Telegram Web Link
«Davlatimiz ertangi taqdiri sizlarning qo‘lingizda» - prezident maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev yoshlarga yangi hayot ostonasida turishganini, bu yo‘lda tinimsiz izlanib, yangi marralar sari talpinish, dadillik va qat’iy ishonch hissi doimo hamroh bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/02673405

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
24 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Harvarddagi ilk o‘zbek fan doktori, Putinning tashrifi, Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar - O‘zbekistonda 24 may kuni yuz bergan muhim va shov-shuvli voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/50180300

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonlik yana bir olim AQShning nufuzli universitetida fan doktori bo‘ldi

O‘zbekistonlik Damir Musayev AQShdagi Yel universitetida genetika sohasida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, fan doktori ilmiy darajasini oldi.

👉 https://kun.uz/uz/58768776

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Narx urushi”. Nima uchun Xitoy elektromobillari juda arzon?

Qanday qilib Xitoy kompaniyalari jahon avtomobil bozorining an’anaviy yetakchilari – nemislar, yaponlar va amerikaliklarni ortda qoldiryapti?

👉 https://kun.uz/89405280

Kun.uz rasmiy kanali
Eronda prezident vertolyoti halokati bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi

Halokatga uchragan vertolyot bo‘laklarida o‘q izlari yoki shunga o‘xshash talafot aniqlanmadi.

👉 https://kun.uz/62167654

Kun.uz rasmiy kanali
Bahorning seryog‘in kelishi qishloq xo‘jaligi ekinlariga qanday ta’sir qilishi aytildi

Yog‘ingarchilik miqdori va respublikadagi mavjud suv omborlardagi suv zaxiralari, shuningdek, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida joylashgan tog‘lardagi qor zaxiralarini hisobga olib, suv yetishmovchiligining 30-35 foiz qismini qoplashi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/87382801

Kun.uz rasmiy kanali
Qodirov Daudovni Checheniston hukumati rahbari lavozimiga taklif qildi

Checheniston hukumatining sobiq raisi Muslim Xuchiyev Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning yordamchisiga aylandi.

👉 https://kun.uz/20566634

Kun.uz rasmiy kanali
Navoiyda dars paytida cho‘milishga borgan o‘quvchi cho‘kib ketdi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/91147456

Kun.uz rasmiy kanali
Amudaryo yuqori va o‘rta oqimida suv toshqinlari bo‘lishi kutilmoqda

Turkmaniston Gidrometeorologiya xizmati Tojikiston va Afg‘onistonda kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan, Amudaryoda suv sathining ko‘tarilishi haqida ogohlantirmoqda.

👉 https://kun.uz/39187051

Kun.uz rasmiy kanali
Davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTM kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etilyapti.

👉 https://kun.uz/69676541

Kun.uz rasmiy kanali
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi.

👉 https://kun.uz/23855818

Kun.uz rasmiy kanali
Davlat OTM bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi

Abituriyentlar 5 iyundan 25 iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

👉 https://kun.uz/93425361

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda yangi qurilayotgan turar joyda ishchini tuproq bosib qoldi

Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan turar joy chuqurida ishchini tuproq bosib qoldi. FVV qutqaruvchilari uning hayotini saqlab qoldi.

👉 https://kun.uz/83840202

Kun.uz rasmiy kanali
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi

Oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’lim ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.

👉 https://kun.uz/20195396

Kun.uz rasmiy kanali
Boku Armaniston bilan chegaradosh to‘rt qishloqni nazorat ostiga oldi

Ozarboyjon chegarachilari 1990-yillardan beri Armaniston nazoratida bo‘lgan to‘rtta qishloq ustidan nazorat o‘rnatgan. Yerevan va Boku qo‘shinlarini shimoliy chegaradan olib chiqib ketishdi.

👉 https://kun.uz/31661641

Kun.uz rasmiy kanali
Bu yil davlat OTMlariga qabul ertaroq boshlanadi

Davlat OTMlariga qabul 5 iyundan 25 iyungacha bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/73008861

Kun.uz rasmiy kanali
Putin Zelenskiyning legitimligi tugaganini ma’lum qildi

Rossiya tinchlik muzokaralarini rad etmaydi, lekin uni faqat Ukrainaning «qonuniy hokimiyati» bilan olib borishga tayyor, dedi Vladimir Putin.

👉 https://kun.uz/53387723

Kun.uz rasmiy kanali
OTM magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi

Endi magistratura yo‘nalishlariga qarab talab qilinadigan chet tili sertifikati B1’dan C1’gacha farqlanadi.

👉 https://kun.uz/56991572

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘lim yoqasidagi g‘azolik chaqaloqlar, Xalqaro sudning Isroilga buyrug‘i va kovid pandemiyasi qurbonlari - kun dayjesti

O‘tgan kun mobaynida dunyoda sodir bo‘lgan voqealar, hodisalar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtirib o‘tamiz.

👉 https://kun.uz/15268204

Kun.uz rasmiy kanali
"Faxrlansa arzigulik yurtdoshlarimiz ko‘paysin!" - Komil Allamjonov

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov Harvard universitetida doktorlik ilmiy darajasiga erishgan hamyurtimiz taniqli iqtisodchi olim Botir Qobilovni ushbu yuksak natija bilan tabrikladi.

👉 https://kun.uz/90920376

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/29 23:23:19
Back to Top
HTML Embed Code: