Telegram Web Link
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

Qirg‘izistonda soat 17:09 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyati tumanlarida ham sezildi (2–3 ball). Zilzilani O‘zbekistonning boshqa hududlari, jumladan poytaxt Toshkent shahrida yashovchilar ham sezishgan.

👉 https://kun.uz/63530473

Kun.uz rasmiy kanali
Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar tashkil etiladi

Yangi o‘quv yilidan yana 1 mingta maktabda Prezident maktabi baholash tizimi qo‘llana boshlaydi.

👉 https://kun.uz/30990169

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentdan Ostonaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Samolyot havoga ko‘tarilganidan 45 daqiqa o‘tib, Toshkentga qaytishga majbur bo‘lgan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, bu havo kemasining yuk bo‘limi eshiklari yopilmay qolgani tufayli yuz bergan.

👉 https://kun.uz/03662942

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi

Yangilangan institutga “mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuchaytirish, ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, jadidlarning tarbiyaviy qarashlarini ilmiy tadqiq etish kabi vazifalar qo‘yiladi.

👉 https://kun.uz/70955896

Kun.uz rasmiy kanali
Vovchansk shturmi davom etmoqda, Moskvada harbiy ko‘rgazma

Urushning 846-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/07307202

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya va KXDR strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi

Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi kelishuv, jumladan, tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. G‘arb Ukrainadagi urush fonida RF va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik yanada kengayishidan xavotirda.

👉 https://kun.uz/15749974

Kun.uz rasmiy kanali
Tuman va shaharlarning master rejalari yuzasidan axborot berildi

Davlat rahbari aholi uchun qulay infratuzilma, savdo va ko‘ngilochar joylar, yuqori daromadli ish o‘rinlari tashkil qilishni hozirdan boshlash lozimligini ta’kidladi. Master rejalar ishlab chiqilishi va monitoringi bo‘yicha vertikal tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/05856156

Kun.uz rasmiy kanali
Namanganda opa-singilni sel vaqtida devor bosib qoldi

Hodisa oqibatida 14 yoshli qiz voqea joyida vafot etgan. Hozirda 16 yoshli qizning ham ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/78774462

Kun.uz rasmiy kanali
Qoraqalpog‘istonda bolalarni olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Jarohatganganlar bor. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

👉 https://kun.uz/31884440

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
19 iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

Malakali o‘qituvchilarning maoshlarini oshirish taklif etildi, deputat O‘zbekistonda Otalar kuni belgilanishini olqishladi, Bo‘stonliq tumaniga eltuvchi yo‘lda yangi tunnel ochildi.

👉 https://kun.uz/55708784

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishda qiyinchilikka uchramoqda. RF TIVga so‘rov yuborildi

Oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolarining RF hududiga kirishdagi qiyinchiliklar haqidagi murojaatlari ko‘paygan. O‘zbekistonliklar aeroport xodimlarining haddan tashqari uzoq qo‘shimcha tekshiruvlaridan shikoyat qilyapti. Moskvadagi elchixona Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qildi.

👉 https://kun.uz/01884460

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda tom baravar taxlangan un qoplari ayolni bosib qoldi

Voqea 18 iyun kuni kechga yaqin Navoiy shahridagi Markaziy dehqon bozorida sodir bo‘lgan. Tirik qolgan ayol shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va bir kun o‘tib o‘ziga kelgan. Jabrlanuvchining yaqinlari IIB xodimlari va boshqa mas’ullar holatga e’tiborsiz bo‘layotganidan norozi.

👉 https://kun.uz/64832176

Kun.uz rasmiy kanali
Dunyodagi eng issiq va eng sovuq mamlakatlar ma’lum qilindi

Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston eng sovuq mamlakatlar o‘ntaligidan joy oldi. Eng issiq mamlakatlar reytingida Afrika davlatlari ustunlik qilmoqda.

👉 https://kun.uz/76455071

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston ish haqi darajasi bo‘yicha dunyoda 119-o‘rinni egalladi

Mamlakatda o‘rtacha ish haqi 351 dollarni tashkil etadi. MDH davlatlari orasida O‘zbekiston 8-o‘rinda qayd etildi.

👉 https://kun.uz/70586619

Kun.uz rasmiy kanali
Bolqoncha telbalik va nemis mashinasi yurishi. Yevroning oltinchi kuni qanday o‘tdi?

Pley-offning ilk ishtirokchisi ma’lum.

📹 👉 https://kun.uz/58192139

Kun.uz rasmiy kanali
Gaz va "svet"dan noqonuniy foydalanish holatlari qaysi hududlarda ko‘proq kuzatilayotgani aytildi

O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvaridan 15 iyunigacha gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

👉 https://kun.uz/36803007

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustunga borib urildi

2005 yilda tug‘ilgan haydovchi Ibn Sino ko‘chasida mashina rul boshqaruvini yo‘qotgan. U shifoxonaga olib ketildi.

👉 https://kun.uz/64050659

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

20-24 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

👉 https://kun.uz/72770308

Kun.uz rasmiy kanali
Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi

Budjet muassasalari va tashkilotlari (tibbiyot muassasalari va barcha turdagi maktablardan tashqari) xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi respublikadagi budjet muassasalari va tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi.

👉 https://kun.uz/79708647

Kun.uz rasmiy kanali
2024/11/20 08:23:37
Back to Top
HTML Embed Code: