Telegram Web Link
Mass-media fondi hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida “Jurnalist etikasi va OAVning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Media sohasi bo‘yicha milliy va xorijiy mutaxassislar jurnalist etikasi tamoyillarini qo‘llash, OAV faoliyatida o‘zini-o‘zi boshqarishning samarali vositalarini yaratish zarurligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi. Ilg‘or xorij tajribasi misol qilib keltirilib, O‘zbekistonda bu boradagi mavjud vaziyatni yaxshilash bo‘yicha yechimlar taklif etildi.

Jumladan, jurnalistning odob-axloq qoidalariga amal qilishi, avvalambor, OAV xodimlarining kasbiy mahoratiga, tahririyatning tutgan pozitsiyasiga bog‘liq ekani ta’kidlandi. Mazkur tamoyillarga rioya qilish OAVning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmining bir qismidir. Shu bilan birga, media sohasida o‘zini o‘zi boshqarish instituti qanchalik samarali faoliyat ko‘rsatsa, davlatning OAV faoliyatiga aralashuvi shunchalik kam bo‘ladi hamda jurnalistlar nizoli vaziyatlarni hal qilishda malakali yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

---

Фонд массмедиа и Координатор проектов ОБСЕ в Узбекистане провели круглый стол на тему «Журналистская этика и механизмы саморегулирования СМИ».
 
Национальные и зарубежные специалисты сферы медиа обсуждали вопросы, связанные с применением принципов журналисткой этики и созданием эффективных инструментов саморегулирования сферы.
 
Было отмечено, что соблюдение журналисткой этики, в первую очередь, зависит от профессионализма сотрудников массмедиа и позиции редакции. Соблюдение этих принципов является частью саморегулирования СМИ. И чем эффективнее будет действовать институт саморегулирования в этой сфере, тем меньше вероятность вмешательства со стороны государства в деятельность медиа, а журналисты будут иметь возможность получать компетентную помощь при разрешении конфликтных ситуаций.
 
Участники предложили своё видение решения обсуждаемых вопросов.

🌐Website |📱Telegram |📱Facebook |📱Instagram |🌐LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 11:20:53
Back to Top
HTML Embed Code: