Telegram Web Link
Tovar va xizmatlarning bozor narxidan kelib chiqib soliq bazasini aniqlash tartibi joriy etiladi

Talablar tajriba tariqasida quyidagilarga nisbatan tatbiq etilishi kutilyapti: 1 avgustdan – ko‘chmas mulk obektlari, birja va davlat xaridlari uchun elektron platformalarda sotiladigan tovarlarga, 1 oktyabrdan – raqamli identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan tovarlarga.

👉 https://kun.uz/64137027

Kun.uz rasmiy kanali
Ekologik ekspertiza xulosasi bo‘lmagan issiqxonalar va sanoat korxonalariga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

Toshkent shahri va uning atrofidagi sanitariya himoya mintaqasida (rejimli obektlar atrofida) qo‘shimcha issiqxona va atmosfera havosini ifloslantiruvchi korxonalar barpo etilishi to‘xtatiladi.

👉 https://kun.uz/08334969

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Falastinni tan olgan uchlik, Isroilda zug‘umga uchragan jurnalistlar va Mo‘g‘uliston banklarining cheklovi - kun dayjesti

O‘tgan kun mobaynida dunyoda sodir bo‘lgan voqealar, hodisalar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtirib o‘tamiz.

👉 https://kun.uz/67815413

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX hokim o‘rinbosari, IIB katta tezkor xodimi va profilaktika inspektorini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida korrupsion holatlarga chek qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/40164528

Kun.uz rasmiy kanali
Qashqadaryoda yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasida urib yuborgan o‘quvchi halok bo‘ldi

O‘quvchilar soni bir necha nafar bo‘lgan va ular baxtli tasodif tufayli omon qolgan.

👉 https://kun.uz/92247009

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi ko‘prik vaqtincha yopildi

U joriy yilning 25 mayigacha, shu kuni ham, transport vositalari harakati uchun yopilgan.

👉 https://kun.uz/08879781

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Televideniyeda ijtimoiy-siyosiy tok-shoular ko‘paydi. Jarayon qanday ketyapti?

Aprel oyi boshidan O‘zbekistonda katta auditoriyaga ega nodavlat telekanallar siyosiy-ijtimoiy mavzular muhokamasiga bag‘ishlangan tok-shoularni efirga uzata boshladi. O‘tgan 1,5 oy mobaynida ta’limdan tortib siyosatgacha, sog‘liqni saqlashdan tortib turizmgacha ekspertlar ishtirokida suhbatlar taqdim etib kelinmoqda.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Rossiya Mudofaa vazirligi Boltiq dengizidagi chegaralarni o‘zgartirishni taklif qildi

Boltiqbo‘yidagi hozirgi chegara «geografik vaziyat»ga mos kelmaydi, deb hisoblaydi Rossiya harbiylari. Shvetsiya Boltiq dengizi «o‘yin maydonchasi»ga aylanishining oldini olishga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/39821210

Kun.uz rasmiy kanali
Termizdagi restoranda harbiy xizmatchi fuqaroga tan jarohati yetkazdi. Zobit mast holda bo‘lgani aytilmoqda

O‘zaro kelib chiqqan tortishuvdan so‘ng harbiy qism zobiti omma oldida fuqaroni so‘kib haqorat qilgan va urib tan jarohati yetkazgan.

👉 https://kun.uz/02540158

Kun.uz rasmiy kanali
Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi

Olimpiya o‘yinlarida 8 marta ishtirok etgan o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi. 48 yoshli atlet 24 may kuni Toshkentda boshlanadigan saralash o‘yinlari oldidan jarohat olgan. “Afsusdaman, chunki musobaqaga juda katta tayyorgarlik ko‘rgandim, katta kuch bilan qaytgandim”, dedi Chusovitina.

👉 https://kun.uz/06073747

Kun.uz rasmiy kanali
UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarish davom etayotganiga izoh berdi

Lacetti uchun kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlari hali ham zavodlarda mavjud, bu esa ishlab chiqarishni davom ettirishga imkoniyat beryapti, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” axborot xizmati. Kompaniya vakili Lacetti ishlab chiqarish qachongacha davom etishini aniq ayta olmadi, lekin bu birdaniga to‘xtamasligini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/94743845

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Beshik bolalarga kerakmi yoki kattalarga? – bolalar yotog‘idan qadriyat darajasiga chiqqan beshik haqida

Farzandli bo‘lgach ko‘pincha ota-onalarning oldida 2 ta tanlov bo‘ladi: an’anaviy tarzda bolasini beshikka belab katta qilish yoki uning o‘rniga boshqa tanlov bilan beshikni rad etish. Aksar holatda beshikni rad etadigan yoshlar kattalar tanqidiga uchraydi, ular beshikni nafaqat bola uchun yotoq, balki kechib bo‘lmas qadriyat darajasida ko‘rishadi,buni hatto ota-onalarimiz katta bo‘lgan beshiklar saqlab qo‘yilganidan ko‘rish mumkin.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Vladimir Putin 26-27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston – RF rahbarining yangi muddatga saylanganidan so‘ng Xitoy va Belarusdan keyingi uchinchi xorijiy manzili bo‘ladi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida bir nechta hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

👉 https://kun.uz/04337494

Kun.uz rasmiy kanali
Surxondaryoda ikkita arxeologik yodgorlik buzib tashlandi

Denov va Sariosiyoda arxelogik yodgorliklar tekislanib, uy-joy va issiqxona qurilgan

👉 https://kun.uz/76791692

Kun.uz rasmiy kanali
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Uchrashuvda madaniy almashinuvlar, ta’lim, ayollar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama etildi.

👉 https://kun.uz/03295826

Kun.uz rasmiy kanali
Fermerlarga ijara huquqini sotishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi qabul qilindi

Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishdan o‘tgan loyihada, qishloq xo‘jaligi maydonlarining ikkilamchi ijara bozorini vujudga keltirishdan tashqari, dala chetlaridagi ekin maydonlari ham 10 yilgacha ikkilamchi ijaraga berilishi nazarda tutilgan. Endilikda yer uchastkalari onlayn auksion orqali ijaraga beriladi.

👉 https://kun.uz/67231526

Kun.uz rasmiy kanali
Sudyalar moddalarni qo‘llashda “aylanib o‘tyapti” — ekspertlar oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonun qanday ishlayotgani haqida

O‘zbekistonda ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga qaratilgan qonun qabul qilinganiga bir yil to‘ldi. Qonun ustida ishlagan ekspertlar bilan suhbatda sudlarda bu qonunning qanday talqin qilinayotgani, qonun o‘rnida o‘tayotgan “rahbarlarning gapi” haqida so‘z boradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Eron prezidenti qadrdon shahrida dafn etildi

Ibrohim Raisiy jasadi XIII asrga oid qadimiy maqbaraga qo‘yildi.

📸👉 https://kun.uz/08248765

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
23 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Haj mavsumi uchun boshlangan aviaqatnovlar, Qashqadaryoda haydovchi qurboni bo‘lgan o‘quvchi, ikki yangi sport oliygohi va talabalar o‘rtasida tiklanayotgan Universiada musobaqalari - O‘zbekistonda 23 may kuni yuz bergan muhim va shov-shuvli voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/72187752

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ida narxni kamida 20 foizga arzonlashtirish mumkinligi aytildi

Sohada raqamlashtirishni bu yil 65 foizga yetkazish, keyingi yil esa to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/03565079

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/29 19:32:11
Back to Top
HTML Embed Code: