Telegram Web Link
1 mln yillik g‘or, antik shahar va betakror kanon - Asialuxe Travel bilan afsonaviy Alaniyadan fotoreportaj

Turkiyaning Oq dengiz sohilida joylashgan Alaniya o‘lkasi o‘zining betakror tabiati, bir necha ming yillik tarixga ega qal’alari hamda barcha imkoniyatlarga ega mehmonxonalari bilan turistlarni o‘ziga jalb qilib keladi. Ayniqsa, hududdagi Dim g‘ori, Siyedra antik shahri xarobalari va betakror go‘zallikka ega Sapadere kanoni har bir sayyohni hayratda qoldirishi aniq.

Asialuxe Travel turoperatori ko‘magida sayohatda bo‘lib turgan Kun.uz muxbiri ayni manzillardan fotoreportaj tayyorladi.

👉 https://kun.uz/11421646

Kun.uz rasmiy kanali
G‘arb va SSSR qarama-qarshiligi – MI-6 xodimi nega KGB josusiga aylangandi?

1965 yil. London yaqinidagi qamoqxonadan davlatga xiyonati uchun 42 yilga qamalgan sobiq MI-6 xodimi qochib ketadi. Uning qayerga qochgani noma’lum edi. MI-6 va politsiya uni izlab Britaniyadan topa olmaydi. Ko‘p o‘tmay qochoq Fransiya, Belgiya va GDR orqali Moskvaga qochib ketgani oydinlashadi. Keyinchalik u sovet fuqaroligini oladi va Moskvada yashab qoladi.

👉 https://kun.uz/50605115

Kun.uz rasmiy kanali
Qonli hafta: ko‘plab YTHlar va beshta o‘lim

So‘nggi yetti kunda O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari har doimgidan ko‘proq sodir bo‘lganini kuzatdik. Ularda kamida besh kishi halok bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/05715935

Kun.uz rasmiy kanali
Mitsubishi Fuso’dan BharatBenz’gacha – Mercedes-Benz yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi nechta kompaniyaga egalik qiladi?

Bugun jahon iqtisodiyotini yuk avtomobillarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mahsulotlarning qariyb yarmi ular yordamida tashiladi. Shu sababli ham jahon bozorida turli hajmdagi yuk avtomobillariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. So‘nggi yillarda dunyoda 80 ga yaqin kompaniya har yili 4 mln dona atrofida turli hajmdagi yuk avtomobillarini ishlab chiqarmoqda.

👉 https://kun.uz/81150395

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suriyadagi urush: sabablar, ishtirokchilar va bugungi vaziyat

Muhim hududlarni nazorat qilolmaydigan rasmiy hokimiyat, vayrona shaharlar, besh milliondan ortiq qochqinlar, diniy bo‘linishlar va maqsadli qurollantirilgan radikalizm. Suriya zamini qanday qilib bu holga kelib qoldi? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilchilar Suriyada 2011 yildan beri davom etayotgan fuqarolik urushi haqida so‘z yuritdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Tadbirkorlarga subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi

Tadbirkorning reyting darajasi pasaygan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi.

👉 https://kun.uz/97649829

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimini urib tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi

Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tarzda qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/47313997

Kun.uz rasmiy kanali
Xalqaro sud prokurori nega Netanyahuni hibsga olishga order so‘rayotganini tushuntirdi

Karim Ahmad Xon ingliz nashriga bergan intervyusida o‘z pozitsiyasini tushuntirish uchun Shimoliy Irlandiyadagi separatizmni misol qilib keltirdi. U ayirmachilarning bosh vazirga suiqasd va terakt uyushtirganiga qaramay, rasmiy London Belfastga 2000 funtlik bomba tashlash haqida o‘ylamaganini ta’kidladi. “Bunday urush qilish mumkin emas”, dedi u.

👉 https://kun.uz/73350567

Kun.uz rasmiy kanali
Air Samarkand'ning Viyetnamga parvoz qilgan samolyoti Pokistondan ortga qaytdi

Toshkentdan Kamran (Viyetnam) shahriga uchgan charter reys 5 soatlik parvozdan so‘ng Pokiston osmonida ortga burilib, Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib qo‘ngan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, samolyot Hindiston havo hududiga kiritilmagan. Kompaniyaning izohlashicha, marshrut hujjatlarini rasmiylashtirishda uchinchi shaxs tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilgan.

👉 https://kun.uz/98920176

Kun.uz rasmiy kanali
Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Aeroportda mehmonni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bu – Putinning beshinchi muddatga saylanganidan keyingi uchinchi xorijiy safari bo‘lmoqda.

👉 https://kun.uz/45329625

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Arxitektor: “Koʻp yangi qurilgan binolar yaqin 10 yilda qaytadan quriladi”

SUBYEKTIV'ning noqonuniy qurilishlarga oid yangi sonida arxitektor Shuhrat Abdullayev ushbu fikrni bildirib, oʻzboshimchalik bilan qurib tashlanayotgan binolar ortidan elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, avtoturargohlarda qoʻshimcha katta yuklamalar paydo boʻlayotgani haqida gapirdi.

👉VIDEONI TOʻLIQ HOLDA TOMOSHA QILING👈
Futzal: Samarqandda tashlangan qur’ada O‘zbekistonning jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Paragvay, Kosta-Rika va Niderlandiya bilan bir guruhdan joy oldi. Turnirning ochilish o‘yinida mezbonlar 14-sentabr kuni Niderlandiyaga qarshi parketga chiqadigan bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/09974109

Kun.uz rasmiy kanali
Putin “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkent shahriga kelgach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi.

👉 https://kun.uz/91753996

Kun.uz rasmiy kanali
Doha–Dublin reysida turbulentlik sabab 12 kishi jarohatlandi

Qatar Airways'ning Dohadan Dublinga uchgan reysi Turkiya osmonida turbulentlikka uchrashi natijasida 6 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi jarohatlandi. Samolyot manziliga qo‘ngach, 8 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Bundan 5 kun oldin Singapore Airlines'ning London–Singapur reysi turbulentlikka uchrab, 73 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi.

👉 https://kun.uz/19196856

Kun.uz rasmiy kanali
Seul: Shimoliy Koreya ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishga tayyorlanmoqda

Shimoliy Koreya sun’iy yo‘ldosh uchirilishi haqida Yaponiyani ogohlantirdi. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshdir.

👉 https://kun.uz/37625360

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/29 23:19:45
Back to Top
HTML Embed Code: