Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Enrique Iglesias - Hero
@learnenglish_uz
​​​​#Lyrics

🎤 Enrique Iglesias - Hero

Let me be your hero

Would you dance?
If I asked you to dance?
Would you run?
And never look back?
Would you cry?
If you saw me crying?
And would you save my soul tonight?

Would you tremble?
If I touched your lips?
Would you laugh?
Oh please, tell me this
Now would you die
For the one you loved?
Hold me in your arms tonight

I can be your hero, baby
I can kiss away the pain
I will stand by you forever
You can take my breath away

Would you swear
That you'll always be mine?
Or would you lie?
Would you run and hide?
Am I in too deep?
Have I lost my mind?
I don't care, you're here tonight

I can be your hero, baby
I can kiss away the pain
I will stand by you forever
You can take my breath away

I just want to hold you
I just want to hold you
Oh yeah
Am I in too deep?
Have I lost my mind?
Well, I don't care, you're here tonight

I can be your hero, baby
I can kiss away the pain
I will stand by you forever
You can take my breath away

I can be your hero!
I can kiss away the pain
And I will stand by you forever
You can take my breath away
You can take my breath away

I can be your hero

@learnenglish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maslahat

Ingliz tilini to‘g‘ri o‘rganish bo‘yicha 12ta ko‘nikma

Xorijda ta'lim olish istagida bo‘lgan yoshlar tomonidan eng ko‘p o‘rganiladigan til, shubhasiz, ingliz tilidir. Xo‘sh, ingliz tilini o‘rganish qay darajada oson? Ushbu tilni qanday qilib tezroq va samaraliroq o‘rganish mumkin? Buning uchun quyidagi ko‘nikmalar ustida ishlashingiz lozim.

O‘qish

1) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o‘qing

Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat'iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring.

2) Qo‘l telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizchaga o‘tkazing

Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizchaga o‘zgartirish, bajaradigan amalingizni ma'lum bir so‘z bilan bog‘lash va buni har kuni bajarish so‘z boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham o‘zgartirish yangi bilimlar o‘rganishingizda yordam beradi.

3) Mobil ilovalardan foydalaning

Texnika taraqqiyoti yashin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalanish tamoman sizning ixtiyoringizda. O‘qishdan yoki ishdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qancha bepul ilovalar yordamida so‘z yodlashingiz o‘qish va anglash ko‘nikmangizni orttiradi.

Yozish

4) Blog yozing

O‘zingiz uchun inglizcha bir blog oching. Boshida qiynalishingiz tabiiy, ammo xotirangizdagi so‘zlarni «uyg‘otish» uchun bu usul juda katta yordam beradi.

5) Yangi so‘zlarni e'tiborda tuting

Bu sizga anchayin tanish usul. Yangi so‘zlarni yozilgan qog‘oz parchalarini tez-tez ko‘zingiz tushadigan yerga yopishtiring va ularni har kuni o‘qib boring. Buning natijasini esa bir necha kunda o‘zingiz ko‘rasiz!

6) Forumlardagi bahslarda ishtirok eting

Tasviriy san'at, musiqa, teatr, adabiyot kabi san'at turlari, shuningdek, siyosat, texnologiya, moda olami, pazandachilik kabi mavzularga qiziqishingiz bo‘lsa, demakki, forumlar aynan siz uchun. Qiziqishlari sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan bu mavzular haqida fikr almashish, bahslashish yangi so‘zlar va iboralarni qo‘llashingizga turtki beradi.

Tinglash

7) Inglizcha qo‘shiq tinglang

Xorijiy tilini rivojlantirmoqchi bo‘lganlarga ilk tavsiyalardan biri o‘rganayotgan tillarida ko‘p qo‘shiq eshitishdir. Bu esa ham so‘zlarni, ham ularning talaffuzini o‘rganishingizda, shuningdek, qulog‘ingiz notanish so‘zlarga moslashishida asqotadi. Qo‘shiqni tinglar ekansiz, uning turiga, oson tushunilishiga, qo‘shiq matnining qancha qismini qog‘ozga tushira olishingizga ham diqqat qilib boring.  

8) Inglizcha TV-kanallarini tomosha qiling

Amerika va Angliya TV kanallarida efirga uzatiladigan seriallarni, shoularni, xabarlarni, filmlarni ko‘rish eng foydali usullardan biridir. Dastlabki bosqichda subtitr bilan tomosha qilib, keyin yozuvsiz holda anglashga urinib ko‘ring.

9) Musobaqalarda qatnashing

Turli millatga mansub nomzodlar qatnashuvchi simpozium va musobaqalarda ishtirok etib, tajriba orttiring. Talaffuzingiz tozalanib borishiga e'tibor qarating.

10) Podkast tinglang

Internet – podkastlariga osonlik bilan yetishishda asosiy vosita. Sevgan mavzularingizdagi efirlarni tinglash asta-sekin bu boradagi mahoratingizni oshiradi, sizga motivatsiya beradi.

Muloqot

11) O‘zingiz gaplashing va yozing

Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo‘lgan do‘stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo‘lsa, ulardan yordam so‘rashingiz mumkin.

12) Inglizzabon do‘stlar orttiring


Muloqot qila olish mahoratingizni rivojlantirish uchun inglizzabon do‘stlar orttiring. Internetdagi ko‘plab saytlar madaniyatlar bilan tanishuv, xorijiy til o‘rganish, dunyoning turli mamlakatlaridan do‘st orttirish uchun mo‘ljallangan platformalardir. Shuningdek, Telegram, WhatsApp, Skype kabi ilovalar yordamida o‘rtoqlaringiz bilan jonli suhbat qurish imkoningiz bor.

​​​​​ @learnenglish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maslahat

INGLIZ TILIDA YANGI SO'ZLARNI O'RGANISH

Keling, yana siz bilan avvalgi mavzuyimiz – so’z o’rganish haqidagi muhokamamizni davom ettiramiz. Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman:

-  Siz tanish va do’st o’rtasidagi farq nimada ekanligini bilasizmi?🤔

“Ey, bu juda oson-ku!” deyayotgandirsiz. Haqsiz, tanish odam shunchaki tanish, biz uni yaxshi bilmaymiz, munosabatlarimiz qalin emas. Do’stlarni esa anchagina yaxshi bilamiz va ular bilan tez-tez birga vaqt o’tkazamiz.

Eng asosiy farq esa, biz do’stlarni hech qachon unutmaymiz, tanishlarni esa osongina yoddan chiqarib qo’yamiz. Biror-bir eski tanishingizni ko’rsangiz, “uning ismi nima edi-ya?” deb o’ylab qolasiz.

So’zlar ham aslida shunday. Ba’zi so’zlar sizning do’stlaringiz, ular doim yordamga shay. Ba’zilari esa shunchaki tanishlaringizdir, ularni osongina unutasiz va kerakli paytida ular ko’pam yordamga oshiqmaydi.

So’zni haqiqiy do’stingizga aylantirish uchun nima qilishingiz kerak? 🧐

Avvalo, so’zni shunchaki emas, sinchiklab o’rganishni odat qiling. Nafaqat, uning o’zbek tiliga tarjimasi va izohi, balkim uning qaysi so’z turkumiga oidligi, uning sinonim va antonimlari, agarda predloglari bo’lsa, predloglarini ham o’rganing.

Uning to’g’ri talaffuziga alohida e’tibor qarating. Bundan tashqari, so’z stilistikasini ham unutmang. Ya’ni, bu so’z qanday konteksda ishlatilashi, uning og’zaki yoki yozma uslubga xosligi, qanday mavzularda suhbatlashganda ishlatilishi va hokazo. Ushbu so’zdan bir necha gaplar tuzing va o’zingizga o’zingiz takrorlang.

Avval aytganimizdek, bitta so’zga 7 marta (!) duch kelsangiz, bu so’zni eslab qolish imkoningiz kattaroq. Shuning uchun ham, ingliz tilida ko’proq istalgan mavzuda darajangizga mos matnlar o’qishni yoki audiolar tinglashni odat qiling. ©

​​​​​ @learnenglish_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/17 06:25:05
Back to Top
HTML Embed Code: