Telegram Web Link
2023-yil 4-mart kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida Toshkent shahridagi Webster universitetining Media bo‘yicha tadqiqotlar yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv jonli va o‘zaro sihonch ruhida o‘tdi. Talabalar Fond faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda O‘zbekistonda so‘z va ommaviy axborot vositalari erkinligi bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarga oid savollariga javob oldilar.

В Общественном фонде поддержки и развития национальных масс-медиа состоялась встреча со студентами факультета медиаисследований Вебстерского университета в Ташкенте. Общение получилось живым и доверительным. Студенты ознакомились с деятельностью Фонда и получили ответы на интересующие их вопросы о происходящих общественных процессах, связанных со свободой слова и СМИ в Узбекистане.
2023-yil 7-mart kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Inklyuzivlik bo‘yicha muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

7 марта 2023 года Общественный фонд поддержки и развития национальных масс-медиа совместно с представительством Всемирного банка в Узбекистане провели семинар-тренинг для журналистов и блогеров по улучшению коммуникационных навыков, связанных с вопросами инклюзии.
Mass-media fondi Transport vazirligi bilan hamkorlikda metro bekatlari va vagonlarida ayollarning zo‘ravonlikka qarshi yordam so‘rab qilgan murojaatlarini radioto‘lqinlar shaklida aks ettirgan banner va posterlarni joylashtirdi.

Banner va posterlarda ayol-qizlarning ularga nisbatan zo‘ravonlik vaqtidagi nolalari, ovoz to‘lqinlari ekvalayzerini anglatuvchi adras bezaklari ko‘rinishida tasvirlangan.

Bannerlarda QR kodlar ham mavjud bo‘lib, xotin-qizlar yordam haqida ular orqali batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

Shuni yodda tutish kerakki, insonlarning fikrlashi o‘zgarmaguncha va jamiyat tomonidan zo‘ravonlik madaniyatning bir qismi emas, balki jinoyat ekanligi tushunib yetilmaguncha qonunlar to‘liq ishlamaydi.

Zo'ravonlikni hech narsa bilan oqlab bo'lmaydi. Zo'ravonlik – madaniyatimizga begona!
2024/09/29 11:31:23
Back to Top
HTML Embed Code: