Telegram Web Link
Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol rafiqalari bilan Registon maydoniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Koreya yetakchilarining muloqoti Samarqandda davom etmoqda.

👉 https://kun.uz/49181842

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda avtobus yonib ketdi

Sergeli tumani Lutfkor ko‘chasida Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

👉 https://kun.uz/93485328

Kun.uz rasmiy kanali
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 17-19 iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/44914085

Kun.uz rasmiy kanali
Senat aralashuvi bilan bojxonada qolib ketgan liftlar chiqarildi, lekin muammo hal bo‘lmadi

Kun.uz lift import qiluvchi tadbirkorlar mart oyidan beri tovarlarini bojxonadan olib o‘ta olmayotgani haqida yozgandi. Masalaga Senat aralashgach, 36 ta tadbirkorlik subyektining 150 ta lift uskunasi bojxonadan o‘tkazilgan, lekin muammo ochiqligicha qolmoqda: sertifikatlari to‘xtatib qo‘yilgan tadbirkorlar yangi shartnomalar tuza olmaydi.

👉 https://kun.uz/51329167

Kun.uz rasmiy kanali
“Xorazmcha reyderlik” takrorlandi: Urganch tumanida dehqonning g‘allasi tortib olingan

Ijaraga yer olib, g‘alla yetishtirgan Islombek Rajapov hosilni o‘rib olishga kirishganida IIB xodimlari kelib, kombaynni to‘xtatgan. Dehqon ikki sub’yekt o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan yetishtirgan bug‘doyini mahalliy klasterga topshirishga majburlangan.

👉 https://kun.uz/83735310

Kun.uz rasmiy kanali
Energotejamkor qurilmalarni o‘rnatgan iste’molchilarga tarif chegirmasi beriladi

Iste’molchiga eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirganlik uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi, bunda chegirmali tarifda hisob-kitob qilinadigan elektr energiyasining miqdori iqtisod qilingan energiya hajmiga teng bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/29810271

Kun.uz rasmiy kanali
Seul: KXDR Rossiyaga 5 mln artilleriya snaryadini topshirdi

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligining fikricha, Vladimir Putin Pxenyanga tashrifi chog‘ida Kim Chen In bilan KXDRdan Rossiyaga keyingi qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasini muhokama qiladi.

👉 https://kun.uz/09193245

Kun.uz rasmiy kanali
«Haqiqiy elita» bilan uchrashgan Putin va Vovchanskda pozitsiyani mustahkamlayotgan jangchilar

Urushning 842-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/94632438

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya ortidan AQSH ham Kuba sohillariga atom suvosti kemasi yubordi

Karib dengizida vaziyat taranglashmoqda, deyishga hali erta, ammo dunyodagi ikki yadroviy jihatdan eng qudratli davlatlar atom suvosti kemalari Kuba sohillarida ko‘rinish berdi. Bu qanchalik xavotirli?

📹 Tafsilotlar
Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi bojxona posti sentabrda foydalanishga topshiriladi

Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalarini bog‘lovchi chegara bojxona posti qurilish ishlari jadallashdi.

👉 https://kun.uz/25561557

Kun.uz rasmiy kanali
Foto: Koreya prezidenti Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamda ularning rafiqalari Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, “Afrosiyob” muzeyi va “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi. 3 kunlik tashrif yakunida mehmonlar Samarqand xalqaro aeroportidan kuzatib qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/45853754

Kun.uz rasmiy kanali
Mirziyoyev Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Shu bilan prezidentning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

👉 https://kun.uz/32080214

Kun.uz rasmiy kanali
Yetarlicha ovqatlanmayotgan bolalar, Notcoin sabab qamalganlar va energetikaga yana 14 trln - hafta dayjesti

O‘zbekistonda 5 yoshgacha bolalarning deyarli yarmi oiladagi yetishmovchilik sabab sifatli ovqatlanmaydi. Kriptoaktivlarni noqonuniy sotganlar qamalmoqda. Energetika tizimini qishga tayyorlash uchun yana milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratildi. Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Prezident barchaga sihat-salomatlik, xonadonlarga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tiladi. Ushbu fayzli bayram ibrat maktabi, kuch-g‘ayrat manbai bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/14776390

Kun.uz rasmiy kanali
Shveysariyada tinchlik sammiti boshlandi. Bu urush tugashiga yordam beradimi?

Sammitga Putin taklif qilinmadi, Si Jinping qatnashishni istamadi, Jo Bayden esa Italiyadan AQSHga qaytib, o‘rniga Kamala Harrisni yubordi.

👉 https://kun.uz/11376377

Kun.uz rasmiy kanali
Ispaniya o‘yinida hakamlik mojarosi, Italiyaga rekord tezlikda gol urildi. Yevroda kun o‘yinlari

Vengrlar ulkan hujumchisi bilan hayratda qoldirdi. Yevropa chempionatining A va B guruhlarida birinchi turdan keyin favoritlar ma’lum.

📹 👉 https://kun.uz/70783704

Kun.uz rasmiy kanali
Teng sheriklik, savdo va migratsiya: O‘zbekiston–Koreya aloqalari haqida mutaxassislar bilan suhbat

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 3 kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Rasmiy Toshkent ikki ma’muriyat davrida ham Koreya bilan iliq, do‘stona aloqalarga ega. Kun.uz muxbiri mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik masalalari haqida so‘z yuritish uchun siyosiy tahlilchi Jasurbek Po‘latov va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Dostonbek Olimjonovni taklif etdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
2024/10/02 18:22:29
Back to Top
HTML Embed Code: