Telegram Web Link
Dam olish kunlari issiq harorat saqlanib qoladi

22-23iyun kunlari O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni o‘zgarmaydi, kechalari +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/70689239

Kun.uz rasmiy kanali
Shohona qabul, «olqishdan yorilgan» maydon va kabriolet. Putinning KXDRga tashrifi qanday o‘tdi?

Rossiya prezidentining Shimoliy Koreyaga tashrifi mintaqa hayotiga ta’sir qilmay qo‘ymaydi. Uning tashrifi arafasida Xitoy va Janubiy Koreya 9 yil ichida ilk marta xavfsizlik masalasida muzokara o‘tkazdi. Rossiya telekanallarida tashrifni «G‘arbda qaltirab, talvasa bilan kuzatishgani» haqida gapirishdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror lavozimida qoldi

Senat Nig‘matilla Yo‘ldoshevni 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tasdiqladi.

👉 https://kun.uz/10333534

Kun.uz rasmiy kanali
Oliy sud raisi o‘rinbosari Raqobat qo‘mitasiga rais bo‘ldi

Senat yalpi majlisida Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib saylandi.

👉 https://kun.uz/20564202

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HAMAS borasida ziddiyat, Putinning navbatdagi bayonotlari va Tojikistondagi yangi taqiqlar - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/14177771

Kun.uz rasmiy kanali
Bekobod shahar IIB binosiga olib borilgan fuqaro vafot etdi

Rasmiy munosabatda uning bino yo‘lagida sog‘ligi yomonlashib, hushidan ketgani aytilmoqda. Shifoxonada ko‘rikdan o‘tkazilganda uning vafot etgani aniqlangan.

👉 https://kun.uz/06352664

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Fermerning mulki xuddi ko‘cha bezorilari kabi tortib olinyapti". Kun tartibiga chiqqan masala haqida suhbat

Mamlakatda g‘alla o‘rimi davom etmoqda. Lekin fermer va dehqonlarga bo‘layotgan bosimlar, hosilning ortidan tushgan “davlat xodimlari”ning harakatlari noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Kun.uz ayni masalani ekspertlar bilan tahlil qildi. Suhbatdoshlar fikricha, bo‘layotgan voqealarning ortida katta korrupsion harakatlar, shaxsiy manfaatlarga davlatni niqob qilish, lavozimidan foydalangan holda boyish maqsadi yotibdi. Bu fermerlar orasida davlatga bo‘lgan ishonchni susaytirib, qonunsizlikni avj oldiradi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Yaponiya O‘zbekiston kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi

Yaponiya Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Yangi sanksiyalar paketi doirasida Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, BAA va O‘zbekiston kompaniyalariga ham cheklovlar joriy etilgan.

👉 https://kun.uz/28365081

Kun.uz rasmiy kanali
Niqobdagi Mbappe va jar yoqasidagi Ukraina: Yevroda 21-iyun kungi o‘yinlar

Bugungi taqvimda gigantlar jangi hamda Ukraina uchun hal qiluvchi o‘yin.

👉 https://kun.uz/09802320

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyasiz o‘tgan Shveytsariya sammiti: Ukrainada tinchlik o‘rnatilishiga umid bormi?

15-16 iyun kunlari Shveytsariya Ukrainada tinchlik o‘rnatish sammitiga mezbonlik qildi. Unda 90 dan ortiq davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyo siyosat maydonida yetakchi bo‘lgan davlatlar rahbarlari ishtirok etdi. Geosiyosatning bu galgi sonida ushbu tinchlik sammitidan kutilgan natijalar va uning Ukrainadagi urushga ta’siri tahlil qilinadi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Gaz qazib olish qisqarishda davom etmoqda, elektr energiyasi ishlab chiqarish ham kamayishni boshlagan

Joriy yilning 5 oyida gaz qazib olish 5,2 foizga, neft qazib olish 6,9 foizga, ko‘mir qazib olish 3,7 foizga, dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish 12,6 foizga qisqardi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish ham kamayishni boshlagan.

👉 https://kun.uz/56789284

Kun.uz rasmiy kanali
«Hujum bo‘lganda barcha mavjud vositalar bilan harbiy yordam». KXDR va Rossiya o‘rtasidagi yangi kelishuvda aynan nima deyilgan?

Payshanba kuni Shimoliy Koreyaning axborot agentligi Vladimir Putinning Pxenyanga ikki kunlik tashrifi chog‘ida imzolangan KXDR va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim matnini elon qildi.

👉 https://kun.uz/14427437

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi Zakovatni tomosha qilib ham pul ishlash mumkin

Zakovat teleo‘yini muxlislari uchun ajoyib yangilik! Yozgi mavsumdan boshlab har o‘yinda boshlovchi tomonidan muxlislar uchun alohida 2 ta savol o‘qib boriladi. Ushbu 2 savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natgan tomoshabin 4 mln so‘m pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Muxlislar har ikkala savolning javobini bitta xabarda @zakovattanlov_bot telegram botiga jo‘natishlari talab etiladi. 2 ta savolga alohida jo‘natilgan javoblar qabul qilinmaydi.

Kun.uz rasmiy kanali
Xususiy mulk daxlsizligi. Narita aeroportining ichida yashovchi fermer

Takao Shito – yaponiyalik fermer. U Tokiodagi eng katta aeroportning o‘rtasida sabzavot yetishtiradi. Fermer aeroport ma’muriyati bilan bir necha marotaba sudlashgan va boshqa joyga ko‘chish evaziga taklif qilingan katta miqdordagi tovon pulini rad etib keladi.

👉 https://kun.uz/70276918

Kun.uz rasmiy kanali
«Jasur Sautgeyt». Favorit Angliya haqida

So‘nggi olti yilda, ya’ni Garet Sautgeyt jamoaga kelgandan keyin Angliya bir marta Yevropa chempionati finalida, bir marta mundial yarimfinalida o‘ynadi. Qatardagi jahon chempionati chorak finalida Fransiyaga teng kurashlarda 1:2 hisobida boy berdi. Angliyaning tarixdagi istalgan olti yillik davrini oling, bundan yaxshiroq natijalarni topa olmaysiz.

👉 https://kun.uz/12965830

Kun.uz rasmiy kanali
Hindistonda milliy tibbiyot imtihoni mojaroga sabab bo‘ldi – savollar oldindan sizdirilgan bo‘lishi mumkin

Hindistonda tibbiyot bo‘yicha milliy imtihondan bu yil 67 nafar talaba maksimal ballni qo‘lga kiritgan. Shu paytgacha bu raqam 1-3 nafarni tashkil qilib kelgan. Ota-ona va abituriyentlar Milliy test agentligini firibgarlik, savollarni sizdirib yuborish va ko‘chirmachilikda ayblab, sudga berdi.

👉 https://kun.uz/34519715

Kun.uz rasmiy kanali
Sirdaryoda kanalga qulagan Nexia 2: cho‘kib ketganlar bir oila vakillari bo‘lgan

Mashinani keksa yoshli qaynota boshqargan. Avtomobil salonida kelini va uning uch nafar bolasi ham bo‘lgan. To‘rt kishining jasadi suvdan olib chiqilgan, yana birini qidirish ishlari davom etmoqda.

👉 https://kun.uz/61083721

Kun.uz rasmiy kanali
“Sardor Kariyev ozodlikka chiqishiga qarshiligimiz yo‘q” - apellyatsiya sudida jabrlanuvchilar tinglandi

21 iyun kuni “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudida sud tergovi yakunlanib, muzokara qismi boshlandi. Unda jabrlanuvchilar Sardor Kariyevning onasi zararni qoplab bersa, unga va boshqa sudlanuvchilarga da’volari bo‘lmasligini bildirdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
“Qizil yo‘lak bilan kutib olishadi deb o‘ylaganman, lekin menga ish yo‘qligini aytishgan” – Oliy ta’lim vaziri

Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yoshlar bilan uchrashuvda maktab vaqtlarini esladi. Uning aytishicha, vazir paxta terishga ko‘p chiqqan, butun o‘quv yilida atigi 2 oy darsda bo‘lgan. “Chizmachilikdan 3 olganman, olim bo‘lishni orzu ham qilolmasdim”, – deydi u.

👉 https://kun.uz/80898891

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21 iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

Yakunlangan kun O‘zbekistonda qator voqealar bilan yodda qolmoqda. Quyida ularning asosiylarini keltirib o‘tamiz.

👉 https://kun.uz/54911946

Kun.uz rasmiy kanali
2024/11/20 11:26:44
Back to Top
HTML Embed Code: