?!)

Ҳар Наврўзда ва Мустақиллик байрамида туман ҳокимиятлари талаби билан туман марказий байрамига ўша тумандаги жамики мактаб ўқитувчилари ва боғча тарбиячилари ёйма бозордек ўз мактаб ёки боғчалари кўргазмаларини ёйиб, "намойиш" қилиш анъанаси бор.

Энсам қотади, нега керак бу нарсалар, савдо кўргазмаси бўлаётгани йўқку, байрам бўляптику, ўзбек халқининг энг катта байрами Мустақиллик ва Наврўз!

Бу кунда ўқитувчилар байрам қилиб боласини айлантиришга ҳаққи йўқми? Нега улар бир дунё кўч-кўрони билан машинага ортиб, хокимият белгилаб берган жойга нарсаларини олиб келиб, ёйиб, кечгача иссиқда жим ўтиришга маҳкум?!

6-март куни Сенат ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб этганлик учун жиноий жавобгарликкача бўлган жазони назарда тутувчи қонунни маъқуллади.
Мана шундай пайтда ўқитувчиларга паст назар сақланиб қолган, байрам қилиб айланиб юрган ўқувчиси кўрса ҳам жуда ғалати кўрсатувчи бу мажбурий мехнатни бутунлай тўхтатиш вақти аллақачон келган!
Ўқитувчи байрамда барча қатори байрам қилсин, айлансин, яйрасин, болалари билан сайлга чиқсин!

Кўргазма таши, ёйиб кечгача ўтир, давоматидан ўт, байрам тугагач яна юкла, обор мактабга, ҳаммасига бир дунё чиқим қил... Етар?!

Вазирлик масъулларидан ҳар эҳтимол сўрадим, бунга вазирлик топшириқ берадими, байрамда бундай қатнашиши мажбурми, деб, йўқ, ҳеч қачон бундай буйруқ берилмас экан вазирлик томонидан.
Демак, булар яна одатдагидек туман ҳокимлига мажбурий меҳнати!

Ҳурматли устозлар, балки ҳозир ҳам қайсидир туманда бу постни "байрам"да кўргазма ёйволиб ўқиб ўтиргандирсиз: ўқиган заҳотингиз юклаб қайтворинг!
балки эрта-индин кўргазма олиб чиқиш мажбуриятини олгандирсиз: ҳеч қаёққа ҳеч нима олиб чиқмайман, денг!
Балки, аллақачон ўтиб бўлгандир, сизларда байрам, кўргазма ташкил қилиб бўлгардирсиз: келаси байрамларда олиб чиқманг!

Устозлар ҳам байрам қилишга ҳаққи бор, улар бундай кераксиз дабдабабозликда қийналишига мажбур эмас, улар ортида шахсан Президент турибди!

Максимал тарқатинглар, айниқса туман ҳокимлари ўқишса яхши бўлар эди бу постни!

Каналга уланиш учун 👇👇
Исроил Тиллабоев блоги
@domlajon
Maktab direktorlarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻz xizmat vazifasiga qoʻshimcha ravishda yagona elektron tizimi (ERP), kundalik.com va boshqa AKT bazalar bilan doimiy ishlash vazifasi yuklatilgan. Ushbu yuklamalar uchun qoʻshimcha ustamalar belgilanishi mumkinmi?

❗️Umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻqituvchilar va oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kundalik.com sayti hamda maʼlumotlarning yagona elektron tizimiga kiritish vazifasi yuklatilishi mumkin.

⚡️Amaldagi meʼyoriy huquqiy hujjatlarda mazkur qoʻshimcha vazifa uchun ustama va toʻlovlar koʻzda tutilmagan.

Manba: MMTV "Vazirga murojaat"

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Barcha fanlardan malakali mutaxassislarni hamkorlikka taklif etamiz.
Talablar
O'z mutaxassisligi bo'yicha yetakchi bo'lishi.
Word va power pointda yaxshi ishlay olishi
Namunali dars ishlanmalarni tayyorlay olishi zarur

Murojaat uchun 👇👇👇

@Zafarbek_admin
❗️Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi

"Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"
gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan quyidagilar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi:

▫️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;

▫️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog xodimlar safi kengaymoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 120-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan boshlab:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

Mazkur qarorga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Dars soatlari qanday koʻrsatkichlarga koʻra taqsimlanadi?

Dars soatlari oʻqituvchilarning koʻrsatkichlariga qarab taqsimlanadi:

👉 xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
👉 oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
👉 xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar;
👉 TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan oʻqituvchilar;
👉 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
👉 oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
👉 respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
👉 oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
👉 birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
👉 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
👉 ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;
👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
👉 oʻz fanidan oʻtkazilgan sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
👉 oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
👉 qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
👉 OTMning pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;
👉 oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;
👉 umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

❗️ Dars soatlari umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan qayta taqsimlanishi mumkin.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Бахоларни музлатиш худудларга.pdf
392.6 KB
⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-mart kungi 04-04/2-119-sonli xati.

Shu xatga asosan 15-apreldan kundalikka cheklov o‘rnatiladi va o‘zgarish qilish kerak bo‘lgan taqdirda rasmiy xat bilan so‘rash talab etiladi.


📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Umumta'lim maktablari o'qituvchilarining sinf rahbarlari uchun qanday ustama va imtiyozlar berilgan?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida Umumta'lim muassasalari o'qituvchining sinf rahbarligi uchun qo'shimcha haq to'lovlari nazarda tutilgan.

Unga ko'ra mazkur to'lovlar sinfdagi o'quvchilar soniga qarab, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorida nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi. Ya'ni

🔹 15 nafar o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 26,4 % (hozirgi vaqtda 242 ming 880 so'm),
🔹 16 nafardan 20 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 31,6 % (hozirgi vaqtda 290 ming 220 so'm),
🔹 20 nafardan 25 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 36,9 % (hozirgi vaqtda 339 ming 480 so'm),
🔹 26 nafardan 36 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 42,1 % (hozirgi vaqtda 387 ming 320 so'm),
🔹 31 nafar va undan ko'p o'quvchiga ega bo'lgan sinf rahbarligi uchun 52,8 % (hozirgi vaqtda 485 ming 760 so'm).

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha jarima bilan jazolanishi mumkin

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʼzda tutuvchi qonunni imzoladi.

Unga koʼra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda. Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln soʼmgacha (100 baravar) jarimaga sabab boʼlsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, 45 mln soʼmdan 60 mln soʼmgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʼz xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilish uchun ham maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln soʼmdan 4,5 mln soʼmgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln soʼmdan 6 mln soʼmgacha jarima belgilanmoqda.

❗️Eʼtiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident farmoni bilan 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori, 1-maydan byudjet tashkilotlar oylik maoshlari 7 foizga oshirilmoqda.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️May oyidan boshlab pedagog xodimlarga oylik ish haqi oshirilgan miqdorda to‘lanadi

Ma’lumki, 2023 yilning 1 may sanasidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi miqdori 7 % miqdorida oshirilmoqda.

❗️May oyidan oshirilgan oyliklar bo‘yicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

Maktab direktori:
👉 3 mln 816 ming 990 so‘m (400 o‘quvchigacha)
👉 4 mln 75 ming 624 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
👉 4 mln 321 ming 741 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
👉 4 mln 571 ming 633 so‘m (1600dan ortiq)

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
👉 3 mln 564 ming 956 so‘m (400 o‘quvchigacha)
👉 3 mln 816 ming 990 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
👉 4 mln 75 ming 624 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
👉 4 mln 321 ming 741 so‘m (1600dan ortiq)

Direktorning ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
👉 1 mln 512 ming 2211 so‘m (400 o‘quvchigacha)
👉 1 mln 649 ming 960 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
👉 1 mln 793 ming 565 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
👉 1 mln 942 ming 607 so‘m (1600dan ortiq)

CHQBT rahbari:
👉 2 mln 755 ming 648 so‘m

Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi (0.5 st)
👉 1 mln 377 ming 824 so‘m

Psixologlar
👉 Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 84 so‘m
👉 Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 870 so‘m
👉 Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 137 so‘m
👉 Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 761 so‘m

O‘qituvchilar
👉 O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 575 ming 883 so‘m
👉 Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 755 ming 648 so‘m
👉 Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 85 ming 99 so‘m
👉 Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 437 ming 740 so‘m
👉 Oliy toifali o‘qituvchi – 3 mln 798 ming 940 so‘m
👉 Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 363 ming 337 so‘m

Kutubxona mudiri:
👉 O‘rta maxsus ma’lumotli –
1 mln 814 ming 665 so‘m
👉 Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 952 so‘m

Kutubxonachi:
👉 O‘rta maxsus ma’lumotli –
1 mln 573 ming 584 so‘m
👉 Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi

2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi
.

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.

Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Текинхўр паразит газеталарга бу гал донорлик қилувчи Риштон ўқитувчилари.

http://www.tg-me.com/kabul_dusov

Agar sizni ham obunaga majbur qilishayitgan bo'lsa bemalol murojaat qilishingiz mumkin
Yana 10 foizga. Pensiya, nafaqa va byudjet xodimlari maoshlari sentyabrdan yana oshadi

Pensiya, nafaqa va byudjet sohasida maoshlar 1 sentyabrdan yana 10 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ga Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxoʻjayev maʼlum qilgan.

Obidxoʻjayevga koʻra, jahon bozorida oltin va mis narxining prognozga nisbatan yuqori boʻlishi (qoʻshimcha 4,5 trln soʻm) hamda bojxona tushumlarining oshishi (qoʻshimcha 3 trln soʻm) hisobiga, Davlat byudjeti parametrlarida koʻzda tutilganiga nisbatan, ish haqi, pensiya va nafaqalarni qoʻshimcha yana bir marotaba oshirishga qaror qilingan.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
9-sinf Biologiya imtihon savollari 2023.doc
624 KB
#2022_2023_imtihon_savollari

📘9-sinf biologiya fanidan namunaviy nazorat materiallari

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling


👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
9-sinf Fizika imtihon savollari 2023.doc
470 KB
#2022_2023_imtihon_savollari

📘9-sinf Fizika fanidan namunaviy nazorat materiallari

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling


👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
9-sinf Geografiya imtihon savollari 2023.doc
131.5 KB
#2022_2023_imtihon_savollari

📘9-sinf Geografiya fanidan namunaviy nazorat materiallari

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling


👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
2024/09/28 11:17:40
Back to Top
HTML Embed Code: