Telegram Web Link
Intel protsessorlaridagi yozuvlar nimani anglatadi?

Intel® Core protsessor brendi nomi

i7 Brend modifikatori - bu bir xil tovar nomiga ega bo'lgan turli xil mahsulotlarning bir yoki bir nechta muhim atributlar yoki imtiyozlar o'lchovlari bo'yicha qanday farq qilishini aytadi.

10generatsiya ya'ni avlod ko'rsatkichi

310 SKU raqamlari - bu ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotini aniqlash uchun foydalaniladigan raqamlar

Y bu protsessorning grafika bilan ishlash darajasi haqida ma'lumot beradi va bu Y protsessor grafika bilan unchalik "chiqisha" olmasligini ko'rsatmoqda. Agar shu harf sizda HQ bo'lsa unda protsessor yuqori quvvatli grafikaga ega bo'ladi.

😄Admin I9 11900H protsessoridan foydalanadi

😉 Sizning protsessoringiz qanday ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali #protsessor
Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
#videodars / #windows

ℹ️ Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kichik videokursimizni oldinroq eʼlon qilgan edik. Biroq kursimizdan foydalanganlarda juda ko'p savollar va tushunmovchiliklar yuzaga keldi.

😎 Shularni hisobga olgan holda Windows 10'ni o'rnatish va sozlashni biroz kattaroq va to'liqroq kurs qilishga qaror qildik.

📃 Kurs tahminan quyidagi darslardan tashkil topadi (kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin):

1️⃣ Windows o'rnatishga oid savol javoblar

Ushbu videoni ko'rish orqali siz nega, qachon va qanday qilib windows o'rnatish kerakligi va h.k haqida beriladigan ko'pgina savollarga javob topasiz.

2️⃣ Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari (Pro, LTSB va h.k) bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!

Windows o'rnatishda kerakli Windows'ni qanday tanlashni o'rganamiz. Ultimate, Pro va b. versiyalarni o'zaro farqlarini bilib olamiz.

3️⃣ Katta hajmli fayllar (dastur, o'yin, kurslar va b) ni yuklash usullari (torrent, internet, telegram)

Tabiiyki Windows fayli ham ancha katta hajmga ega bo'ladi. Bu video orqali katta hajmli fayllarni yuklab olishni 3 usuli bilan tanishamiz.

4️⃣ Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usuli!

Windows o'rnatish jarayonida muammolarga duch kelmaslik uchun windows'ni fleshkaga to'g'ri va to'liq yozish kerak bo'ladi.

5️⃣ Windows 10'ni o'rnatish

Windows'larni o'rnatish jarayoni deyarli hamma versiyalarida bir xil amalga oshiriladi.

6️⃣ Drayverlarni onlayn va oflayn yangilash. DriverPack dasturlari bilan ishlash.

Windows o'rnatib bo'lganimizdan keyin o'zimizga qulay qilib kichik sozlamalarni amalga oshiramiz. Drayverlarni yangilashni ham onlayn ham oflayn usullarini ko'rib chiqamiz. Bunda bir qancha "gigant" dasturlar bilan ham tanishamiz.

7️⃣ Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar

Kompyuter ustalari kerakli dasturlarni bittalab o'rnatib chiqadi deb o'ylaysizmi? Ular BELOFF va Minstall kabi dasturlardan foydalanishadi 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Sichqoncha to'satdan ishlamay qolsa nima qilish kerak

ℹ️ Agar sichqonchangiz to'satdan ishlamay qolsa, klaviaturadan sichqonchani boshqarish funksiyasidan foydalaning.

Left Alt + Left Shift + Num Lock — Ko'rsatilgan oynada qo'shishni tasdiqlaganingizdan so'ng. Kursor klaviaturaning o'ng tomonida joylashgan raqamlar yordamida boshqariladi (NumPad)

⤵️ Asosiy vazifalar:

• "NumLock" - emulyatsiya rejimini to'xtatib turadi yoki faollashtiradi.
• "1", "2", "3", "4", "6", "7", "8", "9" - kursorni siljitish uchun kerak bo'ladi. Faqat kerakli tugmachani bosib ushlab turing va sichqoncha kursori kerakli yo'nalishda harakatlanadi.
• "Shift" - kursor harakatini tezlashtirish.
• “Ctrl” – sichqoncha kursorining tezligini pasaytiradi.
• “5” – sichqonchani bir marta bosish.
• "+" - sichqonchani ikki marta bosish.
• "/" - sichqonchaning chap tugmasi.
• "-" - o'ng tugma.
• "*" - sichqonchaning o'ng va chap tugmalarini bir vaqtda bosish.
• “0” - sichqoncha tugmalaridan birini ushlab turadi.

🔥Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #lifehack
💾 1 TB xotira uchun taxminan $220. 10 GB/s ma'lumotlarni uzatish tezligi bilan Adata Legend 970 SSD bozorga kirishga tayyorlanmoqda.

ℹ️ 2 TB hajmdagisi $373 turadi.

👉 #kompyuter | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Windows ga parol qo'yish/o'chirish
#videodars / #windows

ℹ️ Kompyuter yonish paytida kompyuterga kirish uchun parol o'rnatish va ushbu parolni olib tashlashni o'rganamiz!
Buning uchun Win + R ga control buyrug'ini beramiz va videoda ko'rsatilgan ketma ketlikni bajaramiz!

📌 Ushbu parol so'rashini olib tashlash ham mumkin.

▶️ YouTube da ko'rish

: 01:07 💾: 1.9 mb

©KA Rasmiy

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali
14-fevral qaysi yirik kompaniya tashkil topgan

ℹ️ Ushbu kompaniya Google ga tegishli.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #savol
Noutbuk brendi qanchalik muhim?

🤔 Yangi noutbuk sotib olishda ko'pchilikni shu savol o'ylantiradi: "Qaysi brenddagi noutbuk yaxshi?"

💻 Hammasi zo'r. Lenovo, HP, Dell, Asus, Acer barchasi sifatli noutbuk ishlab chiqaradi. Balki ularning qaysi biriningdir dizayni sizga yoqmasligi mumkin, lekin noutbuk yaxshi.

⚙️ Notebook olayotganda brendga e'tibor bermang. Noutbuk xususiyatlari muhimroq. Noutbuk qancha kuchli bo'lsa uning narxi ham shuncha "kuchli" bo'ladi.

📊 Ma'lumotlarga ko'ra, quyida notebook ishlab chiqaruvchilarining qaysi biri yetakchilik qilayotganligini ko'rishingiz mumkin:

Lenovo — yiliga 62.97 mln noutbuk ishlab chiqaradi.
HP — 57.92mln
Dell — 43.96 mln
Apple — 18.35 mln
Acer — 14.76 mln
Asus — 14.48 mln

💠 Shuningdek, Microsoft ham o'zining Surface nomli noutbuklarini ishlab chiqaradi. Apple'niki o'zingiz bilasiz.

Menda ASUS. Sizdachi?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Windows-ning qaysi versiyasini ishlatayotganligingizni bilasizmi?

ℹ️ Windows versiyasini bilish uchun: Win + R tugmasini bosing va chiqqan oynaga winver deb yozing, Enter-ni bosing.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #windows
Microsoft Office har bir nashrlari nimalarni o'z ichiga oladi?

🎓 Office Home & Student:
Word, Excel, PowerPoint

🏘 Office Home & Business: Word, Excel, PowerPoint, Outlook

🔰 Office Standart: Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Publisher

💪 Office Professional: Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Access, Publisher

🦾 Office Professional Plus: Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Access, Publisher, Skype for Business

🌎 Office 365: Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Access, Publisher

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #foydali
Instagram sahifamizda safimiz 10K (10.000) ga yetdi 🤩

📌 Biz bilan birga bo'lganinggiz uchun sizga katta raxmat, safimiz safi yanada kengayib biliminggiz ziyoda bo'lsin, kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

🗺 Manzil: instagram.com/kompyuter_bilimlari

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #instagram / #happy
Global kompyuter bozorining pasayishi sekinlashadi

💻 Canalys – butun dunyo bo'ylab shaxsiy kompyuterlar bozorining jo'natilishi keskin pasayganga o'xshaydi.

📉 Ish stoli va noutbuklarning umumiy yetkazib berilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,5 foizga kamaygan va 62,1 million donani tashkil etgan.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #pc / #news
Qanday qilib Recycle Bin (Корзинa) ni Taskbar (Панели задач) ga qadab qo'yish mumkin?

📂 Buning uchun istalgan joydan yangi papka oching va unga o'zingiz istagandek, nom berib, istasangiz ko'zga ko'rinmaydigan joyga qo'ying. Ochilgan yangi papka ichiga Recycle Bin (Корзинa) ni tashlang va papka ichida uning yorlig'i yaratiladi.

💻 Keyin Taskbar (Панели задач) ustiga sichqoncha o'ng tomoni bilan bosing va Lock the taskbar (Закрепить панель задач) belgilanmagan qiling. Endi yana Taskbar (Панели задач) ni sichqoncha o'ng tomoni bilan bosing va Toolbars (Панели) degan joydan New toolbar... (Создать панель инструментов...) deganini tanlang va yangi ochgan papkangizni tanlab Enter'ni bosing.

🗑 Endi Recycle Bin (Корзинa) ikonkasining o'zi chiqib turishi uchun yana Taskbar ustiga sichqoncha o'ng tomoni bilan bosing va Show title bilan Show text (Показывать подписи bilan Показать заголовок) ni o'chirib qo'ying.

Tamom!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #foydali
Forwarded from IT Masters
Ogoh bo'ling! Yangi virus Windows yangilanishi ko'rinishida kompyuterlarni bloklashi mumkin.

Trend Micro va Fortinet kompaniyalarining axborot xavfsizligi bo'yicha mutaxassislari yangi Big Heat virusini topdilar, u kompyuterga kirib, barcha fayllarni shifrlaydi va pul undiradi.

Big Heat Internetda Windows va Microsoft Word o'rnatuvchisi uchun yangilanishlar niqobi ostida tarqatiladi.

Zararli fayl faollashtirilgandan so'ng, ekranda Windows yangilash jarayoniga taqlid qiluvchi animatsiya paydo bo'ladi.

Jarayon tugagandan so'ng, foydalanuvchi uning kompyuteri shifrlanganligi haqida xabar oladi - tizimni tiklash uchun siz elektron pochta yoki Telegram orqali xakerlar bilan bog'lanishingiz kerak.

U yerda hakerlar jabrlanuvchidan ularning hisobiga kriptovalyutadagi to'lovni o'tkazishni so'rashadi.

👉 Bizning barcha loyihalar | #virus
🚀 Yirik IT kompaniyalarda Web dasturchilar qancha maosh oladi (soliqlarsiz) ?

• Google
- 208.965$ ni tashkil qiladi.

• Amazon - 181.390$ ni tashkil qiladi.

• Microsoft - 174.108$ ni tashkil qiladi.

SpaceX - 159.577$ ni tashkil qiladi.

PayPal - 122.061$ ni tashkil qiladi.

Meta - 130.738$ ni tashkil qiladi.

Tesla - 109.484$ ni tashkil qiladi.

Apple - 185,817$ ni tashkil qiladi.

Manba@webdev07

💻 @dasturlash_hayoti dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuteringiz ichida nimalar joylashganini bilib oling!

ℹ️ Speccy
- shaxsiy kompyuteringiz uchun tezkor, yengil, rivojlangan tizim ma'lumot vositasidir.

🖥 Dastur sizning kompyuteringizdagi har qanday qo'shimcha qurilmalar haqida batafsil ma'lumot beradi va CPU, RAM, GPU statistik ma'lumotlarni sizga taqdim etadi.

📥 Dasturni @kompyuterdasturlari_uz kanalimizdan yuklab olishingiz mumkin: link
©@it_ishkal

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10/20 yil ichida RTX grafik kartalari 😂

Sizning videokartanggiz qanday?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Umumiy tezkor tugmalar

Quyidagi kombinatsiyalar ishinggizni qisman bo'lsaham tezlashtiradi,saqlab qo'ying!

Ctrl+A
Joriy jild, hujjat yoki sahifadagi barcha elementni blokka oladi.

Ctrl+C / Ctrl+Insert
Tanlangan matn, rasm yoki elementni bufferga nusxalaydi.

Ctrl+X
Tanlangan matn, rasm yoki elementni kesib, bufferga nusxalaydi.

Ctrl+B
Bufferdagi elementni joriy dastur yoki oynaga tushiradi.

Ctrl+F
Qidiruv oynasini ochadi. Microsoft Outlook'da esa xabarni boshqa birovga yo‘naltiradi.

Ctrl+S
Ochiq hujjat, fayl yoki veb-sahifani saqlaydi.

Ctrl+P
Joriy hujjat yoki sahifani chop etadi.

Ctrl+N
Yangi oyna ochadi.

Ctrl+W
Joriy oynani yopadi.

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
2024/10/05 15:28:42
Back to Top
HTML Embed Code: