Telegram Web Link
Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi

Nijyegorod viloyatida qishloq xo‘jaligi, qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, dehqonchilik sohasida 5 mingdan ortiq ishchilar zarur bo‘lib, o‘rtacha oylik ish haqi 50-70 ming rublni tashkil etadi.

👉 https://kun.uz/54110862

Kun.uz rasmiy kanali
Bojxona boji qiymatlari JST talablariga moslashtiriladi

2025-yil 1-yanvardan eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilayotgan subsidiya va preferensiyalar, shu jumladan, tovarlarni eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, transport xarajatlarini qisman qoplab berishga oid imtiyozlar bekor qilinadi.

👉 https://kun.uz/68539169

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani mashina urib ketdi

Qiz jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

👉 https://kun.uz/37026086

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BMT ekspertlarining chaqirig‘i, tinchlik sammitiga bormaydigan Bayden va Erondagi saylovda qatnashadigan nomzodlar - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/38746827

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya hududiga AQSh qurollarida zarba yo‘llashga ruxsat berildi. WP tafsilotlarni aniqladi

Muzokaralarga Xarkiv oblastidagi vaziyat ta’sir ko‘rsatgan.

👉 https://kun.uz/32162821

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qanday reja qilinishiga qarab Toshkentdagi yashilligimiz saqlanib qoladi yoki kamayadi" – Saidazim Sharipov

Yangi Toshkentni barpo etish direksiyasi boshqarma boshlig‘i Saidazim Sharipovning aytishicha, poytaxtdagi ijro organlarining yangi shaharga ko‘chirilishi davomida yashillik darajasi kamayish ehtimoli bor. "Chunki u joyni sotib olgan odam maksimal foyda ko‘rishga harakat qiladi, daraxt egallab turgan kvadrat metr ham foyda",– deydi u Kun.uz'ga bergan intervyusida.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Jondor tumanida Nexia YTHga uchrab, 3 kishi halok bo‘ldi

A-380 avtomagistralining 305-kilometrida sodir bo‘lgan hodisaga mashinaning g‘ildiragi yorilishi sabab bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/50647574

Kun.uz rasmiy kanali
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari majlisida qatnashdi

O‘zbekiston hukumati rahbari YeOII sammitidagi nutqida “yashil” koridor tizimlarini kengaytirish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/27565497

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonlik merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

11 ta davlatdan jami 36 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston merganlari 5 marta rekord natija qayd etib, mezbon jamoani ham ortda qoldirgan.

👉 https://kun.uz/17522693

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent tumanida tez yordam shifokori kaltaklandi

Chaqiruvga binoan manzilga borgan shifokor bemor tomonidan kaltaklangan. Oqibatda u bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng pastki jag‘da yumshoq to‘qimalar lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

👉 https://kun.uz/50444918

Kun.uz rasmiy kanali
Donbassdagi janglarning navbatdagi kuni va Donetsk oblasti o‘qqa tutilishi

Urushning 831-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/58129544

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baydenning G‘azo bo‘yicha takliflari: siyosatshunoslar nima deydi?

AQSh prezidenti Jo Bayden G‘azo sektorida otashkesim rejasini e’lon qildi. HAMAS bu taklifni olqishladi, Netanyahu kabinetida esa munozara davom etyapti. “Geosiyosat” G‘azo atrofidagi so‘nggi voqeliklarni siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Bektosh Berdiyev bilan tahlil qildi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga boradi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

👉 https://kun.uz/95137037

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston JSTga yaqinlashmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga berilgan qator imtiyozlar bekor qilinadi

Videoda – Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga qaratilgan prezident farmonining muhim jihatlari bilan tanishing.
Jahon xabarlari

🇺🇦 AEXA: Zaporijjya AESda barcha xavfsizlik tamoyillari buzilgan

🇳🇱 Niderlandiya Ukrainaga Rossiyaga qarshi F-16’dan foydalanishga ruxsat berdi

🇷🇺 Rossiya Ukraina zarbalari «halokatli oqibatlarga» olib kelishi haqida ogohlantirdi

🇮🇱 Isroil HAMAS garovga olgan yana to‘rt kishi vafot etganini xabar qildi

🇺🇸 AQShda Baydenning o‘g‘liga qarshi birinchi sud jarayoni boshlandi

Kun.uz rasmiy kanali
Karib dengizidagi orol suv ostiga ketmoqda - uning aholisi esa materikka ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda

«Iqlim muhojirlari» tashlab ketishga majbur bo‘layotgan oroldan fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/99792023

Kun.uz rasmiy kanali
Kafolatlanmagan korporativ qarzlarni qaytarish O‘zbekiston hukumatining zimmasiga tushib qolishi xavfi bor — S&P

S&P xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “BB-” (barqaror kutilma) darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Agentlikka ko‘ra, hukumatning likvid aktivlari miqdori 2017-2023 yillar oralig‘ida YaIMning 37 foizidan 13 foizigacha qisqarib ketgan. Tashqi qarzlar miqdori esa avvalgi prognozlarga qaraganda tezroq oshishi kutilyapti.

👉 https://kun.uz/31196345

Kun.uz rasmiy kanali
16 yoshga to‘lganlarga moped va skuterlarni guvohnomasiz boshqarishga ruxsat berilishi mumkin

Strategik islohotlar agentligi haydovchilik guvohnomalarining kichik toifalarini joriy etishni taklif qilmoqda. Agentlikka ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan shaxslarga tezligi 50 km/soatdan oshmaydigan yengil mototransport vositalarini guvohnomasiz boshqarishga ruxsat berilishi, ayrim turdagi haydovchilik guvohnomalarini olishda avtomaktabda o‘qish majburiyati bekor qilinishi kerak.

👉 https://kun.uz/07820615

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4 iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yo‘lida muhim qadam tashladi: bir qator yirik monopolistlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlar bekor qilinadi. Futbol o‘yini vaqtida IIB xodimlariga tosh otib, qarshilik ko‘rsatgan 13 kishi qamaldi. O‘zbekistonlik merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada chempion bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/86141934

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda Nexia-3 yonib ketdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida Nexia-3 mashinasining motor qismida yong‘in kelib chiqdi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Jarohatlanganlar yo‘q.

👉 https://kun.uz/16218225

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/01 07:10:52
Back to Top
HTML Embed Code: