Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tomonidan jadid taraqqiyparvarlari xotirasini abadiylashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Mazkur ishlar doirasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ofisining yangi binosi devorida iste’dodli dizayner va rassomlar tomonidan jadid ma’rifatparvarlariga bag‘ishlangan maxsus mural yaratildi. Muralda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy kabi jadidchilik harakatining eng yorqin vakillari suratlari aks etgan.

Mazkur mural “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasining bir qismiga aylandi.

---

Общественный фонд поддержки и развития национальных массмедиа и Государственный музей памяти жертв репрессий продолжают последовательную масштабную работу по увековечиванию памяти представителей движения джадидов, выступив инициаторами создания монументального мурала.

Мурал был создан на стене нового офиса Музея памяти жертв репрессий группой талантливых дизайнеров и художников. На нём изображены портреты известных джадидов-просветителей Махмудходжи Бехбуди, Мунаввара Кары Абдурашидханова, Абдурауфа Фитрата, Абдуллы Авлоний, Абдулхамида Чулпана и Абдуллы Кадыри.

Картина органично вписалась и стала частью мемориального комплекса «Шахидлар хотираси».

🌐Website |📱Telegram |📱Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mass-media fondi ekologiya mavzusiga va ekologik jurnalistikaning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratmoqda hamda ekologik aksiyalarni tashkil etishga ko‘maklashmoqda.

Kuni kecha Fond vakillari “Breathe Tashkent” tashabbuskorlar guruhi va “Ekolog.uz” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘ida 100 tupdan oshiq daraxt va buta ko‘chatlarini ekishda bevosita ishtirok etdi. Jumladan, shahar havosini tozalash, atrof-muhitni yaxshilashda katta o‘rin tutadigan eman, kashtan, zarang va boshqa o‘simliklar ekildi.

Mazkur tadbir keng ko‘lamli yashillantirish aksiyasining bir qismi bo‘lib, hashar 17, 24 va 31-mart kunlari ham davom etadi. Har kim ushbu tashabbusda ishtirok etishi mumkin. Ekoaksiya haqida batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

---

Фонд массмедиа уделяет большое внимание экологической тематике, стимулируя развитие экожурналистики и содействуя организации конкретных экоакций.

Вчера представители Фонда в сотрудничестве с инициативной группой Breathe Tashkent и ННО «Ekolog.uz» приняли непосредственное участие в посадке более 100 деревьев и кустарников в парке имени Абдуллы Кадыри. Были высажены дуб, каштан, клён и другие растения, которые играют большую роль в очищении городского воздуха и улучшении экологии.

Это мероприятие является частью более широкой кампании по озеленению, которая продолжится 17, 24 и 31 марта. К этой инициативе могут присоединиться все желающие. С условиями участия в экоакции, месте сбора и времени её проведения можно ознакомиться по ссылке.

🌐Website |📱Telegram |📱Facebook |📱Instagram |🌐LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Mass-media fondida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari M.Jerenje, Elchixonaning matbuot kotibi D.Labadi va Fransiyaning OAVni rivojlantirish agentligi ("Canal France International") loyihalar koordinatori T.Mayar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi OAV rivojlanishi, erishilgan yutuqlar va sohadagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Tomonlar media vakillarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirish, jurnalistik etika masalasi, shuningdek, O‘zbekiston OAVining xalqaro media maydoniga integratsiyalashuvi muhimligini ta’kidlashdi. Joriy yilning may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan CFI Markaziy Osiyo jurnalistlari forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirishdi.

----

Сегодня директор Фонда массмедиа А.Фозилов провёл встречу с 1-м советником Посольства Франции в Узбекистане, заместителем Посла М. Жеренже, пресс-атташе Посольства Франции в Узбекистане Д. Лабади и координатором проектов Canal France International (CFI) Т. Майаром.

Были обсуждены вопросы, связанные с развитием медиасферы в Узбекистане, достигнутые успехи и существующие вызовы в этой области. Стороны подчеркнули важность постоянного совершенствования профессиональных знаний и навыков представителей СМИ, соблюдения профессиональной этики журналистов, а также интеграции узбекистанских СМИ в международное медиапространство. Особое внимание было уделено подготовке к Центральноазиатскому региональному форуму CFI, который планируется провести в мае этого года в Ташкенте.

Стороны выразили заинтересованность в углублении партнёрских отношений и проведении совместных проектов.

🌐Website |📱Telegram |📱Facebook |📱Instagram |🌐LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mass-media fondi hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida “Jurnalist etikasi va OAVning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Media sohasi bo‘yicha milliy va xorijiy mutaxassislar jurnalist etikasi tamoyillarini qo‘llash, OAV faoliyatida o‘zini-o‘zi boshqarishning samarali vositalarini yaratish zarurligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi. Ilg‘or xorij tajribasi misol qilib keltirilib, O‘zbekistonda bu boradagi mavjud vaziyatni yaxshilash bo‘yicha yechimlar taklif etildi.

Jumladan, jurnalistning odob-axloq qoidalariga amal qilishi, avvalambor, OAV xodimlarining kasbiy mahoratiga, tahririyatning tutgan pozitsiyasiga bog‘liq ekani ta’kidlandi. Mazkur tamoyillarga rioya qilish OAVning o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmining bir qismidir. Shu bilan birga, media sohasida o‘zini o‘zi boshqarish instituti qanchalik samarali faoliyat ko‘rsatsa, davlatning OAV faoliyatiga aralashuvi shunchalik kam bo‘ladi hamda jurnalistlar nizoli vaziyatlarni hal qilishda malakali yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

---

Фонд массмедиа и Координатор проектов ОБСЕ в Узбекистане провели круглый стол на тему «Журналистская этика и механизмы саморегулирования СМИ».
 
Национальные и зарубежные специалисты сферы медиа обсуждали вопросы, связанные с применением принципов журналисткой этики и созданием эффективных инструментов саморегулирования сферы.
 
Было отмечено, что соблюдение журналисткой этики, в первую очередь, зависит от профессионализма сотрудников массмедиа и позиции редакции. Соблюдение этих принципов является частью саморегулирования СМИ. И чем эффективнее будет действовать институт саморегулирования в этой сфере, тем меньше вероятность вмешательства со стороны государства в деятельность медиа, а журналисты будут иметь возможность получать компетентную помощь при разрешении конфликтных ситуаций.
 
Участники предложили своё видение решения обсуждаемых вопросов.

🌐Website |📱Telegram |📱Facebook |📱Instagram |🌐LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 17:40:46
Back to Top
HTML Embed Code: