Telegram Web Link
Kutganmidila, tayyormisila...

📆 NVIDIA GeForce RTX 4060 grafik kartasini sotib olishni kutayotgan odamlar dastlab iyul oyida chiqarilishi rejalashtirilgan kartani endi 29-iyunda sotib olish mumkin bo'ladi.

ℹ️ GDDR6 xotirasi, 2460 MGts tezligi va 3072 CUDA yadroli NVIDIA karta DLSS 3 yoqilgan holda eski RTX 3060ga nisbatan 1,7x FPS ish faoliyatini va RTX 2060ga nisbatan 2,3x yaxshilanishini ta'kidladi. Videokarta hali ham DLSS 3 ga ega bo'lmagan oldingi kartalarga qaraganda 1,2x va 1,6x FPS yaxshilanishiga ega bo'ladi.

🦾 Videokartaning yanada kuchli versiyasi, NVIDIA GeForce RTX 4060 Ti allaqachon 8GB versiyasida bir nechta kompaniyalar, jumladan ASUS, ZOTAC, MSI va boshqalarda 399,99 dollarga sotiladi. Xuddi shu kartaning 16 GB versiyasi ham iyul oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

😎 Izohlarda o'z videokartanggiz kuchini yozib qoldiring, eng kuchlisi kimniki ekan))

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #nvidia / #news
Ishlatib bo'lgandan so'ng fleshkani "извлеч" qilish kerakmi? Microsoft javob berdi!
#news

ℹ️ Microsoft nihoyat ko'plab foydalanuvchilarning shubhalarini yo'q qildi. Bu fleshkalarni ishlatib bo'lgandan keyin shunchaki "yulib olish" yoki "безопасноe извлечениe" qilish haqida edi. Kompaniya flesh-disklarni shunchaki "yulib olish" mumkinligi haqida ishonchli javob berdi.

2018 yil oktyabr oyida chiqarilgan Windows 10 yangilanishi bilan Windows 10 flesh-diskni "Безопасное извлечение" tugmasini bosmasdan olib tashlash imkonini beradi. Batafsil ma'lumotni ushbu manzildan topasiz! ©️@KA_Rasmiy

😎 Siz menga oʻxshab fleshkani "yulib" olasizmi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Coder & Vision Pro

💻 Dasturchilar Apple Vision Pro VR qurilmasidan oddiy kompyuterga imo-ishoralarni boshqarishni o'rnatibdi...

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #vr / #apple
⚡️ Windows 11 Beta-versiyasi (KB5027301) zerikarli bildirishnomalarni o'chirish imkonini beradi va Wi-Fi-ni kuchaytiradi :)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #news
Kompyuter sekin ishlashiga nimalar sabab bo'ladi?

🔄 Kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilmaslik. Hech bo'lmasa har ikki kunda bir marta kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilib turing.

💾 Bir vaqtning o'zida bir nechta dasturlarning ishlab turishi. Kompyuterda bir vaqtda faqat maksimal 2-3 programmalardan foydalaning. Ortiqcha va keraksiz dasturlarni kompyuterdan o'chirib tashlang va Startup (Автозагрузка) programmalarni ham o'chirib qo'ying.

🛡 Hech bo'lmaganda Microsoft Defender yoki Malwarebytes antiviruslaridan foydalaning.

🧹 Disk Cleanup yordamida kompyuterni ortiqcha fayllardan tozalab turing.

♻️ Windows'ni va kompyuteringizdagi dasturlarni doimiy yangilab turing, chunki yangilash ulardagi kamchiliklarni bartaraf qiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Microsoft Xbox One uchun yangi o'yinlarni chiqarmaydi

🎮 Xbox Game Studios bosh direktori Mett Booti Axios bilan suhbatda Microsoftning ichki studiyalari va Bethesda Softworks endi Xbox One konsollari oilasi uchun yangi oʻyinlar ishlab chiqmasligini tasdiqladi.

🥸 Xbox ishlatmaganlar, bizmizda o'sha : )

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #xbox / #news
Meta generativ AI modeli Voicebox-ni taqdim etdi

⚡️ Meta oʻzining soʻnggi generativ AI modelini eʼlon qildi...

ℹ️ Sun'iy intellekt ijodkorlarga ovozni tahrirlash, namuna olish va uslublash kabi nutqni yaratish vazifalarini bajarishda yordam berish uchun moʻljallangan.

🎙 Meta ushbu yangi AI modeli butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarga foyda keltirishini ta’kidlaydi va ko‘zi ojiz odamlarga o‘z ovozida do‘stlarining yozma xabarlarini eshitishga yordam berish, shuningdek, odamlarga chet tillarida o‘z ovozlarida gapirish imkonini berish kabi imkoniyatlar yaratadi))

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #meta / #news
💸 Ushbu oltin g'oz NFT hozirgina 6.2 million dollarga sotildi!

🤔 Siz ushbu NFTni qanchaga sotib olgan (yoki sotgan) bo'lardinggiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #nft / #news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NFT nimaligini bilasizmi?

▶️ Sizlarga tushuntirmoqchi bo'lgan o'sha NFT haqida TexnoPlov kanalidan ushbu videoni topdim :)

🔥 Biroz oldin joylagan postimda ko'pchilik NFT atamasi haqida tushunchasi kamligi endi umuman bartaraf etiladi, siz uchun video muammo tug'dirsa izohlarda post so'zini yozib qoldiring, keyinchalik ushbu mavzuni post holida joylashga harakat qilaman...

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #nft / #bilib_oling
Ilon Mask: Neuralinkning insoniy sinovlari shu yil boshlanishi mumkin

ℹ️ Tesla bosh direktori va Neuralink asoschisi Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, Neuralink miya implantining odamlarda birinchi sinovlari 2023-yil oxirigacha boshlanishi mumkin.

😄 Sinab ko'rmoqchi bo'lganlar Ilon tog'aga murojaat qilaverasiz))

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #neuralink / #news
Kompyuteringizda administrator nomini qanday o'zgartirish mumkin

1. Qidiruv oynasidan Панель управленияni oching;
2. Учетные записи'ni bosing va Учетные записи пользователейga o'ting;
3. Kerakli nomni kiriting va Nomni o'zgartirish tugmasini bosing, endi esa kompyuteringgizni qayta yoqing.

▶️ Videodarslik orqali o'rganish: arxiv

👀 Izohlarga "Men buni bilardim" deb yozganlarga maqtov yorlig'i berilsin))

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #lifehack
Intel o‘z protsessorlari nomidagi “i” harfi rad etilgani haqidagi mish-mishlarni rasman tasdiqladi.

⚡️ Yangi avlod chiplari Intel Core va Intel Core Ultra deb nomlanadi. Misol uchun: oldin protsessor Intel Core i9-1090H deb atalgan bo'lsa, rebrendingdan keyin u Intel Core Ultra 9 1090H bo'ladi.

Manba: @ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #intel / #protsessor
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik ta’minlangan davlat tashkilotlarining Top-10 taligi

🛡 Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati bo‘yicha yakuniy natijalari reytingi.

Axborot va kiberxavfsizlik ta’minlangan Top-10 tashkilotlar ro‘yxati:

🥇 Adliya vazirligi — 97.3 ball
🥈 Markaziy bank — 97 ball
🥉 Davlat statistika qo‘mitasi — 95.2 ball
4⃣ Davlat bojxona qo‘mitasi — 95.1 ball
5⃣ O‘zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki — 95.1 ball
6⃣ Farg‘ona viloyati xokimligi — 94.6 ball
7⃣ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 92.6 ball
8⃣ Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 92.3 ball
9⃣ Toshkent shahar xokimligi — 91.9 ball
🔟 Namangan viloyati xokimligi — 91.7 ball

🤔 Qiziq, qanaqa antivirus ishlatisharkin? Katta ehtimol bilan ESET bo'lsa kerak a?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kiberxavfsizlik
Disk Management

⌨️ Win + R tugmalarini bosing va diskmgmt.msc deb yozib, Enter-ni bosing.

💾 Bunda sizga Disk Management oynasi ochiladi. U yerdan siz o'z disklaringizni boshqarishingiz ya'ni yangi disklar ochishingiz yoki eskilarini o'chirib yuborishingiz, disklaringiz harflarini o'zgartirishingiz mumkin.

🤓 P.S. Keyingiz postlarimiz ham shu haqida bo'ladi. Bizdan uzoqlashmang.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #mohirlik
🚀 Linux Mint 21.2 Beta ISO-lar hozir sinovdan o'tmoqda [Yangilanish]

Oramizda linux ishlatganlar bormi))

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #linux / #news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi kayfiyat tilaymiz 😂

K/b: Izohlarda "men bir urinishda eplaganman" deb yozganlarga davlat unvoni berilsin 🏆

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
2024/10/01 13:41:55
Back to Top
HTML Embed Code: