Telegram Web Link
Ishingizni yengillashtiruvchi 5 ta foydali klavish kombinatsiyalari

Alt + Backspace - Ehtiyotsizlik sabab matnning biror qismini o'chirib yuborsangiz, ushbu kombinatsiya barchasini o'z holatiga qaytaradi.

Ctrl + Shift + N - Ish stolida yangi folder ochish imkonini beradi.

Alt + Tab - Barcha ochilgan oynalar orasida tezkor ravishda o'tish uchun xizmat qiladi.

Shift + Delete - Fayllarni korzinaga tashlamay o'chirib yuboradi.

Win + L - Ekranni bloklash.

~ Manba: Nuriddinoff Blog

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
⌨️ Microsoft Office dasturlarida foydalaniladigan qaynoq klavishlar ro'yxati (full):

⬡ Word: link

⬡ Excel: link

⬡ PowerPoint: link

ℹ️ Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
LibreOffice

💼 Microsoft Office pullik bo'lganligi sababli sizda Word, Excel, Powerpoint yoki boshqa ofis dasturlarida muammolar bo'ladi.

🦠 Sizdan aktivatsiya so'raladi yoki siz crack ofis paketni yuklab olgan bo'lsangiz bu bilan virus hujumiga uchrashingiz ham hech gap emas.

😉 Bunday ko'ngilsizliklarga uchramaslik uchun sizga LibreOffice-ni taklif etamiz.

ℹ️ LibreOffice ochiq-kodli, xavfsiz, Microsoft Office-ga qaraganda ancha yengil, tez, bepul va asosiysi Microsoft Office-ga eng o'xshash dastur hisoblanadi.

⬇️ Yuklab olish uchun: link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
Kompyuteringiz ekranini istalgan qurilmada ochishni istaysizmi?

Deskreen dasturi yordamida har qanday displeyga ega gadjet, Wi-Fi va brauzer yordamida ikkinchi monitorga aylanadi.

— Ilovani yoqing, bir Wi-Fi ga PC va ikkinchi qurilmani ulang
— QR kodni skaner qiling yoki gadjetdagi brauzerga ko'rsatilgan manzilni kiriting
"Разрешить" ni bosgan holda nimani translyatsiya qilish kerak ekanligini tanlang va "Подтвердить" ga bosing.
©@nuriddinoff_blog

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ekran / #foydali
.djvu va .djv fayllar

ℹ️ DjVu (fransuzcha "déjà vu") - bu asosan skaner qilingan hujjatlarni, matn, chiziqli rasmlar, indekslangan rangli tasvirlar va fotosuratlarni o'z ichiga olgan, ma'lumotlarni saqlash uchun mo'ljallangan kompyuter fayl formatidir.

📄 .djvu yoki .djv formatidagi fayllarni WinDjView programmasi yordamida ochishingiz mumkin.

📥 Yuklab olish uchun: link (2.8 MB)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
Visme - Chiroyli kontent yarating.

📜 Prezentatsiya qilishingiz kerak. Albatta, chiroyli dizaynda bo'lishi, sifatli rasmlar qo'yilgan bo'lishi, diagramma va eng asosiysi bepul bo'lishi kerak.

😋 Tayyor andozalarga nima deysiz?

🌐 Bularning bari visme.co saytida bor. Visme bilan o'zingiz uchun "vauv" devoradigan prezentatsiyalar tayyorlashingiz yoki tayyorini yuklab olishingiz mumkin.

🔗 Sinab ko'rishga arziydigan sayt: www.visme.co

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Qurilmalarni onlayn tekshirish!
#manba

Yangi yoki mavjud sichqoncha, klaviaturalarni to'liq ishlayotganiga shubha qilyapsizmi? Balki veb kamerangiz yoki tovush sozlamalarda muammolar kuzatilayotgandir?

Bularni barchasini quyidagi manzillar orqali onlayn tekshirishimiz mumkin:

🎙️ Mikrofon sinovi

🎥 Veb-kamera sinovi

🎶 Ovoz sinovi

⌨️ Klaviatura sinovi

🐁 Sichqoncha sinovi

😉 Bundan tashqari yana bir qancha narsalarni tekshirish imkoniyati mavjud ekan, qolganini o'zingiz ko'rib chiqarsiz.©KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
Windows 11 da drayverlarni qanday yangilash kerak

1. Настройкиni oching;
2. Chap yon paneldan Обновление Windows ni tanlang;
3. O'ng yon paneldagi Дополнительные параметры bosing;
4. Kengaytirilgan sozlamalar bo'limida Необязательные обновления ni bosing;
5. Обновление драйверов ni bosing;
6. Загрузить и установить tugmasini bosing.

Amallarni bajarganingizdan so'ng, tanlangan drayverlar yuklab olinadi va kompyuteringizga o'rnatiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #foydali
Intel va AMD kompyuterlarida muammo paydo bo'lsa 😂

😁 Ayblanuvchi kim?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
#internet

🐌 Brauzerda muayyan sayt uchun Internet tezligini ataylab sekinlashtirish

Internet tezligini oshirish emas, balki aksincha, sekinlashtirish turli holatlarda kerak bo‘lishi mumkin: agar siz veb-dasturchi bo‘lsangiz, saytingizning yuklanish tezligini tekshirishdan tortib, hamkasblar va do‘stlaringizga hazil qilishga qadar. 😉

Buning uchun ushbu harakatlar ketma-ketligi bajariladi:

1️⃣. Kerakli saytni ochamiz.

2️⃣. F12 yoki CTRL + SHIFT + I'ni bosgan holda dasturchi votitalariga murojaat etamiz.

3️⃣. “Сеть” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz.

4️⃣. Ochiluvchi ro‘yxatli strelkachani ochamiz va “Свои настройки” bo‘limida “Добавить”ni ustiga bosamiz.

5️⃣. “Добавить специальный профиль”ga bosamiz va unga nomni, yuklab olish tezligini, unga yuklash tezligini va ping'ni ko‘rsatamiz.

6️⃣. So‘ngra ochiluvchi ro‘yxatdan yaratilgan profilni tanlaymiz va sahifani qayta yuklaymiz (F5) .

Tayyor! Sekinlashtirishdan tashqari, siz saytning alohida komponentlari yuklanishiga qancha vaqt ketishini ko‘rishingiz mumkin.

© @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #sayt
🌐 Brauzerda yulduzcha bilan yashirilgan parolni qanday ko'rish mumkin

🔐 Ko'pgina foydalanuvchilar parollarni brauzerda saqlashadi, lekin siz ushbu parolni unutgan bo'lishingiz mumkin va an'anaviy ravishda kiritish maydonida faqat yulduzchalar ko'rsatiladi. Xo'sh, bu saqlangan parolni ko'rishning oson yo'li bormi?

1. Yashirin parol maydonida sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing (RMB);
2. Просмотреть код ni tanlang;
3. “Input type="parol”" qatorini toping;
4. “Parol”ni “null” bilan almashtiring;
5. ENTER tugmasini bosing.

Bajarildi! Endi yulduzcha o'rniga avval saqlangan parol ko'rinadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #parol
Sayt ishlamayaptimi yoki faqat siz kira olmayapsizmi?

🔻 Birdaniga ko'p odamlarning bir saytga kirishi va yuborilayotgan so'rovlar soni ortib ketishi natijasida yoki xakerlar hujumi oqibatida yoki boshqa sabablarga ko'ra saytlar ishlamay qolishi mumkin.

⬇️ Shunday vaziyatlar bo'ladiki, sayt faqat siz uchun ishlamayotgan bo'ladi. Sayt ishlayotgani yoki yo'qligini bilish uchun quyidagi ikki saytdan foydalanishingiz mumkin.

🔸 isitdownrightnow.com
🔹 downforeveryoneorjustme.com

🌐 Yuqoridagi ikki sayt real vaqtda saytlar ishlayotgani yoki ishlamay qolganini haqida ma'lumot beradi.

🧐 P.S. Yuqoridagi saytlar opera.com sayti ishlayotganini aytmoqda, lekin men kira olmayapman. Bitta menda shunaqami?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
Qancha muddat quloqchinda musiqa eshitish zararli emas?

🎧 Quloqchin tufayli eshitish qobiliyatini yo‘qotish asta-sekinlik bilan ro‘y beradi. Ko‘pchilik odamlar muammoni vaqtida anglab yetishmaydi.

☝️ "60% / 60 daqiqa" qoidasidan foydalaning: musiqani maksimal balandlikning 60 foizidan ko‘p bo‘lmagan va 60 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida tinglang.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #quloqchin
⚙️ Windows-da Wi-Fi parolni qanday topish mumkin

🛜 Agar siz kompyuteringizda Wi-Fi parolini unutgan bo'lsangiz, uni osongina topishingiz mumkin.

1. Win + R tugmalarini bosing va ncpa.cpl buyrug'ini kiriting va OK'ni bosing;
2. Ochilgan oynada simsiz tarmog'ingizni o'ng tugmasini bosing va Состояние ni tanlang;
3. Свойства беспроводной сети tugmasini bosing;
4. Безопасность yorlig'ida Отображать вводимые знаки bandini yoqing.

👀 Ключ безопасности ustunida siz Wi-Fi tarmog'ining parolini ko'rasiz.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #wifi / #lifehack
No comment 😂

Oramizda shunaqa hackerlar bormi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Windows ishga tushganda parol so'rovini qanday o'chirish mumkin?

🔐 Agar siz har safar kompyuterni ishga tushirganingizda parolni kiritishdan charchagan bo'lsangiz, quyidagi ko'rsatmalardan foydalaning:

1. Win+R tugmalar birikmasini bosing;
2. Netplwiz buyrug'ini kiriting va OK tugmasini bosing;
3. Требовать ввод имени пользователя и пароля belgisini olib tashlang va OK tugmasini bosing;
4. Joriy parolingizni ikki marta kiriting va OK tugmasini bosing;
5. Kompyuteringizni qayta ishga tushiring.

🔄 Qayta ishga tushirilgandan so'ng, parol talab qilinmaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #parol
Kompyuter viruslarining turlari

🦠 Siz qaysi viruslarga uchragansiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #virus / #bilib_oling
2024/10/04 21:13:26
Back to Top
HTML Embed Code: