Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
17 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Toshkentda 15 sutkaga qamalgan isroillik bezori, Floridada 19 yilga qamalgan o‘zbekistonlik pedofil, hayfsan bilan qutulgan farg‘onalik og‘zi shaloq rahbar - kun davomida saytimizda yoritilgan O‘zbekiston yangiliklarini tanishtirib o‘tamiz.

👉 https://kun.uz/94920952

Kun.uz rasmiy kanali
«Xarkivni egallash rejasi yo‘q» - Putin yangi front ochilgani yuzasidan izoh berdi

Putin Si Jinping bilan muzokaralardan keyin Ukrainadagi urush haqida gapirdi. U Rossiya muzokaralardan bosh tortmasligi, ammo endi «yerdagi reallik»dan kelib chiqilishini aytgan.

👉 https://kun.uz/89038980

Kun.uz rasmiy kanali
Donald Tramp AQShdan migrantlarni misli ko‘rilmagan deportatsiyasiga tayyorlanmoqda

AQShning sobiq prezidenti va galdagi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini surgan Donald Tramp agar qayta prezident etib saylansa ilk kundayoq AQSh va Meksika chegaralaridan migrantlar oqimiga nuqta qo‘ymoqchi

👉 https://kun.uz/16744520

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq savdo tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/99350052

Kun.uz rasmiy kanali
Bishkek ko‘chalariga ichki qo‘shinlar safarbar etildi

Qirg‘iziston poytaxti markaziga hosteldagi mushtlashuv tufayli mingga yaqin namoyishchi keldi. Ular xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirib, IIBB boshlig‘i bilan muzokaralardan so‘ng tarqalishga rozi bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/77759428

Kun.uz rasmiy kanali
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso yana operatsiya qilindi

Shifokorlar o‘qotar qurol orqali yetkazilgan jarohatlardan qolgan nekrotik to‘qimalarni olib tashlashdi. Slovakiya bosh vazirining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

👉 https://kun.uz/85565129

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari ishini muvofiqlashtiruvchi operator paydo bo‘ladi

Toshkent shahrida quvvatlash stansiyalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi operator funksiyasi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklatiladi.

👉 https://kun.uz/69851032

Kun.uz rasmiy kanali
Kuchli yomg‘ir tufayli 6 ta hududda qariyb 67 ming iste’molchi “svet”siz qoldi

Avariyali o‘chish oqibatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 66 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilgan.

👉 https://kun.uz/37314278

Kun.uz rasmiy kanali
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 20-22-may kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/42580097

Kun.uz rasmiy kanali
OAV Ukrainada 53,5 ming Rossiya askari halok bo‘lganini tasdiqladi

Ukrainaga hujum paytida Rossiya Federatsiyasidan kamida 53 586 askar halok bo‘lgan, deb hisoblab chiqdi jurnalistlar ochiq manbalardan foydalangan holda.

👉 https://kun.uz/92072442

Kun.uz rasmiy kanali
Samarqandda «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, ushbu tadbir do‘stona aloqalarning yangi sahifasini ochadi.

👉 https://kun.uz/01259186

Kun.uz rasmiy kanali
Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytiriladi

Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llanadigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanadigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartiriladi.

👉 https://kun.uz/82956645

Kun.uz rasmiy kanali
Bolani davlat bog‘chasiga joylash uchun yillab navbat kutiladimi? – soha mas’uli izoh berdi

Aholi orasida “bola tug‘ildimi, zudlik bilan bog‘chaga navbatga qo‘yish kerak” degan tasavvur shakllanib qolgan. Buning sababi esa oddiy - talab yuqori, bog‘chalar va undagi o‘rinlar soni cheklangan. Vazirlik mas’ulining tushuntirishicha, navbat qachon kelishini oldindan aytish qiyin, muassasalar quvvati va navbatlari soni turlicha.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jabaliyadagi to‘qnashuvlar, Xarkiv frontidagi barqarorlashuv va migrantlarni quvishni maqsad qilgan Tramp - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y berayotgan muhim voqea va hodisalar sharhi bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/35139832

Kun.uz rasmiy kanali
Endi undan ajralib bo‘lmaydi: Odamlar va gadjetlar (foto)

Metroda, bekatda yoki ko‘chaning istalgan joyida telefonga termulib turgan odamlarga ko‘zingiz tushadi. Kimdir kino ko‘rgan, kimdir ijtimoiy tarmoqlarni kuzatgan, yana kimdir ishi bilan band. Fotomuxbir poytaxt ko‘chalarida yurib, turli yoshdagi kishilarning gadjet bilan o‘tayotgan daqiqalarini rasmga oldi.

📸👉 https://kun.uz/40137357

Kun.uz rasmiy kanali
Umra ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi

O‘zbekistonda Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yangi litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Shuningdek, endilikda Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/53313816

Kun.uz rasmiy kanali
Toyota Corolla’dan tortib Chevrolet Impala’gacha – Avtosanoat tarixida eng ko‘p sotilgan avtomobillar

Dunyodagi birinchi avtomobil 1885 yilda Germaniyada Karl Bens tomonidan tayyorlangan. O‘shandan buyon qariyb 140 yil o‘tdi. Bugun ko‘plab yirik avtokonsernlar bir vaqtning o‘zida o‘nlab rusumlarda avtomobil tayyorlamoqda. Ular orasida 50-60 yildan buyon yangilangan holda ishlab chiqarilayotganlari va bir necha o‘n mln dona sotilganlari ham bor.

👉 https://kun.uz/59500962

Kun.uz rasmiy kanali
Olimlar Misr piramidalari sirini topgan bo‘lishi mumkin

4 ming yil oldin qurilgan Misr piramidalarining qanday tarzda qurilgani hali ham sirligicha qolgan. Olimlar bu jumboqning javobini topgan bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/30160895

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/28 23:02:59
Back to Top
HTML Embed Code: