Telegram Web Link
Favicon nima?

ℹ️ Favicon-lar - bu URL, link, veb-sayt yoki veb-sahifa piktogrammalaridir. Biror-bir saytga kiradigan bo'lsangiz, yuqoridagi tab-da o'sha saytning nomi va piktogrammasi bo'ladi (1-rasm).

🧑‍💻 Favicon-larni veb-dasturchilar saytga bog'laydilar va shundan so'ng brauzerlarda sayt piktogrammalari ko'rinadi.

🥇 Ilk favicon-lar 1999-yili Microsoft-ning Internet Explorer-ida qo'llanila boshlagan.

Agar sizga biror-bir sayt favicon-i kerak bo'lsa, uni quyidagicha olish mumkin:

1️⃣ Istalgan bir saytga kiring. Masalan: www.google.com

2️⃣ Sayt manziliga /favicon.ico so'zini qo'shing va Enter tugmasini bosing (https://www.google.com/favicon.ico)

⬇️ So'ng chiqqan suratni saqlab oling.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #nima / #atama
@UltraSoft_uz_RAM_Saver_Professional_22_0_RePack_&_Portable_by_elchupacabra.zip
1.8 MB
RAM Saver Professional

Operativ xotirani monitoring qilish va tozalashda ishlatiladigan dastur.

🆚 Versiya: 22.0
🖥 OS: Windows |7|8|1011
📀 Razryadi: x86|x64
🇷🇺 Tili: rus, ingliz
🔑 Aktivatsiya: talab qilmaydi
©@UltraSoft_uz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
Windows foydalanuvchilariga soxta OS yangilanishlari tarqatildi

Tarmoqda ko'plab soxta Windows yangilanishlari topildi, ular orqali hakerlar viruslarni tarqatishdi. Bu haqda BleepingComputer xabar bermoqda.

Muammoni Malwarebytes mutaxassislari aniqladi, hakerlar turli veb-saytlarda operatsion tizimni (OS) bepul yangilashga chaqiruvchi qalqib chiquvchi reklamalarni joylashtirishgan.
©@ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #fake
Turli xarakteristikalarni aniqlash uchun servis saytlar
#manba

ℹ️ Kompyuter yoki internetimizga bog'liq ma'lumotlarni aniqlash uchun doimo ham alohida dastur o'rnatish shart emas. Quyidagi servis saytlar orqali yetarlicha ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

whatsmydns.net - domen nomining joriy IP manzili va DNS yozuvi ma'lumotlarini dunyoning turli burchaklarida joylashgan bir nechta nom serverlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

whatsmygps.com - Kenglik va uzunlik koordinatalarini qanday topishni bilasizmi? Bu Yerdagi istalgan joyning kenglik va uzunlik manzilini topishning oson usuli!

whatsmygpu.com - Sizda qanday GPU borligi va uning statistikasi qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi.

whatismybrowser.com - Siz qaysi brauzer va uning qaysi versiyasidan foydalanayotganingizni bilib olasiz.

iplocation.net/find-ip-address - Kompyuteringizning umumiy IP manzilini ko'rsatadi.

fast.com - Hozirgi internet tezligingizni aniqlashga ko'mak beradi.©KA Rasmiy

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish

🛡 Avval aytganimizdek, Microsoft Defender Windows operatsion tizimi bilan birga o'rnatilgan ichki himoya dasturidir.

⚙️ Microsoft Defender-ga 1- va 2-rasmdagidek Settings > Update & Security > Windows Security va Open Windows Security tugmasini bosish orqali dasturga kiriladi (yoki pastki o'ng burchakdan Windows ikonkasini bosib kirishingiz mumkin).

Agar sizda 3-rasmdagi kabi barcha belgilar yashil bo'lsa, demak, havotirga o'rin yo'q, kompyuteringiz Microsoft Defender tomonidan qo'riqlanmoqda.

Aks holda, biron-bir bo'limda qizil belgisi bo'lsa, demak, o'sha qism ishlamayapti (4-rasm). Ishlatish uchun Turn on tugmasini bosish kifoya.

🔍 Agar kompyuteringizni virus uchun tekshirmoqchi bo'lsangiz, Virus & threat protection bo'limiga o'ting va Quick scan tugmasini bosing. Qisqa vaqt ichida kompyuteringiz tekshiriladi va natijalar ko'rsatiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #virus
Rasmlarni matnga o'zgartirish

🌐 text-image.com sayti sizga rasmlaringizni matn ko'rinishiga keltirishga yordam beradi.

🔄 Saytga kiring, convert bo'limiga o'ting, o'zingizga yoqqan formatni (HTML, ASCII, Matrix) tanlang, rasmingizni yuklang, sozlamalarni to'g'rilang va "Convert!" tugmasini bosing.

🖼 Natijani -skrinshot- qilib olishingiz yoki kodidan nusxa olib ishlatishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
"Рабочий стол" ga tez o'tish uchun qaysi tugmalar bosiladi?
Anonymous Quiz
58%
WIN + D
18%
WIN + CTRL + S
19%
ALT + F5
5%
PAUSE + CTRL
Microsoft kompaniyasi yaqin orada barcha Windows 10 foydalanuvchilarini majburan 11-versiyaga yangilaydi (internetga ulangan kompyuter bo'lsa, albatta)

📆 13-iyunda Windows 10 21H2'ni qo'llab-quvvatlash to'xtatilishi ham ma'lum qilindi.©@HashtagUz

🖥 Sizning kompyuteringizdagi operatsion tizim qanaqa?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows10 / #microsoft
Umumiy tezkor tugmalar

Quyidagi kombinatsiyalar ishinggizni qisman bo'lsaham tezlashtiradi,saqlab qo'ying!

Ctrl+A
Joriy jild, hujjat yoki sahifadagi barcha elementni blokka oladi.

Ctrl+C / Ctrl+Insert
Tanlangan matn, rasm yoki elementni bufferga nusxalaydi.

Ctrl+X
Tanlangan matn, rasm yoki elementni kesib, bufferga nusxalaydi.

Ctrl+B
Bufferdagi elementni joriy dastur yoki oynaga tushiradi.

Ctrl+F
Qidiruv oynasini ochadi. Microsoft Outlook'da esa xabarni boshqa birovga yo‘naltiradi.

Ctrl+S
Ochiq hujjat, fayl yoki veb-sahifani saqlaydi.

Ctrl+P
Joriy hujjat yoki sahifani chop etadi.

Ctrl+N
Yangi oyna ochadi.

Ctrl+W
Joriy oynani yopadi.

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
Fayllarni viruslarga onlayn tekshirish

🌐 Virus Total (virustotal.com) kompyuteringizdagi antivirus o'tkazib yuborgan bo'lishi mumkin bo'lgan viruslarni tekshirish yoki har qanday soxta natijalarni tekshirish uchun ko'plab antiviruslar va onlayn skanerlash vositalari birlashtirilgan saytdir.

📁 650 Mb gacha bo'lgan fayllarni veb-saytga yuklash yoki elektron pochta orqali yuborish mumkin (maksimal 32 MB). Shuningdek, siz shubhali URL manzillarini skanerlashingiz ham mumkin.

🦠 Agar sizda ishonchsiz manbalardan olingan yoki virusga o'xshagan fayllar bo'lsa, yoki shubhali URL linklari bo'lsa ularni ishga tushirishdan oldin, albatta, virustotal.com saytida ularni tekshirib oling.

🛡 Chunki kompyuteringizga o'rnatilgan istalgan antivirusni chetlab o'tadigan virusni yasash uchun xakerlardan bir necha daqiqa talab qiladi xolos.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #virus
ZARINLIGHT sizga yangi, sifatli va hamyonbop narxda, eng muhimi kafolatli mahsulotlarni taqdim etadi!

💻Noutbuklar uchun:
• Batareyalar
• Klaviaturalar
• Korpuslar
• Shleyf
• Ekranlar
• Asosiy platalar
• Barchat turdagi SSD disklar
Kompyuter
*Dasturlash, Dizaynerlar, o‘yin, ofis uchun kompyuterlar.
• Sifatli va hamyonbop kompyuterlar
• Monobloklar
• Monitorlar
• Videokartalar
• Sichqonchalar
• Asosiy platalar
• Quvvatlovchilar
• Shleyflar
• Kulerlar
• Korpuslar
• Routerlar
• HDD, SSD va boshqa turdagi mahsulotlarni ZARINLIGHT'dan topasiz!


🌐 Saytimiz: www.zarin.uz
📲 Telegram kanalimiz: www.tg-me.com/zarinlightok


ZARINLIGHT
Kompyuter Bilimlari kanali rasmiy homiysi!
🔍 Men: Qanday qilib Java-ni bir kunda o'rganish mumkin?

🤪 Google-ning javobi: Ruhiy kasalliklar shifoxonasi sizning manzilingizni bilmoqchi.

😂🤣

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Surface Laptop 6’ning texnik xususiyatlari internetga tarqaldi

📆 Microsoft Surface Laptop’ning yangi avlodi ustida ishlamoqda, u shu yilning kuzida chiqarilishi kutilmoqda.

ℹ️ Root Surface Laptop 6 uchun juda real ko'rinishga ega bo'lgan batafsil spetsifikatsiyalarni e'lon qildi. Avvalgidek, qurilma 13,5 dyuymli va 15 dyuymli versiyalarda sotuvga chiqariladi, ekran o‘lchamlari esa mos ravishda 2256×1504 va 2496×1664 bo‘ladi. Aksariyat modellar Gorilla Glass 5 himoya oynasidan foydalanadi va faqat Alcantara bilan 13,5 dyuymli versiyada Gorilla Glass 3 bo'ladi.

💻 Surface Laptop 6 13,5” Intel Core i5-1335U va Core i7-1355U protsessoriga ega bo‘ladi, Surface Laptop 6 15” esa faqat Core i7-1355U chipiga ega bo‘ladi. Ikkala protsessor ham 10 ta yadroga ega.

😄 Birorkun Surface ogani boreelik...

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #microsoft / #news
Kompyuter qarshisida qanday to'g'ri o'tirish

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ESET NOD32 antivirusini o'rnatish
#videodars / #antivirus

ℹ️ ESET NOD32 antivirusini o'rnatishni va kerakli sozlamalarni amalga oshirishni o'rganamiz 😎

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 03:06 💾: 8,8 mb © KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #antivirus / #bilib_oling
2024/10/05 22:50:46
Back to Top
HTML Embed Code: