Telegram Web Link
Ko‘p energiya sarflaydigan kompaniyalar har 3 yilda energiya auditidan o‘tadi

Yangi tizimga ko‘ra, yiliga kamida 4 mln kilovatt elektr yoki 375 ming kub metr gaz sarflaydigan yirik iste’molchilar har 3 yilda energiya auditidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Energiya auditi faqat xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkaziladi. Auditdan o‘tmagan korxonalar bilan gaz va elektr uchun oshirilgan tarifda hisob-kitob qilinadi.

👉 https://kun.uz/39908481

Kun.uz rasmiy kanali
Surxondaryoda yer silkinishi kuzatildi

Surxondaryoning qator tumanlarida zilzila kuchi 2-3 ballni tashkil etdi.

👉 https://kun.uz/83826374

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonliklarning kommunal xizmatlar qimmatlashishidan xavotirlari keskin ortgan

Tadbirkorlarning ham, aholining ham kommunal xizmatlar qimmatlashishidan xavotirlari oshgan. Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (18,6 foiz) va Qashqadaryo viloyatida (16,5 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston (11,9 foiz) va Jizzax viloyatida (12,1 foiz) qayd etilgan.

👉 https://kun.uz/92371454

Kun.uz rasmiy kanali
Qurbon hayiti 16 iyun kuni nishonlanadi

Qurbon hayiti birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/16739644

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh chegarachilariga o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish buyurildi

O‘zbekiston, Rossiya, Gurjiston, Moldova, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan noqonuniy migrantlar Kaliforniya chegarachilari tomonidan zudlik bilan deportatsiya qilinishi kerak, deb yozadi NYP. Boshqa noqonuniy muhojirlarga Qo‘shma Shtatlarga kirishga ruxsat berilishi mumkin, ammo ular boshpana so‘rab murojaat qila olmaydi.

👉 https://kun.uz/41207518

Kun.uz rasmiy kanali
“O‘nlab qo‘shiqchilar ustidan sudga ariza kiritganmiz” – Avazbek Olimovni sudda yutgan shoira

Shoira Mahliyo Ahrorova Kun.uz bilan suhbatda qo‘shiqchi va bastakorlardan she’rdan foydalanishdan oldin uning muallifini rozi qilishlarini so‘radi. U xonanda Avazbek Olimovni sudga berishdan maqsadi faqat pul bo‘lmaganini aytdi.

👉 https://kun.uz/22964885

Kun.uz rasmiy kanali
Poytaxt Transport bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Fazliddin Bahromov Toshkent shahar transport va yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ungacha bu lavozimda ishlagan Anvar Jo‘rayev 4 oy oldin qamoqqa olinib, mansab soxtakorligi va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarida gumonlanayotgandi.

👉 https://kun.uz/51403967

Kun.uz rasmiy kanali
Kuniga 6,6 kilovattdan ko‘p sarflangan elektr uchun qimmat narxda to‘lov qilinishi rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun yangi joriy etilgan o‘suvchan oylik tariflar kunlik iste’mol uchun alohida tarzda amal qilayotgani haqida xabar tarqaldi. Unda kunlik sarfi 6,6 kVt/soatdan oshgan tok uchun qimmat narxda to‘lov qilinishi aytilgan.

👉 https://kun.uz/48208931

Kun.uz rasmiy kanali
Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi

Toyloq tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Voqea sabab piyodalar va Damas ichidagi yo‘lovchi jarohat oldi.

👉 https://kun.uz/98165143

Kun.uz rasmiy kanali
OAV Baxmutni egallash paytida vagnerchilar orasidagi yo‘qotishlarni hisoblab chiqdi

«Vagner» XHK qurbonlarning qarindoshlariga dafn puli sifatida 108 milliard rubl to‘ladi, Baxmut yaqinidagi janglarda 19,5 ming yollanma askar, asosan - mahbuslar halok bo‘lgan, deyiladi «Mediazona» va VVS surishtiruvida.

👉 https://kun.uz/11618240

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda otashkesim haqida rezolyutsiya, rossiyalik shaxmatchilarga sanksiya, Meksikadan kirayotgan noqonuniy migrantlarga taqiq - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/20961463

Kun.uz rasmiy kanali
Hisorak suv ombori. U qachon qurilgan va Qashqadaryo uchun nimasi bilan muhim?

11-iyunga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatidagi Hisorak suv ombori to‘g‘onidan suv sizib chiqayotgani va atrofdagi aholi xavfsiz joylarga ketishga urinayotgani haqida vahimali xabarlar tarqaldi. Ko‘p o‘tmay rasmiylar vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qilishdi. Quyida ushbu suv ombori haqida asosiy ma’lumotlar keltiriladi.

👉 https://kun.uz/10906991

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda avtoservisda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 ta avtomobil zarar ko‘rdi

4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yordamida o‘chirilgan yong‘in natijasida avtoservis ichki qismi va ichki qismida bo‘lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.

👉 https://kun.uz/22584008

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Saidaziz medgorodok» ishi: Sud jarayoni boshlandi

Jinoyat olami vakili sifatida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va yana 28 kishiga nisbatan sud ishi boshlandi. Sud majlisida ishtirok etayotgan Kun.uz muxbiri yuborgan ushbu videoda Saidaziz Saidaliyevning shaxsiga aniqlik kiritilgani aks etadi.

«Saidaziz medgorodok» va uning jinoiy sheriklari nimalarda ayblanmoqda?- batafsil.

Kun.uz rasmiy kanali
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi

Sudga qadar ish yurituvda protsessual qarorga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda alohida sudyalar - tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etiladi.

👉 https://kun.uz/71128284

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hisorak suv omborida hech qanday favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagan” — favqulodda vaziyatlar vaziri

Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev Hisorak suv omborining quyi qismidan turib, bayonot berdi va bu yerda hech qanday favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagani, shu sabab xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi. “Hisorak suv ombori odatdagidek ishlamoqda, barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan va uning toshib ketish xavfi yo‘q”, dedi vazir.

👉 https://kun.uz/88618915

Kun.uz rasmiy kanali
«Navoiyazot» narxlarni sun’iy oshirish yo‘li bilan katta miqdorda daromad olgan

2021-2023 yillarda «Navoiyazot» AJ mineral o‘g‘it, polivinilxlorid va formalin mahsulotlarini tegishli jadval bo‘yicha birjaga chiqarmagan. Taklifning sun’iy ravishda kamaytirilishi ortidan narxlar 10 foizdan 50 foizgacha qimmatlashgan. Buning oqibatida jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan.

👉 https://kun.uz/64543472

Kun.uz rasmiy kanali
Qambarota GES-1 qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuv imzolandi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv-energetika resurslaridan foydalanishni muvofiqlashtiradi.

👉 https://kun.uz/86011417

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda Turkiya tajribasi asosida tog‘-adirlarni o‘zlashtirish boshlanadi

Turkiya tajribasi asosida tog‘-adirlarni o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi hamda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash tizimi joriy qilinadi.

👉 https://kun.uz/09452592

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Saidaziz medgorodok” ishida sudlanayotganlardan biri sobiq IIB xodimi - video

Sud kursisida o‘tirgan 29 shaxsdan biri Ulug‘bek Rahimov sobiq IIB xodimi hisoblanadi. U ishda jabrlanuvchi sifatida qatnashayotgan Xurshid Yo‘ldoshev bilan o‘rtalaridagi pul oldi-berdisini hal qilishda Saidaziz Saidaliyevning “xizmati”dan foydalangan.

👉 https://kun.uz/94962969

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/02 04:36:33
Back to Top
HTML Embed Code: