Telegram Web Link
Haqiqiy hurmatga sazovorlar – bayramingiz muborak bo'lsin!

@kutubxonachi_uzb
1 kvadrat metr

Biz musulmonlar tabiiy ilmlardagi qoloqligimiz uchun hali juda og‘ir hisobga tutilamiz.

Inson namoz o‘qishi uchun yer yuzida bir metrga bir metr (1 kv.m) joy kifoya qilishi mumkin.

Ammo ana shu kichikkina masjidni dushmandan himoya qilish uchun u Yerdan Mirrixgacha, balki Quyoshgacha cho‘zilgan bilim-ma’rifatga ega bo‘lishi lozim.

©️ Shayx Muhammad Gʻazzoliy,
📕"Dardlar va davolar" kitobidan.

@kutubxonachi_uzb
Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.

©️ Qosimbek Zokir

📕@kutubxonachi_uzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatandoshlik_dasturi

Yolg‘onga asoslangan jamiyatning belgilari:

• Xufyonalik, mavhumlik.
• Ikkiyuzlamachilik bir narsani o‘ylash, boshqasini aytish, uchinchisini qilish.
• Mustaqil bo‘lmagan qarorlar qabul etish - boshqalar tomonidan, boshqa joyda qilingan qarorni o‘ziniki sifatida rasmiylashtirish.
• Faoliyat — bu vosita. Maqsad esa faoliyatdan ko‘zlangan — natijadir. Yolg‘onga asoslangan jamiyatlarda esa faoliyatga maqsad sifatida qaraladi. Shu bilan birga:

— o‘quv muassasalarida o‘ylab topilib, taklif etilayotgan narsalarga ta’lim deyiladi;
— Madaniyat vazirligi va unga bo‘ysunuvchi muassasalar ishtirokida yaratilib, insonlarga tiqishtirilayotgan narsalarga madaniyat deyiladi;
— universitetlarda sodir bo‘layotgan teatrga ilm deyiladi;
— saylovlardagi ovoz isrofiga saylash deyiladi;
— hamtovoqlar majlislari va spikerlarning so‘z olishiga majlis deyiladi.

• Faoliyat deyilganda mazmun emas, balki shakl nazarda tutiladi.
• Ma’lumotlarning ishonchliligi muhokamaga qo‘yilmaydi.
• Ob’yektivlik o‘rniga o‘zboshimchalik hukm suradi (o‘zboshimcha, tubdan asossiz bo‘lgan qarorlarga "siyosiy qarorlar” deb nom beriladi).
• Axborot o‘rniga info shovqin tarqatiladi, siyosiy texnologlar jamiyatga “jahon tajribasi inobatga olinganini" va "susanbildan" xabarlarni taklif qiladi.
• Jamiyatni o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlardan qochiladi, tadqiqotlar o‘rniga so‘rovlar tashkil etilib, vasf qilishga buyurtmalar beriladi. Hokimiyatni egallab olganlar muammolarni shakllantirish va ularning paydo bo‘lish sabablarini (barqarorlashishi, chuqurlashishi, kengayishini) ko‘rib chiqishdan qochish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishadi.
• Havoiy qal’alar barpo etiladi (“strategiyalar" va "rivojlanish rejalari" tuziladi) va bajarilishi uchun zarur shartlar mavjud bo‘lmagan va’dalar beriladi.
• Bajarilmagan va’dalar uchun javobgarlik belgilanmaydi va kimningdir oldida, qachondir hisob berish nazarda tutilmaydi.

Shunday qilib, yolg‘onga asoslangan jamiyatda:
• fikr ham, bilim ham tarozining bir pallasiga joylashtiriladi;
• kurs, maqsad va vositalar chalkashtirib tashlanadi;
• faoliyat prinsiplari shakllantirilmaydi; • baholash hech qanday me’zonlar tizimiga asoslanmasdan, o‘zboshimchalik bilan amalga oshiriladi;
• va’dalar esa amalda bajarish uchun emas, balki saylovchilar ko‘nglini ovlash uchun beriladi.

©️ Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📕@kutubxonachi_uzb
#SIR

Yashash insonni ko‘r qiladi, ko‘rolmay qolasan. Quloqlaringni kar qiladi, eshitolmay qolasan. Tilingni lol qiladi, xohlasang ham gapirolmaysan.

Yashash qorong‘i quduqda bo‘lishdek gap. Shu quduqda oldini ko‘ra olishi uchun Alloh odamzodning qo‘liga sham beradi. O‘sha sham ko‘ngildir, olov bilan emas, ishq bilan yonadi. Bilmagan kishi umrini zulmatda o‘tkazib yuboradi. U shamni yoqolmaganga dunyo zindon bo‘ladi, lekin buni payqamaydi.

Qorong‘ilikka shunchalik o‘rganib ketganki, ko‘rmasa ham ko‘rdim deb o‘ylaydi. O‘lmasa ham o‘ldim deb biladi. Biroq o‘lim o‘sha quduqdan chiqmoqdir. Zulmatda qolgan kishi quduqdan chiqishni o‘lim deb o‘ylab, chiqqisi kelmaydi. O‘lishni, bilishni xohlamaydi. Odamzod qorong‘i quduqdan yorug‘likka chiqishdan nega qo‘rqsin?.
.

©️ Fotih Duman:
📕 "Sir. Oshiqlar o'lmas!"


@kutubxonachi_uzb
Bir olimdan so'rashdi:

— Oldingi zamondagi olimlarning pand-nasihatlari odamlarga ta’sir qilardi-yu, nega hozirgi olimlarniki ta’sir etmaydi?
— Ilgari zamonda olimlar uyg‘oq, odamlar uyquda edilar. Uyg‘oq kishi uyqudagini uyg‘ota olganidek, ularning pand-nasihatlari ham odamlarga ta’sirini o‘tkazar edi. Bugungi kunda esa olimlar uyquda, odamlar esa o‘lik. O‘zing ayt-chi, uyqudagi odam o‘likni tiriltira oladimi?

Yana so‘rashdi:
— Nima sababdan gaplarimiz oldingilarnikidek ta’sirchan va foydali emas?
— Chunki ular Islomning azizligi, nafslar najoti, Rahmonning roziligi uchun gapirishgan. Bizlar esa nafslar azizligi, boylik talabi va xaloyiqqa yoqish uchun gapiramiz. Avvalgilar hol tili (ya’ni yurish-turishlari) bilan va’z-nasihat qilishgan, bizlar esa quruq gapni so‘zlaymiz.

@kutubxonachi_uzb
#kitobdan

Odamlarni siyosatdan ajratish uchun rangsiz va zerikarli xabarlar ayni muddao. Davlat mafkurasi qanchalik murakkab va ahmoqona bo‘lsa, sodiq fuqarolarni, sodiqlikni imitatsiya qilayotgan muxoliflardan farqlash shuncha oson bo‘ladi. Faqatgina sodiq fuqarolar davlat doktrinasi qanchalik ahmoqona bo‘lmasin, uni chin dildan yod olishar va o‘rganishardi.

Propagandaning aynan ahmoqonaligi dissidentlarga hukumatning qay darajada kuchli ekanligi va odamlarni ma’nosiz narsalarni qaytarishga majbur eta olishini bildirib turar edi. Odamlardan qullarcha xushomadgo‘ylik va mantiqsiz da’volarni so‘roq-savolsiz qabul qilishni talab etish ular orasidan hukumatga shubha bilan qarovchilarni ajratishda qo‘l keladi. Bu esa rahbarlarga o‘ziga shak keltirmaydigan odamlarni tanlab olishga yordam beradi.

Rahbarga tamoman tobelikni namoyish etuvchilarni mukofotlash ularni boshqa qudrat egalariga bo‘lgan moyilligini kamaytirgan holda diktatorning hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.


📕 Sergey Guriyev, Deniel Treysman: "Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi"

@kutubxonachi_uzb
Hamma narsani, ignadan tortib raketagacha import qiladigan millat hech qachon g‘olib bo‘lmaydi. Import qilish, garchi sabablarni ushlashdan hisoblansada, bu noqis ushlash hisoblanadi. Chunki siz o‘zgaga bo‘yningizni topshirdingiz.

Qurol-aslahasini o‘zi yasamagan millat uni ishlatish erkiga ega bo‘lmaydi.


©️ Shayx Muhammad G‘azzoliy

@kutubxonachi_uzb
O‘qishga vaqt yo'q?

   "Bugun insonlar "o‘qishga vaqt yo‘q" deydigan bo‘lishdi. Ular bilmaydilarki, vaqtni o‘qish beradi.

Taajjublanmang! Inson tajribalaridan bir narsani o‘rganadi. Bu haqdir. Ammo insonning umri qisqa. Bilish uchun hamma narsani tajriba qilib ko‘rishga vaqti yetmaydi. O‘rganishning eng afzal yo‘li boshqalarning tajribasidan foydalanishdir. Bu esa o‘qish orqali bo‘ladi!".

©️ Shayx Ali Tantoviy

@kutubxonachi_uzb
Islomning qanday din ekanligini o'rganmoqchi bo'lsangiz – Islomni o'rganing, musulmonni emas.

©️ Husayn Buxoriy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUSULMONNING OTA-ONASI OLDIDAGI VAZIFALARI

1. Bu musulmonning iymon keltirgandan keyingi vazifasi:

«Robbingiz, Uning O’zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi» (Isro, 23).

2. Ota-onaga hurmat bilan munosabatda bo‘l:

«(Ey, inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga «uf!..» dema va ularni jerkma! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt!»(Isro, 23).

3. Ular haqida Allohga duo qil.

«Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: «Ey, Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!»»(Isro, 24).

4. Agar ular musulmon bo‘lmasalar ham ularga iltifotli bo‘l.

«Agar ular (ya’ni ota-onag) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalar-da,) dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin va o‘zing Menga tavba qilgan kishilarning yo‘liga ergashgin!»(Luqmon, 15).

5. Ayniqsa, onaga iltifotli bo‘l.

«Avvalo onangga yaxshilik qil, yana onangga va yana onangga yaxshilik qil, so‘ng otangga yaxshilik qil» (Termiziy).

6. Ularning vafotidan keyin esdan chiqarmagin.

«Inson vafot etganidan keyin, uch ishi o‘zi bilan hamroh bo‘ladi: joriy bo‘lib turgan sadaqasi, foyda keltirib turgan ilmi va uni duo qilib turgan farzandi» (Muslim).

7. Ular – jannat klitidir.

«Ota-onalarining kasallik vaqtida har ikkisini yoki biri bo‘lmaganida boshqasini rozi qilib jannatii bo‘lib olmagan farzand xor bo‘lsin, xor bo‘lsin va yana xor bo‘lsin» (Muslim).

8. Ota-onaga quloq solmaslik – gunohi kabiradir.

«Gunohning kattalari: Allohga shirk keltirmoqlik, inson qonini nohaq to‘kmoqlik, ota-onaga oq bo‘lmoqlik va yolg‘on guvohlik bermoklik» (Buxoriy)

@kutubxonachi_uzb
Sizda farzandlaringiz tarbiyasi uchun vaqt boʻlmasa, butun vaqtini ularni buzishga bagʻishlagan kishilar bor.

©️ Xolid Xulaybiy

#tarbiya

@kutubxonachi_uzb
Ilm 6 narsasiz yuqmaydi:

1. Zakovat
2. Harislik
3. Tirishqoqlik
4. Ta'minot
5. Ustoz
6. Uzoq vaqt

©️Husayn Buxoriy

@kutubxonachi_uzb
Tikoni yo'q yagona atirgul bu – Ona

©️ Jaloliddin Rumiy

@kutubxonachi_uzb
#LATOIF

Masjid imomi namozxonlarni kayfiyatini ko‘tarish uchun debdi:
– Hayotimdagi eng go‘zal lahzalar xotinimdan boshqa bir ayol bilan o‘tkazgan lahzalarimdir!

Masjiddagilar g‘ala-g‘ovur ko‘tarishdi. Imomning gapidan dahshatga tushishdi.

Imom davom etdi:
– Ha, eng go‘zal lahzalarim onajonim bilan o‘tkazgan lahzalarim ekan!

Namozxonlar bu safar takbir va olqishlar aytishdi. Ba’zi kishilarning hatto ko‘zlari ham yoshlandi.

So‘ngra namozxonlardan biri uyiga borib oshxonada kechki ovqat tayyorlayotgan xotiniga imomning gapiga o‘xshash gapni aytib uni xursand qilmoqchi bo‘ldi. Ammo gapning avvalgi qismini aytib toki ikkinchi qismini aytgunicha xotini uning boshiga kapkir bilan urdi.

Erning bosh suyagini amaliyoti olti soat davom etdi.

Ahmoq xotin bechora eriga "onam bilan" degan gapini aytishga fursat ham bermadi.

Gapni qayerda va kimga gapirish juda ham muhim ekandaa, aaa shunaqami?!

©️ Abdulqodir Polvonov

@kutubxonachi_uzb
Kitobga navbatda turmagan avlod, metanga navbatda turadi.

@kutubxonachi_uzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muloqotdagi eng katta xatoyimiz shuki, tushunish uchun quloq solmaymiz, javob berish uchun tinglaymiz.

@kutubxonachi_uzb
2025/04/08 12:30:59
Back to Top
HTML Embed Code: