Telegram Web Link
O‘zbekiston va Rossiya bir qator kelishuvlar tuzdi

Putinning Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi. Gaz tashish tizimini modernizatsiya qilish, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha ham kelishib olindi.

👉 https://kun.uz/06481225

Kun.uz rasmiy kanali
Papua-Yangi Gvineyadagi ko‘chki qurbonlari 2 ming nafardan ham ortishi mumkin

Rasmiylar ko‘chki 2 mingdan ortiq kishini tiriklayin ko‘mib yuborgan deb hisoblamoqda.

👉 https://kun.uz/95205041

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gullayotgan “qalbshunoslik” yoxud “genni tozalash” biznesi

Sizda oilaviy muammo bormi? Turmush o‘rtog‘ingiz har kuni gullar-u sovg‘alar olib kelmayaptimi? Yoki og‘ir kasalmisiz? Balki farzand ko‘rmoqchidirsiz? Bularning barini bittada hal qiluvchi “mutaxassis” bor. Kursini sotib olsangiz bas... Yo birinchi darsdanoq chuv tushganingizni bilib aqlingiz kiradi, yoki xomxayollar sizni tark etmagunicha yolg‘on kurslarga qatnab yuraverasiz.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Vladimir Putinning davlat tashrifi doirasida 20 dan ortiq hujjat imzolandi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin qo‘shma bayonotni imzoladi. Prezidentlar qarshisida ikki tomonlama hujjatlar almashildi. O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish, N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filiallarini ochish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan.

👉 https://kun.uz/98256798

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan hamkorlikda kam quvvatli AES qurilishi haqida gapirdi

“Agar biz O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.

👉 https://kun.uz/89507749

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdo hajmini 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini uch barobarga oshirish vazifasini qo‘ydi. Tashrif doirasida 20 milliard dollarlik yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

👉 https://kun.uz/83876463

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda magistral suv quvuri teshilib, ko‘chalarni suv bosdi

Samarqand shahrini suv bilan ta’minlayotgan asosiy magistral suv quvurlaridan biri teshilgani tufayli ayrim ko‘chalarni suv bosgan. Yigirmadan ortiq ko‘cha va ularda joylashgan mahallalarda ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab qolgan.

👉 https://kun.uz/58463233

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil Rafahga hujum qildi. 45 kishi o‘lgani aytilmoqda

Makron G‘azoda tinch aholi uchun xavfsiz joy qolmaganini aytdi. Davlatlar Isroilni Rafah operatsiyasini to‘xtatishga chaqirmoqda. Avvalroq Xalqaro sud bu bo‘yicha qaror chiqargandi.

👉 https://kun.uz/84807667

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga bordi

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

👉 https://kun.uz/73068540

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suriyadagi urush: sabablar, ishtirokchilar va bugungi vaziyat

Muhim hududlarni nazorat qilolmaydigan rasmiy hokimiyat, vayrona shaharlar, besh milliondan ortiq qochqinlar, diniy bo‘linishlar va maqsadli qurollantirilgan radikalizm. Suriya zamini qanday qilib bu holga kelib qoldi? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilchilar Suriyada 2011 yildan beri davom etayotgan fuqarolik urushi haqida so‘z yuritdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
“O‘zatom”: Jizzaxda kam quvvatli AES qurilishi shu yil yozdayoq boshlanadi

Stansiya uchun tanlangan maydonda tekshiruv ishlari o‘tkazib bo‘lingan, joyning maqsadga muvofiqligi va xavfsizligi tasdiqlangan. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi bo‘ladi, qurilishga mahalliy kompaniyalar ham jalb etiladi. Loyiha qiymati va moliyalashtirish manbasi hozircha ma’lum qilinmadi.

👉 https://kun.uz/42122028

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi, O‘zbekistonda atom energetikasi istiqbollari va ijtimoiy himoya uchun 100 mln dollar - O‘zbekistonda 27 may kuni yuz bergan muhim va shov-shuvli voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/98073924

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya bilan savdo hajmi 30 mlrd dollarga chiqadi

Rossiya prezidenti ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Asosiy tadbirlar bugun, 27 may kuni bo‘lib o‘tdi. Putin tashrifi doirasida 20 dan ortiq hujjatlar imzolandi. AESni qurish muhokama qilinib, o‘zaro savdo hajmini 30 mlrd dollarga yetkazish belgilandi.

👉 https://kun.uz/66676389

Kun.uz rasmiy kanali
Makron Yevropani AQSh va Xitoydan mustaqil bo‘lishga chaqirdi

Yevropa o‘z mudofaasi va xavfsizligi haqida mustaqil o‘ylashi kerak, dedi Fransiya prezidenti.

👉 https://kun.uz/10867139

Kun.uz rasmiy kanali
Bo‘stonliqda Gentra yonib ketdi

Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobildan tushib qolgan. Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilariga ziyon yetmagan. Avtoulov to‘liq yonib ketgan.

👉 https://kun.uz/38649464

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish qisqardi

Joriy yilning 4 oyida gaz qazib olish 5,9 foizga, neft qazib olish 6,6 foizga, ko‘mir qazib olish 9,8 foizga, benzin ishlab chiqarish 7,9 foizga qisqardi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 7,1 foizga oshdi.

👉 https://kun.uz/25128756

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoda tug‘ilish kamaymoqda: siyosatchilar oldida qanday vazifalar turibdi?

Demokratik va farovon davlatlar tug‘ishni rag‘batlantirish uchun budjetdan pul ajratishga majbur, aks holda ular chaqaloqlarsiz qolib ketishyapti. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha kam rivojlangan yoki rivojlanayotgan Afrika davlatlari yetakchilik qilmoqda. Markaziy Osiyoda esa Tojikiston bu borada peshqadam. O‘zbekistonda esa tug‘ilishlar kamaygan.

👉 https://kun.uz/05374680

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor

Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazilishi 2025 yilda 11 milliard kubometrga chiqishi rejalashtirilmoqda, dedi Vladimir Putin.

👉 https://kun.uz/66821627

Kun.uz rasmiy kanali
Donor davlatlar suriyaliklarga yordam berish uchun yana 7,5 mlrd yevro ajratadi

Donor davlatlar Bryusseldagi anjumanda fuqarolik urushi va tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan suriyaliklarga yordam berish uchun yana 7,5 milliard yevro ajratishga kelishib oldi.

👉 https://kun.uz/75593152

Kun.uz rasmiy kanali
Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarga ajratiladi

«Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/70150784

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 03:32:11
Back to Top
HTML Embed Code: