Telegram Web Link
Samarqandda Nexia-3 yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzuʼga urildi. Ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

Yo‘lovchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi shifoxonada vafot etgan.

👉 https://kun.uz/25394668

Kun.uz rasmiy kanali
NYT urush boshidagi Rossiya-Ukraina muzokaralari hujjatlarini e’lon qildi. Ulardan nimalarni bilish mumkin?

Bu muzokaralar 2022 yil fevral oyi oxiri, mart va aprel oylari davomida Belarus hamda Turkiyada bo‘lib o‘tgandi. Ammo tomonlar kelisha olmagan. Ukrain delegatsiyasi ayniqsa mamlakatga hujum qilinganda yordam berishi kerak bo‘lgan kafil davlatlar qatorida Rossiya ham keltirilganiga rozi bo‘lmagan.

👉 https://kun.uz/25515738

Kun.uz rasmiy kanali
Rostovdagi tergov izolyatorida mahbuslar ikki xodimni garovga olishdi

Kamida besh nafar ayblanuvchi (ular orasida terrorchilikda ayblanganlar ham bor) Federal jazoni ijro etish xizmatining (FSIN) ikki xodimini qo‘lga olgan.

👉 https://kun.uz/51961565

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rostovdagi tergov hibsxonasida garovga olinganlar ozod etildi

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, jinoyatchilar bartaraf etilgan, ulardan ikki nafari halok bo‘lgan, yaradorlar soniga aniqlik kiritilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda binoga tez yordam mashinalari kirayotgani aks etgan kadrlar tarqaldi.

👉 https://kun.uz/51961565

Kun.uz rasmiy kanali
Kuchli yomg‘ir sababli ayrim hududlarni suv bosishi mumkin

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17–19 iyun kunlari yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/59212298

Kun.uz rasmiy kanali
Shveytsariyada jahon siyosatchilari tinchlik sammitiga yig‘ildi, Xarkiv atrofida janglar davom etmoqda

Urushning 843-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/24791068

Kun.uz rasmiy kanali
100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar

Arxivlarda o‘zbekistonliklar o‘tgan asrda Qurbon hayitini qanday nishonlaganiga oid fotolar, juda kam bo‘lsa-da, saqlanib qolgan. Asosiy tarixiy suratlar 1870- va 1950-yillarni o‘z ichiga oladi. Kun.uz Kinofotofono hujjatlari arxividan 19-asr oxiri, 20-asr o‘rtalarida o‘zbekistonliklar Qurbon hayitini qanday o‘tkazganiga oid suratlarni izlab ko‘rdi.

👉 https://kun.uz/33881395

Kun.uz rasmiy kanali
«Futbol muhimroq». Yevropa chempionati klublar futbolidan afzalroqligi haqida

Nega, klublar futboli ustunliklarga ega bo‘lib turib ham, jahon yoki Yevropa chempionatini o‘zgacha shukuh bilan kutib olamiz? Nega bir onda, ochilish o‘yinida madhiyalar yangrashi bilan hamma argumentlar unutiladi-da, «mana shu biz bilgan va sevgan futbol» deb yuboramiz?

👉 https://kun.uz/50714108

Kun.uz rasmiy kanali
Shveytsariyada qanday bayonotlar yangradi? - tinchlik sammitidan iqtiboslar

15-16 iyun kunlarida Shveytsariyaning Byurgenshtok kurort shahrida tinchlik sammiti o‘tkazilmoqda. 90 dan ortiq davlatlar o‘z vakillarini yuborishgan, aksar mamlakatlarning davlat yetakchilari sammitda qatnashishdi. Xo‘sh, sammitda qanday bayonotlar berildi?

👉 https://kun.uz/15447578

Kun.uz rasmiy kanali
Yevrosiyo bo‘ylab Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha – dunyoning eng uzun temiryo‘l yo‘nalishlari qayerda joylashgan?

201-yilda Xitoy “Yangi ipak yo‘li” nomi bilan yangi temiryo‘l yo‘nalishi ochdi. Bu yo‘nalish uzunligi 13 052 km bo‘lib, unda poyezd Xitoyning Iu shahridan Ispaniya poytaxti Madridgacha boradi. 2021 yilda Laosda 414 km uzunlikda temiryo‘l qurildi va shundan so‘ng Singapurdan Portugaliyagacha poyezdda borish imkoniyati paydo bo‘ldi. Biroq “Yangi ipak yo‘li”dan farqli ravishda Singapur-Portugaliya yo‘nalishida muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilmagan.

👉 https://kun.uz/82459716

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil G‘azo janubidagi amaliyotlarda doimiy tanaffuslar e’lon qildi

Isroillik harbiylar G‘azo janubidagi yo‘l bo‘ylab amalga oshirilayotgan harbbiy harakatlarda har kuni «taktik pauza» joriy etilganini ma’lum qildi, bundan maqsad u yerga insonparvarlik yordamlari yetkazib berilishiga imkoniyat yaratishdir. Ammo, ularning so‘zlariga ko‘ra, hali harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida gap ketmayapti va Rafahdagi amaliyot davom ettiriladi.

👉 https://kun.uz/61350576

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aeroportdagi deportlar va harbiy sohadagi hamkorlik istiqbollari - Turkiya elchisi bilan suhbat

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iyun oyi boshida Turkiyaga rasmiy tashrifini amalga oshirgandi. Anqarada qaysi mavzular muhokama qilindi va natijalar qanday bo‘ldi? Prezidentlar mudofaa sohasida, shuningdek, KAAN qiruvchi samolyotlar masalasini ham muhokama qilganmi? Kun.uz shu kabi savollar bilan Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan suhbatlashdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Bugun - Otalar kuni: bu qanday bayram va unga kim asos solgan?

16-iyun kuni butun dunyoda ko‘pchiligimiz uchun nisbatan yangi, biroq tobora ommalashib borayotgan bayram - Otalar kuni nishonlanmoqda.

👉 https://kun.uz/19458264

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda anomal issiq qachon kuzatilishi mumkinligi aytildi

O‘zbekistonda joriy yilning iyul va avgust oyi boshlarida g‘ayritabiiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti prognozida ma’lumot berildi.

👉 https://kun.uz/35335019

Kun.uz rasmiy kanali
Yevroda ilk sensatsiya va mushtlashuvlar. Uchinchi kun o‘yinlari

Uch yil oldingi chempionatda yuragi to‘xtab qolgan Eriksen gol urdi. Turnirda ilk durang qayd etildi.

📹 👉 https://kun.uz/64388835

Kun.uz rasmiy kanali
Zelenskiy ikkinchi «tinchlik sammiti»da Rossiya ham qatnashishi mumkinligini inkor etmadi

Ukraina bir necha oylardan so‘ng ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Ayni paytda Kiyev tadbirdan qatnashishga tayyorligini bildirgan bir nechta davlatlar bilan muzokara olib bormoqda.

👉 https://kun.uz/64949390

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zganing mashinasini olib qochgan o‘ta xavfli retsidivist 15 yilga qamaldi

Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan shaxs 15 yil muddatda ozodlikdan mahrum etildi.

👉 https://kun.uz/83773708

Kun.uz rasmiy kanali
Saidaziz “medgorodok”ga nisbatan yana bir sud boshlandi

Mazkur ish ham uyushgan guruh bo‘lib tovlamachilik sodir etish va juda ko‘p miqdordagi firibgarlik bilan bog‘liq. Mulkini tortib olish maqsadida jabrlanuvchini 6-qavatdan uloqtirib yuborish bilan qo‘rqitib sodir etilgan jinoyatning asosiy ishtirokchilaridan biriga garov ehtiyot chorasi tanlangan. U ayni paytda muqaddas Haj ziyoratini ado etmoqda.

👉 https://kun.uz/52558575

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/02 20:31:00
Back to Top
HTML Embed Code: