Telegram Web Link
📚📖📚#ASMAAUL_HUSNAA

الْغَفُورُ
AL-G‘AFUR

الْغَفَّارُ
AL-G‘OFFAAR

#BIR_HADIS_SHARHI

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Alloh har kecha tunning avvalgi uchdan biri o‘tganda dunyo osmoniga nozil bo‘lur va: «Men podshohman, Men podshohman, Menga duo qiladigan bormi, uni qabul qilayin; Mendan so‘raydigan bormi, unga berayin; Menga istig‘for aytadigan bormi, uni mag‘firat qilayin», deydi. Toki fajr yorishguncha shunday davom etadi».
(Muslim va Termiziy rivoyati)

Alloh taolo G‘affor Zotdir: bandalarining gunohlarini ko‘plab va qayta-qayta kechirishni istaydi. Shuning uchun ham, har tong bandalariga har qachongidan ham qabuli aniq bo‘lgan tavba-istig‘forlar aytishlariga imkon beradi.

Bundan chiqadigan xulosa shuki, aynan tong chog‘i istig‘for aytish eng fazilatli amal ekan. Zero, al-G‘afur va al-G‘affor bo‘lgan Robbimiz aynan shu paytda duo-istig‘forlarimizni ko‘plab qabul qilishini ta’kidlab aytyapti.

@laa_ilaaha_illallohu
#RUHIYAT

📝TONGGI ISTIG‘FOR

Bilgan-u bilmagan gunohlarimga,
Nazarga ilmagan gunohlarimga.
Yuz ming tavba qilay,– xayolga kelib,
Qasd aylab,– qilmagan gunohlarimga.

Robbim, mening Sendan o‘tinchlarim bor,
Tavbam qabul bo‘lmay
qolmayin nochor.
Huzuringga bormay gunohga botib,
Har ikki olamda qilma sharmisor...

Ayb-u nuqsonimni tamom kechirgin,
Amal daftarimdan hatto o‘chirgin.
Zaminda qiynoqda qoldi bu ruhim,
Uni pok holida ko‘kka ko‘chirgin...

O‘zimning ahvolim o‘zimga ayon:
Na amalim ko‘pdir, na go‘zal iymon.
Sen rahim qilmasang, butkul xarobman,
Tundan tonggacha ham tinmas pushaymon...

🕊Shahobiddin Odil

Yaqinlaringizga ham ulashing 👉
@laa_ilaaha_illallohu
@laa_ilaaha_illallohu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤲 Ёмғир ёққанда ўқиладиган дуо

اللَّهُمَّ صَيِّباً نَافِعاً


Аллоҳумма соййибан наафиъан!

Аллоҳим, фойдали (
хайрли) ёмғир қил!

🤲 Yomg‘ir yoqqanda o‘qiladigan duo

اللَّهُمَّ صَيِّباً نَافِعاً

Allohumma soyyiban naafi’an!

Allohim, foydali (
xayrli) yomg‘ir qil!

@laa_ilaaha_illallohu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📖📚ИСТИҒФОР–ЭНГ КУЧЛИ ДУОДИР

Истиғфор ҳам дуодир. Дуо бўлганда ҳам, қабули аниқ эканига ҳеч шубҳа йўқ.

Шунинг учун ҳам, юқорида келтирилган ҳадисда айтилганидек, Абу Бакр Сиддиқ розияллоҳу анҳу намоздан кейин доим ўқиб юриш учун бир дуо ўргатишларини сўраганларида, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айнан истиғфор айтишни буюрдилар.

Чунки, истиғфорда Яратувчи Зотнинг Якка-ю Ягона илоҳ эканини ва бандалари фақат Унинг Раҳматига, Мағфиратига муҳтожлигини эътироф этиш бор.

Демак, ИСТИҒФОР ҲАМ ТАВҲИДДИР!

Бу дегани, ИСТИҒФОР АЙТИБ ЮРУВЧИ МЎМИН ШИРКДАН УЗОҚ БЎЛАДИ.

Аллоҳ таоло эса бандаларининг ширкдан бошқа барча гуноҳларини кечиришга ваъда берган.


@laa_ilaaha_illallohu
Ўзи хоҳлаган
кишидан кечирадир.
إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاءُ وَمَن يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدِ افْتَرَى إِثْمًا عَظِيمًا

Албатта, Аллоҳ Ўзига ширк келтирилишини кечирмас. Ундан бошқани Ўзи хоҳлаган кишидан кечирадир. Ким Аллоҳга ширк келтирса, шубҳасиз, улкан гуноҳни тўқибдир.

("Нисо" сураси, 48-оят)

@laa_ilaaha_illallohu
📚📖📚ISTIG‘FOR–ENG KUCHLI DUODIR

Istig‘for ham duodir. Duo bo‘lganda ham, qabuli aniq ekaniga hech shubha yo‘q.

Shuning uchun ham, yuqorida keltirilgan hadisda aytilganidek, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu namozdan keyin doim o‘qib yurish uchun bir duo o‘rgatishlarini so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aynan istig‘for aytishni buyurdilar.

Chunki, istig‘forda Yaratuvchi Zotning Yakka-yu Yagona iloh ekanini va bandalari faqat Uning Rahmatiga, Mag‘firatiga muhtojligini e’tirof etish bor.

Demak, ISTIG‘FOR HAM TAVHIDDIR!

Bu degani, ISTIG‘FOR AYTIB YURUVCHI MO‘MIN SHIRKDAN UZOQ BO‘LADI.

Alloh taolo esa bandalarining shirkdan boshqa barcha gunohlarini kechirishga va’da bergan.

@laa_ilaaha_illallohu
O'zi xohlagan kishi-
dan kechiradir.
إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاءُ وَمَن يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدِ افْتَرَى إِثْمًا عَظِيمًا

Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani O‘zi xohlagan kishidan kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, ulkan gunohni to‘qibdir.
("Niso" surasi, 48-oyat)

@laa_ilaaha_illallohu
📚📖📚ЖУМА КУНИДАГИ АМАЛЛАРНИНГ ДАРАЖАСИ

1. Жуманинг фарзи–жума намозини масжидда ўқиш!

2. Жуманинг вожиби:
–имомнинг хутбасини жим ўтириб тинглаш!

3. Жуманинг суннатлари:
–Жума намози учун ғусл қилиш;
–Хушбўйланиш;
–Покиза кийимларни кийиш;
–Соч-соқолни тартибга келтириш;
–Тирноқларни олиш;
–Кўп саловот айтиш;
–Масжидга вақтлироқ бориш;
–Жума намозидан олдин ва кейин тўрт ракъатдан суннат намози ўқиш;
–Дуолар қабул бўладиган пайтни топиш умидида кўпроқ вақтини дуо ва тасбиҳлар билан ўтказиш.

4. Жума кунининг бидъати–дуо ўрнига табриклар билан машғул бўлиш.

5. Жуманинг макруҳлари:
–Имомнинг хутбасини тингламаслик;
–Хутба пайтида сўзлашиб ўтиришлик;
–Одамлар орасини ёриб ўтиб жой қидириш;
–Атайлаб орқароққа ўтиб ўтириш.

📚📖📚JUMA KUNIDAGI AMALLARNING DARAJASI

1. Jumaning farzi–juma namozini masjidda o'qish!

2. Jumaning vojibi:
–imomning xutbasini jim o'tirib tinglash!

3. Jumaning sunnatlari:
–Juma namozi uchun g'usl qilish;
–Xushbo'ylanish;
–Pokiza kiyimlarni kiyish;
–Soch-soqolni tartibga keltirish;
–Tirnoqlarni olish;
–Ko'p salovot aytish;
–Masjidga vaqtliroq borish;
–Juma namozidan oldin va keyin to'rt rak'atdan sunnat namozi o'qish;
–Duolar qabul bo’ladigan paytni topish umidida ko’proq vaqtini duo va tasbihlar bilan o’tkazish.

4. Juma kunining bid'ati–duo o'rniga tabriklar bilan mashg'ul bo'lish.

5. Jumaning makruhlari:
–Imomning xutbasini tinglamaslik;
–Xutba paytida so'zlashib o'tirishlik;
–Odamlar orasini yorib o'tib joy qidirish;
–Ataylab orqaroqqa o'tib o'tirish.

@laa_ilaaha_illallohu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АЛЛОҲИМ, Ё РОББАЛ ОЛАМИЙН!
ЖУМЪА КУНИНИНГ ФАЙЗ-У БАРАКАСИДАН ТЎЛИҚ БАҲРАМАНД БЎЛИШНИ ЖАМИЙКИ МЎМИН-МУСУЛМОНЛАРГА ВА ХОССАТАН КАНАЛИМИЗ ЎҚУВЧИЛАРИГА ҲАМ НАСИБ АЙЛА!

БУ КУНГИ БАРЧА ИБОДАТЛАРИМИЗНИ ҚАБУЛ ҚИЛГИН!

ЎЗИМИЗ, АҲЛИ ОИЛАМИЗ, ЯҚИНЛАРИМИЗ ВА ЖАМИЙКИ МЎМИН-МУСУЛМОНЛАР ҲАҚҚИГА ҚИЛГАН БАРЧА ДУОЛАРИМИЗНИ ИЖОБАТ ЭТГИН!

ОМИЙН, Ё РОББАЛ ОЛАМИЙН!

ALLOHIM, YO ROBBAL OLAMIYN!
JUM’A KUNINING FAYZ-U BARAKASIDAN TO‘LIQ BAHRAMAND BO‘LISHNI JAMIYKI MO‘MIN-MUSULMONLARGA VA XOSSATAN KANALIMIZ O‘QUVCHILARIGA HAM NASIB AYLA!

BU KUNGI BARCHA IBODATLARIMIZNI QABUL QILGIN!

O‘ZIMIZ, AHLI OILAMIZ, YAQINLARIMIZ VA JAMIYKI MO‘MIN-MUSULMONLAR HAQQIGA QILGAN BARCHA DUOLARIMIZNI IJOBAT ETGIN!

OMIYN, YO ROBBAL OLAMIYN!

@laa_ilaaha_illallohu
📚📖📚АЛЛОҲ ТАОЛО ҲУЗУРИДАГИ ЭНГ АФЗАЛ НАМОЗ(жума кунининг яна бир фазли)

#БИР_ҲАДИС_ШАРҲИ

Абдуллоҳ ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
"Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: "АЛЛОҲ ҲУЗУРИДАГИ ЭНГ АФЗАЛ НАМОЗ–ЖУМА КУНИ ТОНГДАГИ НАМОЗНИ ЖАМОАТ БИЛАН ЎҚИШ", дедилар
".
(Имом Тобароний ривояти)

Бир тафаккур қилиб кўринг: ҳадисда ҳар кунги бомдод эмас, нега айнан "жума куни тонгдаги" намоз таъкидланяпти?

Чунки, бу ҳадис Қиёмат ҳақида хабар берилган ҳадиснинг мантиқий давомидир. Қиёматдан олдин қилишга улгурган энг охирги ишингиз ўша куни "тонгдаги намоз"ни жамоат билан ўқишингиз бўлса, қанчалар яхши!

Ўзи, умуман, бомдод намозини ҳар доим жамоат билан ўқиш афзал. Бироқ, айнан жума куни бунга янада қаттиқ аҳамият беришимиз керак экан. Чунки, бу Қиёматдан олдинги охирги солиҳ амалимиз бўлиб қолиши ҳам мумкин
.

———————————————

📚📖📚ALLOH TAOLO HUZURIDAGI ENG AFZAL NAMOZ(juma kunining yana bir fazli)

#BIR_HADIS_SHARHI

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "ALLOH HUZURIDAGI ENG AFZAL NAMOZ–JUMA KUNI TONGDAGI NAMOZNI JAMOAT BILAN O‘QISH", dedilar".
(Imom Tobaroniy rivoyati)

Bir tafakkur qilib ko‘ring: hadisda har kungi bomdod emas, nega aynan "juma kuni tongdagi" namoz ta’kidlanyapti?

Chunki, bu hadis Qiyomat haqida xabar berilgan hadisning mantiqiy davomidir. Qiyomatdan oldin qilishga ulgurgan eng oxirgi ishingiz o‘sha kuni "tongdagi namoz"ni jamoat bilan o‘qishingiz bo‘lsa, qanchalar yaxshi!

O‘zi, umuman, bomdod namozini har doim jamoat bilan o‘qish afzal. Biroq, aynan juma kuni bunga yanada qattiq ahamiyat berishimiz kerak ekan. Chunki, bu Qiyomatdan oldingi oxirgi solih amalimiz bo‘lib qolishi ham mumkin.

@laa_ilaaha_illallohu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/27 11:01:05
Back to Top
HTML Embed Code: