Telegram Web Link
Yevroittifoq uyushmaning yangi rahbariyati bo‘yicha kelisha olmayapti

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili lavozimiga Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas, Yevropa kengashi raisi lavozimiga Portugaliya sobiq bosh vaziri Antonio Koshta nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

👉 https://kun.uz/41314505

Kun.uz rasmiy kanali
Putin 18 iyun kuni Shimoliy Koreyaga boradi

Shu paytgacha Putin KXDRga faqat bir marta – Shimoliy Koreyani Kim Chen Ir boshqargan 2000 yilda birinchi prezidentlik muddati boshida tashrif buyurgan.

👉 https://kun.uz/57954395

Kun.uz rasmiy kanali
Xorazmda bozor yonib ketdi

Yong‘in oqibatida savdo kompleksining 300 metr kvadrat maydonida aralash turdagi mollar savdo do‘konlari yonib ketgan.

👉 https://kun.uz/39259558

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

17 iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Haydovchilardan biri jarohat oldi.

👉 https://kun.uz/05108573

Kun.uz rasmiy kanali
Xitoy o‘zining yadroviy salohiyatini boshqa davlatlardan tezroq kengaytirmoqda - SIPRI

Jahondagi atom arsenallarini tadqiq etish natijalariga ko‘ra, Xitoy boshqa yadroviy davlatlarga nisbatan o‘zining yadro kallaklari zaxirasini tezroq ko‘paytirayotgani ma’lum bo‘ldi. Chunki XXR raisi Si Jinping o‘z qurolli kuchlarini modernizatsiya qilmoqda.

👉 https://kun.uz/82324782

Kun.uz rasmiy kanali
Liviyaning 42 yillik diktatori. Muammar Qazzofiy nima uchun o‘ldirilgandi?

Bundan 13 yil oldin, yaqin o‘tmishning eng yorqin va ziddiyatli siyosatchilaridan biri Muammar Qazzofiy NATO aralashuvi bilan qudratdan ketkazilgan va g‘azabnok olomon tomonidan kaltaklab o‘ldirilgandi. Kun.uz ekssentrik rahbarning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Rossiya BRIKS o‘yinlarida barchani yengmoqda. Har kuni - o‘nlab medallar

Sinxron suzishda oltin medalni Aleksandr Malsev qo‘lga kiritdi. U yakka o‘zi ishtirok etdi (unda birorta raqib yo‘q edi).

👉 https://kun.uz/74949065

Kun.uz rasmiy kanali
Tadqiqot: Odamlar yangiliklarga qiziqishni yo‘qotmoqda

Dunyo bo‘ylab odamlar yangiliklarni tomosha qilishdan zerikish va tushkunlikdan tobora ko‘proq shikoyat qilmoqda. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bunga pandemiya, Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar sabab bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/56805070

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir. Namanganda ham dehqonning bug‘doyi tortib olinyapti

Chust tumanida o‘z mablag‘lari hisobiga g‘alla yetishtirgan fermerga hosilini o‘rib olishiga IIB orqali to‘sqinlik qilinyapti. Fermer bug‘doyini mahalliy klasterga topshirishga majburlanmoqda. Bunday holatlar respublikaning boshqa hududlarida ham ro‘y bermoqda.

👉 https://kun.uz/79202784

Kun.uz rasmiy kanali
JB: O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi

O‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi.

👉 https://kun.uz/75914369

Kun.uz rasmiy kanali
Putin KXDRga Ukrainadagi harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi

Rossiya prezidenti Kim Chen Inning taklifiga binoan Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan keladi. Tashrif doirasida Rossiya va KXDR o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/80455892

Kun.uz rasmiy kanali
Frontda futbol ko‘rayotgan jangchilar va Poltava o‘qqa tutilishi oqibatlari

Urushning 845-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/66882356

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda “Nexia-2” boshqaruvni yo‘qotib, kanalga quladi. Besh kishi cho‘kib ketdi

Hozirda to‘rt kishining jasadlari topilgan. Bir kishining jasadi FVB xodimlari tomonidan qidirilmoqda.

👉 https://kun.uz/73012959

Kun.uz rasmiy kanali
Mbappe guruh bosqichining qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Bu Fransiyaga muammo tug‘diradimi?

Fransuz hujumchisining jarohati haqida hozirgacha nimalar ma’lum?

👉 https://kun.uz/42522316

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbek Chikatilosi: xiyonat sabab vahshiy qotilga aylangan «manyak»

O‘zbekiston fuqarosi Baxtiyor Matyoqubov Toshkent, Moskva va Kiyevdagi shafqatsiz jinoyatlari ortidan possovet hududidagi aholi orasida «O‘zbek Chikatilosi» nomi bilan dahshat uyg‘otadi. U ma’shuqasidan qabul qilgan xiyonat alamini boshqa ayollardan oladi. Manyak 3 ta davlatda ayollarni vahshiylarcha o‘ldirgan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Raketalar, ishchilar, turistlar. Putin va Kim Chen In nima uchun do‘stlashmoqchi?

18-iyun kuni Vladimir Putinning Shimoliy Koreyaga ikki kunlik tashrifi boshlanadi. Ukraina bilan urush Moskva va Pxenyanni o‘zaro yaqinlashtirdi va gap faqatgina Shimoliy Koreyaning Rossiyaga zarur bo‘lgan qurollarida emas.

👉 https://kun.uz/14639849

Kun.uz rasmiy kanali
Jizzaxda fuqaroni AQShga yuborishini aytib, Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi

Jabrlanuvchining otasi ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘li Afrika qit’asida chorasiz qolib ketganini ma’lum qilgan.

👉 https://kun.uz/79314586

Kun.uz rasmiy kanali
Isroilda harbiy kabinet tarqatildi: bu Netanyahuning jazavasimi yoki ayyorligi?

Dushanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMASning hujumidan keyin va G‘azoda urush boshlanishidan avval tuzilgan harbiy kabinetni tarqatib yubordi.

👉 https://kun.uz/66301912

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi vafot etdi

Vitaliy Vasilevich Fen 77 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

👉 https://kun.uz/25683684

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📷 Turklar butun Germaniya bo‘ylab bayramni boshlab yuborishdi — Berlin ko‘chalaridan eksklyuziv kadrlar

Turkiya Yevro-2024 1-turida Dortmundda Gruziya (3:1) ustidan g‘alaba qozondi.

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/02 20:35:36
Back to Top
HTML Embed Code: