Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterdagi nosozlikni oson aniqlash!
#shorts / #drayver

ℹ️ Kompyuteringizda biror joyi yoki qo'shimcha qurilmasi (klaviatura, sichqoncha va h.k) ishlamasa birinchi bo'lib shu joydan tekshirib ko'rish kerak.

Agar bu yerda muammo borligi kuzatilsa #drayver larni yangilab ko'rish muammoga yechim bo'lishi mumkin.
©KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #videodars
Chrome'da yanggi sahifa ochish uchun qaysi kombinatsiya bajariladi?
Anonymous Quiz
54%
CTRL + N
15%
CTRL + S
25%
CTRL + T
6%
CTRL + G
Windows xatoligi oynasidagi matnni qanday nusxalab (kopirovat) olish mumkin?

⌨️ Buning uchun Ctrl + C'ni bosishni o'zi kifoya ekan.

P.s: Ha, shunchalar oson, shu paytgacha bilmagan ekanman. 🤦‍♂️

— Xatolik matnini nusxalab olish nimaga kerak? Matn yordamida Google'dan xatolik uchun yechim qidirishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali / #lifehack
Kompyuterdan uzoq vaqt foydalanish qo‘l sog‘lig‘iga qanday taʼsir qiladi?

💪 Bilakda butun qo‘lni qon bilan taʼminlaydigan maxsus kanal mavjud. Ammo kompyuter qarshisida uzoq davom etadigan harakatlar natijasida ushbu kanaldagi zo‘riqish sezilarli darajada oshadi.

ℹ️ Bilakdagi kuchli stress tufayli asab shikastlanadi, bu esa barmoqlarning qattiq og‘rishi va ularda sezuvchanlikning pasayishiga olib keladi. Shifokorlar buni tunnel sindromi deb atashadi. Vaqt o‘tishi bilan og‘riq faqat kuchayadi va bartaraf qilish uchun uzoq vaqt tanaffus qilish talab qilinadi.

Tunnel sindromining oldini olish uchun ish paytida qo‘llarning holatini kuzatish, tanaffus qilish, oyoq va qo‘llarni cho‘zib turish kerak.

K.B: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉 Birinchi raqamli windows blog | #salomatlik / #foydali
Windows 10 va Windows 11 uchun fevral oyi yangilanishi

Microsoft barcha qo'llab-quvvatlanadigan Windows 10 va 11 operatsion tizimlar uchun yangilanishlarni chiqardi.Yangilanish o'zi bilan hech qanday yangi xususiyatlarni keltirmaydi, lekin xatolarni tuzatish va zaifliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Yangilanishlar allaqachon Windows Update orqali mavjud

📎 Manzilhttp://thecommunity

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #windows
Noutbuk brendi qanchalik muhim?

🤔 Yangi noutbuk sotib olishda ko'pchilikni shu savol o'ylantiradi: "Qaysi brenddagi noutbuk yaxshi?"

💻 Hammasi zo'r. Lenovo, HP, Dell, Asus, Acer barchasi sifatli noutbuk ishlab chiqaradi. Balki ularning qaysi biriningdir dizayni sizga yoqmasligi mumkin, lekin noutbuk yaxshi.

⚙️ Notebook olayotganda brendga e'tibor bermang. Noutbuk xususiyatlari muhimroq. Noutbuk qancha kuchli bo'lsa uning narxi ham shuncha "kuchli" bo'ladi.

📊 Ma'lumotlarga ko'ra, quyida notebook ishlab chiqaruvchilarining qaysi biri yetakchilik qilayotganligini ko'rishingiz mumkin:

Lenovo — yiliga 62.97 mln noutbuk ishlab chiqaradi.
HP — 57.92mln
Dell — 43.96 mln
Apple — 18.35 mln
Acer — 14.76 mln
Asus — 14.48 mln

💠 Shuningdek, Microsoft ham o'zining Surface nomli noutbuklarini ishlab chiqaradi. Apple'niki o'zingiz bilasiz.

Menda ASUS. Sizdachi?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Bu safar 100% aniq va tiniq: Internet Explorer bizni bizni bir umrga tark etdi

ℹ️ Soʻnggi yillarda Microsoftʻning Internet Explorer brauzeri ana “oʻldi”, mana “oʻldi” kabi xabarlar shu qadar koʻp chiqdiki, ularni sanab sanoqda adashib ketasan kishi. Chunki Microsoft bu ishni yildan yilga choʻzib kelayotgan edi. Mana oʻsha kun ham keldi. Bugundan boshlab Microsoft oʻzining Windows 10 operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarida Internet Explorer 11 brauzerini toʻliq, 100% o'chirilmoqda.

Internet Explorer rasman o'chirib tashlandi

📎 Manba: https://www.terabayt.uz/?p=68354

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #explorer
Noutbuk akumulyatoridan qanday foydalanish kerak?

💻 Hech qachon noutbuk quvvat olayotgan vaqtdan undan foydalanmang.

🔋 Noutbuk batareya quvvati 15% dan past bo'lganidan so'ng yoki nolga tushgandan so'ng uni quvvalatishni boshlang va hech bo'lmaganda 80-90% quvvatlangandan so'ng (iloji bo'lsa, 100% bo'lgandan keyin ham yana 5-10 daqiqa quvvatlagichda tursin) quvvatlagichdan sug'uring.

🔌 Agar noutbukdan juda ko'p foydalanadigan bo'lsangiz va shu sabab uning quvvati yetmay qolayotgan bo'lsa, batareyani yechib olib qo'ying va noutbukni quvvatlagich simga ulab ishlating.

🚫 Faqat noutbukni o'zining quvvatlagichidan foydalaning. "Bo'laveradi" deb begona quvvatlagichlardan foydalanmang.

👉 Birinchi raqamli windows blog | #batareya / #foydali
Endi Windows 11 da Android o'yinlarini qanday o'ynash mumkin

💻 Google Play Games nihoyat Windows 11 uchun ham mavjud.Bu shuni anglatadiki, endi siz barcha sevimli Android o'yinlaringizni ancha kattaroq ekranda yuklab olishingiz va o'ynashingiz mumkin.

📃 To'liq qo'llanmani o'qing

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #game
Ma'lum bir vaqtda kompyuterni qanday o'chirish mumkin

Kompyuter qarshisida uxlab qolish va shunga o'xshash holatlarda eng samarali to'g'ri tanlov,foydali dastur yordamida kompyuterni timer'ga qo'yishdir.

ℹ️ Shutdown PC Timer oddiy vaqt bilan sistemani o'chirish uchun qulay dastur. Dastur yordami bilan tizimni istalgan vaqtdan so'ng osongina o'chirish, qayta ishga tushirish yoki uyqu rejimiga o'tkazish mumkin.

📥 Dasturni yuklab olishMicrosoftStore

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #vaqtw
Windows-ning qaysi versiyasini ishlatayotganligingizni bilasizmi?

ℹ️ Windows versiyasini bilish uchun: Win + R tugmasini bosing va chiqqan oynaga winver deb yozing, Enter-ni bosing.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #windows
Windows 10 OT-da siz yarata olmaydigan papkalar

🗂 Ko'pchilik bilsa kerak, Windows operatsion tizimida "CON" nomi bilan papka ochib bo'lmaydi. Windows OT-da nafaqat "CON" balki, PRN, AUX, NUL, COM1, COM2, COM3, COM4, COM5, COM6, COM7, COM8, COM9, LPT1, LPT2, LPT3, LPT4, LPT5, LPT6, LPT7, LPT8 va LPT9 nomlari bilan ham papka yaratib bo'lmaydi.

ℹ️ Buning sababi shundaki, ushbu papka nomlari muayyan tizim vazifalarida foydalanish uchun saqlangan va agar siz bu nomlar bilan papkalar ochadigan bo'lsangiz, bu tizim chalkashliklariga olib kelishi mumkin.

P.S.: Ayrimlar Bill Gates-ni yoshligida "CON" laqabi chaqirishgani uchun, Windows OT-larda "CON" nomi bilan papka yaratib bo'lmaydi deb o'ylaydi 😂

👉 Birinchi raqamli windows blog | #windows10 / #bilib_oling
Microsoft sun'iy intellektdan foydalangan holda Windows 11 da oynalarni yopishni yaxshilashni rejalashtirgan

ℹ️ Sun'iy intellekt Windows 11 ga asta sekin kirib kelishni boshladi,Microsoft xabar berishicha oynalarni yopish funksiyasi hozirda sinov jarayonida, batafsil ma'lumot hali ommaga taqdim etilmagan.

😃 Ushbu funksiya Windows 11 foydalanuvchilari uchun bir qancha qulayliklarni keltiradi!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #news
Windows 10-da ekranning ma'lum bir qismini skrinshot qilish

🖥 Siz kompyuter ekranini Win + prt sc kombinatsiyasi orqali to'liq skrinshot qilishingiz mumkin lekin, ayrim paytlarda sizga ekranning faqat ma'lum bir qismini skrin qilishga ehtiyoj paydo bo'lishi mumkin.

✂️ Snip & Sketch dasturi orqali ishlaydigan Win + Shift + S komandasi sizga ekranning siz tanlagan joyini skrinshot qilishga imkon beradi.

📋 Bunday skrinshotlar kompyuterga emas Clipboard (Буфер обмена)-ga tushadi, ya'ni olingan skrinshot kompyuterdanmas Clipboard (Буфер обмена)-dan joy oladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali | #hotkeys
Dasturlarni o'zimiz o'chiramiz

⚙️ Kompyuterdagi dasturlarni Settings (Hастройки)-dan ham o'chirsa bo'ladi.

1. Start (Пуск)-dan Settings (Hастройки)-ga o'ting.

2. U yerdan Apps (Программы)-ga o'ting va sizga kompyuteringizga o'rnatilgan dasturlar ro'yxati ko'rsatiladi.

3. O'chirmoqchi bo'lgan dasturingizning ustiga bosing va Uninstall yozuvi ustiga bosing. (rasmga qarang)

🪓 Dastur o'chirildi. Windows 10-da ko'rsatildi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #lifehack
Microsoft Office har bir nashrlari nimalarni o'z ichiga oladi?

🎓 Office Home & Student:
Word, Excel, PowerPoint

🏘 Office Home & Business: Word, Excel, PowerPoint, Outlook

🔰 Office Standart: Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Publisher

💪 Office Professional: Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Access, Publisher

🦾 Office Professional Plus: Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Access, Publisher, Skype for Business

🌎 Office 365: Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Access, Publisher

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #foydali
🫣 Windows 11 2001-yilda qanday ko'rinishga ega bo'lardi

📆 Agar Microsfot Windows 11 ni 22 yil oldin ishlab chiqqanida taxminan uning dizayni shu ko'rinishda bo'lardi.Bu siz uchun hunuk ko'rinishi mumkin ammo ushbu dizayn 2001-yil uchun supper!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11
😳 Bu avtomobil qayerga boryotgan bo'lishi mumkin?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
2024/10/04 05:21:11
Back to Top
HTML Embed Code: