Telegram Web Link
🇺🇿🌐🌐🌐🌐 Bugun Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova va Fond direktori Akramjon Fozilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan Axborot kodeksi loyihasi asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi. Kodeksning amaliy hujjatga aylanishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Tomonlar, shuningdek, media sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlarni muhokama qildilar hamda O‘zbekistonda jurnalistlarning kasbiy faoliyatidagi to‘siqlarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarga to‘xtaldilar.

Bundan tashqari, uchrashuvda 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan hamkorlikdagi gender-nozik jurnalistikani rivojlantirish masalalariga oid davra suhbatiga e’tibor qaratildi.

🌐Website |📱Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🌐🌐🌐🌐 Сегодня председатель Попечительского совета Фонда масс-медиа Нозима Давлетова и его директор Акрамжон Фозилов провели встречу с делегацией Организации по безопасности и сотрудничеству в Европе во главе с Терезой Рибейро, представителем ОБСЕ по вопросам свободы СМИ.

Основной темой обсуждения стал проект Информационного кодекса, разрабатываемый Агентством информации и массовых коммуникаций. Были проанализированы уже предпринятые шаги в этом направлении и меры, которые необходимо принять, чтобы Кодекс стал работающим документом.

Стороны также обсудили последние изменения в медиасфере, коснулись вопросов, связанных с работой журналистов в Узбекистане и недопущением препятствий в их профессиональной деятельности.

Кроме этого, на встрече было уделено внимание предстоящему совместному круглому столу, запланированному на 17 ноября, который призван привлечь внимание к важности развития гендерно-чувствительной журналистики.

🌐Website |📱Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🌐🌐🌐🌐 Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda “Gender-sezgir jurnalistika” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro va Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova o‘z chiqishlarida gender-sezgir jurnalistika inson huquqlari va so‘z erkinligini ta’minlashning tarkibiy qismlaridan biri ekanini alohida ta’kidlashdi.

Davra suhbati davomida qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzachilarning har biri onlayn zo‘ravonlik holatlari haqida misollar keltirdi. Afsuski, butun dunyoda ayol jurnalistlar internetda zo‘ravonlikka uchrasa, ular ko‘pincha kasbini tark etadilar.

YXHT vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli davlat organlari, nodavlat sektor, diplomatik korpus, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan tilga olingan salbiy holatlar sabablarini tahlil qilib, ularni oldini olish uchun zaruriy chora-tadbirlarni muhokama qilishdi.

Xulosa o‘rnida, davra suhbati ishtirokchilari jurnalist xotin-qizlarga nisbatan onlayn ta’qib va zo‘ravonlik jamiyatda hukm surayotgan noto‘g‘ri qarashlar sababidan yuzaga keluvchi muammolarning bir qismi ekanini hamda mazkur hodisalarga qarshi kurash jiddiy choralar ko‘rishni talab qilishini ta’kidladilar.

🌐Website |📱Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 17:38:42
Back to Top
HTML Embed Code: