Telegram Web Link
Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbuk «qotib» qolsa nima qilish kerak?

Kompyuterning «qotib qolishi» deganda, aslida, turli texnik muammolar nazarda tutiladi. Bunda biror ilovaning ishlamasdan, ekranda «osilib» turishidan tortib tizimning ishlamay qolib, ko‘k ekran chiqishigacha – aksariyatida foydalanuvchilar shu atamani qo‘llashadi.

💻 Bulardan ayrimlarini qurilmani o‘chirib-yoqmasdan ham hal etish mumkin va quyida shularni ko‘rib chiqamiz:

1️⃣ Grafik drayverni qayta ishga tushirish
▪️Muammo aynan grafik qismga borib taqaladigan bo‘lsa, masalan – o‘yinni tugatgach ekran qorayib turaversa ushbu usul ish beradi. Videodrayverni qayta ishga tushirish uchun Win + Ctrl + Shift + B tugmachalar kombinatsiyasidan foydalanamiz.

2️⃣ «Qotib qolgan» dasturni yopish
▪️Ko‘pincha biror ilovaning o‘zi qotib qolishi sababli kompyuter yoki noutbukda muammo tug‘ilishi mumkin. Bunday hollarda o‘sha dasturni «Vazifalar dispetcheri» – «Dispetcher zadach» orqali majburan yopish kerak bo‘ladi. Buning uchun Ctrl + Shift + Escape tugmachalar kombinatsiyasi yordamida «Vazifalar dispetcheri»ni chaqirasiz, tizim so‘rovlariga javob bermayotgan dasturni topib belgilaysiz va «Vazifani olib tashlash» – «Snyat zadachu» tugmachasini bosasiz.

3️⃣ Kompyuterni odatiy o‘chirib-yoqish
▪️Agarda yuqoridagi choralar natija bermasa, qurilmangizni odatiy rejimda o‘chirib-yoqishga urinib ko‘rasiz. Buning uchun moddiy klaviaturadagi «Pusk» («Start», «Windows») tugmachasini, agarda u ham ishlamayotgan bo‘lsa – Ctrl + Esc tugmachalar jamlanmasini bosasiz. Ochilgan boshlang‘ich menyu orqali gadjetni o‘chirib-yoqishni esa o‘zingiz bilasiz, faqat undan oldin ma’lumotlarni (masalan – Word’da yozilayotgan matnni) saqlab, ilovalarni o‘chirishingiz kerak.

😉 Shuningdek, Alt + Tab yoki Win + Tab tugmachalar kombinatsiyalari orqali Windows ish stoliga o‘tishga ham harakat qilib ko‘rsangiz bo‘ladi.

4️⃣ Majburan o‘chirib-yoqish
▪️Bu usul hamisha ish beradi, ammo bunda saqlab ulgurmagan barcha ma’lumotlar kuyib ketadi. Aksariyat kompyuterlarda majburiy o‘chirib-yoqish uchun maxsus «Reset» tugmachasi bor.

✔️ Bunda ushbu tugmachani kamida besh soniya bosgan holda ushlab turish talab etiladi; ayni shu usulni desktop kompyuterlarda ham qo‘llash mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #windows10
Windows 7, 8, 10, 11 da ishlatiladigan
asosiy va kerakli tugmalar!

😎 Do'stingizga sichqonchasiz ko'p ishni qilish mumkinligini ko'rsatib, maqtanmoqchimisiz?

WIN + E — Mening kompyuterim katalogini ochadi
WIN + R —"Выполнить" oynasini ochadi
CTRL + SHIFT + ESC — "Диспетчер задач" ni ochadi
CTRL + ALT+ DELETE — Turli xil amallarni to'plamini ochadi
CTRL + A — Hamma narsani belgilab oladi
CTRL + PKM (Правая кнопка мышки) — Saralab belgilash, ya'ni alohida
WIN + D — "Рабочий стол" ga tez o'tish
WIN + PAUSE — Sistema xususiyatlari (Свойства)
SHIFT + CTRL + N — Yangi papka xosil qilish

⚡️Siz qaysi birini ko'p ishlatasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
Kompyuterga tegishli turli mohirliklar
#mohirlik

😎 Turli vazifalarni bajarishga mo'ljallangan bir qancha mohirliklarni ko'rib chiqamiz:

🔸Kompyuterda mavjud Microsoft.NET Framework'ni versiyasini aniqlash:
Win+R -> %windir%\Microsoft.NET\Framework\ -> Enter
Ochilgan papkadagi mavjud papkalardan kompyuterdagi .NET Framework'ni versiyalarini ko'rib olish mumkin (quyidagi rasm).

🔹Kompyuter foydalanuvchilarini nazorat qilish:
Win+R -> control userpasswords2 joyidan kompyuter foydalanuvchilarini qo'shish, o'chirish va h.k amallarni bajarish mumkin.

🔸Ekran lupasi funksiyasi:
Win va + (raqamlar panelidagi) - ekran lupasini yoqish, 2-bosganda tasvirni 200% ga kattalashtiradi.
Win va - (raqamlar panelidagi) - masshtabni kichraytirish.
Win + Esc - ekran lupasini o'chirish.

🔍Ekran lupasi brauzerdagi Ctrl +/- kombinatsiyasidan ko'ra qulayroq, chunki Win va + kombinatsiyasi hech bir istisnosiz barcha dasturlarda ishlaydi.
©️@kompyuter_akademiyasi

🔹Google Chrome'da Режим инкогнито'ni tezkor ochish:
Buning uchun brauzerga kirgandan so'ng Ctrl + Shift + N ni bosing.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Kompyuterning qattiq qismi qanday ataladi?
Anonymous Quiz
4%
Brainware
12%
Software
80%
Hardware
4%
Qattiqware
🇺🇸 AQSH Milliy kiberxavfsizlik markazi maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp buziladigan beshta parol:

1️⃣ 123456 (23,2 million foydalanuvchi)
2️⃣ 123456789 (7,7 million foydalanuvchi)
3️⃣ Qwerty (3,8 million foydalanuvchi)
4️⃣ Parol (3,6 million foydalanuvchi)
5️⃣ 1111111 (3,1 million foydalanuvchi)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #parol / #qiziq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Microsoft Windows 11 da yangi virtual ish stolini almashtirish animatsiyasi ustida ishlamoqda

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #news
Microsoft ChatGPT bilan ya'na bir nimalar qilmoqchi

⚡️Microsoft o'z ma'lumotlari xavfsiz va izolyatsiyaga muhtoj bo'lgan korxonalar uchun shaxsiy ChatGPT-ni ishga tushirishirmoqchi...

Microsoft kompaniyasi odamlarning maʼlumotlaridan sunʼiy intellekt modellarini oʻqitishda foydalanish mumkinligi haqidagi xavotirlarga javoban ChatGPT’ning maxfiylikka asoslangan versiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chatpt / #news
Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalarsiz yangilashga urinamiz

💻 Kompyuteringizni ideal holatida saqlash uchun qurilmalar (videokarta, taqmoq platasi va boshq.) drayverlarini muntazam yangilab turish tavsiya etiladi.

– Buni Windows'ning standart vositalari orqali amalga oshirish mumkin. Drayverlarni yangilash uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

1️⃣. Tizim parametrlarini oching. Buning uchun Этот компьютер yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va ochiluvchi menyudan Свойства bandini tanlang.

2️⃣. Система oynasida Диспетчер устройств bandini topib murojaat eting.

3️⃣. Ro‘yxatdan drayveri yangilanishi lozim bo‘lgan qurilmani tanlang. Uning nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va menyudan Обновить драйвер bandini tanlang.

4️⃣. Автоматический поиск обновленных драйверов'ning ustiga bosing. Agar yangi drayverlar mavjud bo‘lsa, ular avtomatik ravishda o‘rnatiladi.
©@pcteapot

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali #drayver
Buni hoziroq belgilab qo'ying!

😣 Kompyuterda ishlayotgan vaqtingizda agar programma ishlamay qotib qolsa, u dasturni yopish uchun Task Manager-dan foydalanamiz. Lekin agar o'yin o'ynayotgan bo'lsangiz yoki biron-bir dasturdan to'liq ekranda foydalanayotgan bo'lsangiz va u ishlamay qotib qolsa, Task Manager-ni ochish imkonsiz bo'lib qoladi va kompyuterni o'chirib qo'yishdan boshqa ilojingiz qolmaydi.

🖥 Bunday holatga tushmaslik uchun Task Manager-ni har qanday holatda ham eng yuqori oynada ochiladigan qilib qo'yish kerak.

Buning uchun rasmdagidek, Task Manager-ga kiring va Options tab-idan Always on top-ni belgilab qo'ying.

⌨️ Endi har qanday holatda CTRL + ShIFT + ESC tugmalarini bosganingizda Task Manager eng yuqorida ochiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #bilib_oling
Yangi virtual ish stoli ochish uchun qaysi tugmalar bosiladi?
Anonymous Quiz
23%
CTRL + ESC + L
28%
CTRL + WIN
41%
WIN + CTRL + D
8%
ALT + CTRL + S
⚡️ Windows 10 va Windows 11 birlashtirilsa qanday bo'lardi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #qiziq / #windows
Windows dagi har qanday papkaning rangini qanday o'zgartirish mumkin?

🗂 Windows dagi deyarli barcha papkalar sariq rangga ega va bu kimlar uchundir zerikarli. Siz papkaga istalgan boshqa rangni qo'llashingiz mumkin, buning uchun FolderPainter dasturidan foydalanish eng qulay yechimdir.

FolderPainter dasturini yuklab oling. Keyin ishga tushiring, tilni rus tiliga o'zgartiring (agar kerak bo'lsa) va "Установить" tugmasini bosing.

ℹ️ Shundan so'ng, rangni o'zgartirish uchun istalgan papkaning kontekst menyusida "Изменить значок папки" bo'limi paydo bo'ladi. © @it_ishkal

Tayyor!


👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #lifehack
Intel protsessorlaridagi yozuvlar nimani anglatadi?

Intel® Core protsessor brendi nomi

i7 Brend modifikatori - bu bir xil tovar nomiga ega bo'lgan turli xil mahsulotlarning bir yoki bir nechta muhim atributlar yoki imtiyozlar o'lchovlari bo'yicha qanday farq qilishini aytadi.

10generatsiya ya'ni avlod ko'rsatkichi

310 SKU raqamlari - bu ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotini aniqlash uchun foydalaniladigan raqamlar

Y bu protsessorning grafika bilan ishlash darajasi haqida ma'lumot beradi va bu Y protsessor grafika bilan unchalik "chiqisha" olmasligini ko'rsatmoqda. Agar shu harf sizda HQ bo'lsa unda protsessor yuqori quvvatli grafikaga ega bo'ladi.

😄Admin I9 11900H protsessoridan foydalanadi

😉 Sizning protsessoringiz qanday ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali / #protsessor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yanggi rekord

1-may kuni klaviaturada yozish bo'yicha rekordni buzishibdi – daqiqasiga 272 so'z, 98% aniqlik bilan yozgan, gap bo'lishi mumkin emas...

🔗 Klaviaturada tez yozishni o'rganish uchun foydali sayt – typing.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #klaviatura
🖥 AMD protsessorlaridagi yozuvlar nimani anglatadi?

AMD - kompaniya nomi

Ryzen - brend nomi

5 - protsessor oilasi

3 - protessor avlodi

6 - protsessor ishlashi darajasi

00 - ishlab chiqaruvchi mahsulotni aniqlashini uchun ishlatiladigan raqamlar

X - protsessor kuchliligini aytuvchi harf va bu yerda X eng kuchli degani

😉 Sizda qanaqa ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #protsessor / #foydali
Sistema xususiyatlari (Свойства)ni ochish uchun qaysi tugmalar bosiladi?
Anonymous Quiz
36%
WIN + PAUSE
27%
CTRL + TAB
16%
ALT + PAUSE
21%
CTRL + F4
Foydali saytlar to'plami bilan tanishing!

Earthcam.com – butun dunyodagi kameralar.

Safeweb.norton.com – kirmoqchi bo'lgan saytingizda virus bor yoki yo'qligini aniqlab beradi.

Flatuicolors.com – ilova yoki saytlarni front end qismi bilan ishlovchilar uchun ajoyib sayt.

Tailorbrands.com – o'zingiz logotip yarating.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
2024/10/05 09:28:03
Back to Top
HTML Embed Code: